Gerb Bayroq Madhiya Davlat mukofotlari Bosh sahifa Mobil versiya Sayt xaritasi Forum
Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!   Click to listen highlighted text! Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!
Матнни тинглаш!
0(362) 223-00-18
Ish tartibi 900 - 1800
  • xorazm.uz

    Yurtboshimizning tabiri bilan aytganda, Xorazm «O‘zbek davlatchiligining ilk tamal toshi qo‘yilgan muqaddas zamin!». Insoniyat tamadduni o‘choqlaridan hisoblanmish bu ko‘hna yurtdan ne-ne buyuk allomalar, qomuschi olimlar, ahli donishlar, avliyo-anbiyolar yetishib chiqgan.

  • xorazm.uz

    Istiqlol tufayli yurtimizdagi qadim shaharlar va qal’alar, madaniyat o‘choqlarini ko‘rish, ziyorat qilish uchun yetti iqlimdan kelayotgan sayyohlarning soni yildan-yilga oshmoqda. Jahon bizning mo‘tabar yurtimizni ko‘rishga orzumand!

  • xorazm.uz

    2017-2018 yillarda Xorazm viloyati sanoati salohiyatini rivojlantirish dasturi amaliyotga allaqachon tatbiq qilinayotgan ulkan qurilishu ta‘mirlash, eng zamonaviy asbob-uskunalar keltirish, kerakli mutaxassislarni o‘qitish, o‘rgatish jarayoni jadal yo‘lga qo‘yildi.

  • xorazm.uz

    Xalqimiz dasturxonining fayziyobligi, bozorlarimizning to‘kinligiyu oziq-ovqat mahsulotlarining serobligi, arzonligi, bir so‘z bilan aytganda yurtimiz farovonligi bobodehqonlarimizning mehnati mahsulidir. Xorazm voxasi qishloq xo‘jaligi soxasida xam yetakchilardan hisoblanadi.

Fotoalbom

» Barcha fotoalbomlar

Videoteka

» Barcha video fayllar

Tarix

Хоразм: Кеча ва бугун
Хоразм ўзининг қадим тарихи, бой маданиятига эга бўлган Ўзбекистондаги эътиборга молик ҳудудлардан биридир. Инсониятнинг илк ёзма ёдгорликларидан бири ҳисобланган зардуштийликнинг муқаддас китоби “Авесто” шу диёрда яратилган. Бундан уч минг йиллар илгари ҳам Хоразмнинг ўз ёзуви мавжуд эди. Батафсил...


Хоразм ҳақида битиклардаги илк ёзувлар. ДОРО I нинг Беҳсутун битиги
(ерамиздан аввалги 521-486 йиллар)

Ушбу битик Карманшоҳ яқинидаги денгиз сатҳидан 152 метр юқорироқда бўлган Беҳсутун қоясига ўйиб ёзилган. Битикнинг юқорисида улкан барелеф мавжуд. Унда тўққиз нафар шоҳ ва уруғларнинг бошлиқлари қўллари боғланган ва бўйинларига сиртмоқ солинган ҳолда Доронинг олдида тургани тасвирланган. Уларнинг ўнинчисининг устига шоҳ оёғини қўйиб турибди. Битик беш устун ва 414 сатрдан иборат. У уч тилда битилган (елам, бобил ва эски форс тилларида). Батафсил...



"TASHABBUS-2017" RESPUBLIKA BOSQICHI G‘OLIBLARI
31.05.2017

"TASHABBUS-2017" RESPUBLIKA BOSQICHI G‘OLIBLARI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun har yili o‘tkazib kelinayotgan "Tashabbus" ko‘rik-tanlovi kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va shu orqali turmush farovonligini yanada yaxshilashda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Ayniqsa, fermerlar qishloqlarning chinakam mulkdorlariga aylanmoqdalar. Ularning sa’y-harakatlari bilan qishloq xo‘jalik mahsulotlari ishlab chiqarish ko‘lami tobora kengayib, eng chekka hududlarga ham sanoat kirib bormoqda.

Poytaxtimiz Toshkentdagi "Turkiston" saroyida ushbu ko‘rik-tanlovning Respublika bosqichi bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi, O‘zbekiston Fermerlar kengashi, Respublika "Hunarmand" uyushmasi tomonidan tashkil etilgan bu nufuzli anjumanda viloyatimiz vakillari faol ishtirok etdilar. Yangibozor tumanidagi "Dostonbek" fermer xo‘jaligi rahbari A.Xolmurodova "Eng yaxshi fermer", Xiva tumanidan M.Matkarimov "Eng yaxshi hunarmand" yo‘nalishlari bo‘yicha uchinchi o‘ringa loyiq deb topildilar.

G‘oliblarga diplomlar va qimmatbaho sovg‘alar topshirildi.

Ayni kunlarda sovrindorlar O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalarni izchillik bilan bajarib, yangi mehnat yutuqlarini qo‘lga kiritish uchun astoydil intilmoqdalar.

"Xorazm haqiqati” gazetasi,

2017-yil, 31-may, №43.