Gerb Bayroq Madhiya Davlat mukofotlari Bosh sahifa Mobil versiya Sayt xaritasi Forum
Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!   Click to listen highlighted text! Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!
Матнни тинглаш!
0(362) 223-00-18
Ish tartibi 900 - 1800
  • xorazm.uz

    Yurtboshimizning tabiri bilan aytganda, Xorazm «O‘zbek davlatchiligining ilk tamal toshi qo‘yilgan muqaddas zamin!». Insoniyat tamadduni o‘choqlaridan hisoblanmish bu ko‘hna yurtdan ne-ne buyuk allomalar, qomuschi olimlar, ahli donishlar, avliyo-anbiyolar yetishib chiqgan.

  • xorazm.uz

    Istiqlol tufayli yurtimizdagi qadim shaharlar va qal’alar, madaniyat o‘choqlarini ko‘rish, ziyorat qilish uchun yetti iqlimdan kelayotgan sayyohlarning soni yildan-yilga oshmoqda. Jahon bizning mo‘tabar yurtimizni ko‘rishga orzumand!

  • xorazm.uz

    2017-2018 yillarda Xorazm viloyati sanoati salohiyatini rivojlantirish dasturi amaliyotga allaqachon tatbiq qilinayotgan ulkan qurilishu ta‘mirlash, eng zamonaviy asbob-uskunalar keltirish, kerakli mutaxassislarni o‘qitish, o‘rgatish jarayoni jadal yo‘lga qo‘yildi.

  • xorazm.uz

    Xalqimiz dasturxonining fayziyobligi, bozorlarimizning to‘kinligiyu oziq-ovqat mahsulotlarining serobligi, arzonligi, bir so‘z bilan aytganda yurtimiz farovonligi bobodehqonlarimizning mehnati mahsulidir. Xorazm voxasi qishloq xo‘jaligi soxasida xam yetakchilardan hisoblanadi.

Fotoalbom

» Barcha fotoalbomlar

Videoteka

» Barcha video fayllar

Tarix

Хоразм: Кеча ва бугун
Хоразм ўзининг қадим тарихи, бой маданиятига эга бўлган Ўзбекистондаги эътиборга молик ҳудудлардан биридир. Инсониятнинг илк ёзма ёдгорликларидан бири ҳисобланган зардуштийликнинг муқаддас китоби “Авесто” шу диёрда яратилган. Бундан уч минг йиллар илгари ҳам Хоразмнинг ўз ёзуви мавжуд эди. Батафсил...


Хоразм ҳақида битиклардаги илк ёзувлар. ДОРО I нинг Беҳсутун битиги
(ерамиздан аввалги 521-486 йиллар)

Ушбу битик Карманшоҳ яқинидаги денгиз сатҳидан 152 метр юқорироқда бўлган Беҳсутун қоясига ўйиб ёзилган. Битикнинг юқорисида улкан барелеф мавжуд. Унда тўққиз нафар шоҳ ва уруғларнинг бошлиқлари қўллари боғланган ва бўйинларига сиртмоқ солинган ҳолда Доронинг олдида тургани тасвирланган. Уларнинг ўнинчисининг устига шоҳ оёғини қўйиб турибди. Битик беш устун ва 414 сатрдан иборат. У уч тилда битилган (елам, бобил ва эски форс тилларида). Батафсил...



MUROJAATLAR BILAN ISHLASH TIZIMI TAKOMILINI KO‘ZLAB
24.01.2017

2017 yil – Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili

MUROJAATLAR BILAN ISHLASH TIZIMI TAKOMILINI KO‘ZLAB

2017 yilning «Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili» deb e’lon qilinganligi munosabati bilan, «Xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi kerak» degan tamoyilni amalda qaror toptirish yuzasidan viloyat, shahar va tumanlar hokimliklarida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlashning sifat jihatidan yangi tizimini joriy etish hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 28 dekabrdagi Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida viloyat hokimi P.Bobojonov qaror qabul qildi.

Unga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 28 dekabrdagi «Jis­moniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi Farmoni rahbarlik va ijro uchun qabul qilindi.

Viloyat hokimining o‘rinbosarlari, Urganch shahar va tumanlar hokimlariga Xalq qabulxonalari va Virtual qabulxona faoliyatini samarali tashkil etish, ularning faoliyatini me’yoriy-uslubiy va axborot-tahliliy jihatdan ta’minlash, aholi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotni tashkil etish, jismoniy va yuridik shaxs­larning huquq va erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini to‘laqonli himoya qilishga qaratilgan, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlashning sifat jihati­dan yangi na samarali tizimi faoliyatini ta’minlash, mahallalarda jismoniy va yuridik shaxslarning sayyor qabullarini muntazam ravishda o‘tkazib borish, Xalq qabulxonalari va Virtual qabulxonaga kelib tushgan murojaatlarning ko‘rib chiqllishi ustidan tizimli monito­ring va nazoratni amalga oshirish topshirildi.

Shuningdek, Xalq qabulxonalari va Virtual qabulxonaga kelib tushayotgan murojaatlarning qayd etilishi, ko‘rib chiqilishi, umumlashtirilishi va tizimlashtirilishi ustidan nazorat qilinishi bo‘yicha yagona elektron axborot tizimini joriy etish va yuritish yo‘li bilan murojaatlar bilan ishlashda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan keng foydalanish, murojaatlar bi­lan ishlash natijalari ommaviy axborot vositalarida tizimli yoritib borilishini tashkil etish, har oyda murojaatlar bilan ishlashga oid o‘z hisobotini jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlashni nazorat qilish va muvofiqlashtirish xizmatiga taqdim etib borish topshirildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining mazkur Farmoni bilan Xalq qabulxonalari Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahrida, shuningdek har bir tuman va shaharda tashkil etilishi, fuqarolarning O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga, Oliy Majlisga, O‘zbekiston Respub­likasi Prezidenti devoniga, Hukumatga, davlat boshqaruvi organlariga, sud, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat organlariga, boshqa davlat tashkilotlariga murojaat qilishga oid konstitutsiyaviy huquqlarining so‘zsiz amalga oshirilishi uchun sharoitlar yaratilishi, davlat, xo‘jalik boshqaruvi organlarining rahbarlari, barcha darajadagi hokimlarga jismoniy va yuridik shaxslar vakillarining sayyor qabullarini, shu jumladan Xalq qabulxona­lari tomonidan tashkil etiladigan qabullarni muntazam o‘tkazib borish toshpirilganligi, davlat organlari va xo‘jalik boshqaruvi organlarining rahbar­lari va mansabdor shaxslari murojaatlar to‘g‘risidagi qonunchilik talablari va normalarini buzganliklari uchun jinoiy javobgarlikka tortishgacha bo‘lgan javobgarlik xususida qatiy ogohlantirilganligi ma’lumot uchun qabul qilindi.

"Xorazm haqiqati” gazetasi,

2017 yil 21 yanvar №6