Gerb Bayroq Madhiya Davlat mukofotlari Bosh sahifa Mobil versiya Sayt xaritasi Forum
Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!   Click to listen highlighted text! Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!
Матнни тинглаш!
0(362) 223-00-18
Ish tartibi 900 - 1800
  • xorazm.uz

    Yurtboshimizning tabiri bilan aytganda, Xorazm «O‘zbek davlatchiligining ilk tamal toshi qo‘yilgan muqaddas zamin!». Insoniyat tamadduni o‘choqlaridan hisoblanmish bu ko‘hna yurtdan ne-ne buyuk allomalar, qomuschi olimlar, ahli donishlar, avliyo-anbiyolar yetishib chiqgan.

  • xorazm.uz

    Istiqlol tufayli yurtimizdagi qadim shaharlar va qal’alar, madaniyat o‘choqlarini ko‘rish, ziyorat qilish uchun yetti iqlimdan kelayotgan sayyohlarning soni yildan-yilga oshmoqda. Jahon bizning mo‘tabar yurtimizni ko‘rishga orzumand!

  • xorazm.uz

    2017-2018 yillarda Xorazm viloyati sanoati salohiyatini rivojlantirish dasturi amaliyotga allaqachon tatbiq qilinayotgan ulkan qurilishu ta‘mirlash, eng zamonaviy asbob-uskunalar keltirish, kerakli mutaxassislarni o‘qitish, o‘rgatish jarayoni jadal yo‘lga qo‘yildi.

  • xorazm.uz

    Xalqimiz dasturxonining fayziyobligi, bozorlarimizning to‘kinligiyu oziq-ovqat mahsulotlarining serobligi, arzonligi, bir so‘z bilan aytganda yurtimiz farovonligi bobodehqonlarimizning mehnati mahsulidir. Xorazm voxasi qishloq xo‘jaligi soxasida xam yetakchilardan hisoblanadi.

Fotoalbom

» Barcha fotoalbomlar

Videoteka

» Barcha video fayllar

Tarix

Хоразм: Кеча ва бугун
Хоразм ўзининг қадим тарихи, бой маданиятига эга бўлган Ўзбекистондаги эътиборга молик ҳудудлардан биридир. Инсониятнинг илк ёзма ёдгорликларидан бири ҳисобланган зардуштийликнинг муқаддас китоби “Авесто” шу диёрда яратилган. Бундан уч минг йиллар илгари ҳам Хоразмнинг ўз ёзуви мавжуд эди. Батафсил...


Хоразм ҳақида битиклардаги илк ёзувлар. ДОРО I нинг Беҳсутун битиги
(ерамиздан аввалги 521-486 йиллар)

Ушбу битик Карманшоҳ яқинидаги денгиз сатҳидан 152 метр юқорироқда бўлган Беҳсутун қоясига ўйиб ёзилган. Битикнинг юқорисида улкан барелеф мавжуд. Унда тўққиз нафар шоҳ ва уруғларнинг бошлиқлари қўллари боғланган ва бўйинларига сиртмоқ солинган ҳолда Доронинг олдида тургани тасвирланган. Уларнинг ўнинчисининг устига шоҳ оёғини қўйиб турибди. Битик беш устун ва 414 сатрдан иборат. У уч тилда битилган (елам, бобил ва эски форс тилларида). Батафсил...



O‘zbekiston va Latviya hamkorlikni kengaytirishning ulkan imkoniyatlariga ega
07.10.2008


O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning taklifiga binoan Latviya Respublikasi Prezidenti Valdis Zatlers 5 oktyabr kuni davlat tashrifi bilan mamlakatimizga keldi.

O’zbekistonda Latviya bilan munosabatlarga alohida e’tibor beriladi. Riga ham Toshkent bilan hamkorlikni yuksak qadrlaydi. Bunda ikki mamlakatning siyosiy sohada ko’p jihatdan hamfikrligi, o’zaro iqtisodiy aloqalarni rivojlantirishdan manfaatdorligi muhim o’rin tutadi.

Islom Karimov hali sovet tuzumi parchalanmay turib, Latviyaning mustaqillik yo’lidagi sa’y-harakatlarini, bu mamlakat mustaqillikka erishgach esa, uning tashqi siyosatini qo’llab-quvvatlaganini alohida qayd etish joiz. Latviya 2004 yilning yanvarida NATOga a’zo bo’lganida O’zbekiston rahbari har bir mamlakat o’z milliy manfaatlaridan kelib chiqqan holda, o’z suvereniteti va hududiy yaxlitligini himoya qilish uchun o’z mudofaa doktrinasini ishlab chiqish huquqiga ega ekanini ta’kidlagan. O’sha yilning may oyida Latviya Yevropa Ittifoqiga a’zo bo’ldi va bu O’zbekiston tomonidan qo’llab-quvvatlandi.

Latviya O’zbekistonning ishonchli iqtisodiy sheriklaridandir. Mamlakatlarimiz ikki tomonlama savdo-iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish barobarida tranzit yuk tashish borasida ham ishonchli hamkorlardir. O’zbekiston o’z mahsulotlarini G’arb davlatlariga Latviya bandargohlari orqali eksport qiladi. YeI a’zosi sifatida Latviya xalqaro iqtisodiy munosabatlardagi o’rnini kengaytirish, Yevropa bozori imkoniyatlaridan to’liq foydalanish imkoniga ega. Ayni paytda Buyuk ipak yo’lining markazida joylashgan O’zbekiston Latviya uchun butun Markaziy Osiyo mintaqasi bilan hamkorlikni rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega.

Ikki mamlakat o’rtasidagi so’nggi oliy darajadagi uchrashuv 2004 yilning aprelida Rigada – Prezident Islom Karimovning Latviyaga davlat tashrifi asnosida bo’lib o’tgan edi. Endi Latviya Prezidenti O’zbekistonga keldi. Bu tashrif o’zaro hamkorlikni barcha sohalarda har tomonlama kengaytirishga ikki davlatning intilishi mushtarak ekanidan dalolatdir.

Tashrif 6 oktyabr kuni Do’rmon qarorgohida Latviya Respublikasi Prezidentini rasmiy kutib olish marosimi bilan boshlandi. Oliy martabali mehmon sharafiga faxriy qorovul saf tortdi. Ikki davlat madhiyalari yangradi. Islom Karimov va Valdis Zatlers faxriy qorovul safi oldidan o’tdilar.

Shundan so’ng Prezidentlarning yakkama-yakka suhbati bo’lib o’tdi. Islom Karimov va Valdis Zatlers O’zbekiston-Latviya munosabatlarining bugungi ahvoli va istiqbollari, o’zlarini qiziqtirgan mintaqaviy va xalqaro muammolar yuzasidan fikr almashdilar.

Islom Karimov xalqlarimiz o’rtasida do’stona munosabatlar tobora mustahkamlanib borayotganini, ushbu oliy darajadagi uchrashuv hamkorlik ko’lamini yanada kengaytirish masalalarini atroflicha tahlil qilish va muhokama etish uchun yaxshi imkoniyat ekanini ta’kidladi.

– O’zaro aloqalarimiz uzoq tarixga ega, – dedi Islom Karimov. – Sizning yurtimizga tashrifingiz Latviya tomonining O’zbekiston bilan hamkorlikni rivojlantirishga ulkan ishtiyoqi va istak-xohishining yorqin namoyonidir.

Valdis Zatlers O’zbekistonga taklif etgani uchun davlatimiz rahbariga minnatdorlik bildirib, Latviya tomoni ushbu tashrifga alohida ahamiyat berishini qayd etdi.

– O’zbekiston Markaziy Osiyodagi eng nufuzli davlatlardandir, – dedi Valdis Zatlers. – Mamlakatlarimizni har doim do’stona aloqalar bir-biriga yaqinlashtirib kelgan.

Prezidentlar Toshkentdagi oliy darajadagi uchrashuv o’zaro munosabatlarni yangi bosqichga ko’tarishda muhim bosqich bo’lishini, bu borada ikki mamlakatda orttirilgan boy tajriba hamkorlikka yangi sur’at baxsh etish va mazmunini boyitish uchun puxta asos bo’lishini ta’kidladilar.

Suhbat chog’ida Afg’onistondagi vaziyat ham muhokama qilindi. Islom Karimov Afg’onistonda faqat harbiy yo’l bilan tinchlik o’rnatib bo’lmasligini, aholini qurolsizlantirish, tinch hayotga yo’naltirish, odamlarda bunyodkorlik hissini uyg’otish, ijtimoiy va iqtisodiy muammolarni hal etish, islohotlarni bosqichma-bosqich olib borish va amaliy samaralar berishiga erishish lozimligini ta’kidladi. O’zbekiston Prezidenti NATOning Buxarest sammitida ilgari surgan taklifini yana bir karra bayon etdi: 1997-2001 yillarda BMT ko’magida samarali faoliyat ko’rsatgan “6+2” muloqot guruhini hozirgi voqelikni inobatga olgan holda va muzokaralar jarayonida NATO ham albatta ishtirok etishini nazarda tutib, “6+3” guruhiga aylantirish zarur.

Valdis Zatlers O’zbekiston rahbarining Afg’onistonda tinchlik o’rnatish masalalari borasidagi nuqtai nazari va takliflarini yuksak qadrlashini qayd etdi.

Islom Karimov va Valdis Zatlers muloqotni O’zbekiston va Latviya rasmiy delegatsiyalarining kengaytirilgan tarkibdagi muzokarasida davom ettirdilar. Unda savdo-iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy, madaniy-gumanitar hamkorlikni rivojlantirishga oid masalalar muhokama qilindi.

O’zbekiston rahbari o’zaro hamkorlik va sheriklik aloqalari ikki tomonlama manfaatdorlik ruhida rivojlanayotganini, bugungi muzokaralar munosabatlarimizga yangi sur’at baxsh etishiga qat’iy ishonishini ta’kidladi.

Valdis Zatlers Latviya mamlakatimiz bilan munosabatlarga alohida ahamiyat berishini qayd etdi.

Ta’kidlanganidek, O’zbekiston va Latviya o’zaro ishonchli iqtisodiy sheriklardir. Mamlakatlarimiz o’rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi 2007 yilda qariyb 50 foiz yuksaldi. 2008 yilning yanvar-iyul oylarida esa 187 million AQSh dollarini tashkil etdi. O’zbekistonda Latviya sarmoyadorlari bilan sheriklikda 19 qo’shma korxona tuzilgan. Ular to’qimachilik, radioaloqa vositalari, elektronika mahsulotlari va mebel ishlab chiqarish, mashinasozlik, farmatsevtika kabi sohalarda faoliyat ko’rsatmoqda. Latviyada esa O’zbekiston sarmoyadorlari bilan hamkorlikda ta’sis etilgan qirqqa yaqin qo’shma korxona bor.

Ishbilarmonlarning bevosita aloqalarini qo’llab-quvvatlash maqsadida 2004 yilgi Riga sammiti asnosida konsullik konvensiyasi imzolangan. O’zbekiston Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki bilan Latviyaning Pareks banki o’rtasida tuzilgan hamkorlik to’g‘risidagi memorandum nafaqat moliya muassasalarining hamkorligini rivojlantirish, balki beznes vakillarining sherikligini mustahkamlashga ham xizmat qilmoqda.

Muzokarada O’zbekiston bilan Latviyaning iqtisodiy munosabatlarini ikki mamlakatning imkoniyatlariga mos darajaga ko’tarish masalalari muhokama qilindi. Savdo uylari ochish, aviaqatnovlarni ko’paytirish, tranzit sohasida hamkorlik shular jumlasidandir. Masalan, Latviya bilan Skandinaviya mamlakatlari o’rtasida faol havo transporti qatnovi yo’lga qo’yilgan. Shu ma’noda, Latviya O’zbekiston va umuman Markaziy Osiyo uchun Skandinaviyaga yaxshi ko’prik vazifasini o’tashi mumkin. Ayni paytda O’zbekiston Skandinaviya o’lkalari uchun Osiyoga robita bo’lib xizmat qilgan bo’lur edi.

O’zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish uchun imkoniyatlar juda ko’p. Jumladan, O’zbekiston paxta tolasini Latviya to’qimachilik korxonalariga bevosita yetkazib berishi maqsadga muvofiqdir. Buning uchun Latviya biznesini yurtimizda o’tkaziladigan paxta, to’qimachilik yarmarkalariga keng jalb etish lozim. Hamkorlikda O’zbekistonda faqat paxta emas, balki ipak, poliz ekinlari va meva-sabzavotni qayta ishlash korxonalarini barpo etish mumkin. Shu yo’l bilan O’zbekiston va Latviya bozorlarini tayyor mahsulotlar bilan to’ldirish, ayni paytda Markaziy Osiyo va Yevropa Ittifoqi bozorlaridagi o’rnimizni yanada kengaytirish imkoniyati paydo bo’ladi.

Mamlakatlarimiz o’rtasida ayirbosh qilinayotgan tovarlar va xizmatlar ro’yxatini tubdan qayta ko’rib chiqish, ikki tomonlama foydali savdo uchun preferensiyalar yaratish ham dolzarb masalalardan. Deylik, O’zbekiston shakar importchisi sanaladi, konfet va shokolad, dengiz mahsulotlarining muayyan qismini chetdan keltiradi. Latviya esa ayni shu mahsulotlarni eksport qiladi. Demak, o’zaro maqbul narx va shartlar bilan eksport-import operatsiyalarini ko’paytirish, shu bilan birga, O’zbekistonda konfet va shokolad hamda baliq konservalari ishlab chiqaruvchi qo’shma korxonalar tuzish uchun imkoniyat bor.

Ikki mamlakat iqtisodiyotida bir-birini to’ldiruvchi bunday jihatlarga ko’plab misol keltirish mumkin. Masalan, O’zbekistonda Markaziy Osiyoda yagona temir yo’l transporti vositalarini ta’mirlovchi korxona ishlab turibdi. Latviyada esa lokomotivlar, tramvaylar ishlab chiqariladi. O’zbekiston tomoni Markaziy Osiyodagi Latviyada ishlab chiqarilgan temir yo’l transportiga servis xizmati ko’rsatishni o’z zimmasiga olishi mumkin.

Ikki mamlakat ham avtomobilsozlik sohasida katta tajribaga ega. Kundalik hayotda, xalqaro savdoda, sayyohlikda va ko’plab boshqa sohalarda transport vositalarining ahamiyati kun sayin ortib borayotgan hozirgi sharoitda bu yo’nalishdagi hamkorlik ikki mamlakat manfaatlariga ham birday xizmat qiladi. Logistika, qog’oz, mebelsozlik, axborot texnologiyalari, farmatsevtika… Qo’shma korxona tuzish ikki tomon uchun ham foydali bo’lgan sohalar ro’yxatini yana davom ettirish mumkin. Bu masalalar Valdis Zatlersga hamrohlik qilayotgan latviyalik ishbilarmonlarning yirik delegatsiyasi bilan Toshkentda o’tkazilgan O’zbekiston-Latviya biznes-forumida ham atroflicha ko’rib chiqildi.

O’zbekiston va Latviya adiblari, madaniyat va san’at namoyandalari, akademik doiralari o’rtasida yaqin munosabatlar qaror topgan. Bu gumanitar sohadagi aloqalarni rivojlantirishda muhim omil bo’lmoqda.

Prezident Islom Karimovning 2004 yili Latviyaga tashrifi asnosida Riganing eng so’lim go’shalaridan biri – Kronvolda bog’ida buyuk alloma va davlat arbobi Mirzo Ulug’bek haykali ochilgani ikki xalqning madaniy hayotida katta voqea bo’lgan edi. Latviya zaminida qad rostlagan Mirzo Ulug’bek haykali xalqlarimiz, mamlakatlarimiz o’rtasidagi mustahkam do’stlikning yorqin timsolidir.

O’zbekiston Bank-moliya akademiyasi bilan Latviyaning Oliy bank maktabi o’rtasida qabul qilingan hamkorlik to’g‘risidagi bitim o’zaro tajriba almashish va malaka oshirish imkoniyatini bermoqda.

O’zbekistonning Alisher Navoiy nomidagi davlat akademik Katta teatri bilan Latviya milliy operasi o’rtasida bevosita aloqa o’rnatilgan.

Muzokarada gumanitar hamkorlikni yanada kengaytirish bilan bog’liq masalalar muhokama qilindi. O’zbekistonda ham, Latviyada ham tarixiy joylar, qadimiy obidalar, dam olish maskanlari ko’p. Bu sayyohlikni rivojlantirish uchun yaxshi imkoniyat. Ikki mamlakat turizm kompaniyalari yaqin hamkorlikda ishlab, tabiat qo’ynida dam olishni istaganlarga O’zbekistonda tog’, Latviyada dengiz sayyohligini taklif qilishi mumkin. Shuningdek, farmatsevtika va tibbiy diagnostika, axborot kommunikatsiyalari kabi sohalarda qo’shma tadqiqotlar o’tkazish, kadrlar malakasini oshirish, tajriba almashish o’zaro foydali bo’lur edi.

Muzokara yakunida O’zbekiston bilan Latviya o’rtasida favqulodda vaziyatlarning oldini olish va oqibatlarini bartaraf etish to’g‘risidagi hukumatlararo bitim hamda soliq sohasida qo’shma ma’muriy hamkorlik va axborot almashish, sanoat mulkini muhofaza qilish sohasida axborot almashish, ta’lim sohasida hamkorlik, akkreditatsiya sohasida hamkorlik, standartlashtirish sohasida hamkorlik to’g‘risidagi idoralararo bitimlar imzolandi.

Ommaviy axborot vositalari vakillari bilan uchrashuvda Islom Karimov va Valdis Zatlers muzokaralar samarali bo’lgani va do’stona ruhda o’tganini qayd etdilar. Erishilgan kelishuvlar va imzolangan hujjatlar ikki tomonlama munosabatlarning istiqboli porloq ekanidan dalolat berishini ta’kidladilar. Ko’rilgan barcha masalalar yuzasidan fikr va yondashuvlar yaqin va o’xshash bo’lgani ma’lum qilindi.

– O’zaro tovar ayirboshlash hajmi joriy yilning dastlabki yetti oyida butun 2007 yildagi ko’rsatkichga nisbatan 50 foiz oshdi, – dedi Islom Karimov. – Bunday yuksalish davom etadi, deyish uchun barcha asoslar bor. O’zaro munosabatlarda savdo-iqtisodiy hamkorlikka ustuvor ahamiyat beramiz. Biz transport kommunikatsiyalari, qayta ishlash sanoati, ta’lim, sog’liqni saqlash, madaniyat va boshqa ko’plab sohalarda hamkorlik masalalari yuzasidan fikr almashdik.

– Ushbu tashrifdan ko’zlangan asosiy maqsad Latviya-O’zbekiston munosabatlarini har tomonlama rivojlantirish va mustahkamlashdan iborat, – dedi Valdis Zatlers. – Biz ikki tomonlama aloqalarning istiqboli porloq va hamkorligimiz ikki tomon uchun ham manfaatli bo’lishiga qat’iy ishonamiz.

Latviya Respublikasi Prezidenti Valdis Zatlers Latviya bilan O’zbekiston o’rtasidagi do’stlik va hamkorlik aloqalarini har tomonlama kengaytirish va mustahkamlash yo’lidagi ulkan xizmatlari uchun O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovga Latviya Respublikasining oliy davlat mukofoti – “Uch yulduz” ordenini topshirdi.

Latviya Respublikasi Prezidenti Valdis Zatlersga Vatanimizning “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni topshirildi.

Shu kuni Latviya Respublikasi Prezidenti Valdis Zatlers O’zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Shavkat Mirziyoyev hamrohligida Mustaqillik maydoniga tashrif buyurdi. Oliy martabali mehmon istiqlolimiz va porloq kelajagimiz ramzi bo’lgan Mustaqillik va ezgulik monumenti poyiga gul qo’ydi. Latviya rahbari Prezident Islom Karimov rahbarligida bu yerda amalga oshirilgan ulkan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari ushbu maydonni mustaqillikning chinakam ramziga aylantirganini, unga hurriyat ruhini bag’ishlaganini ta’kidladi.

Valdis Zatlers O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi Ilgizar Sobirov bilan uchrashdi. Mehmon mamlakatimizning ikki palatali parlamenti faoliyati bilan tanishdi.

Latviya Prezidenti O’zbekiston tarixi davlat muzeyi eksponatlari bilan tanishdi, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti professor-o’qituvchilari va talabalari bilan uchrashdi, Oloy bozorida bo’ldi.

Latviya Respublikasi Prezidenti Valdis Zatlersning mamlakatimizga davlat tashrifi davom etmoqda.