Gerb Bayroq Madhiya Davlat mukofotlari Bosh sahifa Mobil versiya Sayt xaritasi Forum
Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!   Click to listen highlighted text! Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!
Матнни тинглаш!
0(362) 223-00-18
Ish tartibi 900 - 1800
  • xorazm.uz

    Yurtboshimizning tabiri bilan aytganda, Xorazm «O‘zbek davlatchiligining ilk tamal toshi qo‘yilgan muqaddas zamin!». Insoniyat tamadduni o‘choqlaridan hisoblanmish bu ko‘hna yurtdan ne-ne buyuk allomalar, qomuschi olimlar, ahli donishlar, avliyo-anbiyolar yetishib chiqgan.

  • xorazm.uz

    Istiqlol tufayli yurtimizdagi qadim shaharlar va qal’alar, madaniyat o‘choqlarini ko‘rish, ziyorat qilish uchun yetti iqlimdan kelayotgan sayyohlarning soni yildan-yilga oshmoqda. Jahon bizning mo‘tabar yurtimizni ko‘rishga orzumand!

  • xorazm.uz

    2017-2018 yillarda Xorazm viloyati sanoati salohiyatini rivojlantirish dasturi amaliyotga allaqachon tatbiq qilinayotgan ulkan qurilishu ta‘mirlash, eng zamonaviy asbob-uskunalar keltirish, kerakli mutaxassislarni o‘qitish, o‘rgatish jarayoni jadal yo‘lga qo‘yildi.

  • xorazm.uz

    Xalqimiz dasturxonining fayziyobligi, bozorlarimizning to‘kinligiyu oziq-ovqat mahsulotlarining serobligi, arzonligi, bir so‘z bilan aytganda yurtimiz farovonligi bobodehqonlarimizning mehnati mahsulidir. Xorazm voxasi qishloq xo‘jaligi soxasida xam yetakchilardan hisoblanadi.

Fotoalbom

» Barcha fotoalbomlar

Videoteka

» Barcha video fayllar

Tarix

Хоразм: Кеча ва бугун
Хоразм ўзининг қадим тарихи, бой маданиятига эга бўлган Ўзбекистондаги эътиборга молик ҳудудлардан биридир. Инсониятнинг илк ёзма ёдгорликларидан бири ҳисобланган зардуштийликнинг муқаддас китоби “Авесто” шу диёрда яратилган. Бундан уч минг йиллар илгари ҳам Хоразмнинг ўз ёзуви мавжуд эди. Батафсил...


Хоразм ҳақида битиклардаги илк ёзувлар. ДОРО I нинг Беҳсутун битиги
(ерамиздан аввалги 521-486 йиллар)

Ушбу битик Карманшоҳ яқинидаги денгиз сатҳидан 152 метр юқорироқда бўлган Беҳсутун қоясига ўйиб ёзилган. Битикнинг юқорисида улкан барелеф мавжуд. Унда тўққиз нафар шоҳ ва уруғларнинг бошлиқлари қўллари боғланган ва бўйинларига сиртмоқ солинган ҳолда Доронинг олдида тургани тасвирланган. Уларнинг ўнинчисининг устига шоҳ оёғини қўйиб турибди. Битик беш устун ва 414 сатрдан иборат. У уч тилда битилган (елам, бобил ва эски форс тилларида). Батафсил...



Nariman Umarov Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyati saylovchilari bilan uchrashdi
26.02.2015

O‘zbekiston "Adolat" sotsial-demokratik partiyasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Nariman Umarov saylovoldi tashviqoti doirasida 16 fevral kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyati saylovchilari bilan uchrashdi.

Prezidentlikka nomzod bilan uchrashuvlarda qariyb 400 kishi qatnashdi. Ular mahalliy Kengashlar deputatlari, keng jamoatchilik vakillari va jurnalistlardir.
N.Umarovning ishonchli vakillari uchrashuvlar ishtirokchilarini O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodning tarjimai holi bilan tanishtirdi.
Uchrashuvlarda qayd etilganidek, mustaqillik yillarida O‘zbekistonda davlat va jamiyat qurilishining barcha sohasida keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirildi. Puxta o‘ylangan iqtisodiy siyosat tufayli so‘nggi yillarda mamlakat yalpi ichki mahsuloti o‘sishi 8 foiz darajasida barqaror va izchil ta’minlab kelinmoqda. Samarali ijtimoiy siyosat ta’lim, sog‘liqni saqlash, aholini ijtimoiy muhofaza qilish tizimini tubdan isloh etish imkonini berdi. Natijada xalqimiz farovonligi oshib, O‘zbekistonning xalqaro miqyosdagi nufuzi tobora yuksalib borayapti.
Ta’kidlanganidek, davlat insonning iqtisodiy va ijtimoiy huquqlari ta’minlanishining ishonchli kafolati hisoblanadi. Shuning uchun ham Prezidentlikka nomzod ushbu huquqlarni amalga oshirish mexanizmlarini takomillashtirishni o‘zining vazifasi, deb hisoblaydi. Bunda har kimning erkin ish tanlash, adolatli mehnat sharoitlari, malakali tibbiy xizmat va boshqa huquqlarini ta’minlash hamda shu orqali aholi turmushi uchun qulay sharoitlar yaratish asosiy ustuvor yo‘nalish sifatida belgilab olindi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodning saylovoldi dasturida “Adolat — hayotimizning bosh mezoni, adolat — har bir inson uchun” tamoyili asosida ushbu sohalarda islohotlarni yanada chuqurlashtirish  ko‘zda tutilgan. Bunda sud-huquq sohasida qonun ustuvorligini ta’minlash, ijtimoiy adolat tamoyiliga rioya qilinishini, sudlarning mustaqilligi va ochiqligini mustahkamlashga qaratilgan islohotlarni davom ettirish muhim ahamiyatga egadir. Aholining huquqiy madaniyatini, fuqarolarning huquqiy ongini yuksaltirish fukarolik jamiyati institutlarining davlat hamda jamiyat ishlarini boshqarishdagi rolini oshirish va mustaxkamlashga xizmat qiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod N.Umarov o‘z Saylovoldi dasturining mazmun-mohiyati haqida fuqarolarga ma’lum qilib, uchrashuvlar ishtirokchilarining ko‘plab savollariga javob qaytardi. Qatnashchilar nomzod bilan o‘z fikr-mulohazalari haqida o‘rtoqlashdilar.
Tadbirlarda “Ekosan” ekologiya va salomatlik xalqaro xayriya jamoat fondi Qoraqalpog‘iston filiali direktori N.Mirzaburatov, Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti talabasi A.O‘razimbetova. Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti o‘qituvchisi U.Seytjonova, xalq deputatlari Xorazm viloyati Kengashi deputati N.Eshmetov, Toshkent tibbiyot akademiyasining Urganch filiali dotsenti D.Olimova Prezidentlikka nomzodni qo‘llab-quvvatlab so‘zga chikdi. Ular Prezidentlikka nomzodning Saylovoldi dasturidagi birmuncha muhim jihatlarni qayd etib o‘tishdi.
Yakunda Prezidentlikka nomzod N.Umarov uchrashuv qatnashchilariga minnatdorlik bildirdi.
Hurmatli saylovchilar, O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Nariman Umarovga ovoz bering!
“Adolat” SDP matbuot xizmati.
“Xalq so‘zi” 17 fevral, 2015 yil № 32 (6215)