Gerb Bayroq Madhiya Davlat mukofotlari Bosh sahifa Mobil versiya Sayt xaritasi Forum
Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!   Click to listen highlighted text! Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!
Матнни тинглаш!
0(362) 223-00-18
Ish tartibi 900 - 1800
  • xorazm.uz

    Yurtboshimizning tabiri bilan aytganda, Xorazm «O‘zbek davlatchiligining ilk tamal toshi qo‘yilgan muqaddas zamin!». Insoniyat tamadduni o‘choqlaridan hisoblanmish bu ko‘hna yurtdan ne-ne buyuk allomalar, qomuschi olimlar, ahli donishlar, avliyo-anbiyolar yetishib chiqgan.

  • xorazm.uz

    Istiqlol tufayli yurtimizdagi qadim shaharlar va qal’alar, madaniyat o‘choqlarini ko‘rish, ziyorat qilish uchun yetti iqlimdan kelayotgan sayyohlarning soni yildan-yilga oshmoqda. Jahon bizning mo‘tabar yurtimizni ko‘rishga orzumand!

  • xorazm.uz

    2017-2018 yillarda Xorazm viloyati sanoati salohiyatini rivojlantirish dasturi amaliyotga allaqachon tatbiq qilinayotgan ulkan qurilishu ta‘mirlash, eng zamonaviy asbob-uskunalar keltirish, kerakli mutaxassislarni o‘qitish, o‘rgatish jarayoni jadal yo‘lga qo‘yildi.

  • xorazm.uz

    Xalqimiz dasturxonining fayziyobligi, bozorlarimizning to‘kinligiyu oziq-ovqat mahsulotlarining serobligi, arzonligi, bir so‘z bilan aytganda yurtimiz farovonligi bobodehqonlarimizning mehnati mahsulidir. Xorazm voxasi qishloq xo‘jaligi soxasida xam yetakchilardan hisoblanadi.

Fotoalbom

» Barcha fotoalbomlar

Videoteka

» Barcha video fayllar

Tarix

Хоразм: Кеча ва бугун
Хоразм ўзининг қадим тарихи, бой маданиятига эга бўлган Ўзбекистондаги эътиборга молик ҳудудлардан биридир. Инсониятнинг илк ёзма ёдгорликларидан бири ҳисобланган зардуштийликнинг муқаддас китоби “Авесто” шу диёрда яратилган. Бундан уч минг йиллар илгари ҳам Хоразмнинг ўз ёзуви мавжуд эди. Батафсил...


Хоразм ҳақида битиклардаги илк ёзувлар. ДОРО I нинг Беҳсутун битиги
(ерамиздан аввалги 521-486 йиллар)

Ушбу битик Карманшоҳ яқинидаги денгиз сатҳидан 152 метр юқорироқда бўлган Беҳсутун қоясига ўйиб ёзилган. Битикнинг юқорисида улкан барелеф мавжуд. Унда тўққиз нафар шоҳ ва уруғларнинг бошлиқлари қўллари боғланган ва бўйинларига сиртмоқ солинган ҳолда Доронинг олдида тургани тасвирланган. Уларнинг ўнинчисининг устига шоҳ оёғини қўйиб турибди. Битик беш устун ва 414 сатрдан иборат. У уч тилда битилган (елам, бобил ва эски форс тилларида). Батафсил...



OLIMPIADA SOVRINDORI KUTIB OLINDI
03.09.2014

Xitoyning Nankin shahrida o‘tkazilgan o‘smirlar o‘rtasidagi II Olimpiada o‘yinlarining kumush medali sovrindori Farhod Sobirov viloyat jamoatchiligi tomonidan shodu hurramlik bilan kutib olindi.
Prezidentimiz I.A.Karimov kuni - kecha Toshkentda bo‘lib o‘tgan mustaqilligimizning 23 - yilligiga bag‘ishlangan tantanada so‘zlagan nutqida mamlakatimiz yoshlariga qarata,  “Siz bilimlar va eng zamonaviy kasb - hunarlarni  chuqur o‘rganish, sportdagi g‘alabalar orqali xalqaro maydonlarda O‘zbekiston bayrog‘ini baland ko‘tarar ekansizlar, o‘zlaringizning kuch va qudratingiz, iqtidor va qobiliyatlaringizni namoyish qilayotganingiz quvonarlidir.


Xitoyning Nankin shahrida bo‘lib o‘tgan o‘smirlar olimpiadasida 28 nafar yosh sportchilarimizning muvaffaqiyatli qatnashgani va 4 oltin, 3 kumush va 3 ta bronza medalni qo‘lga kiritgani buning yana bir isbotidir”, deganlari  o‘zbekistonlik sportchi yoshlarga alohida iftixor baxsh etadi.
Ta’kidlash lozim-ki, yoshlarimizning jahon arenalarida ko‘rsatayotgan bunday yuqori natijalari yosh avlod tarbiyasi, uning ma’nan va jismonan barkamol insonlar  bo‘lib voyaga etishlari uchun mamlakatimizda yaratib beri-gan mukammal sharoitlar natijasidir. Maktab, kollej o‘quvchilari, talabalar o‘rtasida uch bosqichli - “Umid nihollari”, “Barkamol avlod”, “Universiada” sport musoboqalari - muntazam  o‘tkazib kelinmoqda. 
Mahallalarda sport maydonchalari, barcha o‘quv maskanlarida mukammal jihozlangan zamonaviy   sport zallari, shahar va tumanlarimizda sport majmualari barpo etilmoqda va faoliyat olib bormoqda.


Yurtboshimizning yuqoridagi e’tirofiga sazovor bo‘lgan sportchilar orasida  xorazmlik yigit, Pahlavon Mahmud izdoshi Farhod Sobirov ham bor. 
Nankin olimpiadasida 85 kilogramm vazn toifasida  dast ko‘tarishda 147, siltab ko‘tarishda 174, ikki kurashda 321 kilogrammlik natija bilan o‘yinlarning kumush medalini qo‘lga kiritgan og‘ir atletikachi Farhodbek Sobirovni viloyat jamoatchiligi, murabbiylari, ota – ona va do‘stlari kutib olishdi. 
Tadbirda viloyat hokimi P.R.Bobojonov ishtirok etdi va  barchani ushbu katta voqea munosabati bilan chin dildan tabrikladi.
Viloyat hokimligining Axborot xizmati