Gerb Bayroq Madhiya Davlat mukofotlari Bosh sahifa Mobil versiya Sayt xaritasi Forum
Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!   Click to listen highlighted text! Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!
Матнни тинглаш!
0(362) 223-00-18
Ish tartibi 900 - 1800
  • xorazm.uz

    Yurtboshimizning tabiri bilan aytganda, Xorazm «O‘zbek davlatchiligining ilk tamal toshi qo‘yilgan muqaddas zamin!». Insoniyat tamadduni o‘choqlaridan hisoblanmish bu ko‘hna yurtdan ne-ne buyuk allomalar, qomuschi olimlar, ahli donishlar, avliyo-anbiyolar yetishib chiqgan.

  • xorazm.uz

    Istiqlol tufayli yurtimizdagi qadim shaharlar va qal’alar, madaniyat o‘choqlarini ko‘rish, ziyorat qilish uchun yetti iqlimdan kelayotgan sayyohlarning soni yildan-yilga oshmoqda. Jahon bizning mo‘tabar yurtimizni ko‘rishga orzumand!

  • xorazm.uz

    2017-2018 yillarda Xorazm viloyati sanoati salohiyatini rivojlantirish dasturi amaliyotga allaqachon tatbiq qilinayotgan ulkan qurilishu ta‘mirlash, eng zamonaviy asbob-uskunalar keltirish, kerakli mutaxassislarni o‘qitish, o‘rgatish jarayoni jadal yo‘lga qo‘yildi.

  • xorazm.uz

    Xalqimiz dasturxonining fayziyobligi, bozorlarimizning to‘kinligiyu oziq-ovqat mahsulotlarining serobligi, arzonligi, bir so‘z bilan aytganda yurtimiz farovonligi bobodehqonlarimizning mehnati mahsulidir. Xorazm voxasi qishloq xo‘jaligi soxasida xam yetakchilardan hisoblanadi.

Fotoalbom

» Barcha fotoalbomlar

Videoteka

» Barcha video fayllar

Tarix

Хоразм: Кеча ва бугун
Хоразм ўзининг қадим тарихи, бой маданиятига эга бўлган Ўзбекистондаги эътиборга молик ҳудудлардан биридир. Инсониятнинг илк ёзма ёдгорликларидан бири ҳисобланган зардуштийликнинг муқаддас китоби “Авесто” шу диёрда яратилган. Бундан уч минг йиллар илгари ҳам Хоразмнинг ўз ёзуви мавжуд эди. Батафсил...


Хоразм ҳақида битиклардаги илк ёзувлар. ДОРО I нинг Беҳсутун битиги
(ерамиздан аввалги 521-486 йиллар)

Ушбу битик Карманшоҳ яқинидаги денгиз сатҳидан 152 метр юқорироқда бўлган Беҳсутун қоясига ўйиб ёзилган. Битикнинг юқорисида улкан барелеф мавжуд. Унда тўққиз нафар шоҳ ва уруғларнинг бошлиқлари қўллари боғланган ва бўйинларига сиртмоқ солинган ҳолда Доронинг олдида тургани тасвирланган. Уларнинг ўнинчисининг устига шоҳ оёғини қўйиб турибди. Битик беш устун ва 414 сатрдан иборат. У уч тилда битилган (елам, бобил ва эски форс тилларида). Батафсил...



SIFATLI VA TEJAMKOR Zamonaviy texnologiyalar asosida ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar ana shu jihati bilan iste’molchilar e’tiboriga tushmoqda
04.03.2016

Ishlab chiqarishni texnik va texnologik jixatdan yangilash, ichki imkoniyat hamda zaxiralardan oqilona foydalanish, iqtisodiyotda chuqur tarkibiy o’zgarishlarni izchil davom ettirish asosiy vazifa qilib belgilangan. Ana shu talab asosida sanoat tarmoqlari modernizatsiya va diversifikatsiya qilinayotgani xalqaro standartlarga javob beradigan, ichki hamda tashqi bozorda xaridorgir bo’lgan yuqori sifatli mahsulotlar ishlab chiqarishni o’zlashtirish imkonini yaratayapti.

Qolaversa, ko’plab yangi ish o’rinlari tashkil etilib, aholi bandligi ta’minlanishi, ularning daromadi oshishida muhim omil bo’layotir.

Bu boradagi isloxotlar Xorazm viloyatida ham o’z samarasini berib, muayyan yutuqlarga erishilmoqda. Xududda 2015 yilda 2,4 trillion so’mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilib, 2012 yildagiga nisbatan 2,1 baravar o’sishga erishilgani, avvalgi yildagiga qiyoslaganda esa 3,3 karra ko’p, ya’ni 45,7 million AQSh dollarilik mahsulotlar eksport qilingani buning yaqqol tasdig’idir.

Albatta, bunday yuqori natijaga erishishda qulay sarmoyaviy muhit yaratilib, 117 milliard so’m miqdorida, shu jumladan, 5,5 milliard so’mlik to’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiyalar jalb etilgani mustaxkam poydevor bo’ldi. Sababi, xudud iqtisodiyotiga kiritilayotgan mablag’lar yangi quvvatlarni ishga tushirish, mavjudlari faoliyatini kengaytirish orqali sanoat saloxiyatini oshirishga yo’naltirilayapti.

Qo’shko’pir tumanidagi "Qo’shko’pir agro invest” mas’uliyati cheklangan jamiyati faoliyati tizimda ro’y berayotgan ijobiy o’zgarishlarga misol bo’la oladi. O’tgan yili ish boshlagan mazkur korxonada zamonaviy texnologiya­lar asosida import o’rnini bosuvchi, ekologik xavfsiz va tejamkor diodli yorug’lik lampalari ishlab chiqarish yo’lga qo’yilgan.

Bu erda mehnat qilayotganlarning aksariyati yoshlardir. Intiluvchan, g’ayrat-shijoatli yigit-qizlar mehnati bilan 2015 yilning o’zida 3 voltdan 12 voltgacha bo’lgan 1 million dona yorug’lik lampasi tayyorlanib, buyurtmachilarga etkazib berildi.

Ta’kidlash kerakki, korxona mahsulotlariga talab kun sayin ortmoqda. Chunki ular an’anaviy lampalarga nisbatan 10 - 20 martagacha kam energiya sarflaydi, qolaversa, foydalanish muddati uzok - 30 yil. Shu ma’noda, u nafaqat elektr energiyasini, bal­ki iste’molchi mablag’ini ham tejaydi.

- Ishlab chiqarish hajmi va sifatini oshirish, mahsulot tannarxini yanada arzonlashtirishga alohida e’tibor qaratayapmiz, - deydi korxona rahbari Jasur Ahmedov. - Shu bois buyurtmalar ko’payib, daromadimiz ham ortmoqda. Ayni paytda mahsulotimizdan aholi xonadonlaridan tashqari, xalq xo’jaligining barcha tarmog’ida keng foydalanilayapti. Kelgusida ko’cha va sayilgoxlar uchun tejamkor lampalar tayyorlashni yo’lga qo’ymoqchimiz.

Joriy yilda korxonaning to’liq quvvat bilan ishlashiga erishish, jamoa a’zolari sonini 60 nafarga etkazish mo’ljallanmoqda. Bu yil davomida 3 million dona mahsulot tayyorlanib, aholi va sanoat korxonalarining ekologik xavfsiz hamda tejamkor lampalarga bo’lgan ehtiyojini ta’min­lash imkoniyati yaratiladi, deganidir.

Oybek RAHIMOV,

"Xalq so’zi” 2016 yil 27 mart, № 43 (6478)