Gerb Bayroq Madhiya Davlat mukofotlari Bosh sahifa Mobil versiya Sayt xaritasi Forum
Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!   Click to listen highlighted text! Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!
Матнни тинглаш!
0(362) 223-00-18
Ish tartibi 900 - 1800
  • xorazm.uz

    Yurtboshimizning tabiri bilan aytganda, Xorazm «O‘zbek davlatchiligining ilk tamal toshi qo‘yilgan muqaddas zamin!». Insoniyat tamadduni o‘choqlaridan hisoblanmish bu ko‘hna yurtdan ne-ne buyuk allomalar, qomuschi olimlar, ahli donishlar, avliyo-anbiyolar yetishib chiqgan.

  • xorazm.uz

    Istiqlol tufayli yurtimizdagi qadim shaharlar va qal’alar, madaniyat o‘choqlarini ko‘rish, ziyorat qilish uchun yetti iqlimdan kelayotgan sayyohlarning soni yildan-yilga oshmoqda. Jahon bizning mo‘tabar yurtimizni ko‘rishga orzumand!

  • xorazm.uz

    2017-2018 yillarda Xorazm viloyati sanoati salohiyatini rivojlantirish dasturi amaliyotga allaqachon tatbiq qilinayotgan ulkan qurilishu ta‘mirlash, eng zamonaviy asbob-uskunalar keltirish, kerakli mutaxassislarni o‘qitish, o‘rgatish jarayoni jadal yo‘lga qo‘yildi.

  • xorazm.uz

    Xalqimiz dasturxonining fayziyobligi, bozorlarimizning to‘kinligiyu oziq-ovqat mahsulotlarining serobligi, arzonligi, bir so‘z bilan aytganda yurtimiz farovonligi bobodehqonlarimizning mehnati mahsulidir. Xorazm voxasi qishloq xo‘jaligi soxasida xam yetakchilardan hisoblanadi.

Fotoalbom

» Barcha fotoalbomlar

Videoteka

» Barcha video fayllar

Tarix

Хоразм: Кеча ва бугун
Хоразм ўзининг қадим тарихи, бой маданиятига эга бўлган Ўзбекистондаги эътиборга молик ҳудудлардан биридир. Инсониятнинг илк ёзма ёдгорликларидан бири ҳисобланган зардуштийликнинг муқаддас китоби “Авесто” шу диёрда яратилган. Бундан уч минг йиллар илгари ҳам Хоразмнинг ўз ёзуви мавжуд эди. Батафсил...


Хоразм ҳақида битиклардаги илк ёзувлар. ДОРО I нинг Беҳсутун битиги
(ерамиздан аввалги 521-486 йиллар)

Ушбу битик Карманшоҳ яқинидаги денгиз сатҳидан 152 метр юқорироқда бўлган Беҳсутун қоясига ўйиб ёзилган. Битикнинг юқорисида улкан барелеф мавжуд. Унда тўққиз нафар шоҳ ва уруғларнинг бошлиқлари қўллари боғланган ва бўйинларига сиртмоқ солинган ҳолда Доронинг олдида тургани тасвирланган. Уларнинг ўнинчисининг устига шоҳ оёғини қўйиб турибди. Битик беш устун ва 414 сатрдан иборат. У уч тилда битилган (елам, бобил ва эски форс тилларида). Батафсил...



QONUN USTUVORLI – XALQ FAROVONLIGI
05.11.2018

Iqtisodiy munosabatlarni tartibga solish, sohada qonun ustuvorligini ta’minlash taraqqiyotning muhim sharti hisoblanadi. Amaldagi qonunchilik hujjatlari ijrosini nazorat qilish, sodir etilayotgan huquqbuzarliklarga barham berish borasida O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish Departamenti Xorazm viloyati boshqarmasi tomonidan ham muayyan ishlar amalga oshirib kelinmoqda. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishning dolzarb masalalariga oid farmonlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari ijrosini ta’minlash borasida muntazam ravishda tegishli tadbirlar o‘tkazilmoqda. Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Xorazm viloyat boshqarmasi va uning hududiy bo‘limlari tomonidan 2018 yilning o‘tgan davrida aniqlangan qonunbuzilish holatlari yuzasidan 137 ta jinoyat va 202 ta ma’muriy huquqbuzarlikka oid ishlar qo‘zg‘atildi. Davlat byudjetiga 8755,6 million so‘m qo‘shimcha soliq va moliyaviy jarimalar hisoblanib, byudjetga 5286, 2 million so‘mi undirilishiga erishildi. Davlat va jamoat manfaatlariga 9427,9 million so‘m miqdorida zarar etkazilganligi aniqlanib, 3276,1 million so‘mi qoplandi. Shuningdek, 1269,5 million so‘mlik noqonuniy muomalaga kiritilgan tovar moddiy boyliklar ashyoviy dalil sifatida olib qo‘yildi. Valyutani qonunga hilof ravishda muomalaga kiritishning oldini olish borasida olib borilgan tadbirlar jarayonida 114 ta qonunbuzilish holatlari aniqlanib, natijalariga ko‘ra 15 ta jinoyat va 99 ta ma’muriy huquqbuzarlikka oid ishlar qo‘zg‘atilgan. Huquqbuzarlardan 66458 AQSH dollari, 211900 Rossiya rubli, 435700 Qozoq tengesi va 446,16 million O‘zbek so‘mi daliliy ashyo sifatida olinib, davlat egaligiga o‘tkazildi.
Jumladan, joriy yilning avgust oyida qonunga xilof ravishda valyuta qimmatliklarini olish va o‘tkazish bilan shug‘ullanib kelayotgan shaxslarni aniqlash yuzasidan boshqarma va viloyat IIB xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro M.A. noqonuniy ravishda chet el valyuta qimmatliklarini muomilaga kiritish ya’ni olish va sotish bilan shug‘ullanib kelayotganliklari aniqlandi. Ushbu fuqaro 7 500 AQSH dollarini qonunga xilof ravishda 7 950 so‘mdan hisoblab, jami 59 million 625 ming so‘mga sotayotgan paytda ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olindihozirda mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 177-moddasi, 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Shuningdek, alkogolli mahsulotlar bilan chakana savdo qilishni yanada tartibga solish hamda spirt va alkogolli mahsulotlarni ishlab chiqarish va sotish ustidan davlat nazoratini kuchaytirish borasida ham tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Joriy yilning o‘tgan davrida etil spirti, aksiz markasiz, qalbaki aksiz markali spirtli, alkogolli va pivo mahsulotlarining noqonuniy ishlab chiqarilishi, kontrabanda yo‘llari bilan olib kelinishi va sotilishining oldini olish va muomalaga kiritilishini hamda ildizlarini fosh qilish yuzasidan olib borilgan tadbirlar jarayonida 3 ta huquqbuzarlik aniqlanib, 2 million 474 ming so‘mlik alkogolli mahsulotlar daliliy ashyo sifatida olindi. Departamentning Xorazm viloyati boshqarmasi tomonidan joriy yilning o‘tgan davri mobaynida, korrupsiya holatini fosh etish borasida o‘tkazilgan tadbirlar natijasida, jami 70 ta jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, shundan 3 xolatda xokimiyat xodimlariga nisbatan, 2 ta xolatda Davlat soliq xodimlariga nisbatan, 1 ta holatda Ichki ishlar hamda 3 ta xolatda bank xodimlariga nisbatan va 61 ta xolatda boshqa idoralar xodimlariga nisbatan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, jazoning muqarrarligi ta’minlangan. Jinoyat kodeksining korrupsiyaga oid moddalari bo‘yicha taxlil qilinganda, 210-modda bilan 5ta, 211-modda bilan 19 ta, 214-modda bilan 5 ta, boshqa moddalar bilan 32 ta jinoyat ishlari qo‘zg‘atilgan. Korrupsiyaga qarshi kurashish borasida xodimlar tomonidan 206 marotaba profilaktik tadbirlar o‘tkazilib, shundan 83 marotaba og‘zaki suxbat va ma’ruzalar xamda 123 marotaba ommaviy axborot vositalari orqali chiqishlar qilingan. Tadbirkorlik sub’ektlarining qonun bilan qo‘riqlanadigan huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularni qo‘llab-quvvatlash, faoliyatidagi turli to‘siq va g‘ovlarni bartaraf etish borasida muayyan ishlar amalga oshirilib, 24 ta holatda jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, 74 nafar huquqi buzilgan tadbirkorlarning huquqlari tiklandi va ular manfaatlariga etkazilgan moddiy zararlar undirib berildi. Bu kabi holatlarning oldini olish, tadbirkorlarning huquqiy bilimlarini mustahkamlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari va iqtisodiyot, soliq va valyutaga oid qabul qilingan qarorlar mazmun-mohiyati yuzasidan keng omma, ayniqsa tadbirkorlar o‘rtasida tushuntirish va profilaktika ishlari olib borilmoqda. Viloyatning 80 dan ortiq chekka qishloqlarida uchrashuv va davra suhbatlari tashkil qilinib, ularda 4 ming nafarga yaqin fuqaro va tadbirkorlar ishtirok qildi. Bu kabi tadbirlar natijasida 340 ta xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarga qonuniy yordam ko‘rsatilib, 361 ta yangi ish o‘rinlari yaratildi. Yangi tashkil qilingan xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar tomonidan 849,4 million so‘mlik mahsulotlar ishlab chiqarildi. Bir so‘z bilan aytganda, mamlakatimiz iqtisodiyotini yanada rivojlantirish, soliq va valyutaga oid qonunlar ijrosini ta’minlash, tadbirkorlarga huquqiy va amaliy ko‘mak berish hamda iqtisodiy jinoyatlarni oldini olish orqali xalqimiz farovonligini yanada yaxshilash asosiy vazifalarimiz sanaladi.
G‘ayratjon SULTANOV O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish Departamenti Xorazm viloyat boshqarmasi boshlig‘i