Gerb Bayroq Madhiya Davlat mukofotlari Bosh sahifa Mobil versiya Sayt xaritasi Forum
Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!   Click to listen highlighted text! Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!
Матнни тинглаш!
0(362) 223-00-18
Ish tartibi 900 - 1800
  • xorazm.uz

    Yurtboshimizning tabiri bilan aytganda, Xorazm «O‘zbek davlatchiligining ilk tamal toshi qo‘yilgan muqaddas zamin!». Insoniyat tamadduni o‘choqlaridan hisoblanmish bu ko‘hna yurtdan ne-ne buyuk allomalar, qomuschi olimlar, ahli donishlar, avliyo-anbiyolar yetishib chiqgan.

  • xorazm.uz

    Istiqlol tufayli yurtimizdagi qadim shaharlar va qal’alar, madaniyat o‘choqlarini ko‘rish, ziyorat qilish uchun yetti iqlimdan kelayotgan sayyohlarning soni yildan-yilga oshmoqda. Jahon bizning mo‘tabar yurtimizni ko‘rishga orzumand!

  • xorazm.uz

    2017-2018 yillarda Xorazm viloyati sanoati salohiyatini rivojlantirish dasturi amaliyotga allaqachon tatbiq qilinayotgan ulkan qurilishu ta‘mirlash, eng zamonaviy asbob-uskunalar keltirish, kerakli mutaxassislarni o‘qitish, o‘rgatish jarayoni jadal yo‘lga qo‘yildi.

  • xorazm.uz

    Xalqimiz dasturxonining fayziyobligi, bozorlarimizning to‘kinligiyu oziq-ovqat mahsulotlarining serobligi, arzonligi, bir so‘z bilan aytganda yurtimiz farovonligi bobodehqonlarimizning mehnati mahsulidir. Xorazm voxasi qishloq xo‘jaligi soxasida xam yetakchilardan hisoblanadi.

Fotoalbom

» Barcha fotoalbomlar

Videoteka

» Barcha video fayllar

Tarix

Хоразм: Кеча ва бугун
Хоразм ўзининг қадим тарихи, бой маданиятига эга бўлган Ўзбекистондаги эътиборга молик ҳудудлардан биридир. Инсониятнинг илк ёзма ёдгорликларидан бири ҳисобланган зардуштийликнинг муқаддас китоби “Авесто” шу диёрда яратилган. Бундан уч минг йиллар илгари ҳам Хоразмнинг ўз ёзуви мавжуд эди. Батафсил...


Хоразм ҳақида битиклардаги илк ёзувлар. ДОРО I нинг Беҳсутун битиги
(ерамиздан аввалги 521-486 йиллар)

Ушбу битик Карманшоҳ яқинидаги денгиз сатҳидан 152 метр юқорироқда бўлган Беҳсутун қоясига ўйиб ёзилган. Битикнинг юқорисида улкан барелеф мавжуд. Унда тўққиз нафар шоҳ ва уруғларнинг бошлиқлари қўллари боғланган ва бўйинларига сиртмоқ солинган ҳолда Доронинг олдида тургани тасвирланган. Уларнинг ўнинчисининг устига шоҳ оёғини қўйиб турибди. Битик беш устун ва 414 сатрдан иборат. У уч тилда битилган (елам, бобил ва эски форс тилларида). Батафсил...



Sahnada hayot aksi
04.04.2018

Bugun urganchliklardan shahardagi eng go‘zal va muhtasham binoni ko‘rsatishni so‘rasangiz hech ikkilanmay sizni viloyat musiqali drama teatriga boshlab borishadi.Chindan ham joriy yilda 13,2 milliard so‘m mablag‘ hisobiga mukammal ta’mirdan chiqarilgan teatr binosi shaharning ko‘rkiga aylandi. Muhimi  uning sahnasida yaratilayotgan asarlar  yuksak badiiy saviyasi, aktyorlarning betakror ijro mahorati bilan san’at koshonasiga yanada ulug‘vorlik va joziba baxsh etayotir. Yana uch bahordan keyin o‘zining bir asrlik to‘yini nishonlaydigan mazkur san’at dargohi vohaning ma’naviy hayotida muhim o‘rin tutadi.    

-Jamoamizda 72 nafar ijodiy xodim faoliyat yuritmoqda, - deydi teatr direktori Dinara Ibrohimova. - Tomoshabin ko‘ziga ko‘p ham chalinavermaydigan  sahna ortida ishlovchilar - dekoratsiya rassomlari, garderob xodimlari, ma’mur, chiroq ustalari, ovoz sozlovchilar bilan qo‘shib hisoblaganda, 120 nafarga yaqin  xodim mehnat qiladi. Sahnaga olib chiqilayotgan barcha spektakllarda ularning bab-baravar hissasi bor.O‘tgan yil ijodkorlarimiz tomonidan  “Oshiq G‘arib va Shohsanam”, “Gumroh”, “Shum bola”, “Uch bo‘ston bulbuli”, “Oshiqlar” spektakllari sahnalashtirildi. Bundan tashqari, “Hangomalar”, “Razolat qurbonlari”, “Qorbobo qaerda?”, “Klounada – masxarabozlar tomoshasi”, “Shum bola sarguzashtlari”, “Qizil shapkachaning orzusi” va boshqa shu kabi teatrlashtirilgan tomosha va shoular tashkil etildi.Umuman yil davomida teatrimiz repertuaridan joy olgan spektakllardan 70 ming nafardan ortiq tomoshabin bahramand bo‘ldi.

Xorazm viloyati hokimligi tashabbusi bilan  teatrning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash maqsadida homiylik asosida 2 milliard so‘m mablag‘ ajratildi.Bundan tashqari yangi xizmat avtobusi xarid qilinib, teatr mavsumi davomida viloyatdagi ta’lim muassasalari, bolalar musiqa va san’at maktablari sahnalarida har  oyda kamida besh marotaba spektakllarni namoyish etish yo‘lga qo‘yildi. 

-Prezidentimiz Shavkat Mirziyoevning  2017 yilning 14-15 oktyabr kunlari Xorazmga tashrifi chog‘ida  teatrimiz faoliyati bilan yaqindan tanishuvi  jamoamizga juda katta ijodiy kuch,qanot bag‘ishladi,-deydi Xorazm viloyat musiqali drama teatri aktyori,O‘zbekiston xalq artisti Gulora Rahimova.- 45 yildan beri ushbu sahnada ijod qilib kelayotgan bo‘lsam,faoliyatim davomida teatrga bugungidek e’tibor va rag‘batni ko‘rgan emasman. Davlatimiz rahbarining teatrni  chinakam ma’naviyat o‘chog‘iga aylantirish, moddiy bazasini mustahkamlash, ijodkorlarning uy-joy sharoitlarini yaxshilash borasidagi takliflaridan keyin bu dargohdashu darajada keng miqyosdagi ishlar amalga oshirildi-ki, teatr salkam bir asrlik tarixida bunday o‘zgarishlarni ko‘rmagan.

Shu o‘rinda ta’kidlash joiz, Urganch shahrida quriladigan ko‘p qavatli  arzon turar-joy binosi ipoteka kreditlari asosida teatr xodimlariga imtiyozli tarzda taqdim etilayotir.Uzoq tumanlardan qatnab ishlayotgan va ijarada yashab kelayotgan ijodkorlarning bu g‘amxo‘rlikdan quvonchi cheksiz.Ko‘pchiligi o‘rta-maxsus ma’lumotga ega ijodiy xodimlarnimadaniyat va san’at institutining maxsus sirtqi bo‘limida o‘qitish choralari ko‘rilayotgani ham e’tiborga molik. 

          Bugun  teatr yillar davomida shakllangan  an’analarni saqlab qolgan  holda, innovativ yondashuv bilan zamonaviy texnologiyalarga dadil murojaat etmoqda. Teatrning  rasmiy veb-saytiga yangi sahnalashtirilgan spektakllarning qisqacha mazmuni va g‘oyasi, rejissyori, muallifi, rol ijrochilari to‘g‘risidagi ma’lumotlar hamda spektakllardan sahna ko‘rinishlari joylashtirilib, ijtimoiy tarmoqlar orqali keng targ‘ib qilinmoqda.Kelgusida oylik repertuar rejasi asosida chiptalarni “onlayn” rejimida sotish  yo‘lga qo‘yiladi.

Joriy yilda teatrda Erkin Samandarning  “Ajdodlar qilichi”, “Pahlavon Mahmud”, Mirkarim Osimning “Shiroq” dramalari, U.Hojibekovning “Arshin mol-olan” musiqali komediyasi sahnalashtirilishi rejalashtirilgan.

- Teatrda asar sahnalashtirishdan maqsad tomoshabin e’tiborini biror mavzuga qaratib, ma’lum bir g‘oyani ilgari surishdan iborat,-deydi rejissyor Jur’at Sotiboldiev.- Bu vazifani uddalash hamisha ham oson bo‘lavermaydi. Ayniqsa, axborot texnologiyalari,  internet tarmog‘i rivojlanib borayotgan bugungi kunda tomoshabin ongu shuuriga ta’sir ko‘rsatish oson emas. Bu yil teatrimiz sahnasida buyuk ajdodlarimiz haqidagi tarixiy asarlarni sahnalashtirib  muxlislar e’tiboriga havola etish niyatidamiz. Ayniqsa, mard va jasur sarkarda Jaloliddin Manguberdi haqidagi “Ajdodlar qilichi” tarixiy dramasi uning yurtga sadoqati, mislsiz qahramonliklari timsolida yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga xizmat qiladi.

Viloyatda teatr san’atini rivojlantirish borasidagi ezgu sa’y- harakatlar faqat viloyat musiqali drama teatri bilan cheklanib qolayotgani yo‘q.Yaqinda Navro‘z ayyomi arafasida vohaning eng chekka hududida Hazorasp folklor teatri  o‘z faoliyatini boshladi.Homiylar mablag‘i hisobiga barpo etilgan  san’at koshonasi tuman ahli uchun ajoyib bayram tuhfasi bo‘ldi.Bu yil Xiva shahridagi viloyat qo‘g‘irchoq teatri binosi qurilishi uchun ham 5,3 milliard so‘m mablag‘ ajratildi.Bunyodkorlik ishlari yakunlangach ushbu ma’naviyat maskani ham yosh tomoshabinlarni o‘z bag‘riga chorlab, murg‘ak qalblarni san’atga oshno etaveradi.  

                                                                                                                         Odilbek Odamboev