Gerb Bayroq Madhiya Davlat mukofotlari Bosh sahifa Mobil versiya Sayt xaritasi Forum
Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!   Click to listen highlighted text! Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!
Матнни тинглаш!
0(362) 223-00-18
Ish tartibi 900 - 1800
  • xorazm.uz

    Yurtboshimizning tabiri bilan aytganda, Xorazm «O‘zbek davlatchiligining ilk tamal toshi qo‘yilgan muqaddas zamin!». Insoniyat tamadduni o‘choqlaridan hisoblanmish bu ko‘hna yurtdan ne-ne buyuk allomalar, qomuschi olimlar, ahli donishlar, avliyo-anbiyolar yetishib chiqgan.

  • xorazm.uz

    Istiqlol tufayli yurtimizdagi qadim shaharlar va qal’alar, madaniyat o‘choqlarini ko‘rish, ziyorat qilish uchun yetti iqlimdan kelayotgan sayyohlarning soni yildan-yilga oshmoqda. Jahon bizning mo‘tabar yurtimizni ko‘rishga orzumand!

  • xorazm.uz

    2017-2018 yillarda Xorazm viloyati sanoati salohiyatini rivojlantirish dasturi amaliyotga allaqachon tatbiq qilinayotgan ulkan qurilishu ta‘mirlash, eng zamonaviy asbob-uskunalar keltirish, kerakli mutaxassislarni o‘qitish, o‘rgatish jarayoni jadal yo‘lga qo‘yildi.

  • xorazm.uz

    Xalqimiz dasturxonining fayziyobligi, bozorlarimizning to‘kinligiyu oziq-ovqat mahsulotlarining serobligi, arzonligi, bir so‘z bilan aytganda yurtimiz farovonligi bobodehqonlarimizning mehnati mahsulidir. Xorazm voxasi qishloq xo‘jaligi soxasida xam yetakchilardan hisoblanadi.

Fotoalbom

» Barcha fotoalbomlar

Videoteka

» Barcha video fayllar

Tarix

Хоразм: Кеча ва бугун
Хоразм ўзининг қадим тарихи, бой маданиятига эга бўлган Ўзбекистондаги эътиборга молик ҳудудлардан биридир. Инсониятнинг илк ёзма ёдгорликларидан бири ҳисобланган зардуштийликнинг муқаддас китоби “Авесто” шу диёрда яратилган. Бундан уч минг йиллар илгари ҳам Хоразмнинг ўз ёзуви мавжуд эди. Батафсил...


Хоразм ҳақида битиклардаги илк ёзувлар. ДОРО I нинг Беҳсутун битиги
(ерамиздан аввалги 521-486 йиллар)

Ушбу битик Карманшоҳ яқинидаги денгиз сатҳидан 152 метр юқорироқда бўлган Беҳсутун қоясига ўйиб ёзилган. Битикнинг юқорисида улкан барелеф мавжуд. Унда тўққиз нафар шоҳ ва уруғларнинг бошлиқлари қўллари боғланган ва бўйинларига сиртмоқ солинган ҳолда Доронинг олдида тургани тасвирланган. Уларнинг ўнинчисининг устига шоҳ оёғини қўйиб турибди. Битик беш устун ва 414 сатрдан иборат. У уч тилда битилган (елам, бобил ва эски форс тилларида). Батафсил...



Nuroniylar uchun munosib tuhfa
17.10.2017

Xorazm viloyatining Bog‘ot va Hazorasp tumanlarida "Nuroniylar maskani” binolari foydalanishga topshirildi.

Yurtimizda yoshi ulug‘ insonlarga hurmat-ehtirom ko‘rsatish, ularning turmush sharoitlarini yanada yaxshilash, ijtimoiy muhofaza qilishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Prezidentimizning 2016 yil 28 dekabrdagi «O‘zbekiston faxriylarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash «Nuroniy» jamg‘armasi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Farmoni ijrosi doirasida barcha shahar va tumanlarda zamonaviy uslubda bunyod etilgan «Nuroniylar maskani» binolarining foydalanishga topshirilayotgani ana shu e’tibor va g‘amxo‘rlikning yana bir amaliy ifodasidir.

Bog‘ot tumanidagi madaniyat va istirohat bog‘i hududida barpo etilgan «Nuroniylar maskani» majmuasining ochilish tantanalarida ishtirok etgan davlat hamda jamoat tashkilotlari vakillari, mehnat faxriylari yurtimizdagi tinchlik va osoyishtalikka shukrona aytib, yaratilgan qulaylik va imkoniyatlar uchun minnatdorchilik bildirdilar.

– Ushbu xayrli ishlar "Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili”dan ko‘zda tutilgan ezgu maqsadlarga hamohangdir, -deydi bog‘otlik mehnat faxriysi Madrahim Xudoyberganov. – So‘lim go‘shada barpo etilgan ushbu maskan keksalarimizga o‘zaro muloqotda bo‘lish, miriqib suhbatlashish, salomatliklarini mustahkamlash uchun keng imkoniyatlar yaratdi. Bunday yuksak e’tibor va g‘amxo‘rlik biz faxriylarga kuch-quvvat baxsh etadi, umrimizga umr qo‘shadi.

Hazorasp tumani markazida qad rostlagan "Nuroniylar maskani” binosini bunyod etish uchun qariyb bir milliard so‘m mablag‘ sarflandi.Milliy va zamonaviy me’morchilik uslubida barpo etilgan ko‘rkam koshonada boy kitob fondiga ega bo‘lgan kutubxona, tibbiyot xonasi, maxsus trenajyorlar bilan jihozlangan sog‘lomlashtirish zali, shaxmat-shashka klubi, choyxona nuroniylar ixtiyorida.

Yangi binolarning foydalanishga topshirilishiga bag‘ishlangan tadbirlarda viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi I.Sobirov ishtirok etdi.