Gerb Bayroq Madhiya Davlat mukofotlari Bosh sahifa Mobil versiya Sayt xaritasi Forum
Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!   Click to listen highlighted text! Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!
Матнни тинглаш!
0(362) 223-00-18
Ish tartibi 900 - 1800
  • xorazm.uz

    Yurtboshimizning tabiri bilan aytganda, Xorazm «O‘zbek davlatchiligining ilk tamal toshi qo‘yilgan muqaddas zamin!». Insoniyat tamadduni o‘choqlaridan hisoblanmish bu ko‘hna yurtdan ne-ne buyuk allomalar, qomuschi olimlar, ahli donishlar, avliyo-anbiyolar yetishib chiqgan.

  • xorazm.uz

    Istiqlol tufayli yurtimizdagi qadim shaharlar va qal’alar, madaniyat o‘choqlarini ko‘rish, ziyorat qilish uchun yetti iqlimdan kelayotgan sayyohlarning soni yildan-yilga oshmoqda. Jahon bizning mo‘tabar yurtimizni ko‘rishga orzumand!

  • xorazm.uz

    2017-2018 yillarda Xorazm viloyati sanoati salohiyatini rivojlantirish dasturi amaliyotga allaqachon tatbiq qilinayotgan ulkan qurilishu ta‘mirlash, eng zamonaviy asbob-uskunalar keltirish, kerakli mutaxassislarni o‘qitish, o‘rgatish jarayoni jadal yo‘lga qo‘yildi.

  • xorazm.uz

    Xalqimiz dasturxonining fayziyobligi, bozorlarimizning to‘kinligiyu oziq-ovqat mahsulotlarining serobligi, arzonligi, bir so‘z bilan aytganda yurtimiz farovonligi bobodehqonlarimizning mehnati mahsulidir. Xorazm voxasi qishloq xo‘jaligi soxasida xam yetakchilardan hisoblanadi.

Fotoalbom

» Barcha fotoalbomlar

Videoteka

» Barcha video fayllar

Tarix

Хоразм: Кеча ва бугун
Хоразм ўзининг қадим тарихи, бой маданиятига эга бўлган Ўзбекистондаги эътиборга молик ҳудудлардан биридир. Инсониятнинг илк ёзма ёдгорликларидан бири ҳисобланган зардуштийликнинг муқаддас китоби “Авесто” шу диёрда яратилган. Бундан уч минг йиллар илгари ҳам Хоразмнинг ўз ёзуви мавжуд эди. Батафсил...


Хоразм ҳақида битиклардаги илк ёзувлар. ДОРО I нинг Беҳсутун битиги
(ерамиздан аввалги 521-486 йиллар)

Ушбу битик Карманшоҳ яқинидаги денгиз сатҳидан 152 метр юқорироқда бўлган Беҳсутун қоясига ўйиб ёзилган. Битикнинг юқорисида улкан барелеф мавжуд. Унда тўққиз нафар шоҳ ва уруғларнинг бошлиқлари қўллари боғланган ва бўйинларига сиртмоқ солинган ҳолда Доронинг олдида тургани тасвирланган. Уларнинг ўнинчисининг устига шоҳ оёғини қўйиб турибди. Битик беш устун ва 414 сатрдан иборат. У уч тилда битилган (елам, бобил ва эски форс тилларида). Батафсил...



TILLARDA DOSTON BO‘LDI, XORAZMNING FARHODI
10.09.2014

Mustaqilligimizning yigirma uch yilligi cheksiz quvonch, shodliklar bilan nishonlanib, bayramlar xushxabarlarga ulanib, tadbirlar ko‘tarinki ruxda davom etmoqda.
Prezidentimiz Islom Karimov O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining yigirma uch yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi tabrik so‘zida Xitoy Xalq Respublikasining Nankin shahrida o‘tkazilgan usmirlar o‘rtasidagi Ikkinchi Olimpiya o‘yinlarida 28 nafar yosh sportchimiz qatnashib, 4 ta oltin, 3 ta kumush, 3 ta bronza, hammasi bo‘lib –10 ta medalni qo‘lga kiritgani butun O‘zbekistonimiz yoshlarining mustaqilligimizning 23 yillik bayramiua ulkan hissasi bo‘lganligini va navqiron o‘g‘il-qizlarimizning ana shunday nufuzli musobaqada hech kimga bo‘sh kelmasdan, azmu shijoat ko‘rsatishganini alohida ta’kidladi!


Ha, bugun yurtdoshlarimiz yosh sportchilar erishgan yutuqlardan qalbimiz faxr, iftixorga to‘lmoqda.
Quvonarlisi, ushbu qo‘lga kiritilgan yutuqda Urganch Olimpiya zahiralari kollejining 2-bosqich talabasi og‘ir atletikachi Farhodbek Sobirovning ham ulushi bor. Elkasi erga tegmagan kurashchi Pahlavon Mahmud tug‘ilgan zaminda voyaga etgan polvonimiz 85 kilogrammgacha bo‘lgan vazn toifasida shtangani dast ko‘tarishda 147 kiloramm, siltab ko‘tarishda 174 kilogramm, ikkikurash natijasiga ko‘ra esa 321 kilogramm natija ko‘rsatib, shohsupaning ikkinchi pog‘onasidan joy oldi va Olimpiada o‘yinlarining kumush medali bilan taqdirlandi. Hamyurtimizning ushbu muvaffaqiyati vohamiz ahliga olam-olam quvonch ulashdi, ko‘ngillarnu faxr-iftixorga to‘ldirdi.
... “Urganch xalqaro aeroporti”da karnay-surnay sadosi yangrab, og‘ir atletikachimiz viloyat va Xiva tumani hokimligi, madaniyat va sport ishlari boshqarmasi xodimlari, O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasining viloyat bo‘yicha vakili, Urganch Olimpiya zahiralari kolleji jamoasi, shuningdek F.Sobirovning murabbiylari, oila a’zolari, do‘stlari hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari tomonidan tantanali tarzda kutib olindi. 
Viloyat markazidagi muhtasham “Khorezm ra1ase” majmuasida Nankin Olimpiadasi sovrindorini qutlash va taqdirlash marosimi ham bo‘lib o‘tdi. Viloyat hokimi P.Bobojonov Farhodbek Sobirovni qizg‘in tbriklab, unga zarbop to‘n kiygizdi. Yosh polvonga qimmatbaho sovg‘alar topshirildi.
Shuningdek, viloyat hokimi sportchining ota-onasi, murabbiyi hamda viloyat og‘ir atletika federatsiyasiga samimiy minnatdorchiligini bildirdi.
So‘ngra, el suygan san’atkorlar ishtirokidagi musiqiy dastur boshlandi. Kuy va qo‘shiqlarning rang-barangligi tadbir qatnashchilariga o‘zgacha zavq-shavq ulashdi.
O‘ktam ota SOBIROV - bobosi, 73 yoshda: - Nevaramning yutug‘i ham istiqlolimiz bergan inoyatdir. Quvonarlisi shundaki, yoshlarimiz hech kimdan kam emasliklarini, aksincha ulardan kuchli ekanliklarini namoyish etishdi. 


Davlatyor RAXIMOV - Xiva tumanidagi 10-son umumta’lim maktabi direktori, O‘zbekiston Respublikasi xalq o‘qituvchisi:
 - Olimpiada o‘yinlarini diqqat bilan kuzatib bordik. Maktabimizning sobiq o‘quvchisi Farhodbekning erishgan muvaffaqiyatidan boshimiz ko‘kka etayotir. U bilan qanchalar faxrlansak arziydi. Ishonchim komilki, kelgusida o‘nlab yoshlarimiz uning izidan borib, yurtimiz dovrug‘ini olamga yoyadigan sportchilar bo‘lib voyaga etishadi.
Farxodbek SOBIROV - II o‘smirlar Olimpiada o‘yinlari sovrindori: 
- Xalqimizning ishonchini oqlashga harakat qildim. Natijada, nufuzli sport anjumanining kumush medalini qo‘lga kiritishga muvaffaq bo‘ldim. Fursatdan foydalanib, bizdek yoshlarga jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanishimiz, buning barobarida ulkan g‘alabalarga erishishimiz uchun imkoniyatlar eshigini ochib berayotgan Prezidentimizga rahmatlar aytaman. Nasib qilsa, kelgusida kattalar o‘rtasidagi Olimpiada o‘yinlarida ham qatnashib, O‘zbekistonimiz nomini yanada ulug‘lashga intilaman.
Shuningdek, Farhodbek Sobirov va ustozlari sportning ushbu turi bo‘yicha kelgusidagi rejalaridan gapirib berishdi.
Ikrom XUDOYBERGANOV.
“Xorazm xaqiqati” 2014 yil 6 sentyabr № 71 (19105)