Gerb Bayroq Madhiya Davlat mukofotlari Bosh sahifa Mobil versiya Sayt xaritasi Forum
Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!   Click to listen highlighted text! Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!
Матнни тинглаш!
0(362) 223-00-18
Ish tartibi 900 - 1800
  • xorazm.uz

    Yurtboshimizning tabiri bilan aytganda, Xorazm «O‘zbek davlatchiligining ilk tamal toshi qo‘yilgan muqaddas zamin!». Insoniyat tamadduni o‘choqlaridan hisoblanmish bu ko‘hna yurtdan ne-ne buyuk allomalar, qomuschi olimlar, ahli donishlar, avliyo-anbiyolar yetishib chiqgan.

  • xorazm.uz

    Istiqlol tufayli yurtimizdagi qadim shaharlar va qal’alar, madaniyat o‘choqlarini ko‘rish, ziyorat qilish uchun yetti iqlimdan kelayotgan sayyohlarning soni yildan-yilga oshmoqda. Jahon bizning mo‘tabar yurtimizni ko‘rishga orzumand!

  • xorazm.uz

    2017-2018 yillarda Xorazm viloyati sanoati salohiyatini rivojlantirish dasturi amaliyotga allaqachon tatbiq qilinayotgan ulkan qurilishu ta‘mirlash, eng zamonaviy asbob-uskunalar keltirish, kerakli mutaxassislarni o‘qitish, o‘rgatish jarayoni jadal yo‘lga qo‘yildi.

  • xorazm.uz

    Xalqimiz dasturxonining fayziyobligi, bozorlarimizning to‘kinligiyu oziq-ovqat mahsulotlarining serobligi, arzonligi, bir so‘z bilan aytganda yurtimiz farovonligi bobodehqonlarimizning mehnati mahsulidir. Xorazm voxasi qishloq xo‘jaligi soxasida xam yetakchilardan hisoblanadi.

Fotoalbom

» Barcha fotoalbomlar

Videoteka

» Barcha video fayllar

Tarix

Хоразм: Кеча ва бугун
Хоразм ўзининг қадим тарихи, бой маданиятига эга бўлган Ўзбекистондаги эътиборга молик ҳудудлардан биридир. Инсониятнинг илк ёзма ёдгорликларидан бири ҳисобланган зардуштийликнинг муқаддас китоби “Авесто” шу диёрда яратилган. Бундан уч минг йиллар илгари ҳам Хоразмнинг ўз ёзуви мавжуд эди. Батафсил...


Хоразм ҳақида битиклардаги илк ёзувлар. ДОРО I нинг Беҳсутун битиги
(ерамиздан аввалги 521-486 йиллар)

Ушбу битик Карманшоҳ яқинидаги денгиз сатҳидан 152 метр юқорироқда бўлган Беҳсутун қоясига ўйиб ёзилган. Битикнинг юқорисида улкан барелеф мавжуд. Унда тўққиз нафар шоҳ ва уруғларнинг бошлиқлари қўллари боғланган ва бўйинларига сиртмоқ солинган ҳолда Доронинг олдида тургани тасвирланган. Уларнинг ўнинчисининг устига шоҳ оёғини қўйиб турибди. Битик беш устун ва 414 сатрдан иборат. У уч тилда битилган (елам, бобил ва эски форс тилларида). Батафсил...



Sayyor qabul
10.07.2015

Hurmatli eldoshlar!
2015 yilning ikkinchi yarmida viloyat shahar va tumanlarida O‘zbekiston Respublikasi xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasining raisi va uning o‘rinbosarlari jismoniy shaxslar va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qiladilar. Unda davlat mulkini xususiylashtirish, xususiylashtirilgan ob’ektlarda investitsiya majburiyatlarini bajarish, qimmatli qog‘ozlar bozorida, shu jumladan aktsiyador sifatida huquqlarini himoya qilish, davlat mulki ob’ektlarini ijaraga olish, faoliyatini amalga oshirishda nohalol raqobat muhiti paydo bo‘lganda, iste’molchilar huquqlarining paymol bo‘lishi, shu jumladan kommunal xizmatlarning sifatining pastligi, bankrotlik sohasi, birja, baholash va rieltorlik faoliyatini litsenziyalash va Qo‘mita vakolati doirasidagi boshqa masalalar bo‘yicha sizni bezovta qilayotgan savollarga javoblar olishingiz mumkin.

Viloyat hokimi,  hokim o‘rinbosarlari va kotibiyat mudirlari tomonidan 2015 yilning III-choragida shahar va tumanlarda jismoniy va yuridik shaxslarni sayyor qabul qilish


JADVALI

Viloyat hokimi,  hokim o‘rinbosarlari va qotibiyat mudirlari ismi sharifiOyning belgilangan kuniUrganch shaxriBog‘ot tumaniGurlan tumaniQo‘shko‘pir tumaniUrganch tumaniHazorasp tumaniXiva tumaniXonqa tumaniShovot tumaniYangiariq tumaniYangibozor tumani
P. Bobojonov4-hafta    seshanba  avgust sentyabr  iyul   
SH.Xo‘janiyozova2-hafta chorshanbaiyul     avgust  sentyabr 
O‘.Masharipov1-hafta payshanba   iyul avgust  sentyabr  
R.Ro‘zmetov3-hafta    seshanba iyul  avgust  sentyabr   
S.Abdikarimova2-hafta  payshanba  iyul   sentyabr  avgust 
X.Matrasulov3-hafta    seshanba avgust   sentyabr    iyul
F.Sharipov2-hafta chorshanba    iyul  avgust  sentyabr
B.Allanazarov3-hafta   payshanbasentyabr  avgust    iyul  


Izoh:  Jismoniy va yuridik shaxslar tuman hokimligi binosida qabul qilinadilar. Shahar va tumanlar hokimliklari qabulni tashkil qilish uchun mas’uldirlar.
 Qabul vaqti shahar va tumanlar hokimliklari bilan kelishilgan holda belgilanadi.