Gerb Bayroq Madhiya Davlat mukofotlari Bosh sahifa Mobil versiya Sayt xaritasi Forum
Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!   Click to listen highlighted text! Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!
Матнни тинглаш!
0(362) 223-00-18
Ish tartibi 900 - 1800
  • xorazm.uz

    Yurtboshimizning tabiri bilan aytganda, Xorazm «O‘zbek davlatchiligining ilk tamal toshi qo‘yilgan muqaddas zamin!». Insoniyat tamadduni o‘choqlaridan hisoblanmish bu ko‘hna yurtdan ne-ne buyuk allomalar, qomuschi olimlar, ahli donishlar, avliyo-anbiyolar yetishib chiqgan.

  • xorazm.uz

    Istiqlol tufayli yurtimizdagi qadim shaharlar va qal’alar, madaniyat o‘choqlarini ko‘rish, ziyorat qilish uchun yetti iqlimdan kelayotgan sayyohlarning soni yildan-yilga oshmoqda. Jahon bizning mo‘tabar yurtimizni ko‘rishga orzumand!

  • xorazm.uz

    2017-2018 yillarda Xorazm viloyati sanoati salohiyatini rivojlantirish dasturi amaliyotga allaqachon tatbiq qilinayotgan ulkan qurilishu ta‘mirlash, eng zamonaviy asbob-uskunalar keltirish, kerakli mutaxassislarni o‘qitish, o‘rgatish jarayoni jadal yo‘lga qo‘yildi.

  • xorazm.uz

    Xalqimiz dasturxonining fayziyobligi, bozorlarimizning to‘kinligiyu oziq-ovqat mahsulotlarining serobligi, arzonligi, bir so‘z bilan aytganda yurtimiz farovonligi bobodehqonlarimizning mehnati mahsulidir. Xorazm voxasi qishloq xo‘jaligi soxasida xam yetakchilardan hisoblanadi.

Fotoalbom

» Barcha fotoalbomlar

Videoteka

» Barcha video fayllar

Tarix

Хоразм: Кеча ва бугун
Хоразм ўзининг қадим тарихи, бой маданиятига эга бўлган Ўзбекистондаги эътиборга молик ҳудудлардан биридир. Инсониятнинг илк ёзма ёдгорликларидан бири ҳисобланган зардуштийликнинг муқаддас китоби “Авесто” шу диёрда яратилган. Бундан уч минг йиллар илгари ҳам Хоразмнинг ўз ёзуви мавжуд эди. Батафсил...


Хоразм ҳақида битиклардаги илк ёзувлар. ДОРО I нинг Беҳсутун битиги
(ерамиздан аввалги 521-486 йиллар)

Ушбу битик Карманшоҳ яқинидаги денгиз сатҳидан 152 метр юқорироқда бўлган Беҳсутун қоясига ўйиб ёзилган. Битикнинг юқорисида улкан барелеф мавжуд. Унда тўққиз нафар шоҳ ва уруғларнинг бошлиқлари қўллари боғланган ва бўйинларига сиртмоқ солинган ҳолда Доронинг олдида тургани тасвирланган. Уларнинг ўнинчисининг устига шоҳ оёғини қўйиб турибди. Битик беш устун ва 414 сатрдан иборат. У уч тилда битилган (елам, бобил ва эски форс тилларида). Батафсил...



Oziq-ovqat dasturi - amalda
23.06.2014

Yangibozor tumanidagi Boshqirshix qishlog‘i hududida paxta g'alla yo‘nalishida 46  fermer xo‘jaligi faoliyat ko‘rsatmoqda. Ular aksariyati  keng tarmoqpi fermer xo‘jaligi sifatida ish olib boryapti. Shulardan biri Ergash Abdullaev raxbarlik qilayotgan “Abdulla ota Og‘abek” fermer xo‘jaligidir.
2003 yilda tashkil topgan xo‘jaliqda dastlab 51 gektar yerda dehqonchilik qilindi. Xozirga kelib ekin maydoni 72.8 gektarga yetdi. 2011 yilgacha fermer xo‘jaligini Orzigul Ahmedova boshqardi. Shundan beri nafaqaga chiqqan onaxonning ishini o‘g‘li Ergash Abdullaev davom ettiryapti. O‘tgan yillar davomida yerlarning meliorativ holatini yaxshilash, hosildorligini oshirish hisobiga paxta va g‘alla etishtirish ko‘payishiga erishilmoqda. Natijada fermer xo‘jaligining daromadi oshib, iqtisodiy jihatdan rivojlanib bormoqda.
Daromadga qarab buromad, deganlaridek, foydaning oshib borishi natijasida fermer xo‘jaligining texnika parki yangi mexanizmlar bilan mustahkamlandi. Xo‘jalikda bitta haydov, ikkita “MTZ-80” va o‘tgan yili lizing asosida olingan “TTZ-8011” rusumli traktorlar bor. Seyalka, kultivator, o‘simliklarga kimyoviy ishlov berishda ishlatiladigan suv purkagich va boshqa zarur mexanizmlarning barchasi muhayyo etilgan.
Fermerning bu yilgi niyatlari katta. 42,3 gektar yerga g‘o‘zaning serhosil, iqlim sharoitiga mos bo‘lgan “Ibrat” navini ekilgan. Nihollarning baravj o‘sishini ta’minlash maqsadida g‘o‘za qator oralari yumshatildi, har gektar hisobiga 800 kilogrammdan azotli, fosforli o‘g‘itlar berilib, oziqlantirildi.
Shuningdek, fermer xo‘jaligida bug‘doyning “Tanya” navi ekilib, undan to‘liq hosil yetishtirildi. 19 gektar bug‘doyning har gektaridan 50 tsentnerdan oshirib hosil olish ko‘zda tutilmoqda. Rejada belgilanganidan oshiqcha bug‘doy fermer omboriga to‘kiladi.
- Mahsulotning bir qismini urug‘lik uchun saqlab qo‘ymoqchimiz, - deydi Ergash Abdullaev. - Qolganini ishchilarga taqsimlab beramiz. Har bir ishchiga 1-1,5 tonna atrofida bug‘doy tarqatmoqchimiz. Xo‘jaligimizda ishchilarni bunday rag‘batlantirishning yo‘lga qo‘yilishi ish unumiga ijobiy ta’sir ko‘rsatmoqda.
Ma’lumki, so‘nggi yillarda mamlakatimiz qishloq xo‘jaligida izchil islohotlar olib borilayotgani, yerlarning meliorativ holatini yaxshilash maqsadida katta miqdorda mablag‘lar o‘zlashtirilayotgani, paxta yakkahokimligiga barham berilib, oziq-ovqat dasturining muvaffaqiyatli amalga oshirilishiga erishilayotgani bois qishloq odamlarining turmush farovonligi ta’minlanyapti. Toshkent shahrida yaqinda bo‘lib o‘tgan “O‘zbekistonda oziq-ovqat dasturini amalga oshirishning muhim zaxiralari” mavzusidagi xalqaro konferentsiyada ham bu borada yurtimizda ro‘yobga chiqarilayotgan ishlar tahlil qilinib, kelgusidagi vazifalar belgilab olindi.
Bugun fermer xo‘jaliklarida paxta hosili umumiy salmog‘ini pasaytirmagan holda, gektarlar hosildorligini oshirish hisobiga sanoat xomashyosi ekiladigan maydonlarni qisqartirish, bo‘shagan yerlarda oziq-ovqat mahsulotlari yetishtirishni ko‘paytirish talab etilmoqda. Buning uchun ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklari tashkil qilinyapti, ular faoliyati tobora kengayib boryapti.
Ergash Abdullaev ham keyingi paytda fermer xo‘jaligida oziq-ovqat mahsulotlari yetishtirishni ko‘paytirmoqda, bu sohalarga ixtisoslashgan tarmoqlar faoliyatini yo‘lga qo‘ymoqda. 2,5 gektar yerda poliz, sabzavot, kartoshka yetishtirilyapti. 70 tup jiyda daraxti to‘liq hosilga kirgan. 2,5 gektar maydonda tutchilik rivojlantirilmoqda.
Fermer xo‘jaligida dehqonchilik bilan bir qatorda chorvachilikni rivojlantirishga ham e’tibor berilmoqda. Bu yerda 100 bosh ona tovuq, 20 boshdan ortiq qo‘y-qo‘zi, 15 bosh qoramol boqilyapti. 50 quti asalari uyasi ham bor. Fermer xo‘jaligida ishlayotganlar tuxum, sut-qatiq, parhez go‘sht, poliz va sabzavot mahsulotlari bilan to‘liq ta’minlanmoqda, ortiqchasi esa bozorga chiqarib sotilmoqda. Shu tarmoqlarni tashkil etish va rivojlantirish evaziga 10 nafar qishloq yoshlari  muqim ish o‘rniga ega bo‘ldi. Qo‘shimcha tarmoqlar hisobidan fermer har yili 20 million so‘mdan ziyod daromad olmoqda.


Fermer xo‘jaligi qoshida mo‘jazgina sex tashkil etilib, bu yerda qishloq fermerlariga, “Jayxun” mahallasi aholisiga servis xizmati ko‘rsatish yo‘lga qo‘yildi. Temirchilik, texnika va mexanizmlarni ta’mirlash, moy almashtirish va texnik xizmat ko‘rsatish kabi bir qancha sohalar ish boshladi.
Fermer qo‘shimcha tarmoqlarni yanada rivojlantirish maqsadida ko‘pgina ishlarni amalga oshirishni rejalashtirgan. Yaqin vaqt ichida bu yerda baliqchilik tashkil qilinadi, o‘rdak boqish yo‘lga qo‘yiladi. 0,5 gektar yerda bog‘ yaratilib, olma va uzum yetishtirish mo‘ljallanayotir.
Bulardan tashqari, fermer mavjud imkoniyatlardan to‘liq foydalanishga intilyapti. Ikki kilometrlik ariq-zovurlar bo‘yiga terak, qoratol, oqtol, to‘rong‘i kabi qurilishbop daraxtlar ekilgan. Dala chekkalarida, rosh bo‘ylarida qovoq, tarvuz, loviya, makkajo‘xori, oqjo‘xori parvarishlanyapti. Qisqasi, fermer xo‘jaligida har bir qarich yer hisobli, undan samarali foydalanishga harakat qilinmoqda.
Bular hali hammasi emas. Bug‘doydan bo‘shagan maydonlarga takroriy ekin sifatida kechki kartoshka, sabzavotlar ekish ko‘zda tutilmoqda. Buning uchun yer mahalliy o‘g‘it bilan to‘yintirilmoqda. Natijada yerning hosildorligi oshib, yiliga ikki-uch marta hosil olish imkoniyati yaratilmoqda. Asosiysi, quyoshli kunlarning ko‘p bo‘lishi, mineral o‘g‘itlarning kam ishlatilishi saxovatli zaminimizda yetishtirilayotgan oziq-ovqat mahsulotlarining to‘yimli, mazali, vitamin va boshqa zarur mikroelementlarga boyligini ta’minlayapti.
- Yaqinda gazetada o‘qib qoldim, - deydi fermer Ergash Abdullaev, - dunyodagi ayrim davlatlarda odamlar to‘yib ovqatlanmas ekan. Xudoga shukur, bizda hamma narsa mo‘l-ko‘l, arzonchilik. Buning qadriga etishimiz, fermer xo‘jaligini bundanda taraqqiy ettirishimiz lozim. Shunda jahonning manaman, degan mamlakatlari bilan bu sohada ham bemalol bellasha olamiz.
Yosh fermerning bu so‘zlariga qo‘shimcha qilib shuni aytish mumkinki, mamlakatimizda istiqlolga erishilgan dastlabki kunlardanoq inson omili masalasiga, odamlarning baxtli va farovon hayot kechirishiga eng ustuvor vazifa sifatida qaraldi. Natijada o‘tgan qisqa muddat ichida ko‘lami va miqyosi jihatidan ulkan o‘zgarishlar amalga oshirildi. Bunda, shubhasiz, fermerlarning ham munosib hissasi bor. Ularning sa’y-harakatlari bilan oziq-ovqat dasturining muvaffaqiyatli bajarilishi tufayli o‘zimizdan ortganini chetga eksport qilish imkoniyati yaratildi. Bu to‘g‘ri tanlangan taraqqiyot yo‘lidan borayotganimizning yana bir yorqin namunasidir.
Farhod ABDULLAEV, 
“Mohiyat” 2014 yil 20 iyun (721)