Gerb Bayroq Madhiya Davlat mukofotlari Bosh sahifa Mobil versiya Sayt xaritasi Forum
Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!   Click to listen highlighted text! Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!
Матнни тинглаш!
0(362) 223-00-18
Ish tartibi 900 - 1800
  • xorazm.uz

    Yurtboshimizning tabiri bilan aytganda, Xorazm «O‘zbek davlatchiligining ilk tamal toshi qo‘yilgan muqaddas zamin!». Insoniyat tamadduni o‘choqlaridan hisoblanmish bu ko‘hna yurtdan ne-ne buyuk allomalar, qomuschi olimlar, ahli donishlar, avliyo-anbiyolar yetishib chiqgan.

  • xorazm.uz

    Istiqlol tufayli yurtimizdagi qadim shaharlar va qal’alar, madaniyat o‘choqlarini ko‘rish, ziyorat qilish uchun yetti iqlimdan kelayotgan sayyohlarning soni yildan-yilga oshmoqda. Jahon bizning mo‘tabar yurtimizni ko‘rishga orzumand!

  • xorazm.uz

    2017-2018 yillarda Xorazm viloyati sanoati salohiyatini rivojlantirish dasturi amaliyotga allaqachon tatbiq qilinayotgan ulkan qurilishu ta‘mirlash, eng zamonaviy asbob-uskunalar keltirish, kerakli mutaxassislarni o‘qitish, o‘rgatish jarayoni jadal yo‘lga qo‘yildi.

  • xorazm.uz

    Xalqimiz dasturxonining fayziyobligi, bozorlarimizning to‘kinligiyu oziq-ovqat mahsulotlarining serobligi, arzonligi, bir so‘z bilan aytganda yurtimiz farovonligi bobodehqonlarimizning mehnati mahsulidir. Xorazm voxasi qishloq xo‘jaligi soxasida xam yetakchilardan hisoblanadi.

Fotoalbom

» Barcha fotoalbomlar

Videoteka

» Barcha video fayllar

Tarix

Хоразм: Кеча ва бугун
Хоразм ўзининг қадим тарихи, бой маданиятига эга бўлган Ўзбекистондаги эътиборга молик ҳудудлардан биридир. Инсониятнинг илк ёзма ёдгорликларидан бири ҳисобланган зардуштийликнинг муқаддас китоби “Авесто” шу диёрда яратилган. Бундан уч минг йиллар илгари ҳам Хоразмнинг ўз ёзуви мавжуд эди. Батафсил...


Хоразм ҳақида битиклардаги илк ёзувлар. ДОРО I нинг Беҳсутун битиги
(ерамиздан аввалги 521-486 йиллар)

Ушбу битик Карманшоҳ яқинидаги денгиз сатҳидан 152 метр юқорироқда бўлган Беҳсутун қоясига ўйиб ёзилган. Битикнинг юқорисида улкан барелеф мавжуд. Унда тўққиз нафар шоҳ ва уруғларнинг бошлиқлари қўллари боғланган ва бўйинларига сиртмоқ солинган ҳолда Доронинг олдида тургани тасвирланган. Уларнинг ўнинчисининг устига шоҳ оёғини қўйиб турибди. Битик беш устун ва 414 сатрдан иборат. У уч тилда битилган (елам, бобил ва эски форс тилларида). Батафсил...



SANOAT TARAQQIYOTI YO‘LIDA
07.09.2016

SANOAT TARAQQIYOTI YO‘LIDA

 

 

 

Prezidentimiz I.Karimov vafoti jamoamiz a’zolarini chuqur qayg‘uga soldi. Bugun biz Yurtboshimizning o‘tgan yillar davomida amalga oshirgan ezgu ishlarini minnatdorlnk bilan yod etmoqdamiz.

 

Prezidentimiz rahnamoligida mustaqillik davrida sanoat qishloqqa dadil sur’atlar bilan kirib keldi. Yirik sanoat korxonalari barpo etildi. Shu jumladan Shovot tumanida ham bu borada amaliy ishlar olib borildi.

 

Korxonamizga shu kun talabiga javob beradigan texnologiyalar o‘rnatilgan. Yiliga besh ming tonnadan ziyod ip-kalava tayyorlab, belgilangan rejalarni oshig‘i bilan bajarib kelyapmiz. Mahsulotlarimiz Respublikamizning yirik korxonalariga etkazib berilmoqda, xorijga eksport qilinmoqda. Jamoamiz a’zolarini asosan yoshlar tashkil etadi.

 

Jamoamizda to‘rt yuz nafardan ziyod ishchi mehnat qiladi. Yoshlar ishlab chiqarish peshqadamlari safidan munosib o‘rin olishmoqda. Har yili kasb-hunar kollejlarini bitkazgan iqtidorli yoshlar kasb sirlarini o‘rganib, safimizga kelib qo‘shilmoqda. Buni hisobga olib korxonamizni yanada kengaytirish rejalari belgilangan. Yaqin kelajakda rejaga qo‘shimcha yana olti ming tonna mahsulot ishlab chiqarishga erishamiz. Buning uchun hozirdanoq jiddiy tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda.

 

Prezidentimizning Xorazm viloyati sanoati salohiyatini rivojlantirish Dasturi to‘g‘risidagi Qarori ijrosini ta’minlash yo‘lida samarali, fidoyi mehnat qilaveramiz. Mahsulot ishlab chiqarish ko‘lamini oshirish va sifatini yanada yaxshilash, raqobatbardoshlikni ta’minlash uchun yanada yuksak unum bilan ishlash - qat’iy ahdimiz. Boshlangan ezgu amallarni biz yoshlar munosib davom ettiramiz. Yurtboshimizning porloq xotirasi oldida ta’zim bajo keltiramiz.

 

Ravshan HAYITBOEV,

 "UzTEXSHOVOT” MChJ shaklidagi

qo‘shma korxona bosh direktori.

"Xorazm haqiqati” gazetasi,

2016 yil 4 sentabr, №72.