Gerb Bayroq Madhiya Davlat mukofotlari Bosh sahifa Mobil versiya Sayt xaritasi Forum
Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!   Click to listen highlighted text! Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!
Матнни тинглаш!
0(362) 223-00-18
Ish tartibi 900 - 1800
  • xorazm.uz

    Yurtboshimizning tabiri bilan aytganda, Xorazm «O‘zbek davlatchiligining ilk tamal toshi qo‘yilgan muqaddas zamin!». Insoniyat tamadduni o‘choqlaridan hisoblanmish bu ko‘hna yurtdan ne-ne buyuk allomalar, qomuschi olimlar, ahli donishlar, avliyo-anbiyolar yetishib chiqgan.

  • xorazm.uz

    Istiqlol tufayli yurtimizdagi qadim shaharlar va qal’alar, madaniyat o‘choqlarini ko‘rish, ziyorat qilish uchun yetti iqlimdan kelayotgan sayyohlarning soni yildan-yilga oshmoqda. Jahon bizning mo‘tabar yurtimizni ko‘rishga orzumand!

  • xorazm.uz

    2017-2018 yillarda Xorazm viloyati sanoati salohiyatini rivojlantirish dasturi amaliyotga allaqachon tatbiq qilinayotgan ulkan qurilishu ta‘mirlash, eng zamonaviy asbob-uskunalar keltirish, kerakli mutaxassislarni o‘qitish, o‘rgatish jarayoni jadal yo‘lga qo‘yildi.

  • xorazm.uz

    Xalqimiz dasturxonining fayziyobligi, bozorlarimizning to‘kinligiyu oziq-ovqat mahsulotlarining serobligi, arzonligi, bir so‘z bilan aytganda yurtimiz farovonligi bobodehqonlarimizning mehnati mahsulidir. Xorazm voxasi qishloq xo‘jaligi soxasida xam yetakchilardan hisoblanadi.

Fotoalbom

» Barcha fotoalbomlar

Videoteka

» Barcha video fayllar

Tarix

Хоразм: Кеча ва бугун
Хоразм ўзининг қадим тарихи, бой маданиятига эга бўлган Ўзбекистондаги эътиборга молик ҳудудлардан биридир. Инсониятнинг илк ёзма ёдгорликларидан бири ҳисобланган зардуштийликнинг муқаддас китоби “Авесто” шу диёрда яратилган. Бундан уч минг йиллар илгари ҳам Хоразмнинг ўз ёзуви мавжуд эди. Батафсил...


Хоразм ҳақида битиклардаги илк ёзувлар. ДОРО I нинг Беҳсутун битиги
(ерамиздан аввалги 521-486 йиллар)

Ушбу битик Карманшоҳ яқинидаги денгиз сатҳидан 152 метр юқорироқда бўлган Беҳсутун қоясига ўйиб ёзилган. Битикнинг юқорисида улкан барелеф мавжуд. Унда тўққиз нафар шоҳ ва уруғларнинг бошлиқлари қўллари боғланган ва бўйинларига сиртмоқ солинган ҳолда Доронинг олдида тургани тасвирланган. Уларнинг ўнинчисининг устига шоҳ оёғини қўйиб турибди. Битик беш устун ва 414 сатрдан иборат. У уч тилда битилган (елам, бобил ва эски форс тилларида). Батафсил...



MUAZZAM YURTIMIZ GAVHARI
16.09.2014

Istiqlol yillarida Xorazm vohasida ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy-ma’rifiy sohalarda mislsiz yuksalishlar yuz berdi. Bugun, ayniqsa, viloyatning har bir shaharu tumanida, qishlog‘iyu mahallasida xalqimizning yaratuvchanlik salohiyati yaqqol namoyon bo‘lmoqda. Qurilish va obodonlashtirish borasida ulkan bunyodkorlik ishlari viloyat markazi – go‘zal Urganch shahrini, ta’bir joiz bo‘lsa, yashartirib yubordi. 
Yurtboshimizning 2012 yil oktyabr oyida Xorazmga tashrifidan so‘ng vohaning sanoat salohiyatini rivojlantirish, Urganch shahrini obodonlashtirish va suv ta’minotini yaxshilash, qishloq xo‘jaligi hamda sayyohlik sohalarini taraqqiy ettirishga qaratilgan bir qator muhim qarorlar qabul qilindi. Hozirgi kunda mazkur hujjatlar asosida islohotlar izchil amalga oshirilmokda.
          Xususan, Urganch shahrini zamonaviy, milliy shaharsozlik talablari negizida qayta qurish dastlab al-Xorazmiy nomidagi markaziy ko‘chadan boshlandi. Bu erda birinchi qavatini savdo va maishiy xizmat ko‘rsatish shoxobchalari egallagan 12 ta ko‘p qavatli turarjoy, 10 ta savdo va maishiy xizmat ob’ekti, mehmonxonalar, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Urganch filialining yangi binosi bunyod etildi. Natijada al-Xorazmiy ko‘chasi timsolida zamonaviy me’moriy ansambl yaratildi.
         - Bu ko‘cha bo‘ylab sayr qilishning o‘zgacha gashti bor, — deydi O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi Bahodir Bekchanov. — Ayniqsa, yoshlar bu yangilanishlardan zavqlanib, quvonchini yashira olmayotganlarini ko‘rganimda, o‘zimni yasharib ketganday his etaman.
         O‘tgan yili Urganchda 424 ta ob’ektda 476,2 milliard so‘mlik bunyodkorlik ishlari bajarilgan bo‘lsa, joriy yilda 706 ta ob’ektda 608,5 milliard so‘mlik qurilish va obodonlashtirish tadbirlari davom ettirilmokda.
Viloyatga tashrif buyurgan sayyohu mehmonlar uchun hayrat onlari, avvalo, viloyat markazining xalqaro aeroporti yoki temir yo‘l vokzalidan boshlanadi. Bu bejiz emas, albatta. Chunki endilikda shaharning qo‘shdarvozasi deb ataluvchi bu ikki zamonaviy qo‘nalg‘a mamlakatimizdagi beqiyos bunyodkorlik ishlarining salmog‘i va salobatini namoyon etib turibdi.
Xorazmning sayyohlik salohiyatini yuksaltirish, xizmat ko‘rsatish sifatini yaxshilash maqsadida barpo etilgan “Urganch” xalqaro aeroportining yangi terminali soatiga 300 nafardan ziyod yo‘lovchiga namunali xizmat ko‘rsatish imkoniyatiga ega. Ona-bola xonasi, tibbiyot punkti, servis shoxobchalari, tranzit hamda boshqa zallar eng zarur vositalar bilan jihozlangan.
          Nafaqat yurtdoshlarimiz va mehmonlar, balki xorijlik sayyohlarga xizmat qilayotgan “Urganch” temir yo‘l vokzalini esa ajoyib koshona deysiz. Bino hamda ochiq ayvonlar bir yo‘la 500 yo‘lovchini kutib oladi.
Temir yo‘l vokzali maydoniga yondosh joyda esa “Yoshlik” massivi qaytadan qurilmoqda. Yoshlar markaziga aylanayotgan bu shaharchada bir emas, bir nechta nuqtada bunyodkorlik ishlari avj pallaga kirgan bo‘lsa, sport majmuasida yopiq manej, gimnastika zali, ikkita sport zali va suzish havzasi qurilishi nihoyasiga etkazilmokda. Yigit-qizlarimizga e’tibor va g‘amxo‘rlikning yuksak ifodasi bo‘lmish ana shu massivda hozirgi kunga qadar salkam 28 milliard so‘mlik yumushlar bajarildi, Xususan, Mustaqillik bayrami arafasida bu erda yosh oilalar uchun bunyod etilgan 32 xonadonga mo‘ljallangan 4 qavatli turar-joy binosi va maktabgacha ta’lim muassasasi foydalanishga topshirildi.
Turizm va mehmonxona xizmati kasb-hunar kolleji binosi qurilishida esa 5 milliard so‘mlikdan ziyod ishlar ro‘yobga chiqarildi. 360 o‘rinli yangi maktab binosi ham eng ulug‘, eng aziz bayramimiz arafasida yoshlarga sovg‘a bo‘ldi.
Shaharda yangi sport turlariga mo‘ljallangan markazlar qurilishiga alohida e’tibor qaratilmoqda. Basketbol va badminton markazlari shular jumlasidandir. Mazkur sport majmualari qarshisida yangi loyiha bo‘yicha 100 dan ziyod ikki qavatli kottejlar bunyod etilmokda. Tez orada ularda ko‘plab yosh oilalar farovon turmush kechiradilar.
Urganchdagi “Yoshlar ko‘li” dam olish maskani ham voha yigit-qizlarining eng sevimli manzillaridan sanaladi. Suv havzasi, qadimiy obidalar maketlari o‘rnatilgan muzey, o‘nlab attraktsionlar, kema-kafelar, shaxmat klubi va boshqa ob’ektlar joylashgan, 15,5 gektar maydonni egallagan bu majmuada deyarli har kuni yoshlar ishtirokida sermazmun tadbirlar, suhbat-muloqotlar o‘tkazib turiladi.
Shahar markazidagi ko‘rkam va muhtasham “Baxt uyi” binosi esa o‘zining me’morchilik echimi, milliy naqshinkorligi bilan ajralib turadi. Ushbu maskanda yosh kelin-kuyovlar Vatanga va oilaga sadoqat tuyg‘ularini qalblariga jo qilsalar, musiqali favvora esa ularning yuragiga kelajakka ishonch jilolarini baxsh etadi.
Aytish joizki, Amir Temur nomidagi madaniyat va istirohat bog‘ini yanada obod va ko‘rkam qilish uchun salkam 20 milliard so‘m sarflanishi ko‘zda tutilgan. Ayni paytda bu maskanda rekonstruktsiya ishlari tobora keng ko‘lam kasb etmokda.
Bugun Shovot kanalining fayzi ham bo‘lakcha. Uning ikki sohili bo‘ylab zamonaviy landshaft dizayni asosida ko‘rkam bog‘lar, dam olish maskanlari, ravon yo‘laklar, maydonlar, xiyobonlar, mehmonxona va restoranlar bunyod qilingan. Ularda dam olib, hordiq chiqarsangiz, xayolingizdan dorilamon kunlarimizning shukuhi kechadi. Negaki, kanal bo‘ylaridagi salkam 80 gektar maydonning deyarli 70 gektarini bog‘lar tashkil etadi. Unga tutash tarzda, shuningdek, 45 ta tadbirkorlik sub’ekti tomonidan 55 ta dam olish inshooti qurilgan. To‘rtta kater esa dam oluvchilar xizmatida.
- Biz oilamiz bilan kechqurunlari Urganchni tomosha qilishga odatlanganmiz, - deydi mehnat faxriysi Sharipboy Jumaniyazov. - Nega deganda, azim shahar tunda rango-rang chiroqlarga,  nurga burkanib, yanayam go‘zal bo‘ladiki, bundan ko‘z kuvonadi.
Darhaqiqat, go‘zal Vatanimizning gavhari sanalgan Xorazmga, uning shukuhli markazi Urganch shahriga kelsangiz, o‘ziga xos bir harorat, xush kayfiyat og‘ushida qolasiz. Hozirgi kunda nafaqat Urganch shahri, balki viloyatning boshqa hududlari ham ulkan bunyodkorlik maydoniga aylangan. Shu tariqa tuman markazlari, qishloqlar, mahallalar tobora yasharib, yangilanib bormokda. Jumladan, viloyatda 2009 yildan beri 116 ta massivda qishloq aholisi uchun 3,5 mingta namunaviy uy-joy qurilib, ularga 130 kilometr gaz va 85 kilometr elektr tarmoqlari, 180 kilometrga yaqin suv quvurlari tortildi. Qolaversa, yangi qishloq massivlarida internetdan tortib, bank va savdo shoxobchalari, bolalar sport maydonchalari, aholi dam olish maskanlari mavjudligi aholiga zamonaviy kulayliklar yaratayotir.
Zero, bularning barchasi Prezidentimizning voha ahliga ko‘rsatayotgan cheksiz e’tibori tufaylidir. Xorazmliklar esa bunga javoban viloyatni yanada taraqqiy ettirish, uning yorqin kelajagini ta’minlash yo‘lida azmu shijoat va fidoyilik ko‘rsatmokdalar.
Sotim AVAZ,
O‘zbekiston Yozuvchilar
uyushmasi a’zosi,
Oybek RAHIMOV, “Xalq so‘zi” muxbiri.
“Xalq so‘zi”  16 sentyabr, 2014 yil № 179 (6109)