Gerb Bayroq Madhiya Davlat mukofotlari Bosh sahifa Mobil versiya Sayt xaritasi Forum
Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!   Click to listen highlighted text! Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!
Матнни тинглаш!
0(362) 223-00-18
Ish tartibi 900 - 1800
  • xorazm.uz

    Yurtboshimizning tabiri bilan aytganda, Xorazm «O‘zbek davlatchiligining ilk tamal toshi qo‘yilgan muqaddas zamin!». Insoniyat tamadduni o‘choqlaridan hisoblanmish bu ko‘hna yurtdan ne-ne buyuk allomalar, qomuschi olimlar, ahli donishlar, avliyo-anbiyolar yetishib chiqgan.

  • xorazm.uz

    Istiqlol tufayli yurtimizdagi qadim shaharlar va qal’alar, madaniyat o‘choqlarini ko‘rish, ziyorat qilish uchun yetti iqlimdan kelayotgan sayyohlarning soni yildan-yilga oshmoqda. Jahon bizning mo‘tabar yurtimizni ko‘rishga orzumand!

  • xorazm.uz

    2017-2018 yillarda Xorazm viloyati sanoati salohiyatini rivojlantirish dasturi amaliyotga allaqachon tatbiq qilinayotgan ulkan qurilishu ta‘mirlash, eng zamonaviy asbob-uskunalar keltirish, kerakli mutaxassislarni o‘qitish, o‘rgatish jarayoni jadal yo‘lga qo‘yildi.

  • xorazm.uz

    Xalqimiz dasturxonining fayziyobligi, bozorlarimizning to‘kinligiyu oziq-ovqat mahsulotlarining serobligi, arzonligi, bir so‘z bilan aytganda yurtimiz farovonligi bobodehqonlarimizning mehnati mahsulidir. Xorazm voxasi qishloq xo‘jaligi soxasida xam yetakchilardan hisoblanadi.

Fotoalbom

» Barcha fotoalbomlar

Videoteka

» Barcha video fayllar

Tarix

Хоразм: Кеча ва бугун
Хоразм ўзининг қадим тарихи, бой маданиятига эга бўлган Ўзбекистондаги эътиборга молик ҳудудлардан биридир. Инсониятнинг илк ёзма ёдгорликларидан бири ҳисобланган зардуштийликнинг муқаддас китоби “Авесто” шу диёрда яратилган. Бундан уч минг йиллар илгари ҳам Хоразмнинг ўз ёзуви мавжуд эди. Батафсил...


Хоразм ҳақида битиклардаги илк ёзувлар. ДОРО I нинг Беҳсутун битиги
(ерамиздан аввалги 521-486 йиллар)

Ушбу битик Карманшоҳ яқинидаги денгиз сатҳидан 152 метр юқорироқда бўлган Беҳсутун қоясига ўйиб ёзилган. Битикнинг юқорисида улкан барелеф мавжуд. Унда тўққиз нафар шоҳ ва уруғларнинг бошлиқлари қўллари боғланган ва бўйинларига сиртмоқ солинган ҳолда Доронинг олдида тургани тасвирланган. Уларнинг ўнинчисининг устига шоҳ оёғини қўйиб турибди. Битик беш устун ва 414 сатрдан иборат. У уч тилда битилган (елам, бобил ва эски форс тилларида). Батафсил...



O‘ZBEK MILLIM AKADEMIK DRAMA TEATRI JAMOASI – XORAZMDA
07.07.2015

Dushanba kuni Ogahiy nomidagi viloyat musiqali drama teatri yurtdoshlarimiz bilan yanada gavjum bo‘ldi. O‘zbek Milliy akademik drama teatrining Xorazm viloyatida o‘tkaziladigan gastrol safari ushbu muhtasham koshonadan boshlandi.
Ana shu munosabat bilan o‘tkazilgan tadbirda viloyat xokimi P.Bobojonov qatnashdi va so‘zga chiqdi.
Tadbirda so‘zga chiqqan ushbu teatr direktori F.Masudov, O‘zbekiston Respublikasi xalq artistlari Y.Axmedov, Y.Sa’diyevlar yurtimizda amalga oshirilayotgan ulkan qurilishlar, yaratuvchiliklar, tinchlik, osoyishtalik, ijodiy faoliyat uchun imkoniyatlar va ularning samaralarini alohida ta’kidladilar.


Viloyatimizning barcha shahar va tumanlaridan teatrga yig‘ilgan turli soxa egalari, yoshlar, mexnat faxriylari, keng jamoatchilik vakillari el sevgan san’atkorlarning dil so‘zlarini qarsaklar bilan kutib oldilar.
Shundan so‘ng teatr jamoasining “Yig‘lama qiz” spektakli namoyish etildi.
O‘zbek Milliy akademik drama teatri aktyorlari o‘tgan ikki kun davomida Xonqa, Yangibozor, Bog‘ot, Gurlan tumanlarining qishloqlarida bo‘lib, ijodiy uchrashuvlarda ishtirok etdilar. Jumladan, taniqli artistlar Shoxida Ismoilova, Farxod Abdullaev, Saida Rametova, Toxir Saidov, Tolib Mo‘minov, Sharofaddin Muzropov va boshqa san’atkorlarning uchrashuvlar jarayonida spektakllardan o‘zlari yaratgan obrazlarni yana bir bora yurakdan ijro etishlaridan, qo‘shiqlar kuylab davralarga fayz bag‘ishlashlaridan qishloq axli yanada zavqlandilar.


- Teatr spektakllarini televideniya orqali tomosha qilar edik. “Yig‘lama qiz” spektaklini, ayniqsa, sevimli aktrisa To‘ti Yusupova ijro etgan ona obrazini xayajon bilan tomosha qildim. Viloyatimizga tashrif buyurgan mashhur aktyorlar ishtirokidagi spektaklni butun oilamiz bilan kelib ko‘rdik, miriqib xordiq chiqardik, - deydi urganchlik Zuhra Normetova.
Teatr jamoasining viloyatimizdagi gastrol safarlari, ijodiy uchrashuvlari 10 iyulgacha davom etadi.

Viloyat hokimligining Axborot xizmati