Gerb Bayroq Madhiya Davlat mukofotlari Bosh sahifa Mobil versiya Sayt xaritasi Forum
Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!   Click to listen highlighted text! Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!
Матнни тинглаш!
0(362) 223-00-18
Ish tartibi 900 - 1800
  • xorazm.uz

    Yurtboshimizning tabiri bilan aytganda, Xorazm «O‘zbek davlatchiligining ilk tamal toshi qo‘yilgan muqaddas zamin!». Insoniyat tamadduni o‘choqlaridan hisoblanmish bu ko‘hna yurtdan ne-ne buyuk allomalar, qomuschi olimlar, ahli donishlar, avliyo-anbiyolar yetishib chiqgan.

  • xorazm.uz

    Istiqlol tufayli yurtimizdagi qadim shaharlar va qal’alar, madaniyat o‘choqlarini ko‘rish, ziyorat qilish uchun yetti iqlimdan kelayotgan sayyohlarning soni yildan-yilga oshmoqda. Jahon bizning mo‘tabar yurtimizni ko‘rishga orzumand!

  • xorazm.uz

    2017-2018 yillarda Xorazm viloyati sanoati salohiyatini rivojlantirish dasturi amaliyotga allaqachon tatbiq qilinayotgan ulkan qurilishu ta‘mirlash, eng zamonaviy asbob-uskunalar keltirish, kerakli mutaxassislarni o‘qitish, o‘rgatish jarayoni jadal yo‘lga qo‘yildi.

  • xorazm.uz

    Xalqimiz dasturxonining fayziyobligi, bozorlarimizning to‘kinligiyu oziq-ovqat mahsulotlarining serobligi, arzonligi, bir so‘z bilan aytganda yurtimiz farovonligi bobodehqonlarimizning mehnati mahsulidir. Xorazm voxasi qishloq xo‘jaligi soxasida xam yetakchilardan hisoblanadi.

Fotoalbom

» Barcha fotoalbomlar

Videoteka

» Barcha video fayllar

Tarix

Хоразм: Кеча ва бугун
Хоразм ўзининг қадим тарихи, бой маданиятига эга бўлган Ўзбекистондаги эътиборга молик ҳудудлардан биридир. Инсониятнинг илк ёзма ёдгорликларидан бири ҳисобланган зардуштийликнинг муқаддас китоби “Авесто” шу диёрда яратилган. Бундан уч минг йиллар илгари ҳам Хоразмнинг ўз ёзуви мавжуд эди. Батафсил...


Хоразм ҳақида битиклардаги илк ёзувлар. ДОРО I нинг Беҳсутун битиги
(ерамиздан аввалги 521-486 йиллар)

Ушбу битик Карманшоҳ яқинидаги денгиз сатҳидан 152 метр юқорироқда бўлган Беҳсутун қоясига ўйиб ёзилган. Битикнинг юқорисида улкан барелеф мавжуд. Унда тўққиз нафар шоҳ ва уруғларнинг бошлиқлари қўллари боғланган ва бўйинларига сиртмоқ солинган ҳолда Доронинг олдида тургани тасвирланган. Уларнинг ўнинчисининг устига шоҳ оёғини қўйиб турибди. Битик беш устун ва 414 сатрдан иборат. У уч тилда битилган (елам, бобил ва эски форс тилларида). Батафсил...



OBODONLASHTIRISH OYLIGI VA UMUMXALQ XAYRIYA HASHARI
16.01.2014

Viloyat xokimligida

OBODONLASHTIRISH OYLIGI    VA   UMUMXALQ   XAYRIYA HASHARI

Viloyat hokimi P.Bobojonov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 25-avgustdagi "Milliy g‘oya targ‘iboti va ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish to‘g‘risida"gi Qarorida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash, aholi ayniqsa yoshlarni Vatanga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalash, ularning intellektual salohiyatlarini yanada oshirish, milliy urf-odat an’ana va qadriyatlarining hayotimizdagi ahamiyatini ochib berishga qaratilgan faoliyatlarini qo‘llab-quvvatlash, halqaro maydonda mafkuraviy g‘oyaviy va informatsion kurashlar kuchayib borayotgan hozirgi murakkab va tahlikali davrda viloyatda har bir raxbar mas’ul shaxs va barcha aholining, ayniqsa yoshlarning ongli munosabatini shakllantirish hamda Xorazm viloyati Ma’naviyat va ma’rifat Kengashining 2013-yil 10-dekabrdagi 408-sonli yig‘ilishi bayoni qarori ijrosini ta’minlash maqsadida 2013-yilning 30-dekabrida 237-F-sonli farmoyishni qabul qildi
Unga muvofiq 2014-yilning yanvari Obodonlashtirish oyligi deb e’lon qilindi. Shu yilning 18 yanvar kuni "Ma’naviyat umumxalq xayriya hashari"ni o‘tkazish to‘g‘risidagi "Xorazm bozorsavdo" uyushmasi, viloyat o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi, xalq ta’limi, sog‘liqni saqlash boshqarmalari, "Xorazm hududiy elektr tarmoqlari" OAJ, "O‘zbeknavo" EB viloyat bo‘limi, Ogahiy nomidagi viloyat musiqali drama teatri, Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali, Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasining viloyat hududiy boshqarmasi, viloyat tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo boshqarmasi, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi viloyat bo‘limi, "Kamolot" YoIH viloyat Kengashi, "Tasviriy oyina" ijodiy uyushmasi viloyat bo‘limi, viloyat "Qishloqxo‘jalikkimyo" hududiy aktsiyadorlik jamiyati boshqaruvi, viloyat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi, viloyat Fermerlar Kengashining tashabbuslari ma’qullandi va ularni ommalashtirish tavsiya qilindi.
Ma’naviyat umumxalq xayriya xasharini tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha ishchi guruhi, amalga oshiriladigan tashkiliy tadbirlar, xayriya hasharidan tushadigan mablag‘larni maksadli ishlatish yo‘nalishlari tasdiqlandi.
Ma’naviyat umumxalq xayriya hashari munosabati bilan viloyatdagi barcha korxona, tashkilot va muassasalarda bir kunlik ish haqlari Respublika Ma’naviyat targ‘ibot markazi viloyat bo‘limining maxsus hisob raqamiga ixtiyoriy ravishda o‘tkazilishi belgilandi.
  Shahar va tumanlar hokimliklari zimmasiga tadbirni uyushqoqlik bilan tashkil etish maqsadida ikki kun muddat ichida ish hajmlari, ularning ijro muddati va bajarilishi bo‘yicha mas’ullarni belgilagan holda obodonlashtirish chora-tadbirlarini ishlab chiqish, aholi yashash punktlari, ko‘p kavatli binolar va hovlilar, guzarlar, xiyobonlar, ziyoratgohlar va qabristonlar, bolalar maydonchalarini tartibga keltirish, daraxtlarni butash va chiqindilardan tozalash, chiqindilarning alohida belgalangan joylarga olib chikib ketilishini ta’minlash, keksa va nogironlar, yolg‘iz qariyalar, boquvchisini yo‘qotgan, kam ta’minlangan oilalarning uy-joy sharoitlarini yaxshilashga ko‘maklashish, amalga oshirilgan ishlar yuzasidan viloyat hokimligiga axborot kiritish vazifalari yuklatildi.
"Mahalla" xayriya jamoat fondi, Respublika Ma’naviyat targ‘ibot markazi viloyat bo‘limlari, "Kamolot" yoshlar ijtimoiy harakati viloyat Kengashiga, mulkchilik shaklidan qat’iy nazar barcha korxona, tashkilot va muassasalar rahbarlariga 2014 yil 18 yanvar kuni Umumxalk xayriya hasharini o‘tkazish tadbirlariga keng ommani jalb qilish chora-tadbirlarini ko‘rish topshirildi.
"Xorazm" teleradiokompaniyasi, viloyat matbuot va axborot boshkarmasi, "Xorazm hakiqati" va "Xorezmskaya pravda" gazetalari birlashgan tahririyatiga Obodonlashtirish oyligi, umumxalq xayriya hasharining o‘tishini keng yoritish tavsiya etildi.

“Xorazm xaqiqati”, 2014 yil 11 yanvar. № 4 (19038)