Gerb Bayroq Madhiya Davlat mukofotlari Bosh sahifa Mobil versiya Sayt xaritasi Forum
Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!   Click to listen highlighted text! Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!
Матнни тинглаш!
0(362) 223-00-18
Ish tartibi 900 - 1800
  • xorazm.uz

    Yurtboshimizning tabiri bilan aytganda, Xorazm «O‘zbek davlatchiligining ilk tamal toshi qo‘yilgan muqaddas zamin!». Insoniyat tamadduni o‘choqlaridan hisoblanmish bu ko‘hna yurtdan ne-ne buyuk allomalar, qomuschi olimlar, ahli donishlar, avliyo-anbiyolar yetishib chiqgan.

  • xorazm.uz

    Istiqlol tufayli yurtimizdagi qadim shaharlar va qal’alar, madaniyat o‘choqlarini ko‘rish, ziyorat qilish uchun yetti iqlimdan kelayotgan sayyohlarning soni yildan-yilga oshmoqda. Jahon bizning mo‘tabar yurtimizni ko‘rishga orzumand!

  • xorazm.uz

    2017-2018 yillarda Xorazm viloyati sanoati salohiyatini rivojlantirish dasturi amaliyotga allaqachon tatbiq qilinayotgan ulkan qurilishu ta‘mirlash, eng zamonaviy asbob-uskunalar keltirish, kerakli mutaxassislarni o‘qitish, o‘rgatish jarayoni jadal yo‘lga qo‘yildi.

  • xorazm.uz

    Xalqimiz dasturxonining fayziyobligi, bozorlarimizning to‘kinligiyu oziq-ovqat mahsulotlarining serobligi, arzonligi, bir so‘z bilan aytganda yurtimiz farovonligi bobodehqonlarimizning mehnati mahsulidir. Xorazm voxasi qishloq xo‘jaligi soxasida xam yetakchilardan hisoblanadi.

Fotoalbom

» Barcha fotoalbomlar

Videoteka

» Barcha video fayllar

Tarix

Хоразм: Кеча ва бугун
Хоразм ўзининг қадим тарихи, бой маданиятига эга бўлган Ўзбекистондаги эътиборга молик ҳудудлардан биридир. Инсониятнинг илк ёзма ёдгорликларидан бири ҳисобланган зардуштийликнинг муқаддас китоби “Авесто” шу диёрда яратилган. Бундан уч минг йиллар илгари ҳам Хоразмнинг ўз ёзуви мавжуд эди. Батафсил...


Хоразм ҳақида битиклардаги илк ёзувлар. ДОРО I нинг Беҳсутун битиги
(ерамиздан аввалги 521-486 йиллар)

Ушбу битик Карманшоҳ яқинидаги денгиз сатҳидан 152 метр юқорироқда бўлган Беҳсутун қоясига ўйиб ёзилган. Битикнинг юқорисида улкан барелеф мавжуд. Унда тўққиз нафар шоҳ ва уруғларнинг бошлиқлари қўллари боғланган ва бўйинларига сиртмоқ солинган ҳолда Доронинг олдида тургани тасвирланган. Уларнинг ўнинчисининг устига шоҳ оёғини қўйиб турибди. Битик беш устун ва 414 сатрдан иборат. У уч тилда битилган (елам, бобил ва эски форс тилларида). Батафсил...



QOG‘OZ KONUSLARINI TAYYoRLASh YO‘LGA QO‘YILDI
00.00.0000

Bog‘ot tumanida qog‘oz konuslar ishlab chiqarishga mo‘ljallangan “Vogot rareg” MChJ ish boshlagach,  ushbu xududda joylashgan “Kobotex” MChJ yiliga o‘rtacha 50-60 million so‘mlik transport xarajatlarini tejaydigan bo‘ldi. 
Gap shundaki,  oldinlari bu korxonaga ip o‘rash uchun zarur bo‘lgan konuslar poytaxtdan keltirilardi.  Endilikda bunga zarurat qolmadi. 
Tadbirkor M.  Otajonovning sa’y-harakati bilan Xitoydan 115 ming AQSh dollarilik zamonaviy texnologik uskunalar keltirildi va 32 nafar yosh ishga qabul qilindi.  Natijada bu erda yiliga 5 million dona qog‘oz konus ishlabchiqarish  imkoni  yaratildi. 
Ayni chog‘da korxona jamoasi xududdagi 4 ta engil sanoat korxonasini o‘z mahsuloti bilan ta’minlayapti.  Jumladan,  ularga oyiga o‘rtacha 400 ming donadan ortiq qog‘oz konuslari etkazib berilayotir.  Xom ashyo esa qo‘shni tumandagi qog‘oz chiqindilarini to‘playdigan korxonadan keltirilmoqda. 
Oybek RAHIMOV, 
“Xalq so‘zi” 24 iyun,  2014 yil № 121 (6051)