Gerb Bayroq Madhiya Davlat mukofotlari Bosh sahifa Mobil versiya Sayt xaritasi Forum
Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!   Click to listen highlighted text! Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!
Матнни тинглаш!
0(362) 223-00-18
Ish tartibi 900 - 1800
  • xorazm.uz

    Yurtboshimizning tabiri bilan aytganda, Xorazm «O‘zbek davlatchiligining ilk tamal toshi qo‘yilgan muqaddas zamin!». Insoniyat tamadduni o‘choqlaridan hisoblanmish bu ko‘hna yurtdan ne-ne buyuk allomalar, qomuschi olimlar, ahli donishlar, avliyo-anbiyolar yetishib chiqgan.

  • xorazm.uz

    Istiqlol tufayli yurtimizdagi qadim shaharlar va qal’alar, madaniyat o‘choqlarini ko‘rish, ziyorat qilish uchun yetti iqlimdan kelayotgan sayyohlarning soni yildan-yilga oshmoqda. Jahon bizning mo‘tabar yurtimizni ko‘rishga orzumand!

  • xorazm.uz

    2017-2018 yillarda Xorazm viloyati sanoati salohiyatini rivojlantirish dasturi amaliyotga allaqachon tatbiq qilinayotgan ulkan qurilishu ta‘mirlash, eng zamonaviy asbob-uskunalar keltirish, kerakli mutaxassislarni o‘qitish, o‘rgatish jarayoni jadal yo‘lga qo‘yildi.

  • xorazm.uz

    Xalqimiz dasturxonining fayziyobligi, bozorlarimizning to‘kinligiyu oziq-ovqat mahsulotlarining serobligi, arzonligi, bir so‘z bilan aytganda yurtimiz farovonligi bobodehqonlarimizning mehnati mahsulidir. Xorazm voxasi qishloq xo‘jaligi soxasida xam yetakchilardan hisoblanadi.

Fotoalbom

» Barcha fotoalbomlar

Videoteka

» Barcha video fayllar

Tarix

Хоразм: Кеча ва бугун
Хоразм ўзининг қадим тарихи, бой маданиятига эга бўлган Ўзбекистондаги эътиборга молик ҳудудлардан биридир. Инсониятнинг илк ёзма ёдгорликларидан бири ҳисобланган зардуштийликнинг муқаддас китоби “Авесто” шу диёрда яратилган. Бундан уч минг йиллар илгари ҳам Хоразмнинг ўз ёзуви мавжуд эди. Батафсил...


Хоразм ҳақида битиклардаги илк ёзувлар. ДОРО I нинг Беҳсутун битиги
(ерамиздан аввалги 521-486 йиллар)

Ушбу битик Карманшоҳ яқинидаги денгиз сатҳидан 152 метр юқорироқда бўлган Беҳсутун қоясига ўйиб ёзилган. Битикнинг юқорисида улкан барелеф мавжуд. Унда тўққиз нафар шоҳ ва уруғларнинг бошлиқлари қўллари боғланган ва бўйинларига сиртмоқ солинган ҳолда Доронинг олдида тургани тасвирланган. Уларнинг ўнинчисининг устига шоҳ оёғини қўйиб турибди. Битик беш устун ва 414 сатрдан иборат. У уч тилда битилган (елам, бобил ва эски форс тилларида). Батафсил...



RESPUBLIKA BOSQICHIGA YO‘LLANMA OLISHDI
17.08.2016

RESPUBLIKA BOSQICHIGA YO‘LLANMA OLISHDI

    11 avgust kuni Urganch shahridagi "Barkamol avlod” yoshlar ijodiyot markazida an’anaviy ravishda o‘tkaziladigan "Eng ulug‘, eng aziz” respublika tanlovining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi.
    Unda ommaviy axborot vositalari xodimlari, yozuvchi va shoirlar, rassomlarhamda dizaynerlar ishtirok etdilar.
    Tadbirni viloyat hokimligi Axborot-tahlil xizmati rahbari M.Bakiev ochib berildi.
Tanlovning viloyat bosqichiga taqdim qilingan ishlar nufuzli hay’at a’zolari tomonidan ko‘rib chiqildi. "Bosma ommaviy axborot vositalari xodimlarining jurnalistik ishlari” nominatsiyasi bo‘yicha D.Quryozova, S.Avezov va N.Jabborova; "Televideniya va radio ijodkorlarining materiallari” nominatsiyasi bo‘yicha M.Qalandarova, Sh.Usmonxo‘jaev va Z.Eshchanova; "Yozuvchi va shoirlarning badiiy asarlari” nominatsiyasi bo‘yicha Q.Matrizaev, M.Sapaeva va Y.Raximov; "Tasviriy san’at, foto-dizayn asarlari” nominatsiyasi bo‘yicha Sh.Abdullaev, S.Yuldashev va Sh.Ro‘zimovlar g‘olib deb topildi. "Yozuvchi va shoirlarning badiiy asarlari” nominatsiyasi bo‘yicha Sh.Eshchanova va "Tasviriy san’at, foto-dizayn asarlari” nominatsiyasi bo‘yicha G.Mamasodiqova, D.Eshchanova va O‘.Reyimboevalar rag‘batlantiruvchi diplom bilan taqdirlandi.
Tanlovda g‘olib deb topilganlar diplom va estalik sovg‘alar bilan taqdirlandi hamda tanlovning Respublika bosqichiga yo‘llanma olishdi.

M.Mangliev,
viloyat hokimligi
Axborot-tahlil xizmati xodimi.