Gerb Bayroq Madhiya Davlat mukofotlari Bosh sahifa Mobil versiya Sayt xaritasi Forum
Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!   Click to listen highlighted text! Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!
Матнни тинглаш!
0(362) 223-00-18
Ish tartibi 900 - 1800
  • xorazm.uz

    Yurtboshimizning tabiri bilan aytganda, Xorazm «O‘zbek davlatchiligining ilk tamal toshi qo‘yilgan muqaddas zamin!». Insoniyat tamadduni o‘choqlaridan hisoblanmish bu ko‘hna yurtdan ne-ne buyuk allomalar, qomuschi olimlar, ahli donishlar, avliyo-anbiyolar yetishib chiqgan.

  • xorazm.uz

    Istiqlol tufayli yurtimizdagi qadim shaharlar va qal’alar, madaniyat o‘choqlarini ko‘rish, ziyorat qilish uchun yetti iqlimdan kelayotgan sayyohlarning soni yildan-yilga oshmoqda. Jahon bizning mo‘tabar yurtimizni ko‘rishga orzumand!

  • xorazm.uz

    2017-2018 yillarda Xorazm viloyati sanoati salohiyatini rivojlantirish dasturi amaliyotga allaqachon tatbiq qilinayotgan ulkan qurilishu ta‘mirlash, eng zamonaviy asbob-uskunalar keltirish, kerakli mutaxassislarni o‘qitish, o‘rgatish jarayoni jadal yo‘lga qo‘yildi.

  • xorazm.uz

    Xalqimiz dasturxonining fayziyobligi, bozorlarimizning to‘kinligiyu oziq-ovqat mahsulotlarining serobligi, arzonligi, bir so‘z bilan aytganda yurtimiz farovonligi bobodehqonlarimizning mehnati mahsulidir. Xorazm voxasi qishloq xo‘jaligi soxasida xam yetakchilardan hisoblanadi.

Fotoalbom

» Barcha fotoalbomlar

Videoteka

» Barcha video fayllar

Tarix

Хоразм: Кеча ва бугун
Хоразм ўзининг қадим тарихи, бой маданиятига эга бўлган Ўзбекистондаги эътиборга молик ҳудудлардан биридир. Инсониятнинг илк ёзма ёдгорликларидан бири ҳисобланган зардуштийликнинг муқаддас китоби “Авесто” шу диёрда яратилган. Бундан уч минг йиллар илгари ҳам Хоразмнинг ўз ёзуви мавжуд эди. Батафсил...


Хоразм ҳақида битиклардаги илк ёзувлар. ДОРО I нинг Беҳсутун битиги
(ерамиздан аввалги 521-486 йиллар)

Ушбу битик Карманшоҳ яқинидаги денгиз сатҳидан 152 метр юқорироқда бўлган Беҳсутун қоясига ўйиб ёзилган. Битикнинг юқорисида улкан барелеф мавжуд. Унда тўққиз нафар шоҳ ва уруғларнинг бошлиқлари қўллари боғланган ва бўйинларига сиртмоқ солинган ҳолда Доронинг олдида тургани тасвирланган. Уларнинг ўнинчисининг устига шоҳ оёғини қўйиб турибди. Битик беш устун ва 414 сатрдан иборат. У уч тилда битилган (елам, бобил ва эски форс тилларида). Батафсил...



O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev TTA Urganch filiali sobiq binolarida olib borilayotgan qurilish ishlari bilan tanishdi
31.01.2017

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev

TTA Urganch filiali sobiq binolarida olib borilayotgan qurilish ishlari bilan tanishdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyev 2017-yil 5-yanvar kuni respublika sog‘liqni saqlash tizimi xodimlari bilan uchrashdi. Uchrashuv davomida ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlari faoliyatida ham echimini kutayotgan masalalar ko‘p ekanligi, mavjud markazlarning hammasi Toshkent shahrida joylashganligi, har yili 40 mingdan ortiq fuqarolarimiz xorijiy klinikalarda davolanayotganligi, bu ayniqsa, qishloq aholisiga muayyan noqulayliklar tug‘dirayotgani, ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlari mutaxassislari joylarga chiqib aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatmog‘i, jarrohlik amaliyotlarini o‘tkazmog‘i lozim ekanligi haqida prezidentimiz o‘z fikrlarini bildirib, tibbiyot sohasida bajarilishi lozim bo‘lgan ishlar, echimini kutayotgan muammolar haqida atroflicha to‘xtaldi. Qishloq vrachlik punktlari faoliyatiga oid quyidagi masalalarga alohida e’tibor qaratildi. Bugungi kunda QVPlar birlamchi tibbiy ko‘rikni o‘tkazish uchun laboratoriya tahlili vositalari, qator diagnostika apparatlari bilan jihozlangani aholi uchun qulaylik yaratmoqda. Lekin tibbiy uskunalarni ishlatadigan malakali mutaxassislar etarli darajada emasligi, ba’zi chekka hududlarda oddiy qon topshirish uchun tuman markaziga yoki shaharga borishga to‘g‘ri kelayotganiligi, ayrim joylarda tibbiy ko‘riklar nomigagina o‘tkazilayotganligi, chekka hududlarda malakali mutaxassislar etishmayotgani kadrlar masalasida qilinadigan ishlar ko‘pligi haqida to‘htalib qishloq vrachlik punktlari tunu kun ishlashi kerakligi, buning uchun punkt yonidan shu joyda ishlaydigan vrachga uy qurib berish lozimligi, aholiga tez tibbiy yordam ko‘rsatish sifatini yuksaltirishga qaratilgan bir qator chora­-tadbirlar ishlab chiqib amalga oshirish kerakligi xususida gapirib, xalqimizni tibbiy xizmatdan norozi ekanligi, tizimni mutlaqo tubdan o‘zgartirish – davr talabi xususida gapirib bildirilgan tanqidiy fikrlardan zarur xulosalar chiqarib, ko‘rsatib o‘tilgan kamchiliklarni bartaraf etish, soha oldida turgan dolzarb vazifalarni bajarish yuzasidan tizimli ishlar olib borilishi, barcha kuch va imkoniyatlar ishga solinishi lozimligi haqida to‘xtalgan edi yurtboshimiz.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev joylarda ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning borishi, amalga oshirilayotgan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari bilan yaqindan tanishish, xalq bilan muloqot qilish maqsadida 27-28-yanvar kunlari Xorazm viloyatiga tashrif buyurdi. Mamlakatimizning izchil taraqqiyoti Xorazm viloyatida ham ulkan o‘zgarishlarga zamin yaratdi. Shaharu tumanlarda keng ko‘lamli bunyodkorlik ishlari, istiqbolli investitsiyaviy loyihalar amalga oshirildi. Jumladan 2013-2015 yillarda Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali yangi binosi (sobiq Jayhun mehmonxonasi negizda) to‘la kapital ta’mirlanib zamon talablari asosida jihozlanib 2016-yil noyabrdan TTA Urganch filiali talabalari ushbu binoda o‘quv jarayonlarini boshlashdi. Ushbu oliy o‘quv yurti nafaqat Xorazm viloyatida balki Markaziy Osiyoda yagona jahon standartlariga javob berishi bilan ajralib turadi. Malakatimiz Prezidenti Shavkat Mirziyoyev viloyatimizga tashrifi davomida sobiq Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali binolarini ko‘zdan kechirdi. Ushbu binolarni jahon standartlari asosida kapital ta’mirlashga hamda, shu erda eng avvalo Orolbo‘yi mintaqasi aholisini tibbiy sog‘lig‘ini ta’minlash maqsadida Rossiya federatsiyasining Akademik I.P.Pavlov nomidagi Sankt-Peterburg tibbiyotuniversiteti filiali va klinikasini tashkil etishga o‘z ko‘rsatmalarini berdi. Ushbu klinikada Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali talabalari, amaliyot darslarini olib borishi, tibbiyot yo‘nalishidagi malakali kadrlarni tayyorlashga xizmat qilishini e’tirof qildi. Shuningdek Shavkat Mirziyoyev ushbu hududda tibbiyot yo‘nalishdagi kollej barpo etish maqsadga muvofiq ekanligi to‘g‘risida fikr bildirib kelgusida malakali shifokorlarni tayyorlashda ushbu o‘quv muassasasining o‘rni nihoyatda katta bo‘lishini ta’kidlab o‘tdi yurtboshimiz.

Shuningdek tashrif davomida prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan sog‘liqni saqlash sohasini yanada rivojlantirish, ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifatini xalqaro standartlar darajasiga ko‘tarish, yosh mutaxassislarni tarbiyalash jarayoniga ilg‘or ta’lim texnologiyalarini keng joriy etish, dunyoning etakchi tibbiyot markazlari va o‘quv muassasalari, taniqli olimlar va mutaxassislar bilan hamkorlikni kengaytirish va boshqa dolzarb masalalar yuzasidan mutasaddilarga aniq topshiriqlar berildi.

R.Y.Ruzibayev

TTA Urganch filiali direktori