Gerb Bayroq Madhiya Davlat mukofotlari Bosh sahifa Mobil versiya Sayt xaritasi Forum
Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!   Click to listen highlighted text! Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!
Матнни тинглаш!
0(362) 223-00-18
Ish tartibi 900 - 1800
  • xorazm.uz

    Yurtboshimizning tabiri bilan aytganda, Xorazm «O‘zbek davlatchiligining ilk tamal toshi qo‘yilgan muqaddas zamin!». Insoniyat tamadduni o‘choqlaridan hisoblanmish bu ko‘hna yurtdan ne-ne buyuk allomalar, qomuschi olimlar, ahli donishlar, avliyo-anbiyolar yetishib chiqgan.

  • xorazm.uz

    Istiqlol tufayli yurtimizdagi qadim shaharlar va qal’alar, madaniyat o‘choqlarini ko‘rish, ziyorat qilish uchun yetti iqlimdan kelayotgan sayyohlarning soni yildan-yilga oshmoqda. Jahon bizning mo‘tabar yurtimizni ko‘rishga orzumand!

  • xorazm.uz

    2017-2018 yillarda Xorazm viloyati sanoati salohiyatini rivojlantirish dasturi amaliyotga allaqachon tatbiq qilinayotgan ulkan qurilishu ta‘mirlash, eng zamonaviy asbob-uskunalar keltirish, kerakli mutaxassislarni o‘qitish, o‘rgatish jarayoni jadal yo‘lga qo‘yildi.

  • xorazm.uz

    Xalqimiz dasturxonining fayziyobligi, bozorlarimizning to‘kinligiyu oziq-ovqat mahsulotlarining serobligi, arzonligi, bir so‘z bilan aytganda yurtimiz farovonligi bobodehqonlarimizning mehnati mahsulidir. Xorazm voxasi qishloq xo‘jaligi soxasida xam yetakchilardan hisoblanadi.

Fotoalbom

» Barcha fotoalbomlar

Videoteka

» Barcha video fayllar

Tarix

Хоразм: Кеча ва бугун
Хоразм ўзининг қадим тарихи, бой маданиятига эга бўлган Ўзбекистондаги эътиборга молик ҳудудлардан биридир. Инсониятнинг илк ёзма ёдгорликларидан бири ҳисобланган зардуштийликнинг муқаддас китоби “Авесто” шу диёрда яратилган. Бундан уч минг йиллар илгари ҳам Хоразмнинг ўз ёзуви мавжуд эди. Батафсил...


Хоразм ҳақида битиклардаги илк ёзувлар. ДОРО I нинг Беҳсутун битиги
(ерамиздан аввалги 521-486 йиллар)

Ушбу битик Карманшоҳ яқинидаги денгиз сатҳидан 152 метр юқорироқда бўлган Беҳсутун қоясига ўйиб ёзилган. Битикнинг юқорисида улкан барелеф мавжуд. Унда тўққиз нафар шоҳ ва уруғларнинг бошлиқлари қўллари боғланган ва бўйинларига сиртмоқ солинган ҳолда Доронинг олдида тургани тасвирланган. Уларнинг ўнинчисининг устига шоҳ оёғини қўйиб турибди. Битик беш устун ва 414 сатрдан иборат. У уч тилда битилган (елам, бобил ва эски форс тилларида). Батафсил...



«O‘ZBEKISTON FUQAROSI BO‘LGANIMDAN FAXRLANAMAN»
25.01.2017

«O‘ZBEKISTON FUQAROSI BO‘LGANIMDAN FAXRLANAMAN»

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning 2016 yil 20 dekabrda qabul qilingan «O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligiga qabul qilish to‘g‘risida»gi Farmoni yurtimizda inson huquq va erkinliklarini ta’minlash davlat siyosatining eng muhim ustuvor yo‘nalishi ekaniga yana bir yaqqol dalil bo‘ldi.

Farmonda qayd etilganidek, O‘zbekiston o‘z tanlab olgan mustaqil taraqqiyot yo‘lidan - ijtimoiy adolat va qonuniylik tamoyillariga asoslangan, inson huquq va erkinliklarini ta’minlash davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishi sifatida belgilangan demokratik huquqiy davlat va kuchli fuqarolik jamiyati qurish yo‘lidan qat’iyat bilan bormoqda. Mamlakatimizda inson huquqlari har tomonlama himoya qilinib, bu borada ezgu amallar davom etmoqda. Yurtimizda turli millat vakillari do‘st, ahil istiqomat qilib, ijtimoiy-iqtisodiy sohalarni yanada ravnaq topishiga munosib hissa qo‘shmoqdalar.

Prezidentimizning «O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligiga qabul qilish to‘g‘risida»gi Farmoniga muvofiq mamlakatimizda 179 nafar kishi O‘zbekiston Respublikasi fuqa­rosi degan yuksak sharafga, maqomga ega bo‘ldi. Ularning va yaqinlarining qalbi quvonch, mamnuniyat va shukronalik hislariga to‘ladir.

Viloyat ma’naviyat va ma’rifat markazida Prezidentimiz­ning mazkur Farmoniga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligiga qabul qilingan viloyatimizda istiqomat qilayotgan bir guruh eldoshlarimizga O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi pasporti topshirishga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda viloyat hokimi P.Bobojonov so‘zga chiqib, O‘zbe­kiston Respublikasi fuqaroligiga qabul qilinganlarga O‘zbe­kiston Respublikasi fuqarosi pasportini topshirdi.

Tadbir davomida fuka- rolikka kabul kilingan shaxslar uzlarining dil suzlarini cheksiz kuvonch bilan bildirishdi.

- Bugun mening sevinchim cheksiz. O‘zbekiston Respub­likasi fuqarosi pasporti menga tantanali ravishda topshirildi. Bundan o‘zim, butun oila a’zolarimiz, yaqinlarimiz ham xursand, - deydi Shovot tumani vete­rinariya bo‘limi xodimi Ikrom Yokubov. - Bundan keyin ham bilim, tajribamni O‘zbekistonimiz ravnaqiga bag‘ishlayman.

Gulnora Matrizayeva Tosh­kent tibbiyot akademiyasining Urganch filialida kafedra mudiri bo‘lib faoliyat yuritmoqda.

- Bundan yigirma uch yil oldin turmushga chiqqan edim va shu davrdan buyon Xorazm viloyatida istiqomat qilmoqdaman... Turmushimiz yaxshi, farovon. Farzandlarim barkamol bo‘lib voyaga etmoqda. Bugun oilamiz uchun quvonchli kun. Men ham bu kunni, ya’ni O‘zbekiston Respubli­kasi fuqarosi pasportini olish daqiqasini orziqib kutgan edim, - deydi u. - Bun­dan keyin ham yosh avlod kamoloti, malakali mutaxassislarni tayyorlash borasida fidoyilik bilan mehnat qilish faoliyatim mazmunini tashkil etadi. Bunday baxt, imkoniyat uchun Prezidentimizga chuqur minnatdorchilik bildiraman.

Tadbirda so‘z olgan Mo‘tabar Majitova, Nuriddin Sherniyozov, Xudoybergan Rahimov va boshqalar O‘zbekistondek jannatmakon yurtda yashash saodati qalblarga iftixor bag‘ishlayotganligini, O‘zbekiston Respubli­kasi fuqarosi bo‘lganligidan faxr tuyg‘ularini shukronalik bilan izhor etib, tobora gullab-yashnayotgan yurtimiz taraqqiyoti yo‘lida g‘ayrat-shijoat bilan mehnat qilish qalb shiori ekanligini qayd etdilar.

"Xorazm haqiqati” gazetasi,

2017 yil 21 yanvar №6