Gerb Bayroq Madhiya Davlat mukofotlari Bosh sahifa Mobil versiya Sayt xaritasi Forum
Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!   Click to listen highlighted text! Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!
Матнни тинглаш!
0(362) 223-00-18
Ish tartibi 900 - 1800
  • xorazm.uz

    Yurtboshimizning tabiri bilan aytganda, Xorazm «O‘zbek davlatchiligining ilk tamal toshi qo‘yilgan muqaddas zamin!». Insoniyat tamadduni o‘choqlaridan hisoblanmish bu ko‘hna yurtdan ne-ne buyuk allomalar, qomuschi olimlar, ahli donishlar, avliyo-anbiyolar yetishib chiqgan.

  • xorazm.uz

    Istiqlol tufayli yurtimizdagi qadim shaharlar va qal’alar, madaniyat o‘choqlarini ko‘rish, ziyorat qilish uchun yetti iqlimdan kelayotgan sayyohlarning soni yildan-yilga oshmoqda. Jahon bizning mo‘tabar yurtimizni ko‘rishga orzumand!

  • xorazm.uz

    2017-2018 yillarda Xorazm viloyati sanoati salohiyatini rivojlantirish dasturi amaliyotga allaqachon tatbiq qilinayotgan ulkan qurilishu ta‘mirlash, eng zamonaviy asbob-uskunalar keltirish, kerakli mutaxassislarni o‘qitish, o‘rgatish jarayoni jadal yo‘lga qo‘yildi.

  • xorazm.uz

    Xalqimiz dasturxonining fayziyobligi, bozorlarimizning to‘kinligiyu oziq-ovqat mahsulotlarining serobligi, arzonligi, bir so‘z bilan aytganda yurtimiz farovonligi bobodehqonlarimizning mehnati mahsulidir. Xorazm voxasi qishloq xo‘jaligi soxasida xam yetakchilardan hisoblanadi.

Fotoalbom

» Barcha fotoalbomlar

Videoteka

» Barcha video fayllar

Tarix

Хоразм: Кеча ва бугун
Хоразм ўзининг қадим тарихи, бой маданиятига эга бўлган Ўзбекистондаги эътиборга молик ҳудудлардан биридир. Инсониятнинг илк ёзма ёдгорликларидан бири ҳисобланган зардуштийликнинг муқаддас китоби “Авесто” шу диёрда яратилган. Бундан уч минг йиллар илгари ҳам Хоразмнинг ўз ёзуви мавжуд эди. Батафсил...


Хоразм ҳақида битиклардаги илк ёзувлар. ДОРО I нинг Беҳсутун битиги
(ерамиздан аввалги 521-486 йиллар)

Ушбу битик Карманшоҳ яқинидаги денгиз сатҳидан 152 метр юқорироқда бўлган Беҳсутун қоясига ўйиб ёзилган. Битикнинг юқорисида улкан барелеф мавжуд. Унда тўққиз нафар шоҳ ва уруғларнинг бошлиқлари қўллари боғланган ва бўйинларига сиртмоқ солинган ҳолда Доронинг олдида тургани тасвирланган. Уларнинг ўнинчисининг устига шоҳ оёғини қўйиб турибди. Битик беш устун ва 414 сатрдан иборат. У уч тилда битилган (елам, бобил ва эски форс тилларида). Батафсил...



SAYLOVGA PUXTA TARADDUD
04.02.2015

29 mart - O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi kuni

SAYLOVGA PUXTA TARADDUD

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o‘tkazuvchi 12-Xorazm saylov okrugida ushbu siyosiy tadbirga tayyorgarlik ko‘rish hamda saylov uchastkalari faoliyatini tashkil etishning muhim masalalariga karatilgan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda okrug saylov komissiyasi a’zolari va matbuot guruhi vakillari, siyosiy partiyalarning viloyat Kengashlari raislari hamda ommaviy axborot vositatari xodimlari ishtirok etdi. Tadbirda saylovga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish, bu jarayonda saylovga doir konunchilik talablari ijrosini ta’minlash hamda saylov uchastkalari faoliyatini tashkil etishning muhim jihatlari va ulardagi mavjud sharoitlarni puxta o‘rganib borish bilan bog‘lik masalalar muxokama etildi.
Yig‘ilishda O‘zbekiston Res-publikasi Prezidenti saylovini o‘tkazuvchi 12-Xorazm saylov okrugi raisi A.Rahimov saylovga tayyorgarlik ko‘rish jarayonining borishi va bu borada belgilangan reja va chora-tadbirlar dasturi haqida ma’lumot berdi.
Qayd etilganidek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga tayyorgarlik ko‘rish Markaziy saylov komissiyasi, okrug va uchastka saylov komissiyalari tomonidan amalga oshirilmoqda. Saylovlarning milliy konunchiligimiz talablariga to‘la muvofiq tarzda o‘tkazilishini ta’minlash okrug va uchastka saylov komissiyalari a’zolaridan katta mas’uliyat talab etadi. Ushbu jarayonda saylov uchastkalarining faoliyati, ulardagi shart-sharoitlarni o‘rganib borish, fuqarolarning saylovga doir murojaatlarini ko‘rib chiqish hamda saylov qonunchiligi targ‘ibotini samarali tashkil etish, shu orqali fuqarolarning o‘z xohish - irodasini erkin bildirish kafolatlarini ta’minlash saylovni yuksak saviyada o‘tkazishning muhim sharti sanalali.
Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini tashkil etish va o‘tkazish yuzasidan vazifalar belgilab olindi. Shu bilan birga viloyatdagi siyosiy partiyalar vakillariga targ‘ibot va tashviqot tadbirlarining o‘tkazilishiga doir tartib hamda ularga saylov kampaniyasi davrida qonunchilikda belgilangan tartibda teng imkoniyat va sharoitlar yaratib berish masalalariga ham diqqat-e’tibor qaratildi.
Tadbir davomida okrug saylov komissiyasi va siyosiy partiyalarning o‘zaro munosabatlari bilan bog‘liq masalalar, kuzatuvchilar institutining saylov jarayonidagi ahamiyati, okrug va uchastka saylov komissiyalari a’zolarining faolligi, mas’uliyatini yanada oshirish, shu bilan birga saylovga tayyorgarlik ko‘rish hamda uni yuqori saviyada o‘tkazishning boshqa jihatlari muhokama etildi. Tadbir qatnashchilari o‘zlarini kiziqtirgan savollarga javoblar oldilar.


 “Xorazm xaqiqati” 2015 yil 4 fevral № 10 (19148)