Gerb Bayroq Madhiya Davlat mukofotlari Bosh sahifa Mobil versiya Sayt xaritasi Forum
Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!   Click to listen highlighted text! Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!
Матнни тинглаш!
0(362) 223-00-18
Ish tartibi 900 - 1800
  • xorazm.uz

    Yurtboshimizning tabiri bilan aytganda, Xorazm «O‘zbek davlatchiligining ilk tamal toshi qo‘yilgan muqaddas zamin!». Insoniyat tamadduni o‘choqlaridan hisoblanmish bu ko‘hna yurtdan ne-ne buyuk allomalar, qomuschi olimlar, ahli donishlar, avliyo-anbiyolar yetishib chiqgan.

  • xorazm.uz

    Istiqlol tufayli yurtimizdagi qadim shaharlar va qal’alar, madaniyat o‘choqlarini ko‘rish, ziyorat qilish uchun yetti iqlimdan kelayotgan sayyohlarning soni yildan-yilga oshmoqda. Jahon bizning mo‘tabar yurtimizni ko‘rishga orzumand!

  • xorazm.uz

    2017-2018 yillarda Xorazm viloyati sanoati salohiyatini rivojlantirish dasturi amaliyotga allaqachon tatbiq qilinayotgan ulkan qurilishu ta‘mirlash, eng zamonaviy asbob-uskunalar keltirish, kerakli mutaxassislarni o‘qitish, o‘rgatish jarayoni jadal yo‘lga qo‘yildi.

  • xorazm.uz

    Xalqimiz dasturxonining fayziyobligi, bozorlarimizning to‘kinligiyu oziq-ovqat mahsulotlarining serobligi, arzonligi, bir so‘z bilan aytganda yurtimiz farovonligi bobodehqonlarimizning mehnati mahsulidir. Xorazm voxasi qishloq xo‘jaligi soxasida xam yetakchilardan hisoblanadi.

Fotoalbom

» Barcha fotoalbomlar

Videoteka

» Barcha video fayllar

Tarix

Хоразм: Кеча ва бугун
Хоразм ўзининг қадим тарихи, бой маданиятига эга бўлган Ўзбекистондаги эътиборга молик ҳудудлардан биридир. Инсониятнинг илк ёзма ёдгорликларидан бири ҳисобланган зардуштийликнинг муқаддас китоби “Авесто” шу диёрда яратилган. Бундан уч минг йиллар илгари ҳам Хоразмнинг ўз ёзуви мавжуд эди. Батафсил...


Хоразм ҳақида битиклардаги илк ёзувлар. ДОРО I нинг Беҳсутун битиги
(ерамиздан аввалги 521-486 йиллар)

Ушбу битик Карманшоҳ яқинидаги денгиз сатҳидан 152 метр юқорироқда бўлган Беҳсутун қоясига ўйиб ёзилган. Битикнинг юқорисида улкан барелеф мавжуд. Унда тўққиз нафар шоҳ ва уруғларнинг бошлиқлари қўллари боғланган ва бўйинларига сиртмоқ солинган ҳолда Доронинг олдида тургани тасвирланган. Уларнинг ўнинчисининг устига шоҳ оёғини қўйиб турибди. Битик беш устун ва 414 сатрдан иборат. У уч тилда битилган (елам, бобил ва эски форс тилларида). Батафсил...



Soliq monitoringi haqida xabardomisiz?
13.03.2018

Joriy yildan boshlab soliq va byudjet siyosatiga kiritilgan o‘zgarishlar bo‘yicha tadbirkorlik sub’ektlariga bir qator engiliklar yaratib berildi.
Xususan, Yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun qat’iy belgilangan soliq stavkalari o‘rtacha 30 foizga pasaytirilib tadbirkorlik sub’ektlariga soliq yukini yanada kamaytirish maqsadida, ularning faoliyatini amalga oshiradigan hududiga qarab ajratgan holda soliqqa tortish belgilandi.
Bundan tashqari, Soliq kodeksi halol soliq to‘lovchilarga soliq solishga doir joriy masalalarni hal qilishda har tomonlama ko‘mak berish orqali ular va soliq organlari o‘rtasida kengaytirilgan axborot almashinuvini nazarda tutadigan soliq monitoringi joriy etilishini belgilab beruvchi yangi Soliq monitoringi bobi bilan to‘ldirildi.
Shu o‘rinda qayd etib o‘tish joizki, Soliq monitoringi – Soliq organlari va insofli soliq to‘lovchilar o‘rtasida ularga joriy soliq solish masalalarini hal qilishda har tomonlama ko‘maklashgan holda kengaytirilgan axborot almashinuvini nazarda tutuvchi soliq nazoratining zamonaviy shakli. Soliq monitoringi insofli soliq to‘lovchi va soliq organi o‘rtasida tuziladigan bitimga asosan ixtiyoriy tarzda amalga oshiriladi. Monitoring davrida soliq to‘lovchi o‘zining buxgalteriya va moliya ma’lumotlarini doimiy kuzatib borishga soliq organlariga ruxsat beradi, soliq organlari esa ularning joriy soliq solish masalalarini hal qilishda har tomonlama ko‘maklashadi va mumkin bo‘lgan xo‘jalik operatsiyalariga xulosa berib boradi. 
Natijada, soliq to‘lovchilar tomonidan soliq majburiyatlarini bajarishda yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan xato va kamchiliklarning oldini olish, soliq ma’muriyatchiligi bilan bog‘liq munozarali masalalarni tezda hal qilish, penya va jarimalar yozilishi tufayli moliyaviy ahvolning yomonlashuviga olib keladigan vaziyatlarni bartaraf etish imkoniyati yaratiladi. 
Xorazm viloyat davlat soliq boshqarmasi
Jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bo‘limi