Gerb Bayroq Madhiya Davlat mukofotlari Bosh sahifa Mobil versiya Sayt xaritasi Forum
Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!   Click to listen highlighted text! Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!
Матнни тинглаш!
0(362) 223-00-18
Ish tartibi 900 - 1800
  • xorazm.uz

    Yurtboshimizning tabiri bilan aytganda, Xorazm «O‘zbek davlatchiligining ilk tamal toshi qo‘yilgan muqaddas zamin!». Insoniyat tamadduni o‘choqlaridan hisoblanmish bu ko‘hna yurtdan ne-ne buyuk allomalar, qomuschi olimlar, ahli donishlar, avliyo-anbiyolar yetishib chiqgan.

  • xorazm.uz

    Istiqlol tufayli yurtimizdagi qadim shaharlar va qal’alar, madaniyat o‘choqlarini ko‘rish, ziyorat qilish uchun yetti iqlimdan kelayotgan sayyohlarning soni yildan-yilga oshmoqda. Jahon bizning mo‘tabar yurtimizni ko‘rishga orzumand!

  • xorazm.uz

    2017-2018 yillarda Xorazm viloyati sanoati salohiyatini rivojlantirish dasturi amaliyotga allaqachon tatbiq qilinayotgan ulkan qurilishu ta‘mirlash, eng zamonaviy asbob-uskunalar keltirish, kerakli mutaxassislarni o‘qitish, o‘rgatish jarayoni jadal yo‘lga qo‘yildi.

  • xorazm.uz

    Xalqimiz dasturxonining fayziyobligi, bozorlarimizning to‘kinligiyu oziq-ovqat mahsulotlarining serobligi, arzonligi, bir so‘z bilan aytganda yurtimiz farovonligi bobodehqonlarimizning mehnati mahsulidir. Xorazm voxasi qishloq xo‘jaligi soxasida xam yetakchilardan hisoblanadi.

Fotoalbom

» Barcha fotoalbomlar

Videoteka

» Barcha video fayllar

Tarix

Хоразм: Кеча ва бугун
Хоразм ўзининг қадим тарихи, бой маданиятига эга бўлган Ўзбекистондаги эътиборга молик ҳудудлардан биридир. Инсониятнинг илк ёзма ёдгорликларидан бири ҳисобланган зардуштийликнинг муқаддас китоби “Авесто” шу диёрда яратилган. Бундан уч минг йиллар илгари ҳам Хоразмнинг ўз ёзуви мавжуд эди. Батафсил...


Хоразм ҳақида битиклардаги илк ёзувлар. ДОРО I нинг Беҳсутун битиги
(ерамиздан аввалги 521-486 йиллар)

Ушбу битик Карманшоҳ яқинидаги денгиз сатҳидан 152 метр юқорироқда бўлган Беҳсутун қоясига ўйиб ёзилган. Битикнинг юқорисида улкан барелеф мавжуд. Унда тўққиз нафар шоҳ ва уруғларнинг бошлиқлари қўллари боғланган ва бўйинларига сиртмоқ солинган ҳолда Доронинг олдида тургани тасвирланган. Уларнинг ўнинчисининг устига шоҳ оёғини қўйиб турибди. Битик беш устун ва 414 сатрдан иборат. У уч тилда битилган (елам, бобил ва эски форс тилларида). Батафсил...



SUV - HAYOT MANBAI
10.08.2018

O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi, Yevropa Ittifoqining Osiyo mintaqasidagi ekologiya markazining O‘zbekistondagi vakolatxonasi hamda "Suvchi" jamoat birlashmasi Xorazm viloyati hokimligi bilan hamkorlikda suvdan unumli foydalanish, aholi va iqtiso-diyot tarmoqlari ehtiyojini qondirish, suvning bug‘lanish, ifloslanish va kamayib ketishining oldini olish, suv inshootlari holatini yaxshilash, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, fermer xo‘jaliklari, tomorqa er egalarining suvga bo‘lgan munosabatini har tomonlama chuqurlashtirish yuzasidan keng doirada targ‘ibot-tashviqot tadbirlari o‘tkazmoqda. Urganch shahrida "O‘zbekistonda suv va atrof-muhit masalalari bo‘yicha xabardorlikni oshirish hamda hamkorlikni rivojlantirish" loyihasi doirasida seminar-trening o‘tkazildi. Respublika "Suvchi" jamoat birlashmasi raisi, loyiha muallifi Tohir Majidov o‘z ma’ruzasida suvning hayot manbai, suv azaldan yer yuzida bebaho ne’mat sifatida qadrlanib kelinganligini misollar bilan tushuntirdi. Shuningdek, ma’ruzachi o‘z so‘zida mamlakatimizda keyingi yillarda suvga bo‘lgan ehtiyoj tobora oshib borayotganligini, uning qanday sarflanishi va suv ta’minoti bo‘yicha yuzaga kelgan muammolarni bartaraf etish choralari haqida batafsil gapirib o‘tdi. Loyiha mutaxassisi Alimardon Xo‘jaqulov Respublikamizdagi asosiy suv manbalari haqida ma’lumot berar ekan, suvning har tomchisidan oqilona foydalanish borasidagi taklif, qimmatli fikr-mulohazalarini bildirdi. Mehnat faxriysi Iskandar Qalandarov Xorazm viloyatining suv va ekologiya masalalariga to‘xtaldi. Suv qadri haqida videolavhalar namoyish qilindi. Ishtirokchilar O‘zbekiston Respublikasining "Suv va suvdan foydalanish to‘g‘risida"gi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasidagi suv omborlari, havzalari,daryolar, magistral kanallar, kollektorlar, ichimlik va maishiy suv ta’minoti, davolash va madaniy-sog‘lomlashtirishda ishlatiladigan suv manbalarini muhofaza qilish borasidagi nizom bilan tanishtirildi. Seminar-treningda "Amudaryo" havzasi suv xo‘jaligi birlashmasi boshlig‘i o‘rinbosari Gulnora Tilyavova, viloyat tabiatni muhofaza qilish boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i Dilnoza Hajieva, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha Xorazm viloyati Kengashi raisining birinchi o‘rinbosari Oltiboy Rajabov, O‘zbekiston YOshlar ittifoqi Xorazm viloyati Kengashi vakillari - Hayotxon Sobirova, Adolat Xo‘jaeva, Mavluda Ro‘zimatova, Urganch Davlat universitetidan Anvar Niyozmatov, "Jayhun" mahallasi faoli Farhod Abdullaev va boshqalar suvdan foydalanish, uni tejab-tergash borasida o‘z munosabatlarini bildirib, seminar-treningda o‘rtaga tashlangan fikr-mulohazalar, qimmatli tavsiyalarni aholi, ayniqsa, yoshlar o‘rtasida keng targ‘ib-tashviq qilish zarurligini, bunga o‘zlari ham bosh-qosh bo‘lishlarini bildirdilar. Seminar-trening tabiatning eng bebaho in’omi - suvdan oqilona foydalanish va bu boradagi ma’lumotlarni aholiga etkazishda muhim ahamiyat kasb etadi.