Gerb Bayroq Madhiya Davlat mukofotlari Bosh sahifa Mobil versiya Sayt xaritasi Forum
Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!   Click to listen highlighted text! Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!
Матнни тинглаш!
0(362) 223-00-18
Ish tartibi 900 - 1800
  • xorazm.uz

    Yurtboshimizning tabiri bilan aytganda, Xorazm «O‘zbek davlatchiligining ilk tamal toshi qo‘yilgan muqaddas zamin!». Insoniyat tamadduni o‘choqlaridan hisoblanmish bu ko‘hna yurtdan ne-ne buyuk allomalar, qomuschi olimlar, ahli donishlar, avliyo-anbiyolar yetishib chiqgan.

  • xorazm.uz

    Istiqlol tufayli yurtimizdagi qadim shaharlar va qal’alar, madaniyat o‘choqlarini ko‘rish, ziyorat qilish uchun yetti iqlimdan kelayotgan sayyohlarning soni yildan-yilga oshmoqda. Jahon bizning mo‘tabar yurtimizni ko‘rishga orzumand!

  • xorazm.uz

    2017-2018 yillarda Xorazm viloyati sanoati salohiyatini rivojlantirish dasturi amaliyotga allaqachon tatbiq qilinayotgan ulkan qurilishu ta‘mirlash, eng zamonaviy asbob-uskunalar keltirish, kerakli mutaxassislarni o‘qitish, o‘rgatish jarayoni jadal yo‘lga qo‘yildi.

  • xorazm.uz

    Xalqimiz dasturxonining fayziyobligi, bozorlarimizning to‘kinligiyu oziq-ovqat mahsulotlarining serobligi, arzonligi, bir so‘z bilan aytganda yurtimiz farovonligi bobodehqonlarimizning mehnati mahsulidir. Xorazm voxasi qishloq xo‘jaligi soxasida xam yetakchilardan hisoblanadi.

Fotoalbom

» Barcha fotoalbomlar

Videoteka

» Barcha video fayllar

Tarix

Хоразм: Кеча ва бугун
Хоразм ўзининг қадим тарихи, бой маданиятига эга бўлган Ўзбекистондаги эътиборга молик ҳудудлардан биридир. Инсониятнинг илк ёзма ёдгорликларидан бири ҳисобланган зардуштийликнинг муқаддас китоби “Авесто” шу диёрда яратилган. Бундан уч минг йиллар илгари ҳам Хоразмнинг ўз ёзуви мавжуд эди. Батафсил...


Хоразм ҳақида битиклардаги илк ёзувлар. ДОРО I нинг Беҳсутун битиги
(ерамиздан аввалги 521-486 йиллар)

Ушбу битик Карманшоҳ яқинидаги денгиз сатҳидан 152 метр юқорироқда бўлган Беҳсутун қоясига ўйиб ёзилган. Битикнинг юқорисида улкан барелеф мавжуд. Унда тўққиз нафар шоҳ ва уруғларнинг бошлиқлари қўллари боғланган ва бўйинларига сиртмоқ солинган ҳолда Доронинг олдида тургани тасвирланган. Уларнинг ўнинчисининг устига шоҳ оёғини қўйиб турибди. Битик беш устун ва 414 сатрдан иборат. У уч тилда битилган (елам, бобил ва эски форс тилларида). Батафсил...



SARANJOM-SARISHTA BO‘LISHI UCHUN
11.12.2013

Prezidentimizning "Urganch shahrining bosh rejasini amalga oshirish, obodonlashtirish ishlarini va Xorazm viloyati aholisining ichimlik suvi ta’minotini tubdan yaxshilash chora-tadbirlari  to‘g‘risida"gi  Qarori faoliyatimizda dasturilamal bo‘lmoqda.  Mehnat jamoamizning har bir a’zosi viloyat markazini obodonlashtirish ishlarida   hamjihatlik bilan ishtirok qilmoqda.


Joriy yilning bahoridan boshlab shahar bo‘ylab bu yo‘nalishda ishlar jadallashdi. Ayrim fuqarolar tomonidan o‘zboshimchalik bilan qurib tashlangan 8 mingdan ziyod noqonuniy qurilmalar, 15 mingdan ko‘p noqonuniy o‘ramalar bartaraf etildi.  Obodonlashtirish ishlari bilan ko‘kalamzorlashtirish ishlari uyg‘un tarzda olib borildi. Buzib olingan noqonuniy qurilmalar o‘rnidagi er maydonlari o‘zlashtirilib, 95 ming tupdan ko‘p mevali, manzarali daraxtlar hamda 1 mln.dan ziyod gul ko‘chatlari ekildi. Ekilgan ko‘chatlarni sug‘orish uchun 67695 km.dan ko‘p irrigatsiya tarmoqlari tozalandi. Xullas, yil boshida boshlangan ishlar o‘z samarasini berdi. Ko‘chalar, mahallalar yanada fayzli bo‘ldi…
Boshqarmamiz tomonidan mahallalarning ichki yo‘llarini ta’mirlash,  tashqi yoritqichlar o‘rnatish kabi ko‘plab ishlar amalga oshirildi. Shaharda yangi barpo etilgan turar-joylar qad rostlagan mahallalarni, jumladan 170- 173- 174-kvartallar, shuningdek, Tong, Samarqand, Ulug‘bek ko‘chalari asfalpt qilinib, bu boradagi ishlar davom etmoqda. Bugun shahrimizni ozoda, toza saqlash, go‘zal shaharga aylantirish uchun Olmaxon Haitova, Karomat Sobirova, Rahimboy Berdiev, Abdulla Bobojonov, Raimboy Bobojonov, Xurshid Masharipov singari 400 nafardan ziyod hamkasblarimiz fidoyilik bilan mehnat qilmoqdalar.
Joriy yilning o‘zida jamoamiz yangi zamonaviy texnikalar bilan ta’min-landi. Jumladan, "ISUZU" rusumli mashinalar, o‘ndan ziyod traktorlar, kundalik faoliyatda zarur bo‘ladigan boshqa texnika vositalari bugun ishlarimizni yanada tez tashkil qilish  imkonini beryapti.
Rejalarimiz ko‘lami keng. Eng muhimi-yangidan bunyod etilgan xiyobonlar, bog‘larni, ko‘chalar, mahallalarni ozoda, pokiza, saranjom-sarishta bo‘lishi uchun astoydil harakat qilmoqdamiz. Bu esa bugun o‘z samarasini bermoqda.
Rahmatulla OMONOV,
Urganch shahar obodonlashtirish boshqarmasi boshlig‘i.