Gerb Bayroq Madhiya Davlat mukofotlari Bosh sahifa Mobil versiya Sayt xaritasi Forum
Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!   Click to listen highlighted text! Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!
Матнни тинглаш!
0(362) 223-00-18
Ish tartibi 900 - 1800
  • xorazm.uz

    Yurtboshimizning tabiri bilan aytganda, Xorazm «O‘zbek davlatchiligining ilk tamal toshi qo‘yilgan muqaddas zamin!». Insoniyat tamadduni o‘choqlaridan hisoblanmish bu ko‘hna yurtdan ne-ne buyuk allomalar, qomuschi olimlar, ahli donishlar, avliyo-anbiyolar yetishib chiqgan.

  • xorazm.uz

    Istiqlol tufayli yurtimizdagi qadim shaharlar va qal’alar, madaniyat o‘choqlarini ko‘rish, ziyorat qilish uchun yetti iqlimdan kelayotgan sayyohlarning soni yildan-yilga oshmoqda. Jahon bizning mo‘tabar yurtimizni ko‘rishga orzumand!

  • xorazm.uz

    2017-2018 yillarda Xorazm viloyati sanoati salohiyatini rivojlantirish dasturi amaliyotga allaqachon tatbiq qilinayotgan ulkan qurilishu ta‘mirlash, eng zamonaviy asbob-uskunalar keltirish, kerakli mutaxassislarni o‘qitish, o‘rgatish jarayoni jadal yo‘lga qo‘yildi.

  • xorazm.uz

    Xalqimiz dasturxonining fayziyobligi, bozorlarimizning to‘kinligiyu oziq-ovqat mahsulotlarining serobligi, arzonligi, bir so‘z bilan aytganda yurtimiz farovonligi bobodehqonlarimizning mehnati mahsulidir. Xorazm voxasi qishloq xo‘jaligi soxasida xam yetakchilardan hisoblanadi.

Fotoalbom

» Barcha fotoalbomlar

Videoteka

» Barcha video fayllar

Tarix

Хоразм: Кеча ва бугун
Хоразм ўзининг қадим тарихи, бой маданиятига эга бўлган Ўзбекистондаги эътиборга молик ҳудудлардан биридир. Инсониятнинг илк ёзма ёдгорликларидан бири ҳисобланган зардуштийликнинг муқаддас китоби “Авесто” шу диёрда яратилган. Бундан уч минг йиллар илгари ҳам Хоразмнинг ўз ёзуви мавжуд эди. Батафсил...


Хоразм ҳақида битиклардаги илк ёзувлар. ДОРО I нинг Беҳсутун битиги
(ерамиздан аввалги 521-486 йиллар)

Ушбу битик Карманшоҳ яқинидаги денгиз сатҳидан 152 метр юқорироқда бўлган Беҳсутун қоясига ўйиб ёзилган. Битикнинг юқорисида улкан барелеф мавжуд. Унда тўққиз нафар шоҳ ва уруғларнинг бошлиқлари қўллари боғланган ва бўйинларига сиртмоқ солинган ҳолда Доронинг олдида тургани тасвирланган. Уларнинг ўнинчисининг устига шоҳ оёғини қўйиб турибди. Битик беш устун ва 414 сатрдан иборат. У уч тилда битилган (елам, бобил ва эски форс тилларида). Батафсил...



Tomorqa – qo‘shimcha daromad manbai
18.10.2017

Xorazm viloyatining Xonqa tumani aholisi azaldan ishbilarmon, tadbirkorligi bilan nom qozongan bo‘lib,dehqonchilik ilmini ham mukammal egallashgan.Ayniqsa har bir oila uchun qo‘shimcha daromad manbai bo‘lgan tomorqadan foydalanishda xonqaliklar tajribasi e’tiborga molik.

Joriy yil boshida tuman hokimligi tomonidan tuzilgan ishchi guruh a’zolari uyma-uy yurib 44 ta mahalladagi 46650 ta xonadonning iqtisodiy ahvoli,bandlik masalalarini o‘rganib chiqishgach ularning 1003 tasi kam ta’minlangan oila ekanligi aniqlandi.Ushbu oilalarning iqtisodiy ahvolini yaxshilash chora-tadbirlarini belgilash jarayonida tomorqa imkoniyatlaridan samarali foydalanishga e’tibor qaratildi.Negaki tumanda tomorqa erlaridan unumli foydalanib,yiliga ikki-uch marta hosil olib millionlab daromad topayotgan oilalar juda ko‘p.

Dastlab 58 nafar fuqaroni tomorqa imkoniyatlaridan kelib chiqib ish bilan ta’minlash chora-tadbirlari ishlab chiqildi. Qirqyop qishlog‘idagi "Sulaymon Abdulhay” fermer xo‘jaligi 30 bosh naslli qoramolini tumandagi 10 ta kam ta’minlangan oilalarning har biriga 3 tadan biriktirib berdi. Ushbu oilalar esa o‘zlariga biriktirilgan 3 ta qoramolni muntazam parvarishlab kunlik sog‘ilgan sut miqdorining 50 foizini ish haqi sifatida oladigan bo‘ldi. Bundan tashqari rag‘batlantirish sifatida sigirning ikkinchi buzog‘ini kam ta’minlangan oilaga hadya qilish orqali 10 nafar fuqaro ish bilan ta’minlandi.

Yana bir loyiha bog‘dorchilik yo‘nalishida amalga oshirildi.Madir qishlog‘idagi "Xonqa don agro eksport” mas’uliyati cheklangan jamiyatiga qarashli bo‘lgan 11 gektar bog‘ kam ta’minlangan oilalarga parvarishlash uchun biriktirib berildi. Urug‘lik, mineral o‘g‘it, kimyoviy preparatlar etkazib berish, agrotexnik tadbirlar o‘tkazish va boshqa barcha zaruriy xarajatlarni agrofirma tomonidan amalga oshirish natijasida eksportbop mahsulotlar etishtirish hamda olingan daromadning 50 foizini ish haqi sifatida berish orqali 11 nafar fuqaro doimiy ish o‘rniga ega bo‘ldi.

Bundan tashqari 17 ta kam ta’minlangan oilalarga tomorqasidan unumli foydalanilishlari uchun urug‘lik, mineral o‘g‘it, kimyoviy preparatlar etkazib berish,texnika xizmati ko‘rsatish agrofirma tomonidan amalga oshirish natijasida eksportbop mahsulotlar etishtirish va olingan daromadning 50 foizini ish haqi sifatida kam ta’minlangan oilalarga berish yo‘lga qo‘yildi.

"Parrandachilik - etti xazinaning biri”,-deya bejiz aytilmagan.Har bir oila tomorqa imkoniyatlaridan foydalanib 50-100 ta tovuq parvarishlasa olinadigan daromad salmog‘i hazilakam mablag‘ bo‘lmaydi.Tumanda kam ta’minlangan oilalarni daromadini oshirishga qaratilgan navbatdagi loyiha mazkur yo‘nalishda amalga oshirildi.

"Qo‘shko‘pir parranda” mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan uch ming bosh broyler jo‘jani ozuqa mahsulotlari bilan kam ta’minlangan oilalarga etkazib berilib, 35 kunlik parvarishlangan jo‘jani yana korxonaning o‘zi sotib oladigan bo‘ldi.

Ishchi guruh tomonidan olib borilgan targ‘ibot tashviqot ishlari davomida kam ta’minlangan oilalarni tadbirkorlik faoliyatiga jalb qilish orqali ularning moliyaviy holatini yaxshilash bo‘yicha imtiyozli kreditlar taklif etilishi natijasida tuman bo‘yicha 122 ta kam ta’minlangan oilalarga 391 million so‘mlik mikrokreditlar ajratildi.

Ehtiyojmand oilalar daromadini oshirish, bandligini ta’minlashga qaratilgan mazkur chora-tadbirlar natijasida kam ta’minlangan 437 ta oila vakillaridan 1047 nafari ishga joylashtirildi va ushbu oilalarning iqtisodiy ahvoli yaxshilanib, kam ta’minlanganlar safidan chiqarildi.

-O‘tgan yil 9 oy mobaynida ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash komissiyasiga 20 nafar fuqaro moddiy yordam so‘rab murojaat qilgan edi,-deydi "Durvadik”mahalla fuqarolar yig‘ini raisi Ko‘palboy Nurullaev. - Kam ta’minlangan oilalarda tomorqadan samarali foydalanish borasida olib borilgan amaliy ishlar natijasida joriy yilda yordam so‘rab murojaat qiluvchilar soni 50 foizga kamaydi.

Prezidentimizning 2017 yil 9 oktyabrdagi "Fermer,dehqon xo‘jaliklari va tomorqa er egalarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish,qishloq xo‘jalik ekinlaridan samarali foydalanish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni ekin maydonlaridan,bitmas-tuganmas xazina manbai bo‘lgan tomorqa imkoniyatlaridan samarali foydalanish borasida yangi istiqbollarni ochib berdi.

- Sir emas ilgari dehqon xo‘jaliklari va tomorqa er egalarining urug‘lik,mineral o‘g‘it,yoqilg‘i-moylash materiallari,texnika ta’minotida ayrim muammolar uchrab turardi,-deydi Xonqa tuman fermer,dehqon xo‘jaliklari va tomorqa er egalari kengashi raisi Hamza Jumaniyozov.- Endilikda kengash qoshida fermer,dehqon xo‘jaliklari va tomorqa er egalariga kompleks xizmat ko‘rsatish markazi tashkil etilishi bilan ana shu muammolar o‘z echimini topadi.Shuningdek dehqon xo‘jaliklari va tomorqa er egalarining ekin maydonlaridan foydalanish samaradorligi har oyda fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarida muhokama qilib borilishi ham o‘ziga xos ta’sir chorasi bo‘lib, erning haqiqiy egasini topishida muhim ahamiyat kasb etadi.

Har bir oilada o‘tkazilgan muloqotlar, tabiiyki, o‘z samarasini berdi: tomorqalarda turli sabzavot va poliz ekinlari etishtirish barobarida chorvachilik, parrandachilik, asalarichilikni yo‘lga qo‘yish,intensiv bog‘lar yaratish,engil konstruktsiyali issiqxonalar tashkil etishga intilish kuchaydi.

-Tomorqamizda bodring, pomidor, sarimsoqpiyoz, bulg‘or qalampiri etishtiramiz,-deydi Tomadurvadik qishlog‘idan Samandar Ro‘zmatov. - Bir yilda o‘rtacha uch marta hosil olamiz.Bu yil bank krediti hisobiga 2 sotix maydonda ixcham issiqxona ham tashkil etdik.20 tup limon,10 tup yong‘oq,20 tup unabi ko‘chatlarini ham ekib parvarishlayapmiz.Daromadimiz chakki emas.Qishlog‘imizda namunaviy layihalar asosida qurilgan uylardan birini 15 yil muddatga kredit hisobida sotib olib farzandlarimning har bir biriga alohida uy-joy qilib berdik.Minib yurgan zamonaviy avtoulovlarimiz ham shu tomorqaning daromadi hisobidan desam ishonavering.

Tumanda dehqon xo‘jaliklari va tomorqa er egalari bilan agrofirmalar o‘rtasida yaqin hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan.Yaqinda xalqaro meva-sabzavot yarmarkasida tumandagi "Xonqa omad agrofirma”, "Xonqa don agroeksport”, "Xonqa agro frukte eksport” mas’uliyati cheklangan jamiyatlari 2,5 million AQSh dollari miqdoridagi shartnomalarni imzoladilar.Bu xonqaliklar tomorqasida etishtirilgan meva va sabzavot mahsulotlari xorij bozorlaridan ham munosib joy egalaydi degani.

Xulosa qilib aytganda tumanda tomorqa erlaridan samarali foydalanish orqali oilalar iqtisodini ko‘tarish,bandlik masalalarini hal etish, el dasturxoni to‘kinligini ta’minlash,eksport imkoniyatlarini oshirish borasida o‘ziga xos tajriba maktabi yaratilgan.Prezidentimiz Farmoniga asosan ta’sis etilgan ”Ilg‘or fermer”, "Mehnatkash dehqon”, "Namunali tomorqachi” ko‘krak nishonlariga munosib yurtdoshlarmiz esa Xonqada juda ko‘p.

Odilbek Odamboev,

"Xalq so‘zi” muxbiri