Gerb Bayroq Madhiya Davlat mukofotlari Bosh sahifa Mobil versiya Sayt xaritasi Forum
Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!   Click to listen highlighted text! Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!
Матнни тинглаш!
0(362) 223-00-18
Ish tartibi 900 - 1800
  • xorazm.uz

    Yurtboshimizning tabiri bilan aytganda, Xorazm «O‘zbek davlatchiligining ilk tamal toshi qo‘yilgan muqaddas zamin!». Insoniyat tamadduni o‘choqlaridan hisoblanmish bu ko‘hna yurtdan ne-ne buyuk allomalar, qomuschi olimlar, ahli donishlar, avliyo-anbiyolar yetishib chiqgan.

  • xorazm.uz

    Istiqlol tufayli yurtimizdagi qadim shaharlar va qal’alar, madaniyat o‘choqlarini ko‘rish, ziyorat qilish uchun yetti iqlimdan kelayotgan sayyohlarning soni yildan-yilga oshmoqda. Jahon bizning mo‘tabar yurtimizni ko‘rishga orzumand!

  • xorazm.uz

    2017-2018 yillarda Xorazm viloyati sanoati salohiyatini rivojlantirish dasturi amaliyotga allaqachon tatbiq qilinayotgan ulkan qurilishu ta‘mirlash, eng zamonaviy asbob-uskunalar keltirish, kerakli mutaxassislarni o‘qitish, o‘rgatish jarayoni jadal yo‘lga qo‘yildi.

  • xorazm.uz

    Xalqimiz dasturxonining fayziyobligi, bozorlarimizning to‘kinligiyu oziq-ovqat mahsulotlarining serobligi, arzonligi, bir so‘z bilan aytganda yurtimiz farovonligi bobodehqonlarimizning mehnati mahsulidir. Xorazm voxasi qishloq xo‘jaligi soxasida xam yetakchilardan hisoblanadi.

Fotoalbom

» Barcha fotoalbomlar

Videoteka

» Barcha video fayllar

Tarix

Хоразм: Кеча ва бугун
Хоразм ўзининг қадим тарихи, бой маданиятига эга бўлган Ўзбекистондаги эътиборга молик ҳудудлардан биридир. Инсониятнинг илк ёзма ёдгорликларидан бири ҳисобланган зардуштийликнинг муқаддас китоби “Авесто” шу диёрда яратилган. Бундан уч минг йиллар илгари ҳам Хоразмнинг ўз ёзуви мавжуд эди. Батафсил...


Хоразм ҳақида битиклардаги илк ёзувлар. ДОРО I нинг Беҳсутун битиги
(ерамиздан аввалги 521-486 йиллар)

Ушбу битик Карманшоҳ яқинидаги денгиз сатҳидан 152 метр юқорироқда бўлган Беҳсутун қоясига ўйиб ёзилган. Битикнинг юқорисида улкан барелеф мавжуд. Унда тўққиз нафар шоҳ ва уруғларнинг бошлиқлари қўллари боғланган ва бўйинларига сиртмоқ солинган ҳолда Доронинг олдида тургани тасвирланган. Уларнинг ўнинчисининг устига шоҳ оёғини қўйиб турибди. Битик беш устун ва 414 сатрдан иборат. У уч тилда битилган (елам, бобил ва эски форс тилларида). Батафсил...



RAQOBATDOSH MAHSULOT - DAVR TALABI
28.08.2014

RAQOBATDOSH MAHSULOT - DAVR TALABI

Joriy yilning boshlarida “Darital Shoes” korxonasi “Vusiness Chitiative Directions ( VSD)” xalqaro tashkilotiga maxalliy xom ashyolardan tayyorlanadigan poyafzallar eng yaxshi modellari tanlovida qatnashish uchun buyurtma jo‘natgan edi.
Eng ulug‘, eng aziz bayram arafasida Frantsiyaning poytaxti Parijda joriy yilning 25 oktyabrida mahsulot sifati uchun beriladigan xalqaro mukofotni olish uchun o‘sha shaharga tashrif buyurish haqida taklifnoma oldik. Ana shunday nufuzli xalqaro tashkilot tomonidan mahsulotlarimiz sifatiga yuqori baho berilganligidan behad quvondik.
Korxonamiz erkaklarning turli modellardagi, shu jumladan sport va bolalar poyafzallarini tikishga ixtisoslashmoqda. Mahsulotlarning yuksak sifati, mustahkamligi, modalar yo‘nalishlariga tezda moslashuvchanlik buyurtmachi va iste’molchilarni o‘ziga jalb etyapti. Poyafzallar yurtimizdagi tabiiy terilardan foydalanish asosida ishlab chiqarilmoqda.
Tayyor mahsulotlarni Toshkent, Nukus va respublikamizning boshqa shaharlariga jo‘natyapmiz, mahsulotlarimiz so‘nggi ikki yilda Rossiya bozorlarida ham xaridorgir bo‘layotir.


 Ayni kunda Sankt-Peterburgdagi mashxur “Skoroxod” poyafzal kompaniyasi bilan korxonamizda maktabgacha yoshdagi bolalar uchun mamlakatimizda tayyorlanadigan to‘qimachilik materiallaridan poyafzallar ishlab chiqarish bo‘yicha muzokaralar olib borayapmiz. O‘tgan yili Moskvaning “Zebra” savdo kompaniyasi bizdan maktab o‘quvchilari uchun poyafzallarning katta turkumini sotib oldi.
Korxonaning o‘z qoshida uning firma magazini faoliyat ko‘rsatyapti, Urganchliklar va shahrimiz mehmonlari bu erdan teri va boshqa tur xomashyolar asosida tayyorlanayotgan poyafzallarning xohlagan modadagi namunalarini-bolalar tuflilari, basonashkalar, krassovkalar, etiklarni xarid etishlari mumkin.
Ishlab chiqarish faoliyatimiz evaziga olinayotgan sof foydaning asosiy qismi zamonaviy uskunalar va xom ashyolarni xarid etishga yo‘naltirilmoqda. Jumladan, Namangan va Qo‘qon shaharlaridagi nomdor firmalar bilan tabiiy teri mahsulotlari etkazib berish bo‘yicha shartnomalar tuzdik. Shakli, sifati va ko‘rinishi bo‘yicha rang-barang terilardan jahon andozlari darajasidan qolishmaydigan chiroyli poyafzallarni tikish mamlakatimiz va chet ellarda tashkil etiladigan turli tanlovlar va ko‘rgazmalarda qatnashishimiz imkoniyatlarini yaratmoqda.
Bugun korxonada 70 nafarga yaqin ishchi faoliyat ko‘rsatyapti. Ular orasida nomdor ustalar ham bor. Ishga yangi kelgan yosh poyafzalchilarni esa malaka oshirish uchun Xitoy va Turkiyaning nomdor korxonalariga yo‘llaymiz. Yaqin istiqbolda tsehlar rekonstruktsiyasining tugallanishi-ishlab chiqarish hajmlarini yanada kengaytirish, qo‘shimcha ishchi o‘rinlari yaratishimiz imkoniyatini beradi.
Bekmamat BOBOJONOV,
“Darital Shoes” mas’uliyati cheklangan jamiyati direktori.
“Xorazm xaqiqati” 2014 yil 27 avgust № 68 (19102)