Gerb Bayroq Madhiya Davlat mukofotlari Bosh sahifa Mobil versiya Sayt xaritasi Forum
Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!   Click to listen highlighted text! Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!
Матнни тинглаш!
0(362) 223-00-18
Ish tartibi 900 - 1800
  • xorazm.uz

    Yurtboshimizning tabiri bilan aytganda, Xorazm «O‘zbek davlatchiligining ilk tamal toshi qo‘yilgan muqaddas zamin!». Insoniyat tamadduni o‘choqlaridan hisoblanmish bu ko‘hna yurtdan ne-ne buyuk allomalar, qomuschi olimlar, ahli donishlar, avliyo-anbiyolar yetishib chiqgan.

  • xorazm.uz

    Istiqlol tufayli yurtimizdagi qadim shaharlar va qal’alar, madaniyat o‘choqlarini ko‘rish, ziyorat qilish uchun yetti iqlimdan kelayotgan sayyohlarning soni yildan-yilga oshmoqda. Jahon bizning mo‘tabar yurtimizni ko‘rishga orzumand!

  • xorazm.uz

    2017-2018 yillarda Xorazm viloyati sanoati salohiyatini rivojlantirish dasturi amaliyotga allaqachon tatbiq qilinayotgan ulkan qurilishu ta‘mirlash, eng zamonaviy asbob-uskunalar keltirish, kerakli mutaxassislarni o‘qitish, o‘rgatish jarayoni jadal yo‘lga qo‘yildi.

  • xorazm.uz

    Xalqimiz dasturxonining fayziyobligi, bozorlarimizning to‘kinligiyu oziq-ovqat mahsulotlarining serobligi, arzonligi, bir so‘z bilan aytganda yurtimiz farovonligi bobodehqonlarimizning mehnati mahsulidir. Xorazm voxasi qishloq xo‘jaligi soxasida xam yetakchilardan hisoblanadi.

Fotoalbom

» Barcha fotoalbomlar

Videoteka

» Barcha video fayllar

Tarix

Хоразм: Кеча ва бугун
Хоразм ўзининг қадим тарихи, бой маданиятига эга бўлган Ўзбекистондаги эътиборга молик ҳудудлардан биридир. Инсониятнинг илк ёзма ёдгорликларидан бири ҳисобланган зардуштийликнинг муқаддас китоби “Авесто” шу диёрда яратилган. Бундан уч минг йиллар илгари ҳам Хоразмнинг ўз ёзуви мавжуд эди. Батафсил...


Хоразм ҳақида битиклардаги илк ёзувлар. ДОРО I нинг Беҳсутун битиги
(ерамиздан аввалги 521-486 йиллар)

Ушбу битик Карманшоҳ яқинидаги денгиз сатҳидан 152 метр юқорироқда бўлган Беҳсутун қоясига ўйиб ёзилган. Битикнинг юқорисида улкан барелеф мавжуд. Унда тўққиз нафар шоҳ ва уруғларнинг бошлиқлари қўллари боғланган ва бўйинларига сиртмоқ солинган ҳолда Доронинг олдида тургани тасвирланган. Уларнинг ўнинчисининг устига шоҳ оёғини қўйиб турибди. Битик беш устун ва 414 сатрдан иборат. У уч тилда битилган (елам, бобил ва эски форс тилларида). Батафсил...



OILA - JAMIYAT TAYANCHI
02.04.2018

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash va oila institutini mustahkamlash sohasidagi faoliyatni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmonimamlakatimizda ayollarning ijtimoiy faolligini oshirish va  oilalar mustahkamligini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi. 2018 yil 28 mart kuni O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Xorazm viloyat Kengashi“Ayollar qanoti” tomonidan  ushbu Farmon mazmun-mohiyatini  o‘rganishga bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkazildi.Tadbirda  partiya “Ayollar qanoti” faollari ishtirok etdilar. 

        Tadbirni partiya  viloyat Kengashi raisi o‘rinbosari Muxabbat To‘raboeva ochib, mamlakatimiz taraqqiyoti, oila va jamiyat hayotida xotin-qizlar muhim o‘rin va mavqega ega ekanligini ta’kidladi. 

        -Mamlakatimizda xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, huquq va qonuniy manfaatlariga so‘zsiz rioya qilinishini ta’minlash, onalik va bolalikni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning turli soha va tarmoqlarda o‘z qobiliyat va imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarishi uchun shart-sharoit yaratish, shuningdek, oila institutini mustahkamlash borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda, -dedi Muhabbat To‘raboeva o‘z so‘zida. -Biroq ushbu sohadagi ishlarning holati xotin-qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ular bilan maqsadli ishlarni tashkil etish, oilalarda ma’naviy-ahloqiy muhitni mustahkamlash va sog‘lomlashtirishning samarali mexanizmini yaratishga to‘sqinlik qilayotgan bir qator tizimli muammo va kamchiliklar mavjudligini ko‘rsatmoqda. Ushbu muammo va kamchiliklarni bartaraf etishda Prezidentimizning “Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash va oila institutini mustahkamlash sohasidagi faoliyatni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni ayni muddaodir.    

       Davra suhbatida ta’kidlanganidek,  Prezidentimizning   mazkur Farmonida  O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasining jamiyat hayotidagi faolligini oshirish, xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash va oila institutini mustahkamlash sohasidagi faoliyatni tubdan takomillashtirish maqsadida qo‘mita faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari belgilab berildi. O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi va uning hududiy bo‘linmalarining yangilangan tuzilmalari tasdiqlandi. 

           Oilaviy qadriyatlar va an’analar yo‘nalishida fundamental, amaliy va innovatsion tadqiqotlarni olib borish maqsadida Respublika “Oila” ilmiy-amaliy markazi negizida Vazirlar Mahkamasi huzurida alohida “Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazi va uning hududiy bo‘linmalari tashkil etildi. Oilaning reproduktiv salomatligi va demografik rivojlanishi, zamonaviy namunali oilaning mezonlarini belgilash, oila-nikoh munosabatlari sohasida amaliyotni o‘rganish va tajriba almashish borasida xalqaro va xorijiy tashkilotlar, ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan hamkorlikni amalga oshirish bilan bir qatorda “Sog‘lom oila – sog‘lom jamiyat” kontseptual g‘oyasi hamda “Oila jamiyat va davlat himoyasida” konstitutsiyaviy printsipini keng targ‘ib etish va jamiyatga singdirish “Oila” markazining asosiy vazifalari qatoridan joy oldi. 


        Farmonda ko‘zda tutilgan yana bir muhim masalalardan biri bu oilaviy poliklinikalar va qishloq vrachlik punktlari tuzilmalarida “ayollar maslahatxonalari”ni tashkil etish bo‘lib, bu maslahatxonalar bevosita joylarda o‘smir qizlar va fertil yoshidagi ayollarga zarur maslahatlarni beradi. 

     

                Qabul qilingan Farmon xotin-qizlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini ta’minlashni sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqib, ularning oila va jamiyatdagi o‘rni va mavqeini mustahkamlashga, salohiyatini to‘la namoyon etishiga, oilalardagi ijtimoiy-ma’naviy muhitni yanada sog‘lomlashtirishga xizmat qiladi.  Shu boisdan ham   Farmon ijrosini  nazorat qilishda O‘ZMTDP “Ayollar qanoti” faollari ham ishtirok etishlari zarur.

              Nigora Nurlaeva, O‘zMTDP Xorazm viloyat Kengashi etakchi mutaxassisi:

              Oilalardagi ma’naviy muhitni barqarorlashtirishda, oilaviy ajrimlarning oldini olishda O‘zMTDP  tashkilotlari oldida ayollarning mamlakat ijtimoiy-siyosiy  hayotidagi roli va faolligini oshirish  kabi keng ko‘lamli vazifalar turibdi. Ushbu vazifalarni  hal qilishda partiya “Ayollar qanoti” faollariastoydil shijoat bilan ishlashlari zarur.

                                              Alisher RAHMONOV, O‘zMTDP Xorazm viloyat 

                                                                             Kengashi etakchi mutaxassisi.