Gerb Bayroq Madhiya Davlat mukofotlari Bosh sahifa Mobil versiya Sayt xaritasi Forum
Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!   Click to listen highlighted text! Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!
Матнни тинглаш!
0(362) 223-00-18
Ish tartibi 900 - 1800
  • xorazm.uz

    Yurtboshimizning tabiri bilan aytganda, Xorazm «O‘zbek davlatchiligining ilk tamal toshi qo‘yilgan muqaddas zamin!». Insoniyat tamadduni o‘choqlaridan hisoblanmish bu ko‘hna yurtdan ne-ne buyuk allomalar, qomuschi olimlar, ahli donishlar, avliyo-anbiyolar yetishib chiqgan.

  • xorazm.uz

    Istiqlol tufayli yurtimizdagi qadim shaharlar va qal’alar, madaniyat o‘choqlarini ko‘rish, ziyorat qilish uchun yetti iqlimdan kelayotgan sayyohlarning soni yildan-yilga oshmoqda. Jahon bizning mo‘tabar yurtimizni ko‘rishga orzumand!

  • xorazm.uz

    2017-2018 yillarda Xorazm viloyati sanoati salohiyatini rivojlantirish dasturi amaliyotga allaqachon tatbiq qilinayotgan ulkan qurilishu ta‘mirlash, eng zamonaviy asbob-uskunalar keltirish, kerakli mutaxassislarni o‘qitish, o‘rgatish jarayoni jadal yo‘lga qo‘yildi.

  • xorazm.uz

    Xalqimiz dasturxonining fayziyobligi, bozorlarimizning to‘kinligiyu oziq-ovqat mahsulotlarining serobligi, arzonligi, bir so‘z bilan aytganda yurtimiz farovonligi bobodehqonlarimizning mehnati mahsulidir. Xorazm voxasi qishloq xo‘jaligi soxasida xam yetakchilardan hisoblanadi.

Fotoalbom

» Barcha fotoalbomlar

Videoteka

» Barcha video fayllar

Tarix

Хоразм: Кеча ва бугун
Хоразм ўзининг қадим тарихи, бой маданиятига эга бўлган Ўзбекистондаги эътиборга молик ҳудудлардан биридир. Инсониятнинг илк ёзма ёдгорликларидан бири ҳисобланган зардуштийликнинг муқаддас китоби “Авесто” шу диёрда яратилган. Бундан уч минг йиллар илгари ҳам Хоразмнинг ўз ёзуви мавжуд эди. Батафсил...


Хоразм ҳақида битиклардаги илк ёзувлар. ДОРО I нинг Беҳсутун битиги
(ерамиздан аввалги 521-486 йиллар)

Ушбу битик Карманшоҳ яқинидаги денгиз сатҳидан 152 метр юқорироқда бўлган Беҳсутун қоясига ўйиб ёзилган. Битикнинг юқорисида улкан барелеф мавжуд. Унда тўққиз нафар шоҳ ва уруғларнинг бошлиқлари қўллари боғланган ва бўйинларига сиртмоқ солинган ҳолда Доронинг олдида тургани тасвирланган. Уларнинг ўнинчисининг устига шоҳ оёғини қўйиб турибди. Битик беш устун ва 414 сатрдан иборат. У уч тилда битилган (елам, бобил ва эски форс тилларида). Батафсил...



Seminar bo‘lib o‘tdi
07.04.2016

2016 yil 30 mart kuni Xorazm viloyatida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Axborot va kommunikatsiya texnologiyalari masalalari qo‘mitasi hamda O‘zbekistan Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan "Elektron xukumat" tizimining rivojlanishi: davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari oldida turgan dolzarb masalalar" mavzusida seminar tashkil etildi.
Joriy yilning iyun oyida kuchga kiradigan O‘zbekistan Respublikasining "Elektron hukumat to‘grisida"gi qonunining mazmun-mohiyatini keng targ‘ib qilish, keng qamrovli tushuntirish ishlarini olib borish, davlat idoralari oldida turgan vazifalarni belgilab olish maqsadida bugungi kunda qo‘shma rejali chora-tadbirlar asosida ishlar amalga oshirilmokda.
Seminarda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining ma’sul rahbarlari va xodimlari, Axborot va kommunikatsiya texnologiyalari masalalari qo‘mitasi xuzuridagi jamoat ekspert guruhi a’zolari, nodavlat notijorat tashkilotlari, fuqarolik jamiyati institutlari, ommaviy axborot vositalari vakillari, shuningdek keng doiradagi axborot-kommunikatsiya sohasining mutaxassislari ishtirok etdilar.
2015 yil 9 dekabr kuni O‘zbekistan Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning "Elektron xukumat to‘g‘risida"gi qonunga imzo chekishi jamiyatimizda idoralararo, idoralar va fuqarolar, tadbirkorlar o‘rtasidagi elektron munosabatlarning rivojlanishi, fuqaro manfaatlarining mustahkam himoyalanishi, Internet tarmog‘ida ta’lim-tarbiyaviy, foydali kontentning yaratilishi, axborotlashtirish sohasida katta o‘zgarishlarning keng qamrovli yangi bosqichini boshlab berdi.
"Elektron hukumat to‘grisida"gi qonun mamlakatimizda "Elektron hukumat" tizimini joriy qilish va rivojlantirish sohasida davlat siyosati aniq ifodalab beruvchi me’yoriy hujjatdir. Uni amalda tatbiq etish davlat organlarining faol ishtirokini talab qiladi. Sababi davlat organlari "Elektron hukumat" sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirib, mazkur yo‘nalishdagi dasturlarni ishlab chikishda faol ishtirok etishlari belgilab berilgan. Davlat idoralarining "Elektron hukumat" sohasida axborot tizimlari va axborot resurslarini, shuningdek interaktiv davlat xizmatlarini ishlab chikishi, ularning uzluksiz ishlashini ta’minlash, aholiga masofadan turib-sifatli xizmat ko‘rsatish qonunda belgilangan.
Seminarda xalqaro tajriba va jahon amaliyotida "Elektron hukumat"ga oid qonunchilikning amalda tatbiq qilinishi, hujjat mazmun- mohiyatini fuqarolar o‘rtasida targ‘ib qilishning uslubiy va texnik tavsiyalari yuzasidan ma’lumotlar berildi. Qonunning maqsad hamda vazifalari, asosiy tushunchalari, "Elektron hukumat" tizimining asosiy printsiplari, uning ishini tashkillashtirish, elektron davlat xizmatlarini ko‘rsatishga qo‘yiladigan talablarga oid normalar qayd etilgan. Shuningdek, Qonunda "Elektron hukumat" infratuzilmasi, mazkur sohadagi davlat boshqaruvi, davlat organlarining "Elektron hukumat" tizimi doirasidagi o‘zaro hamkorligiga oid munosabatlar tartibga solinishi belgilangan.
Qonunning asosiy vazifasi - davlat organlari faoliyatining samaradorligini, tezkorligini va shaffofligini ta’minlash, ularning mas’uliyatini va ijro intizomini kuchaytirish, aholi va tadbirkorlik sub’ektlari bilan axborot almashishni ta’minlashning qo‘shimcha mexanizmlarini yaratish. Shu bois, unda elektron davlat xizmatlarini ko‘rsatishda, shu jumladan, idoralararo elektron hamkorlik doirasida davlat organlarining yuridik va jismoniy shaxslar bilan o‘zaro munosabatlari tartibga solingan.
Seminar davomida davlat xokimiyati va boshqaruv organlari tomonidan tegishli normativ-xuquqiy hujjatlarni o‘z vaqtida va to‘liq qabul qilish, elektron davlat xizmatlari reglamentlari, axborot tizimlari, axborot resurslari va tarmoqlarini rivojlantirish yuzasidan idoraviy dasturlarni o‘z vaqtida ishlab chiqish va tasdiqlashni, elektron davlat xizmatlarini ko‘rsatish tartibi to‘g‘risidagi to‘liq axborotlarni aholiga to‘liq taqdim qilish, davlat xokimiyati va boshqaruv organlarining rasmiy saytlari faoliyatini yanada takomillashtirishni, o‘z vaqtida xizmat ko‘rsatish bo‘yicha tavsiyalar berildi.
 
Viloyat hokimligining Axborot xizmati