Gerb Bayroq Madhiya Davlat mukofotlari Bosh sahifa Mobil versiya Sayt xaritasi Forum
Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!   Click to listen highlighted text! Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!
Матнни тинглаш!
0(362) 223-00-18
Ish tartibi 900 - 1800
  • xorazm.uz

    Yurtboshimizning tabiri bilan aytganda, Xorazm «O‘zbek davlatchiligining ilk tamal toshi qo‘yilgan muqaddas zamin!». Insoniyat tamadduni o‘choqlaridan hisoblanmish bu ko‘hna yurtdan ne-ne buyuk allomalar, qomuschi olimlar, ahli donishlar, avliyo-anbiyolar yetishib chiqgan.

  • xorazm.uz

    Istiqlol tufayli yurtimizdagi qadim shaharlar va qal’alar, madaniyat o‘choqlarini ko‘rish, ziyorat qilish uchun yetti iqlimdan kelayotgan sayyohlarning soni yildan-yilga oshmoqda. Jahon bizning mo‘tabar yurtimizni ko‘rishga orzumand!

  • xorazm.uz

    2017-2018 yillarda Xorazm viloyati sanoati salohiyatini rivojlantirish dasturi amaliyotga allaqachon tatbiq qilinayotgan ulkan qurilishu ta‘mirlash, eng zamonaviy asbob-uskunalar keltirish, kerakli mutaxassislarni o‘qitish, o‘rgatish jarayoni jadal yo‘lga qo‘yildi.

  • xorazm.uz

    Xalqimiz dasturxonining fayziyobligi, bozorlarimizning to‘kinligiyu oziq-ovqat mahsulotlarining serobligi, arzonligi, bir so‘z bilan aytganda yurtimiz farovonligi bobodehqonlarimizning mehnati mahsulidir. Xorazm voxasi qishloq xo‘jaligi soxasida xam yetakchilardan hisoblanadi.

Fotoalbom

» Barcha fotoalbomlar

Videoteka

» Barcha video fayllar

Tarix

Хоразм: Кеча ва бугун
Хоразм ўзининг қадим тарихи, бой маданиятига эга бўлган Ўзбекистондаги эътиборга молик ҳудудлардан биридир. Инсониятнинг илк ёзма ёдгорликларидан бири ҳисобланган зардуштийликнинг муқаддас китоби “Авесто” шу диёрда яратилган. Бундан уч минг йиллар илгари ҳам Хоразмнинг ўз ёзуви мавжуд эди. Батафсил...


Хоразм ҳақида битиклардаги илк ёзувлар. ДОРО I нинг Беҳсутун битиги
(ерамиздан аввалги 521-486 йиллар)

Ушбу битик Карманшоҳ яқинидаги денгиз сатҳидан 152 метр юқорироқда бўлган Беҳсутун қоясига ўйиб ёзилган. Битикнинг юқорисида улкан барелеф мавжуд. Унда тўққиз нафар шоҳ ва уруғларнинг бошлиқлари қўллари боғланган ва бўйинларига сиртмоқ солинган ҳолда Доронинг олдида тургани тасвирланган. Уларнинг ўнинчисининг устига шоҳ оёғини қўйиб турибди. Битик беш устун ва 414 сатрдан иборат. У уч тилда битилган (елам, бобил ва эски форс тилларида). Батафсил...



SAYYOHLIK-ISTIQBOLLI SOHA
03.07.2015

Sayyohlik - mamlakatimiz iqtisodiy-ijtnmoiy taraqqiyotining asosiy sohalaridai biri. Butungi kunda ushbu soha xizmat ko‘rsatishning eng zamonaviy va yuqori daromad keltiradigan tizimiga aylandi.
Aholini ish bilan ta’minlash, mamlakatda yalpi ichki mahsulot ishlab chiqarilishi hajmini ko‘paytirishda, aholi turmush tarzining yaxshilana borishida sayyohlikning o‘rni beqiyos. Shu boisdan turizm imkoniyatlari katta bo‘lgan Xorazm viloyatida, ayniqsa uning eng go‘zal va qadimiy go‘shasi Xivada bu sohani rivojlantirish dolzarb, ustuvor vazifalardan biridir.
Bu borada qanday amaliy ishlar qilinmoqda va kelgusida sayyohlik rivoji, istiqboli uchun nimalarga e’tibor qaratish lozim;
Xiva turizm va biznesni rivojlantirish markazida yaponiyalik bir guruh sayyohlik sohasi mutaxassislari bilan bo‘lib o‘tgan davra suhbatida shu haqda fikr-mulohazalar bildirildi.


- Sayyohlik sohasiga e’tiborni qanchalik oshirsak, iqtisodiy yuksalish, turmush farovonligi ham shu qadar osha boradi. Ayniqsa halqaro turizm va biznesni har tomonlama rivojlantirish iqtisodiy isloxotlarni hayotga tatbiq etishning muhim yo‘nalishlaridan biri xisoblanadi, - dedi davra suhbatini boshlab bergan “O‘zbekturizm” milliy kompaniyasi Xorazm mintaqaviy bo‘limi boshqaruvchisi Odilbek Rahimov. - Turizm taraqqiyotga yo‘l ochadi. Yurt obodligi, do‘stona aloqalarning mustahkamlanishida uning o‘rni salmoqli. Sayyohlikni rivojlantirib, uning keng imkoniyatlaridan unumli foydalansak yurtimiz yanada obod, go‘zal bo‘ladi, ko‘rkiga ko‘rk, rizqiga rizq qo‘shiladi.
Prezidentimizning “2013-2015 yillarda Xorazm viloyatida turizm sohasini rivojlantirish dasturi to‘g‘risida”gi Qarori bu borada keng imkoniyatlar ufqini ochdi.
Qaror asosida Xivada ko‘plab istiqbolli loyihalar amalga oshiriladi. 20 dan oshiq qo‘shimcha sayyohlik xizmatlari yo‘lga qo‘yiladi. Avvaldan mavjud mehmonxonalar qaytadan jahon andozalariga to‘liq javob beradigan darajada qayta ta’mirlanadi. 14 ta yangi mehmonxona quriladi. Yangi bog‘lar, xiyobonlar, gulzorlar yaratiladi, rangli favvoralar o‘rnatiladi. Madaniyat va istirohat bog‘ida namunali hordiq chiqarish imkoniyatlari tug‘diriladi. Eng asosiy masala ana shu imkoniyatlardan to‘g‘ri, oqilona foydalanishdir. Sayyohlarning o‘z qiziqishi, dunyoqarashi, talab va extiyojlari borki, bularni yaxshi bilmasdan, anglamasdan turib, biron natijaga erishib bo‘lmaydi. Aytaylik, xorijdan kelgan mehmon ovqatlanmoqchi. Xo‘sh, unga qaysi faslda, qanday taomlarni, qanday ichimliklarni, salatlarni tavsiya qilish mumkin; Yoki ularning dam olishlarini tashkil qilishda nimalarga e’tibor qaratish lozim;
Xiva turizm va biznesni rivojlantirish markazida bu borada qator ibratli ishlar qilinmoqda. Maxsus monitoring o‘tkazilib, mehmonxonalar, xamroh tarjimonlar faoliyati, muzey va tarixiy obidalar bilan tanishtirish jarayoni, restoranlar va boshqa ovqatlanish shoxobchalarining xizmat ko‘rsatish darajalari aniq baxolanib, tegishli yo‘l-yo‘riq, tavsiyalar berib borilayapti.
- Biz buning guvoxi bo‘ldik, - deydi Yaponiyaning turistik agentliklar assotsiatsiyasi xalqaro turizm departamenti bosh menejeri o‘rinbosari Yuji Iida. - Xiva turizm va biznesni rivojlantirish markazida shu yilning fevral oyidan boshlab mutaxassis sifatida faoliyat ko‘rsatayotgan vakilimiz Miva Nakagava Xorazmda sayyohlikni rivojlantirish masalalari bilan shug‘ullanib kelyapti. Bizga u Xiva va uning Ichon qal’asi xaqida qiziqarli ma’lumotlarni berdi. Internet tizimi orqali sayyohlik targ‘ibotiga xissa qo‘shyapti. Xar oyda Xiva obidalari, o‘zbek xalqining qadim qadriyatlari haqida maqolalar berib turadi. Shu bilan birga mahalliy aholiga yaponiyalik sayyohlar uchun taomlar tayyorlash va boshqa xizmat ko‘rsatish turlari haqida bilganlarini o‘rgatyapti. Dunyoning ko‘plab mamlakatlari qatori Xivaga Yaponiyadan sayyohlar kelishi yildan yilga ko‘paymoqda. Bu esa avvalo, mamlakatingizda tinchlik, osoyishtalik xukmronligi, qolaversa, turizmni rivojlantirish masalasiga davlat tomonidan katta e’tibor berilayotganligidadir.
- Biz jahon bo‘ylab ko‘p mamlakatlardagi tarixiy shaharlarni ko‘rganmiz. Lekin Xivadek mu’jizaviy shaharni uchratmadik, - dedi “H.I.S” turistik kompaniyasining bo‘lim boshlig‘i Aoki Xirakazu. - Obidalar xuddi yaxlit, bir-biriga uyg‘un, bir-biridan salobatli va ko‘rkam. Bu yil kompaniyamizga bu shaharga kelish istagini bildirayotganlar ko‘p.
- Tashrifimiz davomida “O‘zbekturizm” milliy kompaniyasi viloyat mintaqaviy bo‘limi taklifi bilan Xiva atrofidagi qum, ko‘llarni ham borib ko‘rdik. Ekoturizmni rivojlantirish imkoniyatlari mavjud ekanligiga ishonch hosil qildik. Baliq ovi, qum barxanlari bo‘ylab sayr, suv transporti xizmatidan foydalanish kabi xizmatlarni yo‘lga qo‘yish sayyohlik sohasidan keladigan daromadlarni oshiradi, - dedi “Yomiuriy Travel Service” turistik kompaniyasining xalqaro turizm departamenti boshlig‘i Santo Xiroka.
- Men Ichon qal’a bo‘ylab har qadamda hunarmandlarning savdo rastalarini ko‘rib quvondim. Sayyohlikdan keladigan valyuta tushumlarining asosiy manbalari - yog‘och, ganch, mis o‘ymakorligi, qo‘lda to‘qilgan gilamlar, tabiiy jundan ishlangan bosh kiyimlar, kulollar ishlagan sovg‘abop buyumlar. Bularni ko‘proq va yuksak did bilan ishlab chiqarish imkonlari sizlarda avloddan avlodga o‘tib kelayotgan ekan. Bu ham ishonchli, ham quvonchli, - dedi “JTB Tourizm marketing” turistik kompaniyasining xalqaro turizm departamenti boshlig‘i Ota Masataka. - Ko‘hna Arkda joylashgan yozgi kinoteatrda “O‘zbekfilm” kinostudiyasi oltin fondidan joy olgan, o‘zbek halqi qadriyatlari, urf-odatlarini o‘zida mujassam etgan badiiy va xujjatli filmlarning ingliz tilida (subtitr orqali) namoyish etilayotganligi, Toshhovlidagi folklor ansambli tomoshalari albatta sayyohlarga o‘zgacha zavq-shavq bag‘ishlaydi.
“Kyodo News” Yaponiya axborot agentligi madaniyat va turizm departamenti jurnalisti Akio Nozava: - Reklama yo‘nalishida olib boriladigan ishlarni jonlantirish zarur. Xiva haqida maxsus sayt ochib, obidalarni ko‘proq targ‘ib qilish, turli tillarda bukletlar, yo‘l ko‘rsatkichlar, albomlar tayyorlash yaxshi samaralar beradi.
Davra suhbatining boshqa ishtirokchilari ham necha asrlardan buyon ko‘z qorachig‘idek asrab-avaylab kelinayotgan tarixiy yodgorliklar bilan birgalikda ko‘plab zamonaviy inshootlar ham qad rostlaganligi, har bir o‘zbek xonadoni oilasini ulkan qadriyat sifatda e’zozlashi, farzandlari istiqboliga kuyunchakligi, mehmondo‘stligi, samimiyligini dildan quvonib gapirishdi. Malakali tarjimonlar, yo‘lboshlovchilar tayyorlash, ekoturizmni rivojlantirish bo‘yicha qimmatli mulohazalarni bildirishdi.
Sayyohlik hamjihatlik asosida ravnaq topadigan istiqbolli soxa. Bu Xivaga kelayotgan xorijiy sayyohlar e’tirofida o‘z ifodasini topayotir.

A.SAFOYEV yozib oldi.
“Xorazm haqiqati” 2015 yil 1 iyul №52 (19190)