Gerb Bayroq Madhiya Davlat mukofotlari Bosh sahifa Mobil versiya Sayt xaritasi Forum
Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!   Click to listen highlighted text! Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!
Матнни тинглаш!
0(362) 223-00-18
Ish tartibi 900 - 1800
  • xorazm.uz

    Yurtboshimizning tabiri bilan aytganda, Xorazm «O‘zbek davlatchiligining ilk tamal toshi qo‘yilgan muqaddas zamin!». Insoniyat tamadduni o‘choqlaridan hisoblanmish bu ko‘hna yurtdan ne-ne buyuk allomalar, qomuschi olimlar, ahli donishlar, avliyo-anbiyolar yetishib chiqgan.

  • xorazm.uz

    Istiqlol tufayli yurtimizdagi qadim shaharlar va qal’alar, madaniyat o‘choqlarini ko‘rish, ziyorat qilish uchun yetti iqlimdan kelayotgan sayyohlarning soni yildan-yilga oshmoqda. Jahon bizning mo‘tabar yurtimizni ko‘rishga orzumand!

  • xorazm.uz

    2017-2018 yillarda Xorazm viloyati sanoati salohiyatini rivojlantirish dasturi amaliyotga allaqachon tatbiq qilinayotgan ulkan qurilishu ta‘mirlash, eng zamonaviy asbob-uskunalar keltirish, kerakli mutaxassislarni o‘qitish, o‘rgatish jarayoni jadal yo‘lga qo‘yildi.

  • xorazm.uz

    Xalqimiz dasturxonining fayziyobligi, bozorlarimizning to‘kinligiyu oziq-ovqat mahsulotlarining serobligi, arzonligi, bir so‘z bilan aytganda yurtimiz farovonligi bobodehqonlarimizning mehnati mahsulidir. Xorazm voxasi qishloq xo‘jaligi soxasida xam yetakchilardan hisoblanadi.

Fotoalbom

» Barcha fotoalbomlar

Videoteka

» Barcha video fayllar

Tarix

Хоразм: Кеча ва бугун
Хоразм ўзининг қадим тарихи, бой маданиятига эга бўлган Ўзбекистондаги эътиборга молик ҳудудлардан биридир. Инсониятнинг илк ёзма ёдгорликларидан бири ҳисобланган зардуштийликнинг муқаддас китоби “Авесто” шу диёрда яратилган. Бундан уч минг йиллар илгари ҳам Хоразмнинг ўз ёзуви мавжуд эди. Батафсил...


Хоразм ҳақида битиклардаги илк ёзувлар. ДОРО I нинг Беҳсутун битиги
(ерамиздан аввалги 521-486 йиллар)

Ушбу битик Карманшоҳ яқинидаги денгиз сатҳидан 152 метр юқорироқда бўлган Беҳсутун қоясига ўйиб ёзилган. Битикнинг юқорисида улкан барелеф мавжуд. Унда тўққиз нафар шоҳ ва уруғларнинг бошлиқлари қўллари боғланган ва бўйинларига сиртмоқ солинган ҳолда Доронинг олдида тургани тасвирланган. Уларнинг ўнинчисининг устига шоҳ оёғини қўйиб турибди. Битик беш устун ва 414 сатрдан иборат. У уч тилда битилган (елам, бобил ва эски форс тилларида). Батафсил...



O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTLIGIGA NOMZOD ISLOM ABDUG‘ANIYEVICH KARIMOVNING TARJIMAI HOLI VA DASTURI
17.03.2015

TARJIMAI HOL

Islom Abdug‘anievich  Karimov 1938 yil 30 yanvarda Samarqand shahrida xizmatchi oilasida tug‘ilgan. Millati - o‘zbek. Oliy ma’lumotli, O‘rta Osiyo politexnika va Toshkent xalq xo‘jaligi institutlarini tugatgan. Muhandis-mexanik va iqtisodchi mutaxassisliklariga ega. Iqtisod fanlari nomzodi.
Mehnat faoliyatini 1960 yilda Toshkent qishloq xo‘jalik mashinasozligi zavodida boshlagan. 1961 yildan 1966 yilgacha V. P. Chkalov nomidagi Toshkent aviatsiya ishlab chiqarish birlashmasida muhandis, etakchi muhandis-konstruktor bo‘lib ishladi.
1966 yilda O‘zbekiston SSR Davlat plan komitetiga ishga o‘tib, bosh mutaxassislikdan Respublika Davlat plan komiteti raisining birinchi o‘rinbosarigacha bo‘lgan yo‘lni bosib o‘tdi. 1983 yilda Islom  Karimov O‘zbekiston SSR Moliya ministri, 1986 yilda O‘zbekiston SSR Ministrlar Soveti Raisining o‘rinbosari, Respublika Davlat plan komitetining raisi etib tayinlandi.
1986 - 1989 yillar mobaynida Qashqadaryo viloyati partiya komitetining birinchi kotibi, 1989 yilning iyunidan boshlab  O‘zbekiston Kompartiyasi Markaziy Komitetining birinchi kotibi lavozimlarida ishladi. 1990 yil 24 mart kuni O‘zbekiston SSR Oliy Kengashining sessiyasida Islom Karimov O‘zbekiston SSR Prezidenti etib saylandi.
1991 yil 31 avgust kuni Islom Karimov tarixiy voqea - O‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligini e’lon qildi. 
1991 yil 29 dekabrda muqobillik asosida o‘tkazilgan umumxalq saylovida  Islom Karimov O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti etib saylandi.
1995 yil 26 martda bo‘lib o‘tgan umumxalq referendumi yakunlariga ko‘ra Islom Karimovning Prezidentlik vakolati 2000 yilga qadar uzaytirildi.
 2000 yili muqobillik asosida o‘tgan saylov natijalariga ko‘ra, Konstitutsiyaga kiritilgan o‘zgartishlarga muvofiq, Islom Karimov 7 yil muddatga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti etib saylandi.
2007 yili muqobillik asosida o‘tkazilgan umumxalq saylovida Islom  Karimov O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti etib saylandi.
U oilali, ikki farzandi, besh nafar nabirasi bor. Rafiqasi T.A.Karimova - mutaxassisligi bo‘yicha iqtisodchi, iqtisod fanlari nomzodi, O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Iqtisodiyot institutida katta ilmiy xodim bo‘lib ishlagan, ayni paytda - pensiyada.
Islom Karimov suveren va mustaqil O‘zbekistonni barpo etish, xalqparvar demokratik huquqiy davlat yaratish, fuqarolar tinchligi va milliy totuvlikni ta’minlashishiga qo‘shgan ulkan hissasi hamda bu borada matonat va jasorat ko‘rsatganligi uchun "O‘zbekiston Qahramoni" unvoni, "Mustaqillik" va Amir Temur ordenlari bilan  taqdirlangan. Shuningdek, u bir qancha xorijiy davlatlar va nufuzli xalqaro tashkilotlarning faxriy unvon, orden va medallari bilan ham mukofotlangan.
Islom Karimov O‘zbekiston Fanlar akademiyasining haqiqiy a’zosi. Ayni vaqtda u iqtisodiyot, ilm-fan, ta’lim-tarbiya sohalarini rivojlantirishga qo‘shgan ulkan hissasi uchun ko‘plab xorijiy mamlakatlar universitet va akademiyalarining faxriy fan doktori hamda akademigi etib saylangan.


DASTUR

Bugungi kunda hayotning o‘zi biz tanlab olgan, mamlakatimiz va jamiyatimizni yangilash va modernizatsiya qilishning "o‘zbek modeli" deb dunyoda tan olingan mustaqil, tadrijiy taraqqiyot yo‘limizning naqadar to‘g‘ri va samarali ekanini har tomonlama isbotlab bermoqda.
O‘zbekiston tarixan qisqa muddatda iqtisodiyoti biryoqlama rivojlangan, asosan paxta xomashyosi yetkazib berishga moslashgan, paxta yakkahokimligi halokatli tus olib, jar yoqasiga kelib qolgan, sobiq SSSRda aholining hayot darajasi bo‘yicha eng oxirgi o‘rinda turgan qashshoq o‘lkadan hozirgi vaqtda, avvalo, zamonaviy tarmoqlar hisobidan tez va barqaror sur’atlar bilan rivojlanayotgan, xalqaro maydonda o‘ziga munosib o‘rin egallayotgan mamlakatga aylanib bormoqda.
Bugungi kunda o‘zligini anglab, o‘z yurti, o‘z taqdirining haqiqiy egasi bo‘lib, erkin va ozod hayot kechirish qanday baxt, qanday katta boylik ekanini chuqur tushunib olgan, mard va olijanob xalqimizning fidokorona mehnati bilan amalga oshirayotgan olamshumul ishlarimiz, mamlakatimiz, shahar va qishloqlarimizning qiyofasi tubdan o‘zgarib, hayotimiz tobora farovon bo‘lib borayotgani barcha sohalarda yaqqol namoyon bo‘lmoqda.
Eng muhimi, o‘zini oqlamagan eski tizimning qolip va aqidalaridan xoli bo‘lgan, mustaqil fikrlaydigan, rivojlangan mamlakatlardagi tengdoshlari bilan bellashuvga tayyor, Vatanimizning ertangi kuni uchun mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishga qodir bo‘lgan kuch - yoshlarimiz maydonga chiqayotganida bu haqiqatni anglamoqdamiz.
Biz duch kelgan og‘ir sinov va muammolarga, jahon miqyosida global iqtisodiy inqiroz davom etayotganiga qaramasdan, dunyoning sanoqli davlatlari qatorida O‘zbekistonda yalpi ichki mahsulotning yillik o‘sish sur’atlari so‘nggi 10 yil davomida 8 foizdan ziyod bo‘lib kelmoqda.
Mustaqil taraqqiyot yillarida mamlakatimiz iqtisodiyoti 5 karradan ziyod, aholi daromadlari jon boshiga o‘rtacha 8,7 barobar o‘sgani, yurtimiz aholisi shu davrda 1,5 marta ko‘payib, 2015 yilning boshida 31 million 500 ming kishini tashkil etganini inobatga oladigan bo‘lsak, ochig‘ini aytganda, bunday yutuqlarni ba’zan tasavvur qilishning o‘zi qiyin.
Mamlakatimizning tashqi qarzi yalpi ichki mahsulotga nisbatan 15 foizdan oshmayotgani, ichki qarzimiz, ya’ni aholimiz oldida qarzimiz umuman yo‘qligi, eksport hajmi, oltin-valyuta zaxiralarimiz barqaror sur’atlar bilan ko‘payib borayotgani barchamizni albatta quvontiradi.
Shu bilan birga, biz bugun shiddat bilan o‘zgarib borayotgan dunyoda, tobora avj olayotgan globallashuv jarayonlari, Internet va intellektual taraqqiyot hal qiluvchi rol o‘ynayotgan bir davrda erishgan natijalarimizga mahliyo bo‘lmasdan, shu paytga qadar bosib o‘tgan yo‘limiz - bu oldimizda turgan murakkab va og‘ir yo‘lning faqat bir qismi ekanini o‘zimizga aniq tasavvur etamiz.
 Bugungi kunda bizni o‘rab turgan dunyo qanchalik tez o‘zgarib borayotgani, yaqin va uzoq atrofimizda turli mojaro va qon to‘kishlar davom etayotgani, terrorizm, ekstremizm va narkotrafik xavfi ortib, moliyaviy-iqtisodiy inqiroz va uning oqibatlari yanada chuqurlashib borayotgani haqida ortiqcha gapirishning hojati yo‘q, deb o‘ylayman. Albatta, bularning barchasi bizning har birimizni tashvishga solmasdan qo‘ymaydi va bizdan jahonda yuzaga kelayotgan vaziyatni sergaklik bilan baholashni talab qiladi.
Bu o‘rinda gap, birinchi navbatda, yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlarni, mamlakatimizni yangilash va modernizatsiya qilishni davom ettirish va chuqurlashtirishga qaratilgan e’tibor va sa’y-harakatlarimizni aslo kamaytirmaslik haqida bormoqda.
Ayni shu vaziyat va holatlarni inobatga olib, oldimizda turgan eng dolzarb va ustuvor vazifalar haqida gapirganda: avvalo, biz uchun 2015 yilda va undan keyingi davrda eng ustuvor vazifa - bu tarkibiy o‘zgarishlar siyosatini olib borish, sanoatni diversifikatsiya qilish, ishlab chiqarishni texnik va texnologik modernizatsiya qilish, axborot-kommunikatsiya tizimlarini keng joriy etish hisobidan iqtisodiyotimizning raqobatdoshligini oshirishni ta’minlashdan iboratdir.
Bu maqsadga erishishda ishlab chiqarish xarajatlarini qisqartirish, iqtisodiyotimizning real sektorida eskirgan asbob-uskunalar va texnologik qoloqlikka barham berish kabi printsipial masalalarni hal qilish, shuningdek, islohotlarni amalga oshirish, avvalo, mulkdorlik masalasida chala-yarim ishlarga yo‘l qo‘ymaslik, iqtisodiyotni boshqarishda ma’muriy-buyruqbozlik usullari qoldiqlarini butunlay bartaraf etish faoliyatimizda hal qiluvchi o‘rin egallaydi.
    Ikkinchidan. Mamlakatimizning barqaror iqtisodiy o‘sishi va istiqboli, aholining hayot darajasi va sifatini belgilab berishga ko‘p jihatdan bog‘liq bo‘lgan eng muhim ustuvor vazifa - bu xususiy mulk va xususiy tadbirkorlik rivoji yo‘lidagi barcha g‘ov va to‘siqlarni olib tashlash va bu sohaga to‘liq erkinlik berishdan iborat.
Bugungi kunda mamlakatimiz yalpi ichki mahsulotining 56 foizi shu sohaga to‘g‘ri kelmoqda, ish bilan band aholining 75 foizi mazkur tarmoqda mehnat qilmoqda.
Yaqin istiqbolda xususiy tadbirkorlar uchun resurslarni ochiq birja va yarmarka savdolari orqali sotish hajmini kengaytirish hisobidan xomashyo resurslaridan foydalanish mexanizmini tubdan qayta ko‘rib chiqish, uni yanada soddalashtirish, ochiq oshkora bo‘lishiga alohida e’tibor qaratiladi.
Xususiy mulkdorlarning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilishda sud organlari rolini oshirish, davlat, huquqni muhofaza qilish va nazorat qiluvchi organlar mansabdor shaxslarining tadbirkorlik sub’ektlarining xo‘jalik va moliyaviy faoliyatlariga noqonuniy aralashuvi uchun javobgarligini kuchaytirish zarur, deb hisoblaymiz.
Tadbirkorlik faoliyatini har tomonlama rag‘batlantirish bo‘yicha amalga oshirilgan keng ko‘lamli ishlarning davomi sifatida bu borada soliq yukini kamaytirish, qo‘shimcha sharoit va kafolatlar yaratishga yanada katta ahamiyat beriladi.
    Uchinchidan. Bugungi kunda iqtisodiyotda ham, faoliyatimizning boshqa sohalarida ham davlatning ishtirokini tanqidiy qayta ko‘rib chiqish talab etilmoqda.
 Davlatning ishtiroki, avvalambor, elektr energetikasi, transport va ishlab chiqarish infratuzilmasi singari davlat ishtirokidagi korxonalar iqtisodiyotning barqaror faoliyat ko‘rsatishini ta’minlayotgan, tabiiy monopoliyalarga asoslangan sohalarda saqlab qolinishi kerak. Boshqacha aytganda, davlatning iqtisodiyotimizdagi ulushi iqtisodiy va strategik asoslangan darajaga qadar qisqartirilishi va bu haqiqiy raqobat muhitini ta’minlashi, ma’muriy-buyruqbozlik tizimi illatlaridan xalos bo‘lishga olib kelishi lozim.
Shu munosabat bilan xo‘jalik faoliyatida davlat ulushini tubdan qisqartirish bo‘yicha maxsus dastur qabul qilinib, unda samarasiz davlat korxonalarini tugatish, jumladan, ochiq va oshkora savdolar orqali tegishli investitsiya majburiyatlari bilan "nol" qiymatida sotish orqali to‘liq xususiy mulk shakliga o‘tkazish maqsadga muvofiq deb hisoblaymiz.
Yurtimizda faoliyat ko‘rsatayotgan aktsiyadorlik kompaniyalarining tajribasidan kelib chiqqan holda, mahalliy sarmoyadorlar qatorida xorijiy aktsiyadorlar ham aktsiya egalari  bo‘ladigan vaqt keldi. Aktsiyadorlik jamiyatlarini ayni shunday asosda tashkil etish bizning manfaatlarimizga ko‘proq mos keladi.
    To‘rtinchidan. Ekologik muammolar chuqurlashib borayotgan, suv va er resurslari cheklangan bizning sharoitimizda irrigatsiya va melioratsiya ishlarini davom ettirish, erlarning unumdorligini yanada oshirish, ekin maydonlari tarkibini optimallashtirish, eng yangi agrotexnologiyalarni joriy etish - aynan shu yo‘nalishlar qishloq xo‘jaligini isloh etishning hal qiluvchi masalalari bo‘lib, ular doimo e’tiborimiz markazida bo‘ladi.
Ana shunday dolzarb vazifalarning barchasini kompleks hal etish uchun qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning kelgusi 5 yilga mo‘ljallangan dasturini ishlab chiqishga kirishdik. Bu dastur agrar tarmoqdagi tarkibiy o‘zgarishlarni sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish va shuningdek, mamlakatimizning oziq-ovqat xavfsizligini yanada mustahkamlashni ko‘zda tutadi.
Shu borada oldimizda miqyosi va ko‘lamiga ko‘ra qanday ulkan ishlar turgani va buning uchun qanday katta mablag‘lar talab etilishini biz o‘zimizga yaxshi tasavvur qilamiz. Bu masalada hayotning o‘zi bir haqiqatni tasdiqlab, isbotlab bermoqdaki, qishloq xo‘jaligi hisobidan mablag‘larni tejash mutlaqo yaramaydi va biz hech qachon bunga yo‘l qo‘ymaymiz.
     Beshinchidan. Qishloq xo‘jaligi, hech mubolag‘asiz aytish mumkinki, butun mamlakatimiz taraqqiyotiga ulkan hissa qo‘shayotgan fermerlik harakati yangi tariximizda o‘chmas iz qoldirmoqda.
Zamonaviy fermer xo‘jaliklarini qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish bilan birga, ularni chuqur qayta ishlash, qurilish va ta’mirlash ishlarini amalga oshirish, qishloq aholisiga xizmat ko‘rsatish bilan shug‘ullanadigan, keng ko‘lamli vazifalarni bajaradigan ko‘ptarmoqli xo‘jaliklarga aylantirish yo‘lini davom ettiramiz.
Hozirgi vaqtda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining 90-92 foizini ishlab chiqarayotgan fermer xo‘jaliklari mamlakatimiz aholisining qariyb yarmi istiqomat qilayotgan qishloqlarimizning bugungi va ertangi farovonligini yanada oshirishni o‘z nazoratiga olishi zarur, deb o‘ylayman.
Xalqimizning hayot sifati va darajasini oshirish, jumladan, eng muhim ijtimoiy dasturlarni amalga oshirish borasida davlatimiz tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar va ularni kuchaytirish bo‘yicha oldimizda turgan keng ko‘lamli vazifalar haqida barchamiz yaxshi   xabardormiz.
Faqat 2015 yilning o‘zida 353 ta umumta’lim maktabini qurish, rekonstruktsiya qilish va kapital ta’mirlash, shuningdek, 147 ta kasb-hunar kolleji va akademik litseyda qariyb 400 milliard so‘m hajmidagi kapital ta’mirlash ishlarini amalga oshirish ko‘zda tutilmoqda. 2020 yilgacha esa 500 ta umumta’lim maktabini qurish, rekonstruktsiya qilish va kapital ta’mirlash, jumladan, 101 ta yangi maktab barpo etish va 810 ta kasb-hunar kolleji va akademik litseylarni kapital ta’mirlash rejalashtirilmoqda.
Tibbiyot sohasida 2015 yilda 98 million dollar hajmidagi mablag‘ hisobidan 83 ta tibbiyot muassasasini, 2020 yilgacha esa - 180 million dollardan ziyod mablag‘ evaziga 230 ta tibbiyot muassasasini qurish, rekonstruktsiya qilish va kapital ta’mirlash nazarda tutilmoqda.
Qishloq joylarda namunaviy loyihalar asosida 2015 - 2016 yillarda 2 milliard 100 million dollar miqdoridagi 25 mingta uy-joy   bunyod etish mo‘ljallanmoqda. Buning uchun Osiyo taraqqiyot banki hamda Islom taraqqiyot bankining mablag‘lari jalb qilinishi belgilanmoqda. 
 Qishloq infratuzilmasini yanada rivojlantirish maqsadida faqat tabiiy gaz va elektr tarmoqlarini qurish va rekonstruktsiya qilish uchun 2020 yilgacha 530 million dollar, telekommunikatsiya tarmoqlarini kengaytirish uchun esa - 136 million dollar miqdoridagi mablag‘ yo‘naltirish masalasi ko‘rib chiqilmoqda.
   Oltinchidan. Mahalliylashtirish va import o‘rnini bosadigan mahsulotlar ishlab chiqarish  dasturini amalga oshirish - eng ustuvor vazifadir.
Yurtimizda biz uchun butunlay yangi bo‘lgan avtomobil sanoatining tashkil etilgani import o‘rnini bosish bo‘yicha olib borilgan oqilona siyosatning yorqin dalili hisoblanadi. Bugungi kunda O‘zbekistonda 27 rusumdagi yuk va yengil avtomobillar, avtobuslar, minivenlar hamda 15 turdagi zamonaviy qishloq xo‘jalik texnikalari ishlab chiqarilmoqda.
Bularning barchasi har yili 4 milliard dollardan ziyod hajmdagi import tovarlar o‘rnini bosish imkonini bermoqda.
Ana shu strategiyani yanada rivojlantirish maqsadida 2015 - 2019 yillarga mo‘ljallangan yangi Mahalliylashtirish dasturi ishlab chiqildi. Mazkur dasturda umumiy qiymati 5 milliard dollardan ziyod 600 dan ortiq loyihani amalga oshirish ko‘zda tutilgan.
   Yettinchidan. Bugungi kunda taraqqiyot, tub tarkibiy o‘zgarishlar, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar raqobatdoshligini ta’minlashning muhim sharti investitsiya jarayonlari bilan bog‘liq ekani hammamizga yaxshi ayon.
Mustaqillik yillarida O‘zbekiston taraqqiyoti uchun yo‘naltirilgan investitsiyalar hajmi 190 milliard dollardan oshdi va bu mablag‘ning 65 milliard dollardan ziyodini xorijiy investitsiyalar tashkil etdi.
Iqtisodiyotni tarkibiy o‘zgartirish doirasida keng ko‘lamli zamonaviy, yuqori texnologiyalarga asoslangan loyihalar amalga oshirildi. Buxoro neftni qayta ishlash zavodi, Sho‘rtan gaz-kimyo majmuasi, Qo‘ng‘irot soda zavodi, Dehqonobod kaliyli o‘g‘itlar zavodi, o‘nlab zamonaviy to‘qimachilik komplekslari, meva-sabzavot va go‘sht-sut mahsulotlarini qayta ishlaydigan va oziq-ovqat mahsulotlari tayyorlaydigan yuzlab korxonalar, eng ilg‘or bug‘-gaz va gaz turbinali texnologiyalarni joriy etgan holda ishlab chiqarish quvvatlarini modernizatsiya qilish ana shunday yirik loyihalar qatoriga kiradi.
Bugungi kunda Surg‘il koni bazasida Janubiy Koreyaning etakchi kompaniyalari bilan hamkorlikda barpo etilayotgan, umumiy qiymati 4 milliard 200 million dollarga teng bo‘lgan Ustyurt gaz-kimyo majmuasi xorijiy sheriklar bilan o‘zaro manfaatli hamkorlikning yorqin namunasidir.
So‘nggi yillarda qariyb 2 ming kilometr avtomobil yo‘llari, xususan, O‘zbekiston milliy avtomagistrali tarkibiga kiradigan 1,5 ming kilometrlik yo‘l tarmoqlari qurildi va rekonstruktsiya qilindi.
Temir yo‘l sohasida 342 kilometrlik yangi Navoiy - Uchquduq - Nukus - Sulton Uvaystog‘ va 223 kilometrlik Toshguzar - Boysun - Qumqo‘r-g‘on tarmoqlari barpo etildi, 550 kilometrdan ziyod temir yo‘l liniyalari elektrlashtirildi. Ayni paytda yangi Angren - Pop elektrlashtirilgan temir yo‘li va tog‘li hududlar orqali o‘tadigan 19 kilometrdan ziyod uzunlikdagi tonnel qurilishi nihoyasiga yetkazilmoqda.
  Sakkizinchidan. Aholi bandligini ta’minlash, birinchi navbatda, kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarini ishga joylashtirish ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotimizning eng muhim ustuvor yo‘nalishi bo‘lib qolmoqda.
Avvalambor, kichik biznes, xususiy tadbirkorlik, kasanachilik va xizmat ko‘rsatish sohasini, ayniqsa, qishloq joylarda yanada rivojlantirish, ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish va yangilash dasturlarini amalga oshirish, transport va muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini kengaytirish hisobidan  keyingi paytda O‘zbekistonda har yili qariyb 1 millionta ish o‘rni yaratilmoqda. Shuning 60 foizdan ko‘prog‘i qishloq joylarda tashkil etilayotgani ayniqsa ahamiyatlidir.
   To‘qqizinchidan. Aholi hayot darajasi va sifatini yanada izchil oshirib borish masalasi ham doimiy e’tiborimiz markazida bo‘lib kelmoqda.
So‘nggi yillarda mamlakatimiz davlat byudjetining 59-60 foizga yaqini ijtimoiy sohaga yo‘naltirilmoqda. Faqat o‘tgan yilning o‘zida ish haqi, pensiya va stipendiyalar hajmi 23,2 foiz, real daromadlar 10,2 foizga ko‘paydi.
Aholi daromadlari tarkibida tadbirkorlik faoliyatidan olinayotgan daromadlar ulushi tobora ortib bormoqda. Bugungi kunda ushbu ko‘rsatkich mustaqil taraqqiyotimizning dastlabki yillaridagi 10,6 foizdan 52 foizga oshganini ta’kidlash lozim.
Xalqaro me’yorlarga ko‘ra, 10 barobar qilib belgilangan eng ko‘p va eng kam daromad oladigan aholi o‘rtasidagi farq yurtimizda 2000 yildagi 53,3 barobardan bugungi kunda 7,8 barobarga tushdi. Boshqacha aytganda, jamiyatimizning o‘ta boylar va o‘ta kambag‘allarga bo‘linib, keskin tabaqalanib ketishiga yo‘l qo‘ymasdan, bu borada ijtimoiy barqarorlik mezoni deb tan olingan darajaga erishdik.
Hozirgi kunda O‘zbekistondagi har ikkinchi oila yurtimizda ishlab chiqarilgan shaxsiy    avtomobilga ega. Deyarli har bir oilada kundalik zaruratga aylangan mobil telefon, noutbuk, sun’iy yo‘ldosh orqali ko‘rsatadigan va kabelli televidenie, muzlatish kameralari va zamonaviy oshxona anjomlari kabi yangi, yuqori texnologiyalarga asoslangan jihozlar mavjud.
Mamlakatimizda uy-joy bilan ta’minlanish darajasi, jon boshiga hisoblaganda, 12,4 kvadrat metrdan 15,4 kvadrat metrga oshdi. Uy-joy fondining deyarli hammasi xususiy mulk shakliga o‘tkazildi.
Aholining to‘lov qobiliyati va iste’mol talabining ortib borayotgani ish haqi va pensiyalarning iste’mol narxlari o‘sishiga nisbatan jadal oshishini ta’minlamoqda.
   O‘ninchidan. Biz barcha davlatlar, birinchi  navbatda, qo‘shni mamlakatlar bilan o‘zaro manfaatli hamkorlikni mustahkamlashni o‘zimizning birinchi darajali vazifamiz, deb bilamiz. Eng muhimi, hech qanday harbiy blokka qo‘shilmaymiz, O‘zbekiston hududida chet el harbiy bazalarining joylashuviga, harbiy xizmatchilarimizning mamlakatimiz tashqarisida bo‘lishiga yo‘l qo‘ymasligimiz zarur, deb hisoblaymiz.
Uzoq va yaqin atrofimizda vujudga kelayotgan bugungi murakkab vaziyatda aynan shunday yo‘lni, shunday siyosatni biz uchun eng to‘g‘ri va eng ma’qul deb bilamiz.
Jamiyatimizda tinchlik va barqarorlikni, millatlar va fuqarolararo totuvlikni, bag‘rikenglik va o‘zaro hurmat muhitini yanada mustahkamlash bizning ustuvor vazifamiz bo‘lib qoladi.
"Yuksak ma’naviyat - yengilmas kuch" degan hayotiy haqiqatdan kelib chiqqan holda boy tariximiz, bebaho merosimizni asrab-avaylash, atroflicha o‘rganish va tadqiq etish, biz qanday buyuk zotlarning avlodi ekanimizni chuqur anglab, ajdodlarimizning shonli an’analarini davom ettirish, yoshlarimizni milliy va umumbashariy qadriyatlar, mehr-oqibat, hamjihatlik ruhida tarbiyalash barchamiz uchun dolzarb vazifa bo‘lib qoladi.
Ishonchim komilki, faqatgina xalqimizning mardligi va matonati, jonkuyarligi va qat’iyati, eng muhimi, kelajagimizni qurishda o‘z kuchiga, ertangi kunga bo‘lgan yuksak ishonchi oldimizga qo‘ygan maqsadlarga erishishning   mustahkam poydevoridir.
Mana shunday olijanob, bag‘rikeng xalqimizga farzandlik mehri va sadoqati bilan, fidoyilik bilan xizmat qilish - barchamiz uchun eng yuksak sharaf, oliy saodatdir.


(«Xalq so‘zi» gazetasining 2015 yil 27 fevral sonidan olindi).