Gerb Bayroq Madhiya Davlat mukofotlari Bosh sahifa Mobil versiya Sayt xaritasi Forum
Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!   Click to listen highlighted text! Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!
Матнни тинглаш!
0(362) 223-00-18
Ish tartibi 900 - 1800
  • xorazm.uz

    Yurtboshimizning tabiri bilan aytganda, Xorazm «O‘zbek davlatchiligining ilk tamal toshi qo‘yilgan muqaddas zamin!». Insoniyat tamadduni o‘choqlaridan hisoblanmish bu ko‘hna yurtdan ne-ne buyuk allomalar, qomuschi olimlar, ahli donishlar, avliyo-anbiyolar yetishib chiqgan.

  • xorazm.uz

    Istiqlol tufayli yurtimizdagi qadim shaharlar va qal’alar, madaniyat o‘choqlarini ko‘rish, ziyorat qilish uchun yetti iqlimdan kelayotgan sayyohlarning soni yildan-yilga oshmoqda. Jahon bizning mo‘tabar yurtimizni ko‘rishga orzumand!

  • xorazm.uz

    2017-2018 yillarda Xorazm viloyati sanoati salohiyatini rivojlantirish dasturi amaliyotga allaqachon tatbiq qilinayotgan ulkan qurilishu ta‘mirlash, eng zamonaviy asbob-uskunalar keltirish, kerakli mutaxassislarni o‘qitish, o‘rgatish jarayoni jadal yo‘lga qo‘yildi.

  • xorazm.uz

    Xalqimiz dasturxonining fayziyobligi, bozorlarimizning to‘kinligiyu oziq-ovqat mahsulotlarining serobligi, arzonligi, bir so‘z bilan aytganda yurtimiz farovonligi bobodehqonlarimizning mehnati mahsulidir. Xorazm voxasi qishloq xo‘jaligi soxasida xam yetakchilardan hisoblanadi.

Fotoalbom

» Barcha fotoalbomlar

Videoteka

» Barcha video fayllar

Tarix

Хоразм: Кеча ва бугун
Хоразм ўзининг қадим тарихи, бой маданиятига эга бўлган Ўзбекистондаги эътиборга молик ҳудудлардан биридир. Инсониятнинг илк ёзма ёдгорликларидан бири ҳисобланган зардуштийликнинг муқаддас китоби “Авесто” шу диёрда яратилган. Бундан уч минг йиллар илгари ҳам Хоразмнинг ўз ёзуви мавжуд эди. Батафсил...


Хоразм ҳақида битиклардаги илк ёзувлар. ДОРО I нинг Беҳсутун битиги
(ерамиздан аввалги 521-486 йиллар)

Ушбу битик Карманшоҳ яқинидаги денгиз сатҳидан 152 метр юқорироқда бўлган Беҳсутун қоясига ўйиб ёзилган. Битикнинг юқорисида улкан барелеф мавжуд. Унда тўққиз нафар шоҳ ва уруғларнинг бошлиқлари қўллари боғланган ва бўйинларига сиртмоқ солинган ҳолда Доронинг олдида тургани тасвирланган. Уларнинг ўнинчисининг устига шоҳ оёғини қўйиб турибди. Битик беш устун ва 414 сатрдан иборат. У уч тилда битилган (елам, бобил ва эски форс тилларида). Батафсил...



SAYLOV - DEMOKRATIYA KO‘ZGUSI
01.11.2016

SAYLOV - DEMOKRATIYA KO‘ZGUSI

 

Saylov kampannyasnni ochiq va oshkora tashkil qilish, saylovga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazishning barcha bosqichlari haqida mamlakatimiz aholisi va xalqarohamjamiyatni xabardor qilib borishda ommaviy axborot vositalari muhimo‘rin tutadi. «O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to‘g‘risida»gi Qonuniiig 5-moddasiga va Markaziy saylov komissiyasi tomonidan tasdiqlangai O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bo‘yicha asosiy chora-tadbirlar dasturiga muvofiq ommaviy axborot vositalari saylov jarayonlarini keng yoritib boradi.

Mamlakatimizda ommaviy axborot vositalari bilan hamkorlikda saylovlarga tayyorgar­lik ko‘rish va uni o‘tkazishning barcha bosqichlari haqida keng jamoatchilikni xabardor qilish borasida katta tajriba to‘plangan. Shundan kelib chiqib joriy yilning 4 dekabr kuni bo‘lib o‘tadigan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga tayyorgarlik ko‘rishda va saylov jarayonlarini ochiqlik, oshkoralik va transparentlik kabi demokratiya tamoyillari asosida o‘tishida ommaviy axborot vositalari oldiga ham katta vazifalar qo‘yilgan.

Ommaviy axborot vositalarini saylov jarayoniga tegishli rasmiy ma’lumotlar, zarur materiallar bilan ta’minlash maqsadida Markaziy saylov komissiyasi va okrug saylov komissiyalari qoshida Matbuot markazlari tashkil qilindi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o‘tkazuvchi 12-Xorazm okrug saylov komissiyasi qoshida ham etti kishidan iborat tarkibda matbuot markazi tuzilgan bo‘lib, unga viloyatimiz ommaviy axborot vositalarida faoliyat ko‘rsatayotgan tajribali jurnalistlar jalb qilingan. Mat­buot markazida elektron, bosma ommaviy axborot vositala­ri va internet nashrlari guruhlari faoliyat ko‘rsatmoqda.

Hozirgi kunga qadar 12-Xorazm okrug saylov komissiya­si qarori bilan 19 ta ommaviy axborot vositalarining 33 na­far xodimi akkreditatsiyadan o‘tkazildi va bu jarayon yana davom etmoqda. Ular viloyatimizda saylov kampaniyasining borishi, okrug va uchastka saylov komissiyalari faoliyati haqida aholiga tezkor axborot berib bormoqdalar. Okrug, saylov komissiyasining barcha yig‘ilishlarida akkreditatsiyadan o‘tgan ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etmoqda, ular uchun Matbuot markazida brifinglar uyushtirilmoqda. Matbuot markazida ommaviy axborot vositalari vakillarining professional va tezkor faoliyati uchun zarur barcha sharoitlar, kompyuter, internet va aloqa vositalaridan foydalanish imkoniyatlari yaratilgan.

Yaqinda Markaziy saylov komissiyasi O‘zbekiston Respub­likasi Prezidenti sayloviga tayyorgarlik ko‘rish davrida saylovchilar huquqiy madaniyatini yuksaltirish bo‘yicha o‘tkaziladigan tadbirlar dasturini tasdiqladi. Ushbu dasturga asosan Matbuot markazito­monidan milliy saylov qonunchiligi hujjatlari - O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, «Fuqarolarning saylov huquqlari to‘g‘risida»gi, «O‘zbekiston Respublikasi Prezi­denti saylovi to‘g‘risida»gi, «O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi to‘g‘risida»gi Qonunlar va say­lov jarayonini tartibga soladigan boshqa normativ-huquqiy hujjatlar mazmun-mohiyati aholi O‘rtasida keng targ‘ib etilmoqda. «Xorazm haqiqati» va «Xorezmskaya pravda» gazetalari, Xorazm viloyati teleradiokompaniyasi hamda shahar va tuman gazetalarida huquqiy targ‘ibot bo‘yicha okrug saylov komissiyasi a’zolari, saylov qonunchiligi sohasidagi olimlar va ekspertlar, adliya sohasi mutaxassislarining chiqishlari tashkil qilinmoqda.

Shuningdek, ommaviy ax­borot vositalarida uchast­ka saylov komissiyalarining faoliyati ham keng yoritilyapti.

Oldimizda saylov kampaniya­sining muhim bosqichi - saylovoldi tashviqoti tadbirlari turibdi. «O‘zbekiston Respub­likasi Prezidenti saylovi to‘g‘risida»gi Qonunning 282-moddasida saylovoldi tashviqotini ommaviy axborot vosi­talari orqali olib borish tartibi belgilangan. Bunda O‘zbe­kiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlarga hajmiga ko‘ra bir xil bo‘lgan efir vaqti va nashr maydonini berish yo‘li bilan teng sharoitlar yaratilishi ta’minlanadi.

Mamlakatimiz kelgusi taraqqiyotida muhim ahamiyat kasb etuvchi mazkur siyosiy tadbirni yuksak saviyada, demokratik tamoyillar asosida o‘tishi harbirimizdan faol fuqarolik pozitsiyasini namoyon etishni taqozo etadi hamda saylovchi sifatida yurt ravnaqi va xalq farovonligiga daxldorlik mas’uliyatini yuklaydi.

O.ADAMBAEV,

O‘zbekiston Respub­likasi

Prezidenti saylovini o‘tkazuvchi

12-Xorazm okrug saylov komissiyasi

Matbuot markazi rahbari.

"Xorazm haqiqati” gazetasi,

2016 yil 29 oktabr №88.