Gerb Bayroq Madhiya Davlat mukofotlari Bosh sahifa Mobil versiya Sayt xaritasi Forum
Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!   Click to listen highlighted text! Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!
Матнни тинглаш!
0(362) 223-00-18
Ish tartibi 900 - 1800
  • xorazm.uz

    Yurtboshimizning tabiri bilan aytganda, Xorazm «O‘zbek davlatchiligining ilk tamal toshi qo‘yilgan muqaddas zamin!». Insoniyat tamadduni o‘choqlaridan hisoblanmish bu ko‘hna yurtdan ne-ne buyuk allomalar, qomuschi olimlar, ahli donishlar, avliyo-anbiyolar yetishib chiqgan.

  • xorazm.uz

    Istiqlol tufayli yurtimizdagi qadim shaharlar va qal’alar, madaniyat o‘choqlarini ko‘rish, ziyorat qilish uchun yetti iqlimdan kelayotgan sayyohlarning soni yildan-yilga oshmoqda. Jahon bizning mo‘tabar yurtimizni ko‘rishga orzumand!

  • xorazm.uz

    2017-2018 yillarda Xorazm viloyati sanoati salohiyatini rivojlantirish dasturi amaliyotga allaqachon tatbiq qilinayotgan ulkan qurilishu ta‘mirlash, eng zamonaviy asbob-uskunalar keltirish, kerakli mutaxassislarni o‘qitish, o‘rgatish jarayoni jadal yo‘lga qo‘yildi.

  • xorazm.uz

    Xalqimiz dasturxonining fayziyobligi, bozorlarimizning to‘kinligiyu oziq-ovqat mahsulotlarining serobligi, arzonligi, bir so‘z bilan aytganda yurtimiz farovonligi bobodehqonlarimizning mehnati mahsulidir. Xorazm voxasi qishloq xo‘jaligi soxasida xam yetakchilardan hisoblanadi.

Fotoalbom

» Barcha fotoalbomlar

Videoteka

» Barcha video fayllar

Tarix

Хоразм: Кеча ва бугун
Хоразм ўзининг қадим тарихи, бой маданиятига эга бўлган Ўзбекистондаги эътиборга молик ҳудудлардан биридир. Инсониятнинг илк ёзма ёдгорликларидан бири ҳисобланган зардуштийликнинг муқаддас китоби “Авесто” шу диёрда яратилган. Бундан уч минг йиллар илгари ҳам Хоразмнинг ўз ёзуви мавжуд эди. Батафсил...


Хоразм ҳақида битиклардаги илк ёзувлар. ДОРО I нинг Беҳсутун битиги
(ерамиздан аввалги 521-486 йиллар)

Ушбу битик Карманшоҳ яқинидаги денгиз сатҳидан 152 метр юқорироқда бўлган Беҳсутун қоясига ўйиб ёзилган. Битикнинг юқорисида улкан барелеф мавжуд. Унда тўққиз нафар шоҳ ва уруғларнинг бошлиқлари қўллари боғланган ва бўйинларига сиртмоқ солинган ҳолда Доронинг олдида тургани тасвирланган. Уларнинг ўнинчисининг устига шоҳ оёғини қўйиб турибди. Битик беш устун ва 414 сатрдан иборат. У уч тилда битилган (елам, бобил ва эски форс тилларида). Батафсил...



O‘QUV KURSLARI SAMARALI FAOLIYAT KO‘RSATMOQDA
28.06.2014

“Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni amalga oshirilishini ta’minlash, shuningdek, fuqarolar yig‘inlari xodimlarining kasbiy va boshqaruv malakalarini yanada oshirish, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlariga tizimli metodik yordamni tashkil etish maqsadida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013 yil 10 oktyabrdagi “Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari xodimlarining malakasini oshirish bo‘yicha o‘kuv kurslarini tashkil etish to‘g‘risida”gi PQ-2050-sonli Qaroriga asosan, viloyat hokimining 2013 yil 14 oktyabrdagi 225q-sonli qarori bilan tashkil qilingan, Xorazm viloyati hokimligi huzuridagi fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari xodimlarining malakasini oshirish bo‘yicha O‘quv kurslarida bugungi kungacha 334 nafar  fuqarolar yig‘inlari xodimlari malaka oshirib, sertifikatga ega bo‘ldilar.
Shundan, fuqarolar yig‘inlari raislari – 84 nafar, diniy ma’rifat va ma’naviy-ahloqiy tarbiya masalalari bo‘yicha maslahatchilari – 84 nafar, mas’ul kotiblar – 83 nafar, “Mahalla posboni” jamoatchilik tuzilmasi rahbarlari – 83 nafarni tashkil qiladi.
O‘quv kurslarida dars jarayonlari Nizom talablari darajasida, zamonaviy axborot-texnologiyalardan foydalangan holda interfaol usulda, yuksak salohiyat va chuqur bilimga, hayotiy tajribaga ega bo‘lgan huquqshunos, iqtisodchi, psixolog va boshqa soha professor-o‘qituvchilari hamda viloyat ichki ishlar boshqarmasi, “Mahalla” xayriya jamoat fondi viloyat bo‘limi va boshqa hamkor tashkilotlar amaliyotchi mutaxassislari tomonidan olib borildi. 
O‘quv kurslarida dars mashg‘ulotlarini o‘tkazish jarayonida ma’rifiy va ma’naviy-axloqiy tarbiya, yoshlarni kasbga yo‘naltirish, kichik va xususiy tadbirkorlikni, oilaviy biznesni rivojlantirish, aholini manzilli qo‘llab-quvvatlash va ularning ijtimoiy faolligini oshirish, jamoatchilik nazoratini tashkil etish, tabiatni muhofaza qilish, hududlarni obodonlashtirish, jamiyatda tinchlik va osoyishtalikni ta’minlash sohalaridagi vazifalarni amalga oshirishda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari xodimlari kasbiy va boshqarish ko‘nikmalarini hamda ijtimoiy-iqtisodiy bilimlarini oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. 
Viloyat hokimligining Axborot xizmati