Gerb Bayroq Madhiya Davlat mukofotlari Bosh sahifa Mobil versiya Sayt xaritasi Forum
Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!   Click to listen highlighted text! Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!
Матнни тинглаш!
0(362) 223-00-18
Ish tartibi 900 - 1800
  • xorazm.uz

    Yurtboshimizning tabiri bilan aytganda, Xorazm «O‘zbek davlatchiligining ilk tamal toshi qo‘yilgan muqaddas zamin!». Insoniyat tamadduni o‘choqlaridan hisoblanmish bu ko‘hna yurtdan ne-ne buyuk allomalar, qomuschi olimlar, ahli donishlar, avliyo-anbiyolar yetishib chiqgan.

  • xorazm.uz

    Istiqlol tufayli yurtimizdagi qadim shaharlar va qal’alar, madaniyat o‘choqlarini ko‘rish, ziyorat qilish uchun yetti iqlimdan kelayotgan sayyohlarning soni yildan-yilga oshmoqda. Jahon bizning mo‘tabar yurtimizni ko‘rishga orzumand!

  • xorazm.uz

    2017-2018 yillarda Xorazm viloyati sanoati salohiyatini rivojlantirish dasturi amaliyotga allaqachon tatbiq qilinayotgan ulkan qurilishu ta‘mirlash, eng zamonaviy asbob-uskunalar keltirish, kerakli mutaxassislarni o‘qitish, o‘rgatish jarayoni jadal yo‘lga qo‘yildi.

  • xorazm.uz

    Xalqimiz dasturxonining fayziyobligi, bozorlarimizning to‘kinligiyu oziq-ovqat mahsulotlarining serobligi, arzonligi, bir so‘z bilan aytganda yurtimiz farovonligi bobodehqonlarimizning mehnati mahsulidir. Xorazm voxasi qishloq xo‘jaligi soxasida xam yetakchilardan hisoblanadi.

Fotoalbom

» Barcha fotoalbomlar

Videoteka

» Barcha video fayllar

Tarix

Хоразм: Кеча ва бугун
Хоразм ўзининг қадим тарихи, бой маданиятига эга бўлган Ўзбекистондаги эътиборга молик ҳудудлардан биридир. Инсониятнинг илк ёзма ёдгорликларидан бири ҳисобланган зардуштийликнинг муқаддас китоби “Авесто” шу диёрда яратилган. Бундан уч минг йиллар илгари ҳам Хоразмнинг ўз ёзуви мавжуд эди. Батафсил...


Хоразм ҳақида битиклардаги илк ёзувлар. ДОРО I нинг Беҳсутун битиги
(ерамиздан аввалги 521-486 йиллар)

Ушбу битик Карманшоҳ яқинидаги денгиз сатҳидан 152 метр юқорироқда бўлган Беҳсутун қоясига ўйиб ёзилган. Битикнинг юқорисида улкан барелеф мавжуд. Унда тўққиз нафар шоҳ ва уруғларнинг бошлиқлари қўллари боғланган ва бўйинларига сиртмоқ солинган ҳолда Доронинг олдида тургани тасвирланган. Уларнинг ўнинчисининг устига шоҳ оёғини қўйиб турибди. Битик беш устун ва 414 сатрдан иборат. У уч тилда битилган (елам, бобил ва эски форс тилларида). Батафсил...



QURUVCHILAR MEHNATINI QADRLAB...
11.12.2013

"Obod turmush yili"da mahallamizda keng ko‘lamda bunyodkorlik ishlari amalga oshirildi. Demak, quruvchilar mehnatini qadrlab, hamma yoqni ozoda, pokiza, orasta qilib qo‘yishimiz kerak.


Har kungi odatim bo‘yicha ertalab fuqarolar yig‘ini binosiga kirishimdan oldin hududimiz bo‘ylab birma-bir aylanib chiqaman.
 Mahalladoshlarim erta tongdanoq hasharni boshlab yuborishadi. Kim qaysi vazifada ishlamasin, yoshmi-keksami barvaqt uyg‘onib, ishiga yoki o‘qishiga ketgunlaricha bir-ikki soat hasharga chiqishadi. Ayniqsa shanba, yakshanba kunlari mahallamiz ahli bir tan-u bir jon bo‘lib mahalla obodonchiligiga kirishib ketishadi. Rajabboy Qobulov, Dilbarjon Safoeva, Rafqat va Ruslan Ibrohimov, Zulfiya Madaminova, Ilhom Qobulov, Xolmurod Ro‘zievlar bu borada hamisha faollik ko‘rsatishadi. Hatto yoshi saksondan oshgan Hojiboy bobo ham atrofni ozoda-orasta qilayotgan o‘g‘il-qizlariga bosh. Qadim qadriyatlarimizni ulug‘lab, hashar yo‘li bilan obodonlashtirish ishlarida faol qatnashayotgan eldoshlarimni  ko‘rib ko‘nglim yayraydi.
Mahallamiz hududida 28 ta ko‘p qavat-li uylar mavjud.  Barcha hovlilar tevarak-atroflari ozoda-orasta. Yil boshida 700 dan oshiq noqonuniy qurilmalar - molxona, tovuqxona,  beruxsat qurilgan do‘kon, maishiy xizmat shoxobchalari, garajlar buzib tashlanib, ularning o‘rnida mashinalar to‘xtash joylari, bolalar maydonchalari, gulzorlar barpo qilinganligi mahallamiz ko‘rkiga ko‘rk qo‘shdi. Shaharsozlik me’yorlariga umuman to‘g‘ri kelmaydigan   38 turar joy buzilib, ularda yashaydigan oilalar yangi massivlarga ko‘chirildi. 200 dan oshiq hovlilar oldidagi temir panjara, boshqa xil turli o‘ramalar yo‘q qilindi. Ayniqsa kommunikatsiya vositalarini qayta ta’mirlanishi, zarur joylarda yangidan o‘rnatilishi, elektr shitlarining yangilariga almashtirilishi, ko‘p qavatli uylar erto‘lalari tozalanganligi, ko‘chalar bo‘ylab yuzga yaqin tungi  yoritqichlar o‘rnatilganligidan aholimiz shod, minnatdor. Bu kabi keng qamrovli, ulkan bunyodkorlik ishlarini amalga oshirishda bizga qator tashkilot, muassasalar yaqindan yordam berishdi. Ayni kunlarda obodonlashtirish ishlarida aholimiz tomonidan hashar yo‘li bilan xayrli ishlar amalga oshirilyapti.  
Ha, yaqin istiqbolda viloyatimiz markazi, shuningdek, bizning mahallamiz hududi bunyodkorlik jabhalaridagi xayrli ishlar tufayli yanada obod va ko‘rkam bo‘lishiga shak-shubha yo‘q.                                                                             
Abdulla RAHMONOV,
Urganch shahridagi 1-son "Mustaqillik" mahallasi fuqarolar yig‘ini raisi.