Gerb Bayroq Madhiya Davlat mukofotlari Bosh sahifa Mobil versiya Sayt xaritasi Forum
Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!   Click to listen highlighted text! Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!
Матнни тинглаш!
0(362) 223-00-18
Ish tartibi 900 - 1800
  • xorazm.uz

    Yurtboshimizning tabiri bilan aytganda, Xorazm «O‘zbek davlatchiligining ilk tamal toshi qo‘yilgan muqaddas zamin!». Insoniyat tamadduni o‘choqlaridan hisoblanmish bu ko‘hna yurtdan ne-ne buyuk allomalar, qomuschi olimlar, ahli donishlar, avliyo-anbiyolar yetishib chiqgan.

  • xorazm.uz

    Istiqlol tufayli yurtimizdagi qadim shaharlar va qal’alar, madaniyat o‘choqlarini ko‘rish, ziyorat qilish uchun yetti iqlimdan kelayotgan sayyohlarning soni yildan-yilga oshmoqda. Jahon bizning mo‘tabar yurtimizni ko‘rishga orzumand!

  • xorazm.uz

    2017-2018 yillarda Xorazm viloyati sanoati salohiyatini rivojlantirish dasturi amaliyotga allaqachon tatbiq qilinayotgan ulkan qurilishu ta‘mirlash, eng zamonaviy asbob-uskunalar keltirish, kerakli mutaxassislarni o‘qitish, o‘rgatish jarayoni jadal yo‘lga qo‘yildi.

  • xorazm.uz

    Xalqimiz dasturxonining fayziyobligi, bozorlarimizning to‘kinligiyu oziq-ovqat mahsulotlarining serobligi, arzonligi, bir so‘z bilan aytganda yurtimiz farovonligi bobodehqonlarimizning mehnati mahsulidir. Xorazm voxasi qishloq xo‘jaligi soxasida xam yetakchilardan hisoblanadi.

Fotoalbom

» Barcha fotoalbomlar

Videoteka

» Barcha video fayllar

Tarix

Хоразм: Кеча ва бугун
Хоразм ўзининг қадим тарихи, бой маданиятига эга бўлган Ўзбекистондаги эътиборга молик ҳудудлардан биридир. Инсониятнинг илк ёзма ёдгорликларидан бири ҳисобланган зардуштийликнинг муқаддас китоби “Авесто” шу диёрда яратилган. Бундан уч минг йиллар илгари ҳам Хоразмнинг ўз ёзуви мавжуд эди. Батафсил...


Хоразм ҳақида битиклардаги илк ёзувлар. ДОРО I нинг Беҳсутун битиги
(ерамиздан аввалги 521-486 йиллар)

Ушбу битик Карманшоҳ яқинидаги денгиз сатҳидан 152 метр юқорироқда бўлган Беҳсутун қоясига ўйиб ёзилган. Битикнинг юқорисида улкан барелеф мавжуд. Унда тўққиз нафар шоҳ ва уруғларнинг бошлиқлари қўллари боғланган ва бўйинларига сиртмоқ солинган ҳолда Доронинг олдида тургани тасвирланган. Уларнинг ўнинчисининг устига шоҳ оёғини қўйиб турибди. Битик беш устун ва 414 сатрдан иборат. У уч тилда битилган (елам, бобил ва эски форс тилларида). Батафсил...



Tadbirkorlik rivoji yo‘lida.
29.03.2018

Ayni kunda mamlakatimizning barcha hududlarida tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, aholini ish bilan ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bu borada O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 29 dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining 2018 yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va Davlat byudjeti parametrlari to‘g‘risida”gi qarori muhim dasturil amal bo‘lmoqda. Mazkur qarorning amaliyotga tatbiq etilishi soliq sohasida yakka tartibdagi tadbirkorlar amaliy ko‘mak bermoqda. Chunki endilikda yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun qat’iy belgilangan soliq stavkalari o‘rtacha 30 foizga pasaytirilganligi tadbirkorlik sohisida bir qator engilliklar va qulay sharoitlar yaratib bermoqda. 

Shuningdek, dehqon bozorlarida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini sotish (uy xo‘jaligi, shu jumladan dehqon xo‘jaligida etishtirilgan ayrim mahsulotlardan tashqari) uchun qat’iy belgilangan soliq miqdori Toshkent shahri uchun eng kam ish haqining 5 baravari o‘rniga 2018 yilda 3,5 baravar, Nukus shahri va viloyat bo‘ysunuvidagi shaharlarda 4 baravari o‘rniga 

2,5 baravar, boshqa aholi punktlarida 2 baravari o‘rniga 

1,5 baravari miqdorida belgilandi. Bu kabi imkoniyat va imtiyozlarning yaratilishi o‘z navbatida fuqarolarni noqonuniy tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishini oldini olishda, shuningdek, soliq sohasidagi huquqbuzarliklarga chek qo‘yishda muhim ahamiyat kasb etadi. 

Hozirda Xorazm viloyati davlat soliq boshqarmasi tomonidan bozorlar va savdo komplekslari hududida hech qanday hujjatlarsiz, oziq-ovqat va nooziq-ovqat mahsulotlari savdosi bilan noqonuniy shug‘ullanib kelayotgan fuqarolarning faoliyatini qonuniylashtirish, ularga tadbirkorlik sohasida o‘z faoliyatini qonuniy olib borish masalalarida profilaktik yordamlar ko‘rsatilmoqda. Tadbirkorlar bilan o‘tkazilayotgan uchrashuvlarda hududlarda bozorlar va savdo komplekslari faoliyatini tashkil etish va boshqarishni yanada takomillashtirish, aholiga xizmat ko‘rsatish darajasini oshirish va savdo qilish sharoitlarini yaxshilash masalalari borasida qabul qilingan 


  Xususan, joriy yilning o‘tgan 2 oyi davomida viloyatdagi bozorlar va savdo komplekslari hududida ro‘yxatdan o‘tmasdan faoliyat yuritayotgan 220 nafar fuqarolarning faoliyati ro‘yxatga olinishi, 116 nafar norasmiy yollangan ishchilarning faoliyati qonuniylashtirilishi va ayrim sabablarga ko‘ra o‘z faoliyatini to‘xtatgan 238 nafar tadbirkorlarning faoliyatini tiklanishi ta’minlandi.

Davlat soliq xizmati xodimlari tomonidan mahalliy byudjetning daromadlar bazasini kengaytirish maqsadida o‘tkazilayotgan profilaktika tadbirlari tufayli qonuniy faoliyat olib boruvchi tadbirkorlar kungdan-kunga ko‘paymoqda. Natijada soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar bazasi kengayib, ularning yig‘iluvchanligi oshayotir. Har bir tadbirkor ish faoliyatini amaldagi qonunlar asosida va faoliyati bo‘yicha davlat byudjetiga to‘lanadigan soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni o‘z vaqtida amalga oshirish maqsadga muvofiq bo‘ladi.


Ulug‘bek Davlatov

                                                                                                          Xorazm viloyati davlat soliq boshqarmasi sho‘’ba boshlig‘i