Gerb Bayroq Madhiya Davlat mukofotlari Bosh sahifa Mobil versiya Sayt xaritasi Forum
Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!   Click to listen highlighted text! Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!
Матнни тинглаш!
0(362) 223-00-18
Ish tartibi 900 - 1800
  • xorazm.uz

    Yurtboshimizning tabiri bilan aytganda, Xorazm «O‘zbek davlatchiligining ilk tamal toshi qo‘yilgan muqaddas zamin!». Insoniyat tamadduni o‘choqlaridan hisoblanmish bu ko‘hna yurtdan ne-ne buyuk allomalar, qomuschi olimlar, ahli donishlar, avliyo-anbiyolar yetishib chiqgan.

  • xorazm.uz

    Istiqlol tufayli yurtimizdagi qadim shaharlar va qal’alar, madaniyat o‘choqlarini ko‘rish, ziyorat qilish uchun yetti iqlimdan kelayotgan sayyohlarning soni yildan-yilga oshmoqda. Jahon bizning mo‘tabar yurtimizni ko‘rishga orzumand!

  • xorazm.uz

    2017-2018 yillarda Xorazm viloyati sanoati salohiyatini rivojlantirish dasturi amaliyotga allaqachon tatbiq qilinayotgan ulkan qurilishu ta‘mirlash, eng zamonaviy asbob-uskunalar keltirish, kerakli mutaxassislarni o‘qitish, o‘rgatish jarayoni jadal yo‘lga qo‘yildi.

  • xorazm.uz

    Xalqimiz dasturxonining fayziyobligi, bozorlarimizning to‘kinligiyu oziq-ovqat mahsulotlarining serobligi, arzonligi, bir so‘z bilan aytganda yurtimiz farovonligi bobodehqonlarimizning mehnati mahsulidir. Xorazm voxasi qishloq xo‘jaligi soxasida xam yetakchilardan hisoblanadi.

Fotoalbom

» Barcha fotoalbomlar

Videoteka

» Barcha video fayllar

Tarix

Хоразм: Кеча ва бугун
Хоразм ўзининг қадим тарихи, бой маданиятига эга бўлган Ўзбекистондаги эътиборга молик ҳудудлардан биридир. Инсониятнинг илк ёзма ёдгорликларидан бири ҳисобланган зардуштийликнинг муқаддас китоби “Авесто” шу диёрда яратилган. Бундан уч минг йиллар илгари ҳам Хоразмнинг ўз ёзуви мавжуд эди. Батафсил...


Хоразм ҳақида битиклардаги илк ёзувлар. ДОРО I нинг Беҳсутун битиги
(ерамиздан аввалги 521-486 йиллар)

Ушбу битик Карманшоҳ яқинидаги денгиз сатҳидан 152 метр юқорироқда бўлган Беҳсутун қоясига ўйиб ёзилган. Битикнинг юқорисида улкан барелеф мавжуд. Унда тўққиз нафар шоҳ ва уруғларнинг бошлиқлари қўллари боғланган ва бўйинларига сиртмоқ солинган ҳолда Доронинг олдида тургани тасвирланган. Уларнинг ўнинчисининг устига шоҳ оёғини қўйиб турибди. Битик беш устун ва 414 сатрдан иборат. У уч тилда битилган (елам, бобил ва эски форс тилларида). Батафсил...



Munosib vorislik saodati
22.10.2017

Yurtimizning uch ming yillik tarixi sahifalariga nazar solsak,Vatanimiz yer yuzidagi eng qadimgi tsivilizatsiya markazlaridan biri bo‘lganligiga,betakror yodgorliklar, siru-sinoatlarga boy ekanligiga amin bo‘lasiz. Butun dunyoda yuksak nom va dovrug‘ qozongan,ajdodlarimiz aql-zakovatining yorqin namunasi hisoblangan Xorazm Ma’mun akademiyasi ana shunday tarixiy durdonalarimizdan biridir.Bundan ming yil oldin ilmiy faoliyat olib borgan,o‘z tarkibida yuzdan ortiq mashhur allomalarimiz,ularning ko‘plab iqtidorli shogirdlarini birlashtirgan,ulkan kutubxona,iste’dodli yoshlar uchun madrasa,tarjimon va hattotlar maktabi tuzilmalari, ilmiy tadqiqot va izlanishlar olib borish uchun barcha sharoitlarga ega bo‘lgan mazkur "Baytul-hikma”da o‘sha davr va keyingi zamonlar uchun o‘ta muhim bo‘lgan ilmiy kashfiyotlar qilingan.Abu Rayhon Beruniy raislik qilgan ushbu dargohda bajarilgan ilmiy tadqiqotlarning uslubi hali ham amaliyotda qo‘llanib kelinadi.Bu ilm sarchashmasi butun dunyoga dong‘i ketgan,ilm fanda katta burilishlar yasagan Ibn Iroq,Jurjoniy,Ibn Sino,Miskavayh,Abulxayr Xammor,Masihiy kabi ko‘plab olimlarni etishtirib berdi.Hozirgi kunda ham biron- bir sohada tadqiqot olib boriladigan bo‘lsa,albatta qadimiy akademiya olimlarining asarlariga murojaat qilinadi.

Ushbu ilm fan maskani atigi o‘n besh yil faoliyat ko‘rsatgan bo‘lsada,o‘zining yuksak ilmiy salohiyati bilan butun dunyo ilm-ma’rifat taraqqiyotiga beqiyos hissa qo‘sha olgan.Bu tarixiy haqiqat istiqlol yillaridagina yuzaga chiqdi,buyuk allomalarimizning sha’nu shavkati,muborak nomlarini qayta tiklash,munosib voris sifatida ularning boy va noyob ilmiy merosini chuqur o‘rganish,tabarruk qadamjolarini obod qilish bo‘yicha ezgu ishlar amalga oshirildi.

1997 yil 11 noyabrda mamlakatimizning Birinchi Prezidenti tashabbusi bilan ming yoshli akademiya faoliyati qayta tiklanib,bu erda ilmiy faoliyat yana yo‘lga qo‘yildi.2006 yilda Xorazm Ma’mun akademiyasi tashkil topganligining ming yilligi YuNESKO shafeligida keng nishonlandi.Ajdodlar an’anasining davomchisi bo‘lib qayta dunyoga kelgan zamonaviy,navqiron ilm-fan maskanida Xorazm tarixi,milliy davlatchiligimiz asoslari,vohaning tarixiy va arxeologik yodgorliklari,o‘ziga xos madaniyatini o‘rganish,ushbu mintaqadagi ekologik holat,er va suv resurslari,qishloq xo‘jaligi sohasida mahalliy iqlim sharoitiga mos navlar yaratish kabi ko‘plab yo‘nalishlarda jiddiy ilmiy izlanish va tadqiqotlar olib borildi. E’tiborga molik ilmiy natijalar qo‘lga kiritilib,bir qancha xorijiy ilmiy tashkilotlar va universitetlar bilan mustahkam aloqalar o‘rnatildi.

Xorazmlik allomalar o‘z davrida ilm-fan sohasidagi buyuk yutuqlari bilan xalqimizning yuksak ma’naviy qudratini va salohiyatini butun dunyoga mashhur qilganlar.Ularga munosib vorislik qilayotgan zamonaviy Xorazm Ma’mun akademiyasi olimlari ham o‘tgan qisqa vaqt ichida bir qator yutuqlarga erishdilar. Bugungi kunda ilm maskanida 41 ilmiy xodim, jumladan 7 nafar fan doktori,19 nafar fan nomzodi davlatchiligimiz tarixi, bu zamindan etishib chiqqan ulug‘ allomlarning jahon fani va madaniyatiga qo‘shgan hissasi,voha me’moriy yodgorliklarini biologik,fizik va boshqa salbiy ta’sirlardan himoya qilish,mintaqa ekologiyasi,viloyat sharoitiga mos qishloq xo‘jalik ekinlarini iqlimlashtirish,sho‘rlanish va cho‘llanishni oldini olish kabi yo‘nalishlarda ilmiy tadqiqotlar olib bormoqdalar.

Tarix, arxeologiya va falsafa bo‘limida Xorazmning qadimgi va o‘rta asrlarga oid etnografik, arxeologik materiallari chuqur tadqiq qilinib, hali fanga ma’lum bo‘lmagan qimmatli ma’lumotlar olindi.Arxeologik qazishlar natijasida 10 yaqin yodgorliklar o‘rganilib, davlatchilik masalalariga aniqliklar kiritildi, "O‘zbekiston davlatchilik tarixida Xorazm” monografiyasi nashr etildi. Manbashunoslik sohasida "Xiva xonlari davlat arxiv hujjatlari” o‘rganilib,elchilik,xalqaro aloqalar, sud-huquq tizimiga oid yangi kashfiyotlar tarix sahifalarini boyitdi.Loyiha doirasida Xiva xonligi va Afg‘oniston aloqalariga doir hali e’lon qilinmagan yangi ma’lumotlar aniqlandi.

Arxeologiya borasida Hazorasp tumani Tuproqqal’a massivida joylashgan bronza davri manzilgohi - Sharofat, antik va ilk o‘rta asrlar davriga oid Tosh qal’a-2 yodgorliklari, Uch O‘choq tepaligi va Meshekli qo‘ltig‘ida arxeologik qazish ishlari olib borildi. Qadimiy kulolchilik markazi Xumbuztepa yodgorligida Zardushtiylik dini bilan bog‘liq otashgoh ochib o‘rganildi. Arxeologiya sohasidagi olimlarimizning yutuqlari Geydelberg va Varshava universitetlari olimlari tomonidan tan olindi va ular bizning ilmiy-tadqiqotlarimiz natijalaridan o‘z ma’ruza va maqolalarida foydalanmoqdalar. Ismoil Jurjoniyning "Zaxirayi Xorazmshohiy” asari o‘zbek tiliga tarjima qilindi va Ibn Sinoning "Tib qonunlari” bilan qiyosiy o‘rganildi hamda nashr etildi. Masihiyning hayoti va ilmiy-amaliy faoliyati haqida ma’lumotlar yig‘ildi. Masihiyning "Tib ilmidan yuz bobli kitob” asari arab tilidan o‘zbek tiliga tarjima qilindi. Me’moriy obidalarning poydevorlari, er ustki qurilmalari va yog‘och elementlari tekshirilib, texnik holatini aniqlash yo‘nalishidagi ilmiy ishlanmalar ham e’tiborga molik. Mazkur loyiha doirasida Xivada Ichonqal’a hududidagi me’moriy obidalarda geodezik kuzatuv ishlari olib borildi hamda tarixiy yodgorliklarni ta’mirlash bo‘yicha ilmiy tavsiyalar ishlab chiqilib, amaliyotga joriy qilindi.

Shuningdek tabiiy fanlar sohasida ham bir necha loyihalar ustida tadqiqotlar olib borilmoqda. Manfaatdor tashkilotlar bilan shartnomalar tuzilib, g‘o‘za selektsiyasi bo‘yicha tadqiqot ishlari yo‘lga qo‘yildi. Jumladan, "Raxmad”, "Darxam”, "Xurma”, "Niyat” kabi yangi g‘o‘za navlari yaratildi. "Niyat” navi Respublika qishloq xo‘jalik ekinlarini sinash davlat komissiyasi tomonidan ma’qullandi va nav sinash shoxobchalarida ekib ko‘rish uchun tavsiya qilindi. Istiqbolli g‘o‘za va bug‘doy navlari urug‘chilik tizimini yaratishda "Barokot” biostimulyatoridan foydalanib hosildorlikni oshirish amaliyotga joriy qilingani yana bir yutug‘imiz bo‘ldi.

Asosiy qishloq xo‘jaligi ekinlarining tuzlarga chidamliligiga oid ma’lumotlar to‘plandi va tahlil qilindi. Tuproqlarining sho‘rlanganlik darajasi, agrofizik va agrokimyoviy xususiyatlari, tarkibidagi gumus miqdori aniqlanib, unda sodir bo‘ladigan mikrobiologik jarayonlar tahlil qilindi.

Akademiya qoshida faoliyat olib borayotgan "Xorazm tarixi va madaniyati” doimiy ekspozitsiyasi yurtimiz fuqarolariga tarix va madaniyatimiz jonli ravishda namoyon etib kelmoqda.Ekspozitsiyada sayyohlar va mahalliy mehmonlar,o‘quvchi va talabalar bilan davra suhbatlari,ekskursiya va mahorat darslari muntazam o‘tkazib kelinmoqda Hozirgi paytda Xorazm Ma’mun akademiyasi tomonidan jahonning 20 ga yaqin xorijiy ilmiy markazlari bilan hamkorlik aloqalari o‘rnatilgan. Jumladan, Malayziya multimediya universiteti,Saudiya Arabistonida Podshoh Faysal nomidagi ilmiy-tadqiqot markazi,Janubiy Koreyaning Kyongxi universiteti bilan faol hamkorlik qilib kelyapmiz. Akademiya olimlarining ilmiy loyihalari Malayziya, Xitoy, Germaniya davlatlari ilmiy markazlariga, YuNESKO, TEMPUS va Jahon bankiga taqdim qilindi.

Mamlakatimiz Prezidenti joriy yilning 27-28 yanvar kunlari Xorazm viloyatiga tashrifi chog‘ida Ma’mun akademiyasi faoliyati bilan ham yaqindan tanishib,ilm maskani faoliyatini yanada rivojlantirish,ilmiy xodimlar uchun munosib sharoitlar yaratib berish borasida topshiriqlar bergan edilar.Shundan keyin 2017 yil 14 aprelda Respublika Vazirlar Mahkamasining "Xorazm Ma’mun akademiyasining faoliyatini yanada rivojlantirish va takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.Mazkur qaror asosida akademiya ishchi-xodimlari uchun 24 xonadonga mo‘ljallangan ko‘p qavatli uy barpo etildi,akademiya ilmiy faoliyatini rivojlantirishning istiqbol rejalari belgilandi.

Ilm maskani o‘tgan yigirma yil mobaynida mamlakatimizda o‘tkazilgan ko‘plab xalqaro anjumanlar,ilmiy-amaliy konferentsiyalarga mezbonlik qildi.Davlatimiz rahbari joriy yilning 14 oktyabrida Xalq deputatlari Xorazm viloyati kengashining navbatdan tashqari sessiyasida so‘zlagan nutqida Al-Xorazmiy nomida yosh matematiklarning xalqaro olimpiadasini buyuk olim tavallud topgan zaminda,aynan Xorazm Ma’mun akademiyasida o‘tkazish taklifini ilgari surdilar.Bunday anjumanlar ilm maskanining xalqaro miqyosda obro‘ e’tiborini yanada yuksalishiga xizmat qiladi.

O‘tgan davr mobaynida Xorazm Ma’mun akademiyasida respublikamiz miqyosidagi bir qator dolzarb muammolar o‘zining ilmiy echimini topganligi va amaliyotga joriy etilganligi barchamiz uchun quvonarli hol.Akademiya olimlari erishayotgan bu yutuqlar mustaqillik yillarida mamlakatimiz ilm fani rivojiga qo‘shilgan munosib hissadir.

Odilbek Odamboev,

"Xalq so‘zi” muxbiri