Gerb Bayroq Madhiya Davlat mukofotlari Bosh sahifa Mobil versiya Sayt xaritasi Forum
Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!   Click to listen highlighted text! Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!
Матнни тинглаш!
0(362) 223-00-18
Ish tartibi 900 - 1800
  • xorazm.uz

    Yurtboshimizning tabiri bilan aytganda, Xorazm «O‘zbek davlatchiligining ilk tamal toshi qo‘yilgan muqaddas zamin!». Insoniyat tamadduni o‘choqlaridan hisoblanmish bu ko‘hna yurtdan ne-ne buyuk allomalar, qomuschi olimlar, ahli donishlar, avliyo-anbiyolar yetishib chiqgan.

  • xorazm.uz

    Istiqlol tufayli yurtimizdagi qadim shaharlar va qal’alar, madaniyat o‘choqlarini ko‘rish, ziyorat qilish uchun yetti iqlimdan kelayotgan sayyohlarning soni yildan-yilga oshmoqda. Jahon bizning mo‘tabar yurtimizni ko‘rishga orzumand!

  • xorazm.uz

    2017-2018 yillarda Xorazm viloyati sanoati salohiyatini rivojlantirish dasturi amaliyotga allaqachon tatbiq qilinayotgan ulkan qurilishu ta‘mirlash, eng zamonaviy asbob-uskunalar keltirish, kerakli mutaxassislarni o‘qitish, o‘rgatish jarayoni jadal yo‘lga qo‘yildi.

  • xorazm.uz

    Xalqimiz dasturxonining fayziyobligi, bozorlarimizning to‘kinligiyu oziq-ovqat mahsulotlarining serobligi, arzonligi, bir so‘z bilan aytganda yurtimiz farovonligi bobodehqonlarimizning mehnati mahsulidir. Xorazm voxasi qishloq xo‘jaligi soxasida xam yetakchilardan hisoblanadi.

Fotoalbom

» Barcha fotoalbomlar

Videoteka

» Barcha video fayllar

Tarix

Хоразм: Кеча ва бугун
Хоразм ўзининг қадим тарихи, бой маданиятига эга бўлган Ўзбекистондаги эътиборга молик ҳудудлардан биридир. Инсониятнинг илк ёзма ёдгорликларидан бири ҳисобланган зардуштийликнинг муқаддас китоби “Авесто” шу диёрда яратилган. Бундан уч минг йиллар илгари ҳам Хоразмнинг ўз ёзуви мавжуд эди. Батафсил...


Хоразм ҳақида битиклардаги илк ёзувлар. ДОРО I нинг Беҳсутун битиги
(ерамиздан аввалги 521-486 йиллар)

Ушбу битик Карманшоҳ яқинидаги денгиз сатҳидан 152 метр юқорироқда бўлган Беҳсутун қоясига ўйиб ёзилган. Битикнинг юқорисида улкан барелеф мавжуд. Унда тўққиз нафар шоҳ ва уруғларнинг бошлиқлари қўллари боғланган ва бўйинларига сиртмоқ солинган ҳолда Доронинг олдида тургани тасвирланган. Уларнинг ўнинчисининг устига шоҳ оёғини қўйиб турибди. Битик беш устун ва 414 сатрдан иборат. У уч тилда битилган (елам, бобил ва эски форс тилларида). Батафсил...



Noqonuniy xizmatlar qonuniylashtirildi.
18.05.2018

Xorazm viloyat davlat soliq boshqarmasi tomonidan kontsert-tomoshalar faoliyati bilan shug‘ullanayotgan yuridik va jismoniy shaxslarning belgilangan me’yorlarga rioya etilishi yuzasidan doimiy ravishda nazorat tadbirlari amalga oshirilib kelinmoqda. Bu borada O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining 2015 yil 9 dekabrdagi “Kontsert-tomosha faoliyatini amalga oshirish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori muhim huquqiy ahamiyatga ega. Mazkur qarorda asosiy e’tibor milliy musiqa san’atini yanada rivojlantirish, ushbu sohani rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish, badiiy jihatdan yuksak asarlarni targ‘ib qilish, litsenziya talablari va shartlarini kuchaytirish orqali madaniy-tomosha tadbirlarini tashkil qilish va o‘tkazishni tizimli ravishda tartibga solish, litsenziya talabgorlariga qo‘yiladigan mezonlarni va malaka talablarini takomillashtirish, shuningdek litsenziatlarning aholiga madaniy xizmat ko‘rsatish bo‘yicha huquqlari va majburiyatlarini aniqlashtirishga qaratilgan.

Xususan, joriy yilning o‘tgan 3 oyi davomida viloyatning barcha shahar va tumanlarida 40 dan ortiq profilaktik tadbirlar tashkil etildi. Mazkur o‘rganishlar davomida 30 ta noqonuniy harakatlar aniqlanib, mazkur holatlar yuzasidan tegishli chora-tadbirlar amalga oshirilgan. Xususan, viloyatimiz hududlarida noqonuniy kontsert-tomosha faoliyati bilan shug‘ullanayotgan fuqarolarning huquqbuzarliklariga chek qo‘yildi. Bunday huquqbuzarliklarni o‘ziga kasb qilib olgan fuqarolarimizga soliq xizmati xodimlari tomonidan davlat byudjetiga zarar etkazishdan ko‘ra, mamlakatimizda tadbirkorlar uchun yaratilayotgan imkoniyat va imtiyolar haqida ma’lumotlar berildi.  

Viloyat davlat soliq boshqarmasi bilan “O‘zbekkontsert” davlat muassasasi viloyat bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan profilaktik tadbirlar natijasida joriy yilning o‘tgan davri mobaynida 20 ga yaqin  noqonuniy kontsert-tomosha faoliyati, ya’ni rasmiy hujjatlarsiz suxandonlik, raqqosalik, xonandachilik va sozandachilik bilan shug‘ullanib kelayotgan fuqarolarimiz faoliyati qonuniylashtirildi. Masalan, Xiva shahrida Muhabbat Kamolova, Urganch tumanidan Umida Sobirova, umida Abdullaeva hamda Qo‘shko‘pir tumanida Shaxlo Jonibekovalar maxsus litsenziyasiz, to‘ylarda kelishilgan summa asosida raqqosachilik bilan shug‘ullanayotganligi aniqlandi.  Shuningdek, to‘y va tantanalarda hech qanday rasmiy hujjatlarsiz suxandonlik faoliyati bilan shug‘ullanib kelayotgan gurlanlik O‘marbay Allaberganov va xivalik Farrux Abdullaevlarning noqonuniy faoliyatiga chek qo‘yildi. Hududiy davlat soliq xizmati hamda “O‘zbekkontsert” davlat muassasasi viloyat bo‘limixodimlari tomonidan o‘tkazilgan profilaktik tadbirlar davomida Xiva shahrida Temur Davlatnazarov, Bekzod Ro‘zmetov, Urganch tumanida Dilshod Abaev, Shixnazar Ismoilov, Dilmurod Eshyozov, Xonqa tumanidan Mansur Salaev, G‘olib Ochilov hamda Qo‘shko‘pirlik Sarvarbek Raxmonovlarning to‘y va tantanalarda litsenziyasiz noqonuniy ravishda xonandalik, sozandachilik, doirakashlik hamda ovoz kuchaytirgich xodimi sifatida xalqimizga pullik xizmat ko‘rsatib, noqonuniy daromad topayotganliklari aniqlandi. Ushbu holatlar yuzasidan viloyat davlat soliq boshqarmasi tomonidan hujjatlar rasmiylashtirilib, ushbu fuqarolarning faoliyatlarini qonuniylashtirishda tegishli ko‘rsatmalar berildi. 

Ayni kunda Muhtaram Yurtboshimiz tomonidan to‘y-hashamlarni ortiqcha harajat va dabdabalarsiz o‘tkazish borasida tegishli ko‘rsatmalari berilmoqda. Xususan, bu borada huquqiy hujjat qabul qilinishi ham ko‘zda tutilgan bir paytda,  to‘y-hashamlarda kelishilgan narx evazida noqonuniy  harakatlar bilan xizmat ko‘rsatishni o‘ziga kasb qilib olgan fuqarolar to‘y egalariga ortiqcha tashvish olib kelishi tabiiy, albatt.  Shuningdek, yurtdoshlarimiz tomonidan to‘ylarda turli xizmatlar evaziga soliq to‘lovlarini to‘lamaslik, noqonuniy faoliyat yuritishga odatlanish yoki to‘y va tantanalardagi yangicha “tartib”, yangicha rasm-rusumlarga chek qo‘yishda, albatta davlat tashkilotlari bilan birgalikda mahalla fuqarolar yig‘inlari, xotin-qizlar qo‘mitalari, siyosiy partiyalar faollarining ham  o‘rni sezilishi lozim. bu borada mavjud kamchiliklarni bartaraf etish, xususan, to‘y va tantanalar xizmat qiluvchi san’atkorlarning soliq to‘lovlariga befarq bo‘lmasligi yuzasidan jamoatchilik nazoratini tashkil etish muhim ahamiyatga ega. Biz yuqorida tilga olgan kamchiliklarni bartaraf etishda davlat tashkilotlari bilan fuqarolik jamiyati institutlarining hamkorligi zarur. 


Xorazm viloyat davlat soliq boshqarmasi

Jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bo‘limi