Gerb Bayroq Madhiya Davlat mukofotlari Bosh sahifa Mobil versiya Sayt xaritasi Forum
Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!   Click to listen highlighted text! Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!
Матнни тинглаш!
0(362) 223-00-18
Ish tartibi 900 - 1800
  • xorazm.uz

    Yurtboshimizning tabiri bilan aytganda, Xorazm «O‘zbek davlatchiligining ilk tamal toshi qo‘yilgan muqaddas zamin!». Insoniyat tamadduni o‘choqlaridan hisoblanmish bu ko‘hna yurtdan ne-ne buyuk allomalar, qomuschi olimlar, ahli donishlar, avliyo-anbiyolar yetishib chiqgan.

  • xorazm.uz

    Istiqlol tufayli yurtimizdagi qadim shaharlar va qal’alar, madaniyat o‘choqlarini ko‘rish, ziyorat qilish uchun yetti iqlimdan kelayotgan sayyohlarning soni yildan-yilga oshmoqda. Jahon bizning mo‘tabar yurtimizni ko‘rishga orzumand!

  • xorazm.uz

    2017-2018 yillarda Xorazm viloyati sanoati salohiyatini rivojlantirish dasturi amaliyotga allaqachon tatbiq qilinayotgan ulkan qurilishu ta‘mirlash, eng zamonaviy asbob-uskunalar keltirish, kerakli mutaxassislarni o‘qitish, o‘rgatish jarayoni jadal yo‘lga qo‘yildi.

  • xorazm.uz

    Xalqimiz dasturxonining fayziyobligi, bozorlarimizning to‘kinligiyu oziq-ovqat mahsulotlarining serobligi, arzonligi, bir so‘z bilan aytganda yurtimiz farovonligi bobodehqonlarimizning mehnati mahsulidir. Xorazm voxasi qishloq xo‘jaligi soxasida xam yetakchilardan hisoblanadi.

Fotoalbom

» Barcha fotoalbomlar

Videoteka

» Barcha video fayllar

Tarix

Хоразм: Кеча ва бугун
Хоразм ўзининг қадим тарихи, бой маданиятига эга бўлган Ўзбекистондаги эътиборга молик ҳудудлардан биридир. Инсониятнинг илк ёзма ёдгорликларидан бири ҳисобланган зардуштийликнинг муқаддас китоби “Авесто” шу диёрда яратилган. Бундан уч минг йиллар илгари ҳам Хоразмнинг ўз ёзуви мавжуд эди. Батафсил...


Хоразм ҳақида битиклардаги илк ёзувлар. ДОРО I нинг Беҳсутун битиги
(ерамиздан аввалги 521-486 йиллар)

Ушбу битик Карманшоҳ яқинидаги денгиз сатҳидан 152 метр юқорироқда бўлган Беҳсутун қоясига ўйиб ёзилган. Битикнинг юқорисида улкан барелеф мавжуд. Унда тўққиз нафар шоҳ ва уруғларнинг бошлиқлари қўллари боғланган ва бўйинларига сиртмоқ солинган ҳолда Доронинг олдида тургани тасвирланган. Уларнинг ўнинчисининг устига шоҳ оёғини қўйиб турибди. Битик беш устун ва 414 сатрдан иборат. У уч тилда битилган (елам, бобил ва эски форс тилларида). Батафсил...



SOLIQ DEKLARATSIYASINI TAQDIM ETISHNI UNUTMANG
07.03.2018

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan xalqimiz turmush farovonligini yuksaltirish, aholining real daromadlarini oshirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Xususan, hududlarda ishlab chiqarishni rivojlantirish, aholini tadbirkorlikka jalb etish, fuqarolarning o‘z daromadlarini ko‘paytirishi, uni erkin tasarruf etishi uchun barcha sharoit va imkoniyatlar yaratilmoqda.

Mamlakatimizda amaldagi mehnat qonunchiligiga ko‘ra, jismoniy shaxslar asosiy ish joyidan tashqari boshqa korxona-tashkilotda o‘rindoshlik asosida ishlash, shuningdek, o‘ziga tegishli mol-mulkni ijaraga berish hamda qonun bilan taqiqlanmagan boshqa faoliyatlar bilan shug‘ullanish orqali cheklanmagan miqdorda daromad olishlari mumkin. 

Ma’lumki, jismoniy shaxslarning daromadlarni deklaratsiya asosida soliqqa tortish munosabatlari Soliq kodeksi va boshqa qonun hujjatlarida belgilangan normalar asosida tartibga solinadi. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 167-moddasiga muvofiq, soliq solinadigan daromadga ega bo‘lgan jismoniy shaxslar jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i to‘lovchilari hisoblanadi.

Ushbu daromadlar tarkibi Soliq kodeksining 189-moddasida ko‘rsatib o‘tilgan bo‘lib, ularga mulkiy daromadlari, agar bu daromadlarga to‘lov manbaida soliq solinmagan bo‘lsa, fan, adabiyot va san’at asarlarini yaratganlik hamda ulardan foydalanganlik uchun mualliflik haqi tariqasida, asosiy bo‘lmagan ish joyidan olingan moddiy naf tarzidagi, ikki yoki undan ko‘p manbadan, O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqaridagi manbalardan, soliq agentlari bo‘lmagan manbalardan olingan daromadlari deklaratsiya asosida soliq solinadigan daromad turlariga kiradi. 

Jismoniy shaxs tomonidan jami yillik daromadi to‘g‘risidagi deklaratsiyadan tashqari mol-mulkini ijaraga berishdan olgan daromadi bo‘yicha dastlabki deklaratsiyalarni ham taqdim etishlari lozimligi belgilangan. 

Mol-mulkini ijaraga berish orqali daromad olayotgan jismoniy shaxslar tomonidan, ijaradan daromadlar paydo bo‘lgan kundan e’tiboran birinchi oy tugaganidan keyin besh kunlik muddatda dastlabki deklaratsiya hamda hisobot yilidan keyingi yilning 1 aprelidan kechiktirmay doimiy yashash joyidagi davlat soliq xizmati organiga jami yillik daromadlari to‘g‘risida deklaratsiya taqdim etilishi lozim. 

Mol-mulkni ijaraga berishdan daromad olgan jismoniy shaxslar daromad solig‘ini dastlabki deklaratsiya asosida har oyda daromad olingan oydan keyingi oyning beshinchi kunigacha to‘lashlari lozim.

Deklaratsiya asosida hisoblangan daromad solig‘i yuqorida qayd etilgan muddatlarda to‘lanmagan taqdirda to‘lov muddati o‘tkazib yuborilgan har bir kun uchun (to‘lov kuni ham shunga kiradi) 0,033 foiz miqdorida penya hisoblashga sabab bo‘ladi. Jismoniy shaxslarning soliq qarzlari davlat soliq xizmati organlarining da’vo arizalari asosida sud tartibida majburiy undiriladi. 

Agar soliq to‘lovchi daromadlar to‘g‘risidagi deklaratsiyani taqdim etmagan bo‘lsa, shuningdek oldin taqdim etilgan deklaratsiyada noto‘g‘ri ma’lumotlar aniqlangan taqdirda, davlat soliq xizmati organi jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i summasini o‘zidagi mavjud axborot asosida eng yuqori stavka bo‘yicha hisoblashga va to‘lanishi lozim bo‘lgan daromad solig‘i summasi to‘g‘risida soliq to‘lovchiga o‘n kunlik muddat ichida to‘lov xabarnomasini topshirishga haqli. 

Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 574 va 603-moddalariga hamda Uy-joy kodeksining 86-moddasiga muvofiq fuqarolar o‘rtasida tuzilgan ko‘chmas mulkni - uy-joyni va noturar joyni ijaraga berish shartnomalari notarial tasdiqlangan bo‘lishi kerak. Bunda, uy-joyni va noturar joyni ijaraga berish shartnomalarini notarial tasdiqlash faqat jismoniy shaxslar o‘rtasida tuzilgan shartnomalarga taalluqli bo‘lib, taraflarning biri jismoniy shaxs bo‘lmaganda shartnomalar ixtiyoriylik asosida notarial tasdiqlanishi mumkin. 

Mol-mulkni ijaraga berishdan daromad olgan jismoniy shaxslar dastlabki deklaratsiyani o‘zlari uchun qulay bo‘lgan joyda va kunning istalgan vaqtida, Davlat soliq qo‘mitasi rasmiy www.soliq.uz sayti va Elektron soliq xizmatlari portali – my.soliq.uz orqali ko‘rsatilayotgan «Jismoniy shaxslarning daromadlari to‘g‘risidagi soliq deklaratsiyalarini qabul qilish va qayta ishlash» elektron davlat xizmatidan foydalangan holda, elektron shaklda topshirishlari mumkin. Ushbu xizmat soliq deklaratsiyalarini xatosiz to‘ldirishda yordam berishi bilan birga juda oddiy bo‘lib, buning uchun faqat elektron raqamli imzoga ega bo‘lish talab qilinadi.

Shu o‘rinda qayd etish joizki, agar jismoniy shaxsning asosiy bo‘lmagan ish joyidan olgan daromadidan uning arizasiga ko‘ra, soliq eng yuqori stavka asosida ushlab qolingan bo‘lsa, deklaratsiya taqdim etishlari talab etilmaydi.

Shuningdek, jismoniy shaxslar tomonidan dividendlar tarzida olingan daromadlariga deklaratsiya asosida soliq solinmaydi, ushbu daromad to‘lov manbaida soliq solinadigan daromadlar tarkibiga kiritilgan. 



Shuhrat Saidov

Xorazm viloyati davlat soliq boshqarmasi 

boshlig‘i o‘rinbosari