Gerb Bayroq Madhiya Davlat mukofotlari Bosh sahifa Mobil versiya Sayt xaritasi Forum
Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!   Click to listen highlighted text! Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!
Матнни тинглаш!
0(362) 223-00-18
Ish tartibi 900 - 1800
  • xorazm.uz

    Yurtboshimizning tabiri bilan aytganda, Xorazm «O‘zbek davlatchiligining ilk tamal toshi qo‘yilgan muqaddas zamin!». Insoniyat tamadduni o‘choqlaridan hisoblanmish bu ko‘hna yurtdan ne-ne buyuk allomalar, qomuschi olimlar, ahli donishlar, avliyo-anbiyolar yetishib chiqgan.

  • xorazm.uz

    Istiqlol tufayli yurtimizdagi qadim shaharlar va qal’alar, madaniyat o‘choqlarini ko‘rish, ziyorat qilish uchun yetti iqlimdan kelayotgan sayyohlarning soni yildan-yilga oshmoqda. Jahon bizning mo‘tabar yurtimizni ko‘rishga orzumand!

  • xorazm.uz

    2017-2018 yillarda Xorazm viloyati sanoati salohiyatini rivojlantirish dasturi amaliyotga allaqachon tatbiq qilinayotgan ulkan qurilishu ta‘mirlash, eng zamonaviy asbob-uskunalar keltirish, kerakli mutaxassislarni o‘qitish, o‘rgatish jarayoni jadal yo‘lga qo‘yildi.

  • xorazm.uz

    Xalqimiz dasturxonining fayziyobligi, bozorlarimizning to‘kinligiyu oziq-ovqat mahsulotlarining serobligi, arzonligi, bir so‘z bilan aytganda yurtimiz farovonligi bobodehqonlarimizning mehnati mahsulidir. Xorazm voxasi qishloq xo‘jaligi soxasida xam yetakchilardan hisoblanadi.

Fotoalbom

» Barcha fotoalbomlar

Videoteka

» Barcha video fayllar

Tarix

Хоразм: Кеча ва бугун
Хоразм ўзининг қадим тарихи, бой маданиятига эга бўлган Ўзбекистондаги эътиборга молик ҳудудлардан биридир. Инсониятнинг илк ёзма ёдгорликларидан бири ҳисобланган зардуштийликнинг муқаддас китоби “Авесто” шу диёрда яратилган. Бундан уч минг йиллар илгари ҳам Хоразмнинг ўз ёзуви мавжуд эди. Батафсил...


Хоразм ҳақида битиклардаги илк ёзувлар. ДОРО I нинг Беҳсутун битиги
(ерамиздан аввалги 521-486 йиллар)

Ушбу битик Карманшоҳ яқинидаги денгиз сатҳидан 152 метр юқорироқда бўлган Беҳсутун қоясига ўйиб ёзилган. Битикнинг юқорисида улкан барелеф мавжуд. Унда тўққиз нафар шоҳ ва уруғларнинг бошлиқлари қўллари боғланган ва бўйинларига сиртмоқ солинган ҳолда Доронинг олдида тургани тасвирланган. Уларнинг ўнинчисининг устига шоҳ оёғини қўйиб турибди. Битик беш устун ва 414 сатрдан иборат. У уч тилда битилган (елам, бобил ва эски форс тилларида). Батафсил...



O‘zaro hamkorlik, yaqin qo‘shnichilik aloqalari mustahkamlanmoqda
03.04.2018

O‘zbek va turkman xalqlarini mushtarak madaniyat va qadriyatlar, urf-odatlardagi o‘xshashlik va teran tarixiy ildizlar o‘zaro bog‘lab turadi. Ikki qardosh xalq azaldan bir-birining madaniyatini boyitib, savdo-sotiq qilib kelgan, bir daryodan suv ichgan. Tili, dili va dini bir bo‘lgan bu ikki xalq asrlar davomida yonma – yon yashab, bir – biri bilan qon – qardosh, quda – anda bo‘lib ketgan. Yurtimizda Maxtumquli g‘azallari bilan aytiladigan qo‘shiqlar qanchalik  sevib tinglansa, Turkmanistonda Navoiy ijodi namunalari kirib bormagan xonadon yo‘q hisobi. Keyingi yillarda ikki mamlakat o‘rtasidagi munosabatlar yangi, sifat jihatdan yanada yuqori bosqichga ko‘tarildi. Mamlakatimiz Prezidenti Shavkat Mirziyoevning o‘tgan yil mart oyidagi Turkmanistonga davlat tashrifi  yaqin qo‘shnichilik, o‘zaro manfaatli hamkorlik aloqalarini mustahkamlashga xizmat qilmoqda. Ushbu tashrif davomida ilk marta har ikki davlatning chegaradosh hududlari o‘rtasida, jumladan Xorazm viloyati hokimligi va Turkmanistonning Toshovuz viloyati hokimligi o‘rtasida savdo-iqtisodiy va madaniy – gumanitar sohalarda hamkorlik bo‘yicha  kelishuv imzolangan edi.

Kelishuvga ko‘ra  Xorazm va Toshovuz viloyatlari  hududidagi korxona va tashkilotlar o‘rtasida o‘zaro manfaatli aloqalarni yo‘lga qo‘yish, investitsiyalarni jalb qilish, savdo – sotiq hajmini kengaytirish,ayniqsa tarixiy obidalar va muqaddas qadamjolarga boy ikkala hududning sayyohlik imkoniyatlaridan samarali foydalanish ko‘zda tutilgan.Shuningdek madaniyat kunlari, festivallar, ko‘rgazmalar,sport musobaqalari va boshqa ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni o‘tkazish rejalashtirilgan.

Ta’kidlash joiz, har ikkala viloyat tovar ishlab chiqaruvchilari  o‘rtasida o‘zaro savdo hajmi tobora ortib bormoqda.Viloyatimiz tadbirkorlari tomonidan Turkmanistonga asosan qurilish materiallari eksport qilinyapti.

         Toshovuz viloyati bilan ayniqsa, turizm sohasidagi o‘zaro hamkorlik jadal  rivojlanmoqda. O‘tgan yil viloyatimizga to‘rt ming nafardan ortiq turkmanistonlik sayyohlar tashrif buyurishdi. 2017 yilning 1-3 noyabr kunlari viloyatimizdagi bir qator sayyohlik tashkilotlari Turkmanistonning Ovoza shahrida bo‘lib o‘tganyarmarkada ishtirok etib, 2018 yil uchun “Dog‘ sayohat”, “Dashovuz sayohat”, “Atlas”, “Sayohat” kabi  20 dan ortiq turistik firmalar  bilan shartnomalar imzoladilar. Shuningdek, o‘tgan yil viloyatimizdan maktab  o‘quvchilarining bir guruhi Turkmanistondagi bolalar oromgohida dam olib qaytdilar.

Xorazm viloyatining Urganch tumanidagi G‘oybu qishlog‘i hududida 1650-1690 yillar oralig‘ida qurilgan “Ulli hovli” deb ataladigan tarixiy me’moriy majmua bor.O‘sha davrda 100 xonadan iborat bo‘lgan bu majmuada turkman millatiga mansub mahalliy aholi vakillari istiqomat qilgan.Viloyatning turizm salohiyatini yanada rivojlantirish bo‘yicha qabul qilingan dasturlar ijrosi doirasida ushbu majmuada restavratsiya va ta’mirlash ishlari amalga oshirilib, xorijiy va mahalliy sayyohlar e’tiborini jalb qiladigan eng jozibali maskanlardan biriga aylandi. 

Xorazm va Toshovuz viloyatlari o‘rtasida nafaqat iqtisodiy, turizm yo‘nalishlarida,balki ilm-fan, ta’lim sohalarida ham hamkorlik rivoj topmoqda. Joriy o‘quv yilida turkmanistonlik 50 nafar yoshlar Urganch davlat universiteti talabalari safiga qabul qilindi.Ikkala mamlakat yoshlari o‘rtasida turli madaniy-ma’rifiy tadbirlar,uchrashuvlar o‘tkazilayotgani ham e’tiborga molik.

O‘tgan yil noyabr oyida Toshovuz viloyati hokimi Mammed Bayramgulыev rahbarligidagi  delegatsiyaning Xorazm viloyatiga  tashrifi yaqin qo‘shnichilik munosabatlarini  yanada mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etdi. Har ikki viloyat ma’muriyati rahbarlari, ishbilarmon doiralar va jamoatchilik vakillari ishtirokidagi uchrashuvda mintaqalararo darajada to‘g‘ridan-to‘g‘ri va o‘zaro manfaatli aloqalar, xususan, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorlikni yanada rivojlantirish istiqbollari belgilab olindi. 

Bir so‘z bilan aytganda ikki davlat rahbarlari tomonidan o‘zaro ishonch va do‘stlik asosida uzoqni ko‘zlab olib borilayotgan siyosat,har ikki tomon manfaatlariga birdek xizmat qiluvchi kelishuvlar o‘zbek va turkman xalqlari o‘rtasidagi qardoshlik aloqalarini yanada mustahkamlashga xizmat qilayotir.

Ilgizar Sabirov, Xorazm viloyati hokimi