Gerb Bayroq Madhiya Davlat mukofotlari Bosh sahifa Mobil versiya Sayt xaritasi Forum
Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!   Click to listen highlighted text! Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!
Матнни тинглаш!
0(362) 223-00-18
Ish tartibi 900 - 1800
  • xorazm.uz

    Yurtboshimizning tabiri bilan aytganda, Xorazm «O‘zbek davlatchiligining ilk tamal toshi qo‘yilgan muqaddas zamin!». Insoniyat tamadduni o‘choqlaridan hisoblanmish bu ko‘hna yurtdan ne-ne buyuk allomalar, qomuschi olimlar, ahli donishlar, avliyo-anbiyolar yetishib chiqgan.

  • xorazm.uz

    Istiqlol tufayli yurtimizdagi qadim shaharlar va qal’alar, madaniyat o‘choqlarini ko‘rish, ziyorat qilish uchun yetti iqlimdan kelayotgan sayyohlarning soni yildan-yilga oshmoqda. Jahon bizning mo‘tabar yurtimizni ko‘rishga orzumand!

  • xorazm.uz

    2017-2018 yillarda Xorazm viloyati sanoati salohiyatini rivojlantirish dasturi amaliyotga allaqachon tatbiq qilinayotgan ulkan qurilishu ta‘mirlash, eng zamonaviy asbob-uskunalar keltirish, kerakli mutaxassislarni o‘qitish, o‘rgatish jarayoni jadal yo‘lga qo‘yildi.

  • xorazm.uz

    Xalqimiz dasturxonining fayziyobligi, bozorlarimizning to‘kinligiyu oziq-ovqat mahsulotlarining serobligi, arzonligi, bir so‘z bilan aytganda yurtimiz farovonligi bobodehqonlarimizning mehnati mahsulidir. Xorazm voxasi qishloq xo‘jaligi soxasida xam yetakchilardan hisoblanadi.

Fotoalbom

» Barcha fotoalbomlar

Videoteka

» Barcha video fayllar

Tarix

Хоразм: Кеча ва бугун
Хоразм ўзининг қадим тарихи, бой маданиятига эга бўлган Ўзбекистондаги эътиборга молик ҳудудлардан биридир. Инсониятнинг илк ёзма ёдгорликларидан бири ҳисобланган зардуштийликнинг муқаддас китоби “Авесто” шу диёрда яратилган. Бундан уч минг йиллар илгари ҳам Хоразмнинг ўз ёзуви мавжуд эди. Батафсил...


Хоразм ҳақида битиклардаги илк ёзувлар. ДОРО I нинг Беҳсутун битиги
(ерамиздан аввалги 521-486 йиллар)

Ушбу битик Карманшоҳ яқинидаги денгиз сатҳидан 152 метр юқорироқда бўлган Беҳсутун қоясига ўйиб ёзилган. Битикнинг юқорисида улкан барелеф мавжуд. Унда тўққиз нафар шоҳ ва уруғларнинг бошлиқлари қўллари боғланган ва бўйинларига сиртмоқ солинган ҳолда Доронинг олдида тургани тасвирланган. Уларнинг ўнинчисининг устига шоҳ оёғини қўйиб турибди. Битик беш устун ва 414 сатрдан иборат. У уч тилда битилган (елам, бобил ва эски форс тилларида). Батафсил...



MUROJAATLAR SONI KAMAYDI
24.03.2015

2014 yil davomida  viloyat hokimi qabulxonasi tomonidan 1474 ta (2013  yil 1521 ta) yozma va 548 ta (2013 yil 346 ta) og‘zaki murojaatlar ko‘rib chiqilgan.
2014 yilda 2013 yilga nisbatan yozma murojaatlar soni 47 taga  kamaygan.
2014 yil davomida  viloyat hokimligiga yagona portal orqali 81 ta murojaat tushgan.
Murojaatlarning 26, foizi Urganch shahriga, 18,7 foizi Hazorasp tumaniga, 11 foizi  Urganch tumaniga, 8,4 foizi Shovot tumaniga 8 foizi  Xiva tumaniga, 6,2 foizi  Xonqa tumaniga to‘g‘ri keladi.
Murojaatlarning ko‘pchilik qismi uy-joy va yer masalalari, 158 tasi  fermer xo‘jaligi, agrosanoat infrastrukturasi ishlariga taalluqli. Boshqalari qurilish sohasi, elektr energiyasi va gaz ta’minoti, sog‘liqni saqlash, din masalalari,  moddiy yordam so‘rab yozgan murojaatlardir. 
2014 yilda  548 ta og‘zaki murojaaat moni oshgan. 
Ularning asosiy qismi viloyat hokimining joylarda aholi bilan o‘tkazilgan uchrashuvlarida berilgan. 
Shahar va tumanlar hokimliklarida fuqarolarning yozma va og‘zaki murojaatlarini ko‘rib chiqish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar quyidagicha:
Hisobot davrida  shahar va tuman hokimliklariga murojaatlar o‘tgan yilga nisbatan 269 taga  kamaygan. Eng ko‘p xat va arizalar Urganch shahri va tumaniga to‘g‘ri keladi. Eng kam murojaatlar Xonqa va Qo‘shko‘pir tumanlariga to‘g‘ri keladi. 
Shahar va tumanlar hokimlarining aholi bilan faol ishlayotgani sabab ularga bo‘lgan og‘zaki murojaatlar ko‘paygan.
2014 yil davomida shahar va tumanlar hokimliklariga  yagona portal orqali 49 ta murojaat tushgan.
Fuqarolar yozma murojaatlarida asosan uy-joy va yer olish masalasi,  fermer xo‘jaliklari  tadbirkorlikni rivojlantirish, bozor, savdo va maishiy xizmatga doir masalalar ko‘tarilgan.


Viloyat hokimligining Axborot xizmati