Gerb Bayroq Madhiya Davlat mukofotlari Bosh sahifa Mobil versiya Sayt xaritasi Forum
Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!   Click to listen highlighted text! Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!
Матнни тинглаш!
0(362) 223-00-18
Ish tartibi 900 - 1800
  • xorazm.uz

    Yurtboshimizning tabiri bilan aytganda, Xorazm «O‘zbek davlatchiligining ilk tamal toshi qo‘yilgan muqaddas zamin!». Insoniyat tamadduni o‘choqlaridan hisoblanmish bu ko‘hna yurtdan ne-ne buyuk allomalar, qomuschi olimlar, ahli donishlar, avliyo-anbiyolar yetishib chiqgan.

  • xorazm.uz

    Istiqlol tufayli yurtimizdagi qadim shaharlar va qal’alar, madaniyat o‘choqlarini ko‘rish, ziyorat qilish uchun yetti iqlimdan kelayotgan sayyohlarning soni yildan-yilga oshmoqda. Jahon bizning mo‘tabar yurtimizni ko‘rishga orzumand!

  • xorazm.uz

    2017-2018 yillarda Xorazm viloyati sanoati salohiyatini rivojlantirish dasturi amaliyotga allaqachon tatbiq qilinayotgan ulkan qurilishu ta‘mirlash, eng zamonaviy asbob-uskunalar keltirish, kerakli mutaxassislarni o‘qitish, o‘rgatish jarayoni jadal yo‘lga qo‘yildi.

  • xorazm.uz

    Xalqimiz dasturxonining fayziyobligi, bozorlarimizning to‘kinligiyu oziq-ovqat mahsulotlarining serobligi, arzonligi, bir so‘z bilan aytganda yurtimiz farovonligi bobodehqonlarimizning mehnati mahsulidir. Xorazm voxasi qishloq xo‘jaligi soxasida xam yetakchilardan hisoblanadi.

Fotoalbom

» Barcha fotoalbomlar

Videoteka

» Barcha video fayllar

Tarix

Хоразм: Кеча ва бугун
Хоразм ўзининг қадим тарихи, бой маданиятига эга бўлган Ўзбекистондаги эътиборга молик ҳудудлардан биридир. Инсониятнинг илк ёзма ёдгорликларидан бири ҳисобланган зардуштийликнинг муқаддас китоби “Авесто” шу диёрда яратилган. Бундан уч минг йиллар илгари ҳам Хоразмнинг ўз ёзуви мавжуд эди. Батафсил...


Хоразм ҳақида битиклардаги илк ёзувлар. ДОРО I нинг Беҳсутун битиги
(ерамиздан аввалги 521-486 йиллар)

Ушбу битик Карманшоҳ яқинидаги денгиз сатҳидан 152 метр юқорироқда бўлган Беҳсутун қоясига ўйиб ёзилган. Битикнинг юқорисида улкан барелеф мавжуд. Унда тўққиз нафар шоҳ ва уруғларнинг бошлиқлари қўллари боғланган ва бўйинларига сиртмоқ солинган ҳолда Доронинг олдида тургани тасвирланган. Уларнинг ўнинчисининг устига шоҳ оёғини қўйиб турибди. Битик беш устун ва 414 сатрдан иборат. У уч тилда битилган (елам, бобил ва эски форс тилларида). Батафсил...



TADBIRKOR – ELGA MADADKOR
04.12.2015

   Yurtimiz shaharu qishloqlarida qad rostlayotgan binolarning tashqi hamda ichki bezaklari ular ko‘rkiga ko‘rk qo‘shuvchi vosita xisoblanadi.

   Biroq bunday pardozlash ashyolarining ham sifatli, ham arzon bo‘lishi buyurtmachiyu xaridorlarning ustuvor talabidir.

   Xiva tumanining Gandimiyon qishlog‘idagi "Jamol Yulduz savdo servis” xususiy korxonasi jamoasi o‘z faoliyatini yo‘lga qo‘yishda ana shu jihatlarni e’tiborga oldi. Natijada bu yerda bankning 500 million so‘mlik krediti va kichik biznes sub’ektining o‘z mablag‘i xisobiga shpaklyovka, profil, penoplast, lok-bo‘yoq kabi qurilish materiallarini ishlob chiqarish o‘zlashtirildi. Ular mijozlarga ma’qul tushayapti.

   - Ilg‘or texnologiyalarimiz yiliga bir milliard so‘mlikdan ziyod mahsulotlar tayyorlash quvvatiga ega, - deydi loyiha tashabbuskori Jamoliddin Otajonov. - Shu asosda kelgusida qurilish materiallarimiz turini 10 tadan oshirishni maqsad qilganmiz. Bu orqali jamoamizda ishlayotganlar soni 20 nafarga etadi. Muhimi, ilgari olis xududlardan keltiriladigan bunday mahsulotlar o‘zimizda ishlab chiqarilishi hisobiga mahalliy binokorlar hamda tuman aholisi uchun qo‘shimcha qulaylik yaratiladi.

   Umuman, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha o‘tgan keyingi yetti yilda viloyatda amalga oshirilgan ishlar natijasida, kichik biznes sub’ektlari soni keskin oshib, 2015 yil 1 oktyabr holatiga esa ular o‘n bir mingga yaqinni tashkil qildi.

   Natijada yalpi hududiy mahsulotda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning ulushi 2000 yildagi 34,2 % dan 2014 yilda 73,9 % gacha o‘sdi. Ularning sanoat ishlab chiqarishidagi ulishi esa mos davrda 24,0 % dan 29,7 % gacha ko‘tarildi.

   2015 yilda yanvar-sentyabr oylarida esa YAHMda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning ulushi 75,2 % ni, sanoatda esa 31,4 % ni tashkil etmoqda.

   Bugungi kunda sohada 532,7 ming kishi mehnat qilib, ular iqtisodiyotda band bo‘lgan aholining 78,2 % ni tashkil qilmoqda.

 

 

Viloyat hokimligining Axborot xizmati