Gerb Bayroq Madhiya Davlat mukofotlari Bosh sahifa Mobil versiya Sayt xaritasi Forum
Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!   Click to listen highlighted text! Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!
Матнни тинглаш!
0(362) 223-00-18
Ish tartibi 900 - 1800
  • xorazm.uz

    Yurtboshimizning tabiri bilan aytganda, Xorazm «O‘zbek davlatchiligining ilk tamal toshi qo‘yilgan muqaddas zamin!». Insoniyat tamadduni o‘choqlaridan hisoblanmish bu ko‘hna yurtdan ne-ne buyuk allomalar, qomuschi olimlar, ahli donishlar, avliyo-anbiyolar yetishib chiqgan.

  • xorazm.uz

    Istiqlol tufayli yurtimizdagi qadim shaharlar va qal’alar, madaniyat o‘choqlarini ko‘rish, ziyorat qilish uchun yetti iqlimdan kelayotgan sayyohlarning soni yildan-yilga oshmoqda. Jahon bizning mo‘tabar yurtimizni ko‘rishga orzumand!

  • xorazm.uz

    2017-2018 yillarda Xorazm viloyati sanoati salohiyatini rivojlantirish dasturi amaliyotga allaqachon tatbiq qilinayotgan ulkan qurilishu ta‘mirlash, eng zamonaviy asbob-uskunalar keltirish, kerakli mutaxassislarni o‘qitish, o‘rgatish jarayoni jadal yo‘lga qo‘yildi.

  • xorazm.uz

    Xalqimiz dasturxonining fayziyobligi, bozorlarimizning to‘kinligiyu oziq-ovqat mahsulotlarining serobligi, arzonligi, bir so‘z bilan aytganda yurtimiz farovonligi bobodehqonlarimizning mehnati mahsulidir. Xorazm voxasi qishloq xo‘jaligi soxasida xam yetakchilardan hisoblanadi.

Fotoalbom

» Barcha fotoalbomlar

Videoteka

» Barcha video fayllar

Tarix

Хоразм: Кеча ва бугун
Хоразм ўзининг қадим тарихи, бой маданиятига эга бўлган Ўзбекистондаги эътиборга молик ҳудудлардан биридир. Инсониятнинг илк ёзма ёдгорликларидан бири ҳисобланган зардуштийликнинг муқаддас китоби “Авесто” шу диёрда яратилган. Бундан уч минг йиллар илгари ҳам Хоразмнинг ўз ёзуви мавжуд эди. Батафсил...


Хоразм ҳақида битиклардаги илк ёзувлар. ДОРО I нинг Беҳсутун битиги
(ерамиздан аввалги 521-486 йиллар)

Ушбу битик Карманшоҳ яқинидаги денгиз сатҳидан 152 метр юқорироқда бўлган Беҳсутун қоясига ўйиб ёзилган. Битикнинг юқорисида улкан барелеф мавжуд. Унда тўққиз нафар шоҳ ва уруғларнинг бошлиқлари қўллари боғланган ва бўйинларига сиртмоқ солинган ҳолда Доронинг олдида тургани тасвирланган. Уларнинг ўнинчисининг устига шоҳ оёғини қўйиб турибди. Битик беш устун ва 414 сатрдан иборат. У уч тилда битилган (елам, бобил ва эски форс тилларида). Батафсил...



OCHIQ VA OSHKORALIK RUHIDA
23.01.2017

"Xalq bilan mulokot va inson manfaatlari yili”

 

OCHIQ VA OSHKORALIK RUHIDA

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 24 yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan tantanali marosimdagi so‘zlagan ma’ruzasida belgilab berilgan ustivor vazifalardan kelib chiqib, Xorazm viloyatida ham aholi bilan uchrashuvlar tashkil etilmoqda.

Ana shunday uchrashuvlardan biri Shovot tumanida ham bo‘lib o‘tdi.

Unda viloyat xokimi P.Bobojonov, viloyat Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i R.Djurayev, viloyat prokurori o‘rinbosari A.Muhammadiyev  hamda mahalliy ijro hokimiyati organlari, mutasaddi tashkilot rahbarlari, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlari va fuqarolar ishtirok etdilar.

Maqsad, davlat boshqaruvi organlarining  xalqqa yanada yaqin bo‘lshini ta’minlash, aholini  kundalik hayotda  bezovta qilayotgan madaniy – maishiy muammolarini qonun doirasida hal qilishda amaliy yordam ko‘rsatish, huquq va manfaatlarini himoya qilib, adolat mezonini qaror toptirishdan iboratdir.

Tadbirda ishtirok etgan aholi vakillari echimi dolzarb bo‘lgan masalalar yuzasidan talab va takliflarini bildirldilar.

Shuningdek, ushbu uchrashuvlarda Ichki ishlar organlari huquqbuzarliklar profilaktikasiga doir faoliyatini o‘rganish ham ko‘zda tutilgan. Ularda Ichki ishlar organlarining profilaktika sohasida oldiga qo‘yilayotgan vazifalarni to‘laqonli ta’minlashlariga ham e’tibor qaratilmoqda.

Shuhrat Matkarimov,

viloyat hokimligining matbuot kotibi