Gerb Bayroq Madhiya Davlat mukofotlari Bosh sahifa Mobil versiya Sayt xaritasi Forum
Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!   Click to listen highlighted text! Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!
Матнни тинглаш!
0(362) 223-00-18
Ish tartibi 900 - 1800
  • xorazm.uz

    Yurtboshimizning tabiri bilan aytganda, Xorazm «O‘zbek davlatchiligining ilk tamal toshi qo‘yilgan muqaddas zamin!». Insoniyat tamadduni o‘choqlaridan hisoblanmish bu ko‘hna yurtdan ne-ne buyuk allomalar, qomuschi olimlar, ahli donishlar, avliyo-anbiyolar yetishib chiqgan.

  • xorazm.uz

    Istiqlol tufayli yurtimizdagi qadim shaharlar va qal’alar, madaniyat o‘choqlarini ko‘rish, ziyorat qilish uchun yetti iqlimdan kelayotgan sayyohlarning soni yildan-yilga oshmoqda. Jahon bizning mo‘tabar yurtimizni ko‘rishga orzumand!

  • xorazm.uz

    2017-2018 yillarda Xorazm viloyati sanoati salohiyatini rivojlantirish dasturi amaliyotga allaqachon tatbiq qilinayotgan ulkan qurilishu ta‘mirlash, eng zamonaviy asbob-uskunalar keltirish, kerakli mutaxassislarni o‘qitish, o‘rgatish jarayoni jadal yo‘lga qo‘yildi.

  • xorazm.uz

    Xalqimiz dasturxonining fayziyobligi, bozorlarimizning to‘kinligiyu oziq-ovqat mahsulotlarining serobligi, arzonligi, bir so‘z bilan aytganda yurtimiz farovonligi bobodehqonlarimizning mehnati mahsulidir. Xorazm voxasi qishloq xo‘jaligi soxasida xam yetakchilardan hisoblanadi.

Fotoalbom

» Barcha fotoalbomlar

Videoteka

» Barcha video fayllar

Tarix

Хоразм: Кеча ва бугун
Хоразм ўзининг қадим тарихи, бой маданиятига эга бўлган Ўзбекистондаги эътиборга молик ҳудудлардан биридир. Инсониятнинг илк ёзма ёдгорликларидан бири ҳисобланган зардуштийликнинг муқаддас китоби “Авесто” шу диёрда яратилган. Бундан уч минг йиллар илгари ҳам Хоразмнинг ўз ёзуви мавжуд эди. Батафсил...


Хоразм ҳақида битиклардаги илк ёзувлар. ДОРО I нинг Беҳсутун битиги
(ерамиздан аввалги 521-486 йиллар)

Ушбу битик Карманшоҳ яқинидаги денгиз сатҳидан 152 метр юқорироқда бўлган Беҳсутун қоясига ўйиб ёзилган. Битикнинг юқорисида улкан барелеф мавжуд. Унда тўққиз нафар шоҳ ва уруғларнинг бошлиқлари қўллари боғланган ва бўйинларига сиртмоқ солинган ҳолда Доронинг олдида тургани тасвирланган. Уларнинг ўнинчисининг устига шоҳ оёғини қўйиб турибди. Битик беш устун ва 414 сатрдан иборат. У уч тилда битилган (елам, бобил ва эски форс тилларида). Батафсил...



“SOG‘LOM BOLA YILI” DAVLAT DASTURI IJROSI CHUQUR TAHLIL ASOSIDA MUHOKAMA QILINDI
05.12.2014

O‘zbskiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Byudjet va iqtisodiy islohotlar masalalari hamda Tashqi siyosat masalalari ko‘mitalarining xalq deputatlari Xorazm viloyati Kengashi bilai birgalikda Xorazm viloyati xokimligida bo‘lib o‘tgan qo‘shma majlisida Xorazm viloyatida “Sog‘lom bola yili” Davlat disturiii amalga oshirishda O‘zbekistoi Respublikasi Davlat byudjeti va xalqaro moliyaviy tashkilotlarning mablag‘laridan maqsadli xamda samarali foydalanish xolatini o‘rganish natijalari muhokama qilindi.
Majlisda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining a’zolari, xalq deputatlari viloyat, tumanlar va shahar Kengashlarining deputatlari, mahalliy davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining rahbarlari, qator vazirlik va idoralarning, huquqni muhofaza qiluvchi organlarning, nodavlat notijorat tashkilotlar, xotin-qizlar qo‘mitalari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, shuningdek ommaviy axborot vositalarining vakillari qatnashdilar.
Majlisni xalq deputatlari viloyat Kengashi raisi, viloyat hokimi P.Bobojonov kirish so‘zi bilan ochdi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Byudjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qo‘mitasi raisi A.Altiev majlisda so‘zga chiqdi.
Majlisda O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasining yetakchi mutaxassisi M.Fayziev ma’ruza qildi.
Mamlakatimizda mustaqillik yillarida jismoniy sog‘lom, manaviy yetuk va barkamol rivojlangan, intellektual salohiyatga, chuqur bilim va zamonaviy dunyoqarashga ega iste’dodli yosh avlodni tarbiyalab voyaga yetkazish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.
2014 yilning “Sog‘lom bola yili” deb e’lon qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Sog‘lom bola yili” Davlat dasturi to‘g‘risida”gi Qarori asosida ushbu sohadagi vazifalarni amalga oshirishga mavjud resurslar va imkoniyatlarni safarbar qilish, davlat, nodavlat va jamoat tashkilotlarini, keng jalb etish bo‘yicha aniq maqsadga yo‘naltirilgan keng ko‘lamdagi kompleks chora-tadbirlar ishlab chiqilib, amaliyotga tatbiq etilmoqda.
“Sog‘lom bola yili” Davlat dasturi ijrosini ta’minlash maqsadida Xorazm viloyati hokimining 2014 yil 4 martdagi qaroriga muvofiq “Sog‘lom bola yili” hududiy Dasturi ishlab chiqildi. Hududiy Dasturni amalga oshirish uchun 2014 yilda jami 366 mlrd. 657,0 mln. so‘m va 12,08 mln. AQSH dollari ajratilishi ko‘zda tutilgan. Shundan, byudjet va byudjetdan tashqari jamg‘armalar mablag‘lari 164 mlrd. 320,3 mln. so‘m, ijrochilar va homiylar mablag‘lari 76 mlrd. 957,2 mln.so‘m va 26,3 ming AQSH dollari, tijorat banklari kredit mablag‘lari 125 mlrd. 359,7 mln. so‘m hamda halqaro tashkilotlar va moliya institutlari mablag‘lari va grantlari 19,8 mln. so‘m va 12,05 mln. AQSh dollarini tashkil etadi.
Hududiy Dasturda 7 ta yo‘nalish bo‘yicha 108 ta tadbirlarning ijrosini ta’minlash nazarda tutilgan bo‘lib, ular izchil ravishda amalga oshirilmoqda.
2014 yilning 9 oyi davomida xududiy Dasturning bajarilishi uchun 398 mlrd.320,3mlnso‘m,2 mln. 654,6 ming AQSh dollari va 278,3 ming yevro miqdorida mablag‘lar ajratildi. Shundan, byudjet va byudjetdan tashqari jamg‘armalar mablag‘lari 147 mlrd. 457,7 mln. so‘m, ijrochilar va homiylar mablag‘lari 109 mlrd. 557,9 mln. so‘m, tijorat banklari kredit mablag‘lari 140 mlrd. 847,0 mln. so‘m hamda xalqaro tashkilotlar va moliya institutlari mablag‘lari va grantlari 457,7 mln. so‘m, 1 mln.289,4 ming AQSh dollari va 278,3 ming evroni tashkil etadi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2003 yil 25 avgustdagi “Nikohlanuvchi shaxslarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorini ijro etish maqsadida FXDYo organlari yo‘llanmasi bo‘yicha nikohlanuvchi shaxslar maxsus tibbiy guruxlar tomonidan 5 turdagi kasallik (ruhiy, giyohvandlik, teritanosil, sil, OITS kasalliklari) yuzasidan bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkazib kelinmoqda. Joriy yilning o‘tgan davri mobaynida viloyat bo‘yicha 10 750 ta nikoh qayd qilingan bo‘lib, 20 632 nafar nikohlanuvchi shaxs yo‘llanma asosida tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilishi natijasida ularning 88 nafari yuqoridagi qarorda ko‘rsatilgan 5 turdagi kasallikka chalinganligi aniqlangan. Joriy yilda sog‘lom bolani voyaga yetkazishda, sog‘lom bolalar tug‘ilishida sog‘liqni saqlash tizimi va tibbiyot xodimlarining roli va mas’uliyatini oshirish, sog‘liqni saqlash tizimining moddiy-texnika bazasini bosqichma-bosqich mustahkamlash, shuningdek kapital ta’mirdan chiqarish, jihozlash bo‘yicha tegishli ishlar olib borildi. Xususan, joriy yilning 9 oyida BMT tomonidan 9,0 ming AKSh dollarlik zamonaviy klinik bioximik laboratoriya, “Global” jamg‘arma tomonidan 267,5 mln. so‘mlik dori-darmon va test sinamalar, “KfW” banki (Germaniya) mablag‘lari hisobidan 168,2 ming evroga 20 dona tibbiy apparaturalar keltirilib, ishga tushirildi. Yaponiyaning “Shumadzi” kompaniyasi   granti   asosida Hazorasp, Bog‘ot, Xonqa, Yangiariq, Xiva, Shovot, Qo‘shko‘pir tumanlariga har biri 340,0 mln. so‘mlik 14 ta raqamli rentgen apparati hamda tuman tibbiyot birlashmalariga 15 dona avtoklav o‘rnatildi.
Maktabgacha ta’lim muassasalarining 30 716 nafar tarbiyalanuvchilaridan 29 261 nafari (95,2%), umumta’lim maktablari 261 695 nafar o‘quvchilaridan 256 226 nafari (97,9%) mutaxassislar ishtirokida chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi.
Bu yilning o‘zida aholining turmush darajasi va sifatini yanada oshirish, yangi uy-joylar qurish, zamonaviy yo‘llar va muhandislik kommunikatsiya infratuzilmalarini rivojlantirish, aholi punktlarini toza ichimlik suvi bilan uzluksiz ta’minlash yuzasidan tegishli ishlar amalga oshirildi. Xususan, 2014 yilda qishloq joylarda namunaviy loyihalar bo‘yicha 807 ta yakka tartibdagi uy-joy qurilishi uchun jami 129 mlrd. 120,0 mln. so‘m, shundan 51 mlrd. 563,3 mln. so‘m aholi mablag‘i va 77 mlrd. 556,7 mln. so‘m imtiyozli ipoteka kre-ditlar ajratilishi rejalashtirildi. Belgilangan vazifalar joylarda amalga oshirildi.
Viloyatda joriy yilda mahalliy byudjet mablag‘lari xisobidan 3 ta “Barkamol avlod” bolalar markazini mukammal ta’mirlash va jixozlash ishlari uchun 1 mlrd. 929,8 mln. so‘m, Urganch tumanidagi “Barkamol avlod” bolalar markazi uchun 585,3 mln.so‘m, Shovot tumanidagi “Barkamol avlod” bolalar markazi uchun 561,0 mln. so‘m, Xonqa tumanidagi “Barkamol avlod” bolalar markazi uchun 783,5 mln. so‘m mablag‘ ajratildi.
Ayni paytda bu maskanlarda yosh iste’dodlar qiziqish bilan, shug‘ullanmoqdalar. Shuningdek, byudjetdan tashqari umumta’lim maktablari, kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar va tibbiy muassasalarini rekonstruktsiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan 2014 yil uchun tuzilgan manzilli ro‘yxatga asosan 22 ta umumta’lim maktablarini rekonstruktsiya qilish va mukammal ta’mirlash ishlari uchun 16 mlrd, 142,4 mln. so‘m ajratilib, ta’mirlash ishlari bajarildi. Bugun ta’lim muassasalarida o‘g‘il-qizlarimizning fan sirlarini o‘rganishlari, o‘zlari xohlagan to‘garaklarda shug‘ullanishlari uchun imkoniyat ko‘lami yanada kengaydi.
Majlisda viloyat hokimining birinchi o‘rinbosari Sh.Xo‘janiezova ma’ruza qilib, “Sog‘lom bola yili” Davlat dasturi yil davomida faoliyatda dasturi amal bo‘lib, olib borilayotgan keng qamrovli faoliyatga yanada e’tiborni qaratdi.
Ta’lim, tibbiyot muassasalarining moddiy  texnika bazasi yanada, murtahkamlanishi ta’lim, tarbiya va tibbiy xizmatko‘rsatish yo‘nalishidagi faoliyatni takomillashtirishga ijobiy ta’sir ko‘rsatdi. O‘quvchi yoshlarning bo‘sh vaqtlarini samarali tashkil etish uchun yaratilgan sharoitlar, ularning o‘z iqtidorlarini keng namoyon qilishlari imkonini berdi. Joriy yilda ko‘plab o‘quvchilar, yoshlar respublika, xalqaro tanlovlarda, festivallarda, sport musobaqalarida ishtirok etib, yuksak natijalarga erishdilar.
Majlisda viloyatda “Sog‘lom bola yili” Davlat dasturini amalga oshirishda xalq deputatlari Xorazm viloyati Kengashining Mahalliy byudjetni shakllantirish va ijro etish, iqtisodiy. islohotlarni amalga oshirish va tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari doimiy komissiyasi raisi, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining Xorazm viloyati bosh boshqarmasi boshlig‘i E.Bobojonov, viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i K.Tangriberdiev, viloyat xalq ta’limi boshqarmasining boshlig‘i E.Xudoynazarov, viloyat o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi hududiy boshqarmasi boshlig‘i P.Qalandarovlarning hisobotlari eshitildi.
Qo‘shma majlis qatnashchilari o‘zaro fikr almashdilar, muhokama qilinayotgan masalalar yuzasidan qator takliflar va tavsiyalarni bildirdilar.
Muhokama yakunlari bo‘yicha tegishli qo‘shma qaror qabul qilindi.

“Xorazm xaqiqati” 2014 yil 3 dekabr № 96 (19130)