Gerb Bayroq Madhiya Davlat mukofotlari Bosh sahifa Mobil versiya Sayt xaritasi Forum
Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!   Click to listen highlighted text! Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!
Матнни тинглаш!
0(362) 223-00-18
Ish tartibi 900 - 1800
  • xorazm.uz

    Yurtboshimizning tabiri bilan aytganda, Xorazm «O‘zbek davlatchiligining ilk tamal toshi qo‘yilgan muqaddas zamin!». Insoniyat tamadduni o‘choqlaridan hisoblanmish bu ko‘hna yurtdan ne-ne buyuk allomalar, qomuschi olimlar, ahli donishlar, avliyo-anbiyolar yetishib chiqgan.

  • xorazm.uz

    Istiqlol tufayli yurtimizdagi qadim shaharlar va qal’alar, madaniyat o‘choqlarini ko‘rish, ziyorat qilish uchun yetti iqlimdan kelayotgan sayyohlarning soni yildan-yilga oshmoqda. Jahon bizning mo‘tabar yurtimizni ko‘rishga orzumand!

  • xorazm.uz

    2017-2018 yillarda Xorazm viloyati sanoati salohiyatini rivojlantirish dasturi amaliyotga allaqachon tatbiq qilinayotgan ulkan qurilishu ta‘mirlash, eng zamonaviy asbob-uskunalar keltirish, kerakli mutaxassislarni o‘qitish, o‘rgatish jarayoni jadal yo‘lga qo‘yildi.

  • xorazm.uz

    Xalqimiz dasturxonining fayziyobligi, bozorlarimizning to‘kinligiyu oziq-ovqat mahsulotlarining serobligi, arzonligi, bir so‘z bilan aytganda yurtimiz farovonligi bobodehqonlarimizning mehnati mahsulidir. Xorazm voxasi qishloq xo‘jaligi soxasida xam yetakchilardan hisoblanadi.

Fotoalbom

» Barcha fotoalbomlar

Videoteka

» Barcha video fayllar

Tarix

Хоразм: Кеча ва бугун
Хоразм ўзининг қадим тарихи, бой маданиятига эга бўлган Ўзбекистондаги эътиборга молик ҳудудлардан биридир. Инсониятнинг илк ёзма ёдгорликларидан бири ҳисобланган зардуштийликнинг муқаддас китоби “Авесто” шу диёрда яратилган. Бундан уч минг йиллар илгари ҳам Хоразмнинг ўз ёзуви мавжуд эди. Батафсил...


Хоразм ҳақида битиклардаги илк ёзувлар. ДОРО I нинг Беҳсутун битиги
(ерамиздан аввалги 521-486 йиллар)

Ушбу битик Карманшоҳ яқинидаги денгиз сатҳидан 152 метр юқорироқда бўлган Беҳсутун қоясига ўйиб ёзилган. Битикнинг юқорисида улкан барелеф мавжуд. Унда тўққиз нафар шоҳ ва уруғларнинг бошлиқлари қўллари боғланган ва бўйинларига сиртмоқ солинган ҳолда Доронинг олдида тургани тасвирланган. Уларнинг ўнинчисининг устига шоҳ оёғини қўйиб турибди. Битик беш устун ва 414 сатрдан иборат. У уч тилда битилган (елам, бобил ва эски форс тилларида). Батафсил...



Oila - muqaddas dargoh
09.11.2018

Ha, oila - muqaddas dargoh. Unda milliy qadriyat va an’analarimiz rivoj topadi. Yuksak ma’naviy fazilatlar, eng avvalo, oila bag‘rida shakllanadi va farzandlarimiz zamonamizning munosib, etuk insonlari bo‘lib kamolga etadilar. Bugungi kunda mamlakatimizda jamiyatimizning muhim bo‘g‘ini bo‘lgan oilani har jihatdan mustahkamlash, uni ma’naviyatimiz sarchashmasiga, milliy qadriyatlarimiz o‘z ifodasini topgan haqiqiy tarbiya o‘chog‘iga aylantirishga qaratilgan muhim chora-tadbirlar muntazam ravishda amalga oshirilmoqda. Ayniqsa, "Har bir oilada yuksak ma’naviy muhitni yuzaga keltiraylik" g‘oyasi asosida amaliy ishlar olib borilyapti. O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Xorazm viloyati hokimligi bilan birgalikda ishlab chiqilgan va tasdiqlangan dasturlar asosida maxsus o‘quv kurslari tashkil qilingan. "Oila"markazi tuman va shahar bo‘limi rahbarlari, mahalla fuqarolar yig‘inlarining xotin-qizlar bilan ishlash va oilalarda ma’naviy-axloqiy qadriyatlarni mustahkamlash bo‘yicha mutaxassislari mutasaddi tashkilotlar rahbarlari, hokimliklar, huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari, olimlar, ijodkorlar bilan hamjihatlikda faoliyat yuritishmoqda.
Mahallalarda, xonadonlarda, jamoat joylarida ijtimoiy-ma’naviy muhitga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgan omillarni barvaqt aniqlash, shu jumladan, oilaviy ajrashishlarning oldini olish maqsadida ma’naviy-axloqiy tarbiya, iqtisodiy, huquqiy bilimlar, tibbiy madaniyat, oilaviy munosabatlar holatini aniq-lash bo‘yicha so‘rovnomalar o‘tkazilib, tadqiqot natijalari atroflicha mu-hokama qilinmoqda. Barcha shahar va tumanlardagi mahallalar, eng chekka hududlarda yashayotgan oilalarga ham tegishli amaliy yordam ko‘rsatilmoqda. Jumladan, Shovot tumanidagi 40 oilaga "Har bir oila tadbirkor" dasturi asosida 1 milliard 114 million so‘mlik yordam ko‘rsatildi. "Yoshlar – kelajagimiz" dasturi asosida uchta yosh oilaga kredit olishlariga ko‘maklashildi. Xiva tumani Shomoxulum qishlog‘idan Shodlik Bobojonovning oilasiga moddiy yordam berildi. Bunday misollarni ko‘plab keltirish mumkin. Oilalarda shaxsiy kutubxonalar, mutolaa davralari tashkil etish, oila a’zolari bilan birgalikda konsert va teatr tomoshalariga borish, joylarda turli ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni tashkil etish, to‘y-ma’rakalarni ixcham, tartibli, ma’naviy yuksak darajada o‘tkazish ustuvor vazifalarimiz hisoblanadi. Viloyat Xotin-qizlar qo‘mitasi, sog‘liqni saqlash boshqarmasi bilan hamkorlikda oilaviy poliklinikalar va qishloq vrachlik punktlari tuzilmalari qoshida "Ayollar maslahatxonalari" tashkil qilingan. "Mustahkam oila" haftaliklarida faol ishtirok qilgan oilalar moddiy va ma’naviy rag‘batlantirilib borilmoqda. "Oila - muqaddas dargoh", "Ma’naviyatli oila - baxtli oila", "Qo‘shning tinch - sen tinch", "Qariyali xonadon - fayzli xonadon" kabi mavzularda davra suhbatlari, uchrashuvlar, ochiq muloqotlar hamyurtlarimiz qalbida katta taassurotlar qoldirmoqda. Respublika miqyosida o‘tkazilgan qator tanlovlar o‘zining ijobiy samaralarini bermoqda. Jumladan, "Ibratli oila" ko‘rik-tanlovining viloyat bosqichida 200 ga yaqin oila o‘zlarining ma’naviy dunyoqarashi, tafakkuri boy ekanligini namoyish etishdi. Urganch shahridan Masharipovlar oilasi ushbu tanlovning Respublika bosqichida muvaffaqiyatli ishtirok etdilar. Viloyatimiz ahli erishayotgan yutuqlarda ma’naviyat ta’sirchan, qudratli va ilhombaxsh vositadir. Shu bilan birga, yoshlarimizni har tomonlama sog‘lom, barkamol qilib tarbiyalash, ma’naviyat qo‘rg‘oni bo‘lmish oilalarni mustahkamlashda olib borayotgan ishlarimiz muhim ahamiyat kasb etadi. Bu boradagi sa’y-harakatlarimiz yanada izchillik bilan davom etadi. Sharofat BOBOEVA, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi "Oila" ilmiy-amaliy tadqiqot markazi Xorazm viloyati boshqarmasi bosh mutaxassisi.