SAMARALI MULOQOT TADBIRI
Yoshlarimizda mamlakatimizda siyosiy,
ijtimoiy hamda iqtisodiy sohalarda
kechayotgan islohotlarga nisbatan dahldorlik tuyg‘usini o‘stirish, faol fuqarolik pozitsiyasini
tarbiyalash jamiyatimiz oldida turgan dolzarb vazifadir. O‘zMTDP barcha bo‘g‘in tashkilotlari tomonidan mazkur vazifani amalga oshirishga
yo‘naltirilgan juda ko‘plab ma’rifiy-mafkuraviy tadbirlar o‘tkazilmoqda. Partiya
Xorazm viloyat Kengashi "Yoshlar
qanoti” tomonidan "Deputat bilan yuzma
yuz” loyihasi doirasida "Deputat va
yoshlar” mavzusida tashkil etilgan muloqot
tadbiri shular jumlasidandir.
Unda Oliy Majlis Qonunchilik Palatasi
spikeri o‘rinbosari Sarvar Otamuratov, Xalq deputatlari viloyat, shahar va tuman
Kengashlariga O‘zbekiston "Milliy tiklanish” demokratik partiyasidan saylangan deputatlar,
partiya faollari, Urganch shahridagi
9-son "Gulzor” mahalla fuqarolar yig‘ini
aholisi, talaba yoshlar hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok
etdilar.
Jonli muloqot tarzida tashkil
etilgan mazkur tadbirda turli darajadagi vakillik organlariga O‘zMTDP saylangan
deputatlar tomonidan bugungi kunda "Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari
yili” Davlat Dasturi, O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar
strategiyasi hamda Prezidentimizning ma’ruzalaridan kelib chiqib amalga oshirilayotgan ishlar xususida atroflicha so‘z yuritildi.
Tadbirda
so‘zga chiqqan Oliy Majlis Qonunchilik Palatasi spikeri o‘rinbosari,
O‘zbekiston "Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Markaziy kengashi raisi Sarvar Otamuratov Konstitutsiyamizda "Davlat xalq irodasini ifoda etib, uning manfaatlariga
xizmat qiladi. Davlat organlari va mansabdor shaxslar jamiyat va fuqarolar oldida
mas’uldirlar.”, degan moddaning
mavjudligi mamlakatimizda inson va uning qadr-qimmati, manfaatlari mamlakatimizda eng yuksak qadriyat sifatida e’tirof etilishidan
dalolat ekanligini ta’kidladi.
–"Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili”da
fuqarolarimizning manfaatlarini o‘rganish va ro‘yobga chiqarish deputatlar oldida turgan birlamchi vazifadir,
–dedi o‘z so‘zida Sarvar Otamuratov. –Yurtdoshlarimiz manfaatlarining ro‘yobi
ularning turmush farovonligini ta’minlashi barobarida mamlakat taraqqiyotiga
xizmat qiladi. Shu boisdan ham Oliy Majlis Qonunchilik Palatasi deputatlari har
oyda 10 kun davomida joylarga chiqib
aholi turmush sharoitini o‘rganmoqdalar, qishloqlarda ijtimoiy hamda iqtisodiy
taraqqiyotimizga xizmat qiluvchi qonunlar, davlat Dasturlari, Hukumat
qarorlarining bajarilishi yuzasidan nazoratni amalga oshirmoqdalar. Shu kungacha
Oliy Majlis Qonunchilik Palatasidagi
O‘zMTP fraktsiyasi a’zolari viloyatning Qo‘shko‘pir, Shovot, Gurlan, Xiva hamda
Bog‘ot tumanlarida bo‘lib
xonadonma-xonadon yurib aholi bilan suhbatlashdilar. Ularni qiynayotgan
juda ko‘plab muammolarni ijobiy hal qilishga muvaffaq bo‘ldilar, aholi turmush
farovonligi hamda tumanlar ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotiga o‘z hissalarini
qo‘shdilar.
Tadbirda ta’kidlanganidek, mamlakatimizda ijtimoiy-iqtisodiy
sohalarda kechayotgan islohotlarni hayotga tatbiq qilish ishida yoshlar ham faol
ishtirok etishlari, ayniqsa, O‘zbekiston Respublikasining "Yoshlarga oid davlat
siyosati to‘g‘risida”gi qonuni ijrosini nazorat qilishda, muammolarni
aniqlashda partiya deputatlik korpusiga yaqindan yordam berishlari lozim.
Tadbir davomida deputatlar yoshlarni qiziqtirgan juda ko‘plb savollarga atroflicha
javob berdilar.
Firdavs Dadaxonov, Toshkent
Axborot texnologiyalari universiteti Urganch filiali talabasi: Men
fuqaro sifatida jonajon O‘zbekistonimiz ravnaqiga o‘z hissamni qo‘shishni, fuqarolik
jamiyatini barpo etish ishida faol ishtirok etishni istayman. Ushbu muloqot biz
yoshlarga o‘zimizni qiziqtirgan juda ko‘plab savollarga javob topishimiz uchun
etarlicha ma’dumot berganligi, siyosiy
hamda huquqiy bilimlarimizni oshirishda katta ahamiyat kasb etganligi bilan
samarali bo‘ldi.
Alisher RAHMONOV,
O‘zMTDP Xorazm viloyat kengashi
matbuot kotibi.