Gerb Bayroq Madhiya Davlat mukofotlari Bosh sahifa Mobil versiya Sayt xaritasi Forum
Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!   Click to listen highlighted text! Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!
Матнни тинглаш!
0(362) 223-00-18
Ish tartibi 900 - 1800
  • xorazm.uz

    Yurtboshimizning tabiri bilan aytganda, Xorazm «O‘zbek davlatchiligining ilk tamal toshi qo‘yilgan muqaddas zamin!». Insoniyat tamadduni o‘choqlaridan hisoblanmish bu ko‘hna yurtdan ne-ne buyuk allomalar, qomuschi olimlar, ahli donishlar, avliyo-anbiyolar yetishib chiqgan.

  • xorazm.uz

    Istiqlol tufayli yurtimizdagi qadim shaharlar va qal’alar, madaniyat o‘choqlarini ko‘rish, ziyorat qilish uchun yetti iqlimdan kelayotgan sayyohlarning soni yildan-yilga oshmoqda. Jahon bizning mo‘tabar yurtimizni ko‘rishga orzumand!

  • xorazm.uz

    2017-2018 yillarda Xorazm viloyati sanoati salohiyatini rivojlantirish dasturi amaliyotga allaqachon tatbiq qilinayotgan ulkan qurilishu ta‘mirlash, eng zamonaviy asbob-uskunalar keltirish, kerakli mutaxassislarni o‘qitish, o‘rgatish jarayoni jadal yo‘lga qo‘yildi.

  • xorazm.uz

    Xalqimiz dasturxonining fayziyobligi, bozorlarimizning to‘kinligiyu oziq-ovqat mahsulotlarining serobligi, arzonligi, bir so‘z bilan aytganda yurtimiz farovonligi bobodehqonlarimizning mehnati mahsulidir. Xorazm voxasi qishloq xo‘jaligi soxasida xam yetakchilardan hisoblanadi.

Fotoalbom

» Barcha fotoalbomlar

Videoteka

» Barcha video fayllar

Tarix

Хоразм: Кеча ва бугун
Хоразм ўзининг қадим тарихи, бой маданиятига эга бўлган Ўзбекистондаги эътиборга молик ҳудудлардан биридир. Инсониятнинг илк ёзма ёдгорликларидан бири ҳисобланган зардуштийликнинг муқаддас китоби “Авесто” шу диёрда яратилган. Бундан уч минг йиллар илгари ҳам Хоразмнинг ўз ёзуви мавжуд эди. Батафсил...


Хоразм ҳақида битиклардаги илк ёзувлар. ДОРО I нинг Беҳсутун битиги
(ерамиздан аввалги 521-486 йиллар)

Ушбу битик Карманшоҳ яқинидаги денгиз сатҳидан 152 метр юқорироқда бўлган Беҳсутун қоясига ўйиб ёзилган. Битикнинг юқорисида улкан барелеф мавжуд. Унда тўққиз нафар шоҳ ва уруғларнинг бошлиқлари қўллари боғланган ва бўйинларига сиртмоқ солинган ҳолда Доронинг олдида тургани тасвирланган. Уларнинг ўнинчисининг устига шоҳ оёғини қўйиб турибди. Битик беш устун ва 414 сатрдан иборат. У уч тилда битилган (елам, бобил ва эски форс тилларида). Батафсил...



PICHOQCHINING NODIR O‘G‘LONI
21.01.2017

PICHOQCHINING NODIR O‘G‘LONI

Mamlakatimiz sharafini qit’a va jahon chempionatlarida munosib himoya qilgani, erishgan yuksak sport natijalari uchun O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi xorazmlik yosh shaxmatchi Nodirbek Yokubboyevni respublikamizda 2016-yilning «Eng yaxshi shaxmatchi»si deb e’lon qildi.

Nodirbek Xorazmning eski qal’alaridan biri Hazoraspning shundoqqina biqinida joylashgan eski Pichoqchi qishlog‘ida, 2002-yilda tavallud topgan.

Qadim bitiklardan birida hazoraspliklar haqida "Bu qal’a xalqi qilich va nayzalarning shovqin – suroni ostida dunyoga keladilar. O‘zlari pahlavonkelbat, mard va mohir jangchilardir”, deyiladi.

Darvoqe, Nodirbek tug‘ilgan Pichoqchi qishlog‘ida o‘z vaqtida bepoyon sarhadlarga ega bo‘lgan Xorazmshohlar davlatida mashhur bo‘lgan jangavor qurollar hisoblangan turli pichoqlar, kajkart, qilich va nayza uchlari tayyorlangan. Ular bilan qurollangan yigitlar dushmanlarni Xorazmning darbozalaridan biri hisoblangan Hazorasp ostonalarida kutib olib ularga qaqshatqich zarbalar berishgan...

Bu gaplar, albatta, ming yillar naridagi gaplar.

Bugun esa mustaqil O‘zbekiston farzandlari kuchli bilim, chuqur aql va cho‘ng iqtidor bilan qurollanib mamlakatimiz sport sharafini munosib himoya qilmoqdalar.

Ularning orasida O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi tomonidan "2016 yilning eng yaxshi shaxmatchisi” deb topilgan FIDE ustasi 14 yoshli Nodirbek Yoqubboev ham bor.

- Bu mamlakatimizda yoshlar tarbiyasi, ularning har tomonlama komil insonlar qilib tarbiyalash borasida olib borilayotgan tizimli tadbirlarning natijasidir, - deydi biz bilan suhbatda Nodirbekning dadasi Murod aka Yoqubov.

Darvoqe, Nodirbekning birinchi ustozi ham Murod akadir.

- O‘zim yoshlikdan shaxmatga qiziqqanim sabab Nodirbekka besh – olti yoshlaridan boshlab saboq bera boshladim. Ammo Nodirbekning bugungi darajasiga etishishida rahmatli padari buzrukvorim, Yoqubboy Iskandarov, Nodirbekning bobosining xizmatlari benihoya. U kishi Nodirbekni to‘rt yoshlarida o‘qishga o‘rgatdilar. Keyin ular birgalikda uyimizdagi ellikdan oshiq ertak kitoblarini birgalikda o‘qib chiqishdi. Bu o‘qishlar Nodirbekning xayol , tasavvur kuchini nihoyatda kengaytirdi. Ushbu tasavvur quvvati o‘g‘limni shaxmatchi sifatidagi eng kuchli jihatlaridan biridir, ehtimol. Nodirbek bilan har kuni, qo‘lim bo‘y qoldi deguncha shug‘ullanardim. Biz soatlab turli kombinatsiyalar ustida bosh qotirar edik. Buni ko‘rgan Nodirbekning opasi Nilufar ham shaxmatga qiziqib qoldi, -deydi Murod aka.

Eng qizig‘i Nilufar bilan Nodirbek Xazorasp tumanidagi 5- son o‘rta maktabga o‘qishga kelganlarida ancha – muncha taniqli shaxmatchilar edi.

Darvoqe, bugun Nilufar Yoqubboeva ham respublikamizdagi ko‘zga ko‘ringan shaxmat ustalaridan biri. O‘z yosh toifasida ikki marta O‘zbekiston chempioni bo‘lgan. 2016 yilda O‘zbekiston 1 ligasi g‘olibi. O‘rni kelsa Nilufarni ham aziz gazetxonlarga yaqinroqdan tanishtiramiz.

Hozir esa Nodirbek haqidagi hikoyamizni davom ettiramiz.

Nodirbekmaktabda a’lo o‘qish bilan birga shaxmat bo‘yicha tuman, viloyat va respublika musobaqalarida ishtirok eta boshladi. Mutaxassislar ham murabbiylar ham uning iqdidor kuchiga ishonib turli nufuzli bahslarga jalb qila boshladilar. Nodirbek bu ishonchni qadam ba qadam oqlay bordi.

2010-yilning iyun oyida Pekinda bo‘lib o‘tgan Osiyo chempionatida bronza medali sohibi bo‘ldi. 2011-yilda ilk bora 12 yoshgacha bo‘lgan shaxmatchilar o‘rtasida respublika chempioni bo‘ldi.

2014 yilda Poytaxtimizda shaxmat bo‘yicha 12 yoshgacha bo‘lgan shaxmatchilar o‘rtasida o‘tkazilayotgan Osiyo chempionatida rapid – tezkor shaxmat bahslarida o‘g‘il bolalar bahsida Vatanimiz sharafini himoya qilgan Nodirbek Yoqubboev tojikistonlik Suhrobjon Avalboev, hindistonlik Anand Saurabh va Srivatshav Rahul, qirg‘izistonlik Ruslan Sezdbekov, mo‘g‘ulistonlik Otgonbayar Chinguunni mag‘lubiyatga uchratib, hindistonlik Aravind Ram va jamoadoshi Muhammadali Abdurahmonov bilan durang natijani qayd etdi va etti imkoniyatdan olti ochko jamg‘arib Osiyo chempioni degan sharafli unvonga sazovor bo‘ldi.

Mana bir necha yildan beri u ketma ket xalqaro musobaqalarda g‘olib va sovrindorlar qatoridan o‘rin olib kelmoqda.

Ayniqsa, 2016 yil Nodirbek uchun katta g‘alabalar yili bo‘ldi.

O‘tgan yil Nodirbek Oliy ligada O‘zbekiston chempioni bo‘ldi. Shu paytgacha hech kim 14 yoshida O‘zbekiston chempioni, degan nomga sazovor bo‘lgan emas edi.

Rossiyaning Xanti-Mansiysk shahrida shaxmat bo‘yicha 14, 16 va 18 yoshli shaxmatchilar o‘rtasida o‘tkazilgan jahon chempionatida dunyoning oltmishdan ziyod davlatidan to‘rt yuzdan ortiq yosh shaxmatchi g‘oliblik uchun o‘zaro bahslashdi. Jahon chempionatining 14 yoshgacha bo‘lgan bolalar o‘rtasidagi bahslarida qatnashgan Nodirbek Yoqubboev shri-lankalik Tilakartne, braziliyalik Lukas Pikkoli, xitoylik Xongchi Peng, latviyalik Ilya Semyonovs, AQSh vakili Devid Peng, rossiyalik Yaroslav Remizov va ukrainalik Kirill Shevchenkoni mag‘lubiyatga uchratib, kanadalik Eugene Xua va AQSh vakili Gebriel Sem bilan durang o‘ynadi. O‘n bir imkoniyatdan sakkiz ochko jamg‘arib, jahon chempionatining bronza medalini qo‘lga kiritdi.

FIDE ustasi talablarini bajargan Yokubboev O‘zbekiston milliy terma jamoasi safida jahon chempioni Rustam Qosimjonov bilan yonma yon turib Baku shahrida o‘tkazilgan Butunjahon shaxmat Olimpiadasida mamlakatimiz sharafini munosib ximoya kildi.

Bugun Nodirbek opasi Nilufar bilan bo‘lajak nufuzli musobaqalarga tayyorgarlik o‘rmoqdalar.

Shuhrat Matkarimov,

Xorazm viloyati hokimligining matbuot kotibi