QISHLOQ XO‘JALIGI YILI SARHISOB QILINDI
Xorazm viloyatida 2016 yilgi qishloq xo‘jaligi yili yakunlariga bag‘ishlangan
tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda viloyatning turli tumanlaridan kelgan dehqon va fermerlar,
bog‘bonlar, chorvadorlar ishtirok etdilar.
Viloyat hokimi P.Bobojonov tadbirni ochar ekan 2016 yil xorazmlik
dehqonlar uchun muvaffaqiyatli yakunganini alohida ta’kidladi.
Paxtachilik, pillachilik, g‘allachilik, bog‘dorchilik va uzumchilik, chorvachilikda, umuman qishloq
xo‘jaligining barcha sohalarida ko‘zlangan marralarga erishildi.
Fermerlar paxta xom-ashyosi sotish
bo‘yicha tuzilgan kontraktatsiya shartnomalarida ko‘zda tutilganidan 30 ming tonna
ko‘p xom – ashyo yig‘ib oldilar. Viloyatda hosildorlik gektar boshiga 31
tsentnerga teng bo‘ldi. Paxtachilik
sohasida faoliyat yuritayotgan fermerlar olgan daromad 350 mlrd.so‘mni tashkil etdi.
Qo‘shko‘pir tumanidagi "Muattar”, Xonqa tumanidagi "Madir Xonqa” va
"Sherzod Otaniyozov” fermer xo‘jaliklari har gektar erdan 60 tsentnerdan oshirib
hosil oldilar.
Viloyat bo‘yicha 24 ta fermer xo‘jaligida hosildorlik gektar boshiga 50 tsentner,
316 ta fermer xo‘jaligida esa 40 tsentnerdan oshdi.
Dehqon - fermerlarining unumli mehnatlari uchun davlatimiztomonidan
yaratib berilgan sharoitlar, hukumatimiz tomonidan ularni moliyaviy mablag‘lar, yonilg‘i – moylash
materiallari, meniral o‘g‘it va texnika vositalari bilan ta’minlash borasida
tizimli tadbirlar amalga oshirilayotganligi muvaffaqiyatlarning asosiy garovi dir.
Dehqon – fermerlarimizning sho‘r yuvishdan tortib ekish, ekin parvarishidan to
hosilni yig‘ishtirib olguncha bo‘lgan davrda barcha agrotexnik qoidalarga to‘la rioya
qilayotganligi, yangi texnika va texnologiyalarni amaliyotga joriy etayotganligi
yutuqlarni ta’minlayotgan yana bir asos bo‘lmoqda.
Masalan, viloyatda bu yil , 70 foiz maydonga qo‘shqator usulda chigit ekildi. Zarakundalarga qarshi kurashishda
biometod keng qo‘llandi. Hududlarda qishloq xo‘jaligi ekinlarini kasallik va
zararkunandalardan himoya qilishning puxta
tizimi yaratildi.
Dehqonchilik sohasining tajribali faxriylari Kenjaboy Ortiqov , Raimboy
Matrasulov, Aminboy Vapaev, Jumaboy O‘tamov, Ibodulla Iskandarov, Rustam
Sultonov, Leninza Asqarovalar ekin ekishdan tortib, hosilni tez va soz yig‘ib
olishgacha bo‘lgan jarayonlarda o‘zlarining yo‘l – yo‘riq va maslahatlari bilan
fermerlarga elkadosh bo‘lib turdilar.
Bu yil Xorazmda 252,5 ming tonna
bug‘doy yig‘ib olindi. Bu o‘tgan yilga nisbatan 34 ming tonna ko‘p demakdir.
Hosilning 94 ming tonnasi aholi
tomorqalaridan yig‘ib olindi.
Gurlan tumanidagi "Sevinchbek - Ixlosbek”
(rahbari Mansur Hasanov), Bog‘ot tumanidagi "Dilshod” fermer xo‘jaligi (rahbari
Ibodulla Iskandarov) a’zolari har gektardan 90 tsentnerdan ham yuqori
hosil oldilar.
Amalga oshirilgan yuqoridagi tadbirlar bois aholining qishloq xo‘jaligi mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyoji to‘liq
qoplanib, Xorazm bozorlarida narx-navo barqarorligi ta’minlanmoqda.
Anjuman yakunida ilg‘or qishloq xo‘jaligi
xodimlariga qimmatbaho sovg‘alar topshirildi.
San’at ustalari o‘zlarining dasturlari
bilan tadbirga fayz kiritdilar.
Shuhrat Matkarimov,
Viloyat hokimligining etakchi mutaxassisi