Gerb Bayroq Madhiya Davlat mukofotlari Bosh sahifa Mobil versiya Sayt xaritasi Forum
Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!   Click to listen highlighted text! Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!
Матнни тинглаш!
0(362) 223-00-18
Ish tartibi 900 - 1800
  • xorazm.uz

    Yurtboshimizning tabiri bilan aytganda, Xorazm «O‘zbek davlatchiligining ilk tamal toshi qo‘yilgan muqaddas zamin!». Insoniyat tamadduni o‘choqlaridan hisoblanmish bu ko‘hna yurtdan ne-ne buyuk allomalar, qomuschi olimlar, ahli donishlar, avliyo-anbiyolar yetishib chiqgan.

  • xorazm.uz

    Istiqlol tufayli yurtimizdagi qadim shaharlar va qal’alar, madaniyat o‘choqlarini ko‘rish, ziyorat qilish uchun yetti iqlimdan kelayotgan sayyohlarning soni yildan-yilga oshmoqda. Jahon bizning mo‘tabar yurtimizni ko‘rishga orzumand!

  • xorazm.uz

    2017-2018 yillarda Xorazm viloyati sanoati salohiyatini rivojlantirish dasturi amaliyotga allaqachon tatbiq qilinayotgan ulkan qurilishu ta‘mirlash, eng zamonaviy asbob-uskunalar keltirish, kerakli mutaxassislarni o‘qitish, o‘rgatish jarayoni jadal yo‘lga qo‘yildi.

  • xorazm.uz

    Xalqimiz dasturxonining fayziyobligi, bozorlarimizning to‘kinligiyu oziq-ovqat mahsulotlarining serobligi, arzonligi, bir so‘z bilan aytganda yurtimiz farovonligi bobodehqonlarimizning mehnati mahsulidir. Xorazm voxasi qishloq xo‘jaligi soxasida xam yetakchilardan hisoblanadi.

Fotoalbom

» Barcha fotoalbomlar

Videoteka

» Barcha video fayllar

Tarix

Хоразм: Кеча ва бугун
Хоразм ўзининг қадим тарихи, бой маданиятига эга бўлган Ўзбекистондаги эътиборга молик ҳудудлардан биридир. Инсониятнинг илк ёзма ёдгорликларидан бири ҳисобланган зардуштийликнинг муқаддас китоби “Авесто” шу диёрда яратилган. Бундан уч минг йиллар илгари ҳам Хоразмнинг ўз ёзуви мавжуд эди. Батафсил...


Хоразм ҳақида битиклардаги илк ёзувлар. ДОРО I нинг Беҳсутун битиги
(ерамиздан аввалги 521-486 йиллар)

Ушбу битик Карманшоҳ яқинидаги денгиз сатҳидан 152 метр юқорироқда бўлган Беҳсутун қоясига ўйиб ёзилган. Битикнинг юқорисида улкан барелеф мавжуд. Унда тўққиз нафар шоҳ ва уруғларнинг бошлиқлари қўллари боғланган ва бўйинларига сиртмоқ солинган ҳолда Доронинг олдида тургани тасвирланган. Уларнинг ўнинчисининг устига шоҳ оёғини қўйиб турибди. Битик беш устун ва 414 сатрдан иборат. У уч тилда битилган (елам, бобил ва эски форс тилларида). Батафсил...



"NIHOL" MUKOFOTI TANLOVINING XORAZM VILOYATI BOSQICHI O‘TKAZILDI
05.11.2016

"NIHOL” MUKOFOTI TANLOVINING XORAZM VILOYATI BOSQICHI O‘TKAZILDI

 

Bundan 16 yil muqaddam, ya’ni 2000-yili yoshlarning jamiyatimiz ma’naviy hayotini yuksaltirishdagi muhim o‘rnini inobatga olib, o‘zining estrada, musiqa, mumtoz qo‘shiq, raqs va opera san’ati ijrochiligi sohasidagi mahorati bilan odamlarning yuragiga etib boradigan, yoshlarni ezgulikka chorlaydigan, ularni ma’naviy barkamol insonlar qilib tarbiyalashga xizmat qiladigan asarlar yaratishda faollik ko‘rsatayotgan 17 yoshdan 25 yoshgacha bo‘lgan iqtidorli yoshlarni muntazam rag‘batlantirib borish maqsadida ta’sis etilgan "Nihol” mukofoti tanlovi har bir qatnashchining iste’dodi va ijro madaniyatining o‘ziga xosligini, badiiy mahorati va saviyasini, milliy san’atimizning yuksak namunalaridan boxabarligi bilan alohida ajralib turishini, buning barobarida xalqimiz ma’naviyatini yuksaltirish, mustaqillik g‘oyalari va jamiyatimizda amalga oshirilayotgan madaniy-ma’rifiy islohotlar mohiyatini san’at vositasida targ‘ib qilishida omil vazifasini o‘tayapti.

 

 


Ayni damda, mamlakatimizda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 29-apreldagi "O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yosh iste’dodlar uchun "Nihol” mukofoti tanlovining tuman(shahar) hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar saralash bosqichlarini o‘tkazish haqida”gi majlis bayoni ijrosini ta’minlash maqsadida izchil ishlar olib borilmoqda.

Joriy yilning 23-25-may kunlari mazkur tanlovning Xorazm viloyatida tuman(shahar) bosqichlari uyushtirilgan edi. Unda vohaning 300 nafardan ziyod iste’dodli va iqtidorli yoshlari estrada, musiqa, mumtoz qo‘shiq, raqs va opera san’ati ijrochiligi bo‘yicha sahnaga chiqib, shundan 55 nafari viloyat bosqichiga yo‘l olgandi.

Nihoyat, 2016-yilning 1-2-noyabr kunlari Urganch shahridagi 2-son bolalar musiqa va san’at maktabida Xorazm viloyati hokimligi, viloyat madaniyat va sport ishlari boshqarmasi, viloyat xalq ijodiyoti va madaniy-ma’rifiy ishlari ilmiy-metodik markazi, "Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati viloyat kengashi va boshqa tashkilotlar hamkorligida tanlovning viloyat bosqichi o‘tkazildi. Tanlov ishtirokchilarining professional tayyorgarligi, badiiy ijrochilik mahorati, repertuar saviyasi (musiqa, matn), ijtimoiy faolligi, insoniy fazilatlari, sahna va kiyinish madaniyati singari omillari O‘zbekiston xalq artistlari Gavhar Matyoqubova, G‘ofur Eshchanov, O‘zbekiston xalq baxshisi Ro‘zimboy Normatov(Qalandar baxshi), "Nihol” davlat mukofoti sohibi Aminzoda Jumaniyozov, shuningdek, vohaning madaniyat va san’at sohasidagi etuk mutaxassislari xolisona baholab bordi.

Yakuniy sarhisoblarga ko‘ra, 16 nafar yosh ijrochi viloyat bosqichining g‘olib va sovrindori bo‘ldi.

"MUSIQA IJROCHILIGI” YO‘NALISHIDA

I o‘rin. Akbar Rajabboev (Urganch shahri).

II o‘rin. Ziyodulla Ro‘zmetov (Hazorasp tumani).

III o‘rin. Sabohat Shermetova (Xiva tumani).

III o‘rin. Muhammad Do‘schanov (Xiva tumani).

"ESTRADA IJROCHILIGI” YO‘NALISHIDA

I o‘rin. Sarvar Sapaev (Urganch shahri).

II o‘rin. San’atbek Yusupov (Urganch shahri).

III o‘rin. Otabek Ibodullaev (Xiva tumani).

III o‘rin. Anvar Jumaniyozov (Urganch tumani).

"MUMTOZ QO‘SHIQ IJROCHILIGI” YO‘NALISHIDA

I o‘rin. Doston Normatov (Shovot tumani).

II o‘rin. Yulduz Jumaniyozova (Urganch shahri).

III o‘rin. Artur Ozodov (Urganch shahri).

III o‘rin. Sevdiyor Davletov (Xiva tumani).

III o‘rin. Feruzbek Karimov (Urganch shahri).

III o‘rin. Farruxbek Saidov (Yangiariq tumani).

"OPERA IJROCHILIGI” YO‘NALISHIDA

I o‘rin. Obid Qadamov (Yangiariq tumani).

"RAQS SAN’ATI” YO‘NALISHIDA

I o‘rin. Bikajon Sa’dullaeva (Urganch shahri).

"Nihol” mukofoti tanlovi viloyat bosqichining yopilish marosimi ham yuksak saviyada tashkil etildi. Tantanada qatnashgan Xorazm viloyati hokimligi Madaniyat va sport ishlari boshqarmasi boshlig‘i Sh. Madaminov, tanlovning respublika kengashi a’zosi, O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, bastakor M. Nurmatovlar iste’dod sohiblarini erishgan muvaffaqiyati bilan muborakbod etdi. O‘z navbatida g‘olib va sovrindorlar tashkilotchilar tomonidan mos ravishda I, II, III darajali diplom va sovg‘alar bilan taqdirlandi.

Tadbir "Nihol” mukofoti sohiblari Dilnoza Ortiqova, Lochin Mo‘minov, Jayhun Matmuratov, Aminzoda Jumaniyozov, Dilmurod Sultonov, shuningdek, joriy yilgi viloyat bosqichining g‘olib va sovrindorlari ishtirokidagi gala kontsert bilan nihoyasiga etdi.

Ikrom XUDOYBERGANOV,

Xorazm viloyat xalq ijodiyoti va

madaniy-ma’rifiy ishlari ilmiy metodik markazi

muharriri.