Gerb Bayroq Madhiya Davlat mukofotlari Bosh sahifa Mobil versiya Sayt xaritasi Forum
Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!   Click to listen highlighted text! Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!
Матнни тинглаш!
0(362) 223-00-18
Ish tartibi 900 - 1800
  • xorazm.uz

    Yurtboshimizning tabiri bilan aytganda, Xorazm «O‘zbek davlatchiligining ilk tamal toshi qo‘yilgan muqaddas zamin!». Insoniyat tamadduni o‘choqlaridan hisoblanmish bu ko‘hna yurtdan ne-ne buyuk allomalar, qomuschi olimlar, ahli donishlar, avliyo-anbiyolar yetishib chiqgan.

  • xorazm.uz

    Istiqlol tufayli yurtimizdagi qadim shaharlar va qal’alar, madaniyat o‘choqlarini ko‘rish, ziyorat qilish uchun yetti iqlimdan kelayotgan sayyohlarning soni yildan-yilga oshmoqda. Jahon bizning mo‘tabar yurtimizni ko‘rishga orzumand!

  • xorazm.uz

    2017-2018 yillarda Xorazm viloyati sanoati salohiyatini rivojlantirish dasturi amaliyotga allaqachon tatbiq qilinayotgan ulkan qurilishu ta‘mirlash, eng zamonaviy asbob-uskunalar keltirish, kerakli mutaxassislarni o‘qitish, o‘rgatish jarayoni jadal yo‘lga qo‘yildi.

  • xorazm.uz

    Xalqimiz dasturxonining fayziyobligi, bozorlarimizning to‘kinligiyu oziq-ovqat mahsulotlarining serobligi, arzonligi, bir so‘z bilan aytganda yurtimiz farovonligi bobodehqonlarimizning mehnati mahsulidir. Xorazm voxasi qishloq xo‘jaligi soxasida xam yetakchilardan hisoblanadi.

Fotoalbom

» Barcha fotoalbomlar

Videoteka

» Barcha video fayllar

Tarix

Хоразм: Кеча ва бугун
Хоразм ўзининг қадим тарихи, бой маданиятига эга бўлган Ўзбекистондаги эътиборга молик ҳудудлардан биридир. Инсониятнинг илк ёзма ёдгорликларидан бири ҳисобланган зардуштийликнинг муқаддас китоби “Авесто” шу диёрда яратилган. Бундан уч минг йиллар илгари ҳам Хоразмнинг ўз ёзуви мавжуд эди. Батафсил...


Хоразм ҳақида битиклардаги илк ёзувлар. ДОРО I нинг Беҳсутун битиги
(ерамиздан аввалги 521-486 йиллар)

Ушбу битик Карманшоҳ яқинидаги денгиз сатҳидан 152 метр юқорироқда бўлган Беҳсутун қоясига ўйиб ёзилган. Битикнинг юқорисида улкан барелеф мавжуд. Унда тўққиз нафар шоҳ ва уруғларнинг бошлиқлари қўллари боғланган ва бўйинларига сиртмоқ солинган ҳолда Доронинг олдида тургани тасвирланган. Уларнинг ўнинчисининг устига шоҳ оёғини қўйиб турибди. Битик беш устун ва 414 сатрдан иборат. У уч тилда битилган (елам, бобил ва эски форс тилларида). Батафсил...



ROSSIYALIK MASHHUR KARDIOJARROH XORAZMDA MAHALLIY SHIFOKORLAR BILAN BIRGA JARROHLIK AMALIYOTINI O‘TKAZDI
07.06.2017

ROSSIYALIK MASHHUR KARDIOJARROH XORAZMDA MAHALLIY SHIFOKORLAR BILAN BIRGA JARROHLIK AMALIYOTINI O‘TKAZDI

Rossiyalik mashhur kardiojarroh Xorazmda mahalliy shifokorlar bilan birga jarrohlik amaliyotini o‘tkazdi Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya markazining Xorazm viloyati filialida Rossiyaning A.Bakulev nomidagi yurak-qon tomir jarrohligi ilmiy-amaliy markazi direktori, akademik Leo Bokeriya ishtirokida mahorat darslari o‘tkazildi.

 

Yurak xastaligi inson hayotiga tahdid soladigan og‘ir kasalliklardan biridir. Vazni 80 kilo bo‘lgan inson tanasining bor- yo‘g‘i 80 dan bir bo‘lagini tashkil etuvchi yurak har qisqarganda tomirlar tizimiga 70 millilitr qon haydaydi. Shu tartibda u bir daqiqada 5 litr, soatiga 300, sutkasiga 7 ming 200 litr qon haydaydi.

Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining ma’lumotlariga ko‘ra, dunyo bo‘yicha har ming chaqaloqning 6-7 nafarida tug‘ma yurak nuqsoni qayd etiladi. Bu xastalikni faqat jarrohlik amaliyoti bilan bartaraf etish va bemorni to‘laqonli hayotga qaytarish mumkin. Bunday jarrohlik amaliyoti har qanday klinikada o‘tkazilavermaydi, buning uchun maxsus sharoit va zarur salohiyat bo‘lishi lozim. Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya markazining Xorazm viloyati filialida vazni 10 kilogrammdan kam bo‘lgan bolalarda kardiojarrohlik amaliyoti o‘tkazilmagan. Zero, bolalar qancha erta davolansa, kasallikni asoratsiz bartaraf etish samarasi shuncha ortadi.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev joylarda ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning borishi, amalga oshirilayotgan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari bilan tanishish, xalq bilan muloqot qilish maqsadida 2017-yil 27-28-yanvar kunlari Xorazm viloyatiga qilgan tashrifi davomida Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya markazining Xorazm filiali faoliyati bilan tanishdi. Filial faoliyatini yanada yaxshilash bo‘yicha fikr va tavsiyalarini bildirib, shifoxona negizida Rossiyaning A.Bakulev nomidagi yurak-qon tomir jarrohligi ilmiy-amaliy markazi filialini tashkil etish yuzasidan topshiriqlar berdi. Mazkur shifoxona kelajakda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm va Buxoro viloyatlari aholisi uchun mintaqaviy markaz bo‘lishi ko‘zda tutilgan.

 

Yurtimizga kelgan mashhur kardiojarroh Leo Bokeriya ushbu filial faoliyati bilan tanishdi. Tanishuv davomida Rossiya Federatsiyasining A.Bakulev nomidagi yurak-qon tomir jarrohligi ilmiy-amaliy markazi bilan Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya markazining Xorazm viloyati filiali o‘rtasida o‘zaro hamkorlik bo‘yicha bitim imzolandi.

Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya markazi Xorazm viloyati filialiga angiografiya tibbiyot uskunasi o‘rnatilgani yurak holatini chuqur o‘rganish barobarida, o‘pka arteriyasi bosimini ham mukammal tahlil qilish imkonini beradi. Bu bilan kardiojarrohlikda eng murakkab amaliyot hisoblanadigan qon tomirlarini stendlash, aorta koronar shuntlash amaliyoti o‘tkazish uchun zarur sharoit yaratiladi.

Leo Bokeriya filial mutaxassislari bilan hamkorlikda tug‘ma yurak nuqsoni – qorinchalararo to‘siq nuqsoni bilan og‘rigan bemor, Bog‘ot tumanida yashovchi Maqsadbek Yo‘ldoshevda jarrohlik amaliyotini o‘tkazdi.

– O‘zbekistonlik mutaxassislar bilan hamkorlikdagi jarrohlik amaliyoti muvaffaqiyatli o‘tdi, – deydi Leo Bokeriya. – 16 yoshli o‘smirda tug‘ma yurak nuqsoni – qorinchalararo to‘siq nuqsonini plastika qilish jarrohlik amaliyotini sun’iy qon aylantirish sharoitida o‘tkazdik. Yuqori malakali shifokorlar bilan ishlash menga zavq bag‘ishladi. Mening nazarimda biz go‘yo ko‘p yillardan buyon birga ishlagandekmiz. Bu erdagi zamonaviy tibbiy asbob-uskunalar, shifokor va bemorlar uchun yaratilgan sharoit va imkoniyatlar tahsinga loyiq. Tibbiyot hamshiralarining jarrohlik amaliyotidagi ishi ham yuqori darajada. Dori-darmon bilan ta’minlash ham yaxshi yo‘lga qo‘yilgan.

Rossiyalik kardiojarroh ishtirokida mahalliy kardiojarrohlar uchun mahorat darslari o‘tkazildi. Yurak-qon tomir kasalliklarining og‘ir asoratli turlari bilan og‘rigan bemorlar ko‘rikdan o‘tkazilib, zarur maslahatlar berildi.

– Mashhur shifokorning Xorazmga kelganini eshitib, 7 yoshli qizimni to‘g‘ri shu erga olib kelaverdim, – deydi nukuslik Gulsanam Saidniyozova. – Qizimning yuragida to‘rtta tug‘ma nuqsoni bor. Shu paytgacha Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya markazida bir marta jarrohlik amaliyoti o‘tkazildi. Ammo eng muhim amaliyot hali oldinda. Uni 4 yildan buyon kutyapmiz. Bugun qizimni rossiyalik kordiojarroh ko‘rikdan o‘tkazdi va bizni Moskvaga taklif qildi. Bundan juda xursand bo‘ldim. Bizga shunday qulayliklar yaratib berilayotgani uchun davlatimizdan minnatdormiz. Prezidentimiz tashabbusi bilan boshlangan bunday ezgu ishlar tufayli mening qizim bu yil birinchi sinfga sog‘lom bo‘lib boradi.

Imzolangan hamkorlik bitimiga ko‘ra, mahalliy shifokorlar rossiyalik hamkasblari bilan muntazam tajriba almashish imkoniyatiga ega bo‘ldi. Bu mamlakatimizda aholi salomatligini yanada mustahkamlash, mahalliy mutaxassislarning yuqori texnologiyaga asoslangan eng murakkab kardiojarrohlik amaliyotini muvaffaqiyatli amalga oshirishdagi tajribasini boyitishga xizmat qiladi.

Xorazm viloyatidagi tarixiy obidalarga sayohat mehmonda katta taassurot qoldirdi.

Ahmadjon Shokirov, Shonazar Qoriev (surat), O‘zA