Gerb Bayroq Madhiya Davlat mukofotlari Bosh sahifa Mobil versiya Sayt xaritasi Forum
Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!   Click to listen highlighted text! Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!
Матнни тинглаш!
0(362) 223-00-18
Ish tartibi 900 - 1800
  • xorazm.uz

    Yurtboshimizning tabiri bilan aytganda, Xorazm «O‘zbek davlatchiligining ilk tamal toshi qo‘yilgan muqaddas zamin!». Insoniyat tamadduni o‘choqlaridan hisoblanmish bu ko‘hna yurtdan ne-ne buyuk allomalar, qomuschi olimlar, ahli donishlar, avliyo-anbiyolar yetishib chiqgan.

  • xorazm.uz

    Istiqlol tufayli yurtimizdagi qadim shaharlar va qal’alar, madaniyat o‘choqlarini ko‘rish, ziyorat qilish uchun yetti iqlimdan kelayotgan sayyohlarning soni yildan-yilga oshmoqda. Jahon bizning mo‘tabar yurtimizni ko‘rishga orzumand!

  • xorazm.uz

    2017-2018 yillarda Xorazm viloyati sanoati salohiyatini rivojlantirish dasturi amaliyotga allaqachon tatbiq qilinayotgan ulkan qurilishu ta‘mirlash, eng zamonaviy asbob-uskunalar keltirish, kerakli mutaxassislarni o‘qitish, o‘rgatish jarayoni jadal yo‘lga qo‘yildi.

  • xorazm.uz

    Xalqimiz dasturxonining fayziyobligi, bozorlarimizning to‘kinligiyu oziq-ovqat mahsulotlarining serobligi, arzonligi, bir so‘z bilan aytganda yurtimiz farovonligi bobodehqonlarimizning mehnati mahsulidir. Xorazm voxasi qishloq xo‘jaligi soxasida xam yetakchilardan hisoblanadi.

Fotoalbom

» Barcha fotoalbomlar

Videoteka

» Barcha video fayllar

Tarix

Хоразм: Кеча ва бугун
Хоразм ўзининг қадим тарихи, бой маданиятига эга бўлган Ўзбекистондаги эътиборга молик ҳудудлардан биридир. Инсониятнинг илк ёзма ёдгорликларидан бири ҳисобланган зардуштийликнинг муқаддас китоби “Авесто” шу диёрда яратилган. Бундан уч минг йиллар илгари ҳам Хоразмнинг ўз ёзуви мавжуд эди. Батафсил...


Хоразм ҳақида битиклардаги илк ёзувлар. ДОРО I нинг Беҳсутун битиги
(ерамиздан аввалги 521-486 йиллар)

Ушбу битик Карманшоҳ яқинидаги денгиз сатҳидан 152 метр юқорироқда бўлган Беҳсутун қоясига ўйиб ёзилган. Битикнинг юқорисида улкан барелеф мавжуд. Унда тўққиз нафар шоҳ ва уруғларнинг бошлиқлари қўллари боғланган ва бўйинларига сиртмоқ солинган ҳолда Доронинг олдида тургани тасвирланган. Уларнинг ўнинчисининг устига шоҳ оёғини қўйиб турибди. Битик беш устун ва 414 сатрдан иборат. У уч тилда битилган (елам, бобил ва эски форс тилларида). Батафсил...



OSOYISHTALIGIMIZ POSBONLARI BAYRAMI
20.01.2014

OSOYISHTALIGIMIZ POSBONLARI BAYRAMI

O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 22 yilligi xamda 14-yanvar - Vatan himoyachilari kuni viloyatimizda ulkan shodiyonalik bilan nishonlandi.
Viloyatimiz bo‘ylab davom etgan bayram dasturlari doirasida o‘quv muassasalarida, korxona va tashkilotlarda, mahallalarda “Yurtimizning jasur o‘g‘lonlari”, “Osoyishtaligimizning mustahkam qalqoni”, “Mardlar  qo‘riqlaydi Vatanni" kabi manzularda uchrashuvlar, davra suhbatlari, adabiy-badiiy kechalar o‘tkazildi. Kecha ertalab viloyat markazi Xotira maydonidagi haykal poyiga gulchambarlar qo‘yildi.
Shundan so‘ng Ogahiy nomidagi musiqali drama teatrida O‘zbekiston Respublikasi Kurolli Kuchlari tashkil etilganliganing 22 yilligi hamda 14-yanvar Vatan himoyachilari kuniga bag‘ishlangan tantanali yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishni Urganch shahar hokimi I.Yoqubov ochdi.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi yangradi. Viloyat hokimi P.Bobojonov yig‘ilganlarni O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 22 yilligi hamda 14 yanvar -Vatan himonchilari kuni munosabati bilan qizg‘in tabrikladi.
Mustaqillik yillarida yurtimizda zamonaviy talablarga javob beradigan Vatanimiz mustaqilligini,  xavfsizligi  va hududiy yaxlitligini ishonchli kafolati bo‘lgan kudratli milliy armiyamizni shakllantirish borasida ulkan ishlar amalga oshirilmoqda. Milliy armiyamiz  xalqimizning ishonchli posboni, mustahkam qalqoni, qo‘rg‘onidir. Bugungi kunda Qurolli Kuchlar safida xizmat qilish har bir yigitning ezgu orzusiga aylandi. Harbiy xizmat yoshlarni jismonan va ma’nan chiniqtirish bilan birga ular qalbida vatanparvarlik, fidoyilik, xalqiga sadoqat kabi fazilatlarni yanada mustahkamlamoqda. Ayniqsa, istiqlol yillarida xarbiy xizmatchilarning xizmatni o‘tash va yashash joylaridagi ijtimoiy-maishiy sharoitlarini muntazam ravishda yaxshilash, ularni uy-joy bilan ta’minlash va malakali tibbiy xizmat ko‘rsatish borasida dasturlar izchil ijro etilib, xarbiy xizmatchilar va ularning oila a’zolarining ijtimoiy-maishiy sharoitlari tobora yaxshilanmoqda.
Bayram tadbirida Shimoliy-G‘arbiy xarbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondonining birinchi o‘rinbosari I.Qucharov, serjant M.Hojiboev, askar onasi Z.Rajabovalar so‘zga chiqdi.
Tantanali yig‘ilishda harbiy xizmatchilar va xuquqni muhofaza qilish organlari, viloyat favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlarining katta guruhi viloyat hokimining Faxriy yorliqlari va sovg‘alari bilan taqdirlandilar.
O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 22 yilligi hamda 14 yanvar -Vatan himoyachilari kuniga bag‘ishlangan tantanali yig‘ilishda katta bayram kontserti namoyish etildi.
O‘z muxbirimiz.
“Xorazm xaqiqati” 2014 yil 15 yanvar № 5 (19039)