Gerb Bayroq Madhiya Davlat mukofotlari Bosh sahifa Mobil versiya Sayt xaritasi Forum
Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!   Click to listen highlighted text! Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!
Матнни тинглаш!
0(362) 223-00-18
Ish tartibi 900 - 1800
  • xorazm.uz

    Yurtboshimizning tabiri bilan aytganda, Xorazm «O‘zbek davlatchiligining ilk tamal toshi qo‘yilgan muqaddas zamin!». Insoniyat tamadduni o‘choqlaridan hisoblanmish bu ko‘hna yurtdan ne-ne buyuk allomalar, qomuschi olimlar, ahli donishlar, avliyo-anbiyolar yetishib chiqgan.

  • xorazm.uz

    Istiqlol tufayli yurtimizdagi qadim shaharlar va qal’alar, madaniyat o‘choqlarini ko‘rish, ziyorat qilish uchun yetti iqlimdan kelayotgan sayyohlarning soni yildan-yilga oshmoqda. Jahon bizning mo‘tabar yurtimizni ko‘rishga orzumand!

  • xorazm.uz

    2017-2018 yillarda Xorazm viloyati sanoati salohiyatini rivojlantirish dasturi amaliyotga allaqachon tatbiq qilinayotgan ulkan qurilishu ta‘mirlash, eng zamonaviy asbob-uskunalar keltirish, kerakli mutaxassislarni o‘qitish, o‘rgatish jarayoni jadal yo‘lga qo‘yildi.

  • xorazm.uz

    Xalqimiz dasturxonining fayziyobligi, bozorlarimizning to‘kinligiyu oziq-ovqat mahsulotlarining serobligi, arzonligi, bir so‘z bilan aytganda yurtimiz farovonligi bobodehqonlarimizning mehnati mahsulidir. Xorazm voxasi qishloq xo‘jaligi soxasida xam yetakchilardan hisoblanadi.

Fotoalbom

» Barcha fotoalbomlar

Videoteka

» Barcha video fayllar

Tarix

Хоразм: Кеча ва бугун
Хоразм ўзининг қадим тарихи, бой маданиятига эга бўлган Ўзбекистондаги эътиборга молик ҳудудлардан биридир. Инсониятнинг илк ёзма ёдгорликларидан бири ҳисобланган зардуштийликнинг муқаддас китоби “Авесто” шу диёрда яратилган. Бундан уч минг йиллар илгари ҳам Хоразмнинг ўз ёзуви мавжуд эди. Батафсил...


Хоразм ҳақида битиклардаги илк ёзувлар. ДОРО I нинг Беҳсутун битиги
(ерамиздан аввалги 521-486 йиллар)

Ушбу битик Карманшоҳ яқинидаги денгиз сатҳидан 152 метр юқорироқда бўлган Беҳсутун қоясига ўйиб ёзилган. Битикнинг юқорисида улкан барелеф мавжуд. Унда тўққиз нафар шоҳ ва уруғларнинг бошлиқлари қўллари боғланган ва бўйинларига сиртмоқ солинган ҳолда Доронинг олдида тургани тасвирланган. Уларнинг ўнинчисининг устига шоҳ оёғини қўйиб турибди. Битик беш устун ва 414 сатрдан иборат. У уч тилда битилган (елам, бобил ва эски форс тилларида). Батафсил...



SHAVKAT MIRZIYOYEVNING XORAZM VILOYATI SAYLOVCHILARI BILAN UCHRASHUVI
14.11.2016

SHAVKAT MIRZIYOYEVNING XORAZM VILOYATI SAYLOVCHILARI BILAN UCHRASHUVI

Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati - O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Shavkat Mirziyoyev 11 noyabr kuni Xorazm viloyati saylovchilari bilan uchrashdi.

Uchrashuvni O‘zLiDePning Xorazm viloyati kengashi raisi Sh.Safarboyev ochdi.

O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov rahnamoligida amalga oshirilgan keng ko‘lamli islohotlar samarasi Xorazm viloyatida ham o‘z ifodasini topmoqda. Joriy yilning 9 oyida yalpi hududiy mahsulot 5,3 foiz o‘sgan. Bunda sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish 20 foizdan, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari etishtirish 7 foizdan ortgani muhim omil bo‘ldi. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlari keng qo‘llab-quvvatlanayotgani samarasida ularning viloyat iqtisodiyotidagi ulushi izchil oshib, bugungi kunda 75 foizdan ziyodni tashkil etmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Shavkat Mirziyoyev o‘z saylovoldi dasturi yuzasidan ma’ruza qildi.

Dasturda davlat va jamiyat boshqaruvi tizimini takomillashtirish, qonun ustuvorligini ta’minlash va sud-huquq tizimini yanada isloh etish, iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish, makroiqtisodiy barqarorlik va izchil o‘sish sur’atlarini ta’minlash, ijtimoiy sohani rivojlantirish, mamlakatimizdagi tinchlik va hamjihatlikni mustahkamlashga qaratilgan ustuvor vazifalar belgilangan. Unda davlat idoralari faoliyati samaradorligini oshirish, sud hokimiyatining mustaqilligini va odil sudlovni ta’minlash, iqtisodiyotni modernizatsiya va diversifikatsiya qilish, hududlarni kompleks rivojlantirish, xususiy mulk va tadbirkorlikka yanada keng imkoniyat berish, ozuqabop va eksportbop ekinlarni ko‘paytirish, aholi bandligini ta’minlash, tibbiy-ijtimoiy xizmatlar sifatini oshirish kabi muhim masalalarga alohida e’tibor qaratilgan.

Uchrashuv videokonferensiya shaklida o‘tdi. Urganch shahri va viloyatning barcha tumanlari markazidan saylovchilar nomzodning dasturi yuzasidan o‘z fikrlarini bildirdi.

Mehnat faxriysi S.Iskandarov, "Davsuvxo‘jaliknazorat" davlat inspek-tsiyasi Xorazm viloyati bo‘yicha inspektori K.Ortiqov, Xorazm viloyati hokimining birinchi o‘rinbosari Sh.Xo‘janiyozova, mehnat faxriysi J.O‘tamov, mehnat faxriysi A.Vapayev, Xonqa pedagogika va sport kolleji o‘quvchisi Z.Ismoilova va boshqalar dasturda belgilangan vazifalar mamlakatimizni yanada rivojlantirish, xalqimiz farovonligini yuksaltirishga xizmat qilishini ta’kidladi. Prezident sayloviga tayyorgarlik jarayonlari milliy qonunchiligimiz va xalqaro demokratik tamoyillarga to‘la mos ravishda o‘tayotganini qayd etdi. Saylovchilarni 4 dekabr kuni bo‘ladigan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida faol ishtirok etishga chaqirdi.

"Xorazm haqiqati” gazetasi,

2016 yil 12 noyabr №92.